O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 199,79 Kb.
səhifə1/3
tarix20.01.2018
ölçüsü199,79 Kb.
#21838
  1   2   3
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



Ro’yxatga olindi

_______________________

2014- yil “___”____________





Vazirlikning 2014- yil “____” __________ dagi ______ - sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan

ZOOLOGIYA
FAN DASTURI

Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar

Ta`lim sohasi: 110000 – Pedagogika

Bakalavriat yo`nalishi: 5110400 –Biologiyani o’qitish

metodikasi


Toshkent2014

Fan dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limi o‘quv - metodik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashning 2014 - yil «___» ________ dagi «_______» - son majlis bayoni bilan ma’qullangan.

Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ko’rib chiqildi va turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan kelishildi



Tuzuvchilar:

Mavlonov Ochil – Zoologiya, anatomiya va fiziologiya kafedrasi

professor, biologiya fanlari doktori.



Saparov Qalandar – Zoologiya, anatomiya va fiziologiya kafedrasi

dotsenti, biologiya fanlari nomzodi.



Toshmanov Nizom – Zoologiya, anatomiya va fiziologiya kafedrasi

dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi.



Taqrizchilar:
L.Sh.Sanayeva – Jizzax DPI “Umumiy biologiya va uni o’qitish

uslubiyoti” kafedrasi dotsent. v.b., biologiya

fanlari nomzodi.

Sh.E.Abduazimova – 1 Respublika tibbiyot kolleji biologiya fani o‘qituvchisi

Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti O’quv - uslubiy kengashida tavsiya qilingan (2014-yil “___” _________dagi “___” -sonli bayonnoma).


Kirish

Zoologiyadan fan dasturi uch bo’limdan iborat. Uning birinchi bo’limi hayvonlarlarning tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi va hayot kechirishi, Yer yuzida tarqalishi, tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati hamda umurtqasiz hayvonlar sistematikasi kabi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Dasturning ikkinchi bo’limi gistologiya – hayvonlarning embrional taraqqiyoti, to’qima va organlarini o’rganishga bag’ishlangan. Dasturning uchunchi bo’limi umurtqali hayvonlar sistematikasi va o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishga bag’ishlangan.


Fanining maqsadi va vazifalari

Zoologiya fanni o’qitishdan maqsad hayvonlarning tuzilishi, ko’payishi kelib chiqishi va amaliy ahamiyatini tushuntirish orqali talabalarning tirik mavjudolarga nisbatan ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ularning tabiatga va hayvonot olamiga mehr-muhabbat his – tuyg’usini rivojlantirishdan iborat.

Zoologiya fanining vazifasi talabalarga hayvonlar hujayrasi, to’qimalari, organlari va organizmi tuzilishi hamda funktsiyasi, hayvonlarning ko’payishi, rivojlanishi, hayot kechirishi to’g’risidagi bilim va ko’nikmalarni shakllantirish; ularning tabiatda hayvonlarni kuzatish, asosiy sistematik guruhlar va turlarni aniqlay bilish malakalarini rivojlantirishdan iborat.
Fanlar bo’yicha talabalarning bilimi, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar
«Zoologiya» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

– hayvonlarning asosiy sistematik guruhlari (tip, sinf, turkum, oila, tur)larning o’zbekcha va ilmiy (lotincha) nomlarini, asosiy sistematik guruhlar va turlarning tavsifiy belgilarini, hayvonlarning tashqi va ichki tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi, Er yuzida tarqalishi konuniyatlarini, hayvonlarning kelib chiqishi va turli sistematik guruhlar o’rtasida filogenitik munosabatlarni, asosiy zoologik terminlarning mazmunini, embrional taraqqiyot bosqichlarini, to’qimalar xillari va tuzilishini bilishi kerak;


– aniqlagich yordamida asosiy taksonomik guruhlar (sinf, turkum, oila, urug’, tur)ni aniqlash, hayvon to’qimalari, ularni klassifikatsiya qilish printsiplari, fanlar bo’yicha ko’p tanlov javobli test topshiriqlarini tuzish va ulardan foydalanish, matematik formula yordamida o’z – o’zini baholash tamoyillari, laboratoriya mashg’ulotlarida ish daftari yuritish ko’nikmasiga ega bo’lishi kerak;
– hayvonlar ustida tajriba olib borish, ularni laboratoriya sharoitida saqlash va ko’paytirishni, hayvonlar, ular to’qima va organlaridan vaqtinchalik va doimiy gistologik preparatlar tayyorlashni, noyob va soni kamayib borayotgan turlar va ularni muhofaza qilish tadbirlarini, mikroskop bilan ishlash va doimiy mikropreparatlar tayyorlash malakalariga ega bo’lishi kerak.
Zoologiyaning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma – ketligi
Zoologiya biologiyaning asosiy fanlaridan bo’lib, 1,2,3,4 – semestrlar davomida o’qitiladi. Dasturni amalga oshirilishi uchun talabalar botanika, tsitologiya, biokimyo, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, embriologiya, geografiya, ekologiya, evolyutsion ta’limot, genetika, fanlaridan o’rta umumiy ta’lim maktablari va litsey, kasb – hunar kollejlari hajmida ma’lumotga ega bo’lishlari lozim.
Fanning ta’limdagi o’rni

Zoologiya va gistologiya umumiy o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida asosiy fan sifatida o’qitiladi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida zoologiyaga 68 soat, akademik litseylarda 120 soat ajratilgan. Gistologiya bo’yicha asosiy tushunchalar odam va uning salomatligi (8 - sinf) va umumiy biologiya fanlarida beriladi. Zoologiyadan olingan bilimlar o’quvchilarda Vatanga va tabiatga nisbatan mehr his – tuyg’ularini singdirishda, ularda kasbiy tushunchalarini shakllantirishda katta ahamiyatga ega.


Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Zoologiyaga oid tushunchalarni talabalar o’zlashtirib olishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruzalar matni, tarqatma materiallar, elektron vositalar, rasmli jadvalllardan foydalaniladi. Laboratoriya mashg’ulotlari uchun o’quv – metodik majmua (talaba ish daftari, tarqatma o’quv materiallari, rasmli topshiriqlar, ko’p tanlov javobli topshiriqlar, o’qituvchi ish daftari) ishlab chiqilgan. Talabalar olgan bilim va ko’nikmalar maxsus matematik formula yordamida baholanadi.



1-bo’lim. Umurtqasizlar zoologiyasi

Asosiy qism
Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni
Hayvonlar to’g’risida umumiy ma’lumotlar
Zoologiya va uni o’rganish tarixi. Zoologiya fanlari sistemasi. Zoologiyaning rivojlanish tarixi. Hayvonlar tuzilishi va hayotining asosiy xususiyatlari, hujayralari, to’qimalari, oziqlanish, nafas olish, ayirish va nerv sistemalari, sezgi organlari, ko’payishi va rivojlanishi. Hayvonlar klassifikatsiyasi.



Bir hujayrali hayvonlar kichik olami.



Sarkomastigoforalar tipi, umumiy tavsifi. Sarkodalilar sinfi, tuzilishining asosiy xususiyatlari, turkumlarga bo’linishi, ahamiyati. Xivchinlilar sinfi, fitomastiginalar kenja sinfi vakillrining oziqlanishi, asosiy turkumlar - evglenasimonlar, fitomonadalar va qalqondorlar. Zoomastiginalar kenja sinfi, parazit xivchinlilarning tarqalishi va ahamiyati.

Infuzoriyalar tipi. Tuzilishi, ko’payishi va rivojlanishning asosiy xususiyatlari, klassifikatsiyasi. Parazit va simbioz yashovchi infuzoriyalarning tarqalishi va ahmiyati.

Sporalilar tipining umumiy tavsifi. Gregarinalar va koktsidiyasimonlar sinflari, asosiy turkumlari, ularning rivojlanishi va ahamiyati. Qon sporalilar turkumi, bezgak plazmodiysining rivojlanishi va ahamiyati, tuzilishi hamda hayot kechirishning asosiy xususiyatlari, klassifikatsiyasi.


Ko’p hujayrali hayvonlar kichik olami.



Ko’p hujayrali hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishning asosiy xususiyatlari, klassifikatsiyasi,kelib chiqishi to’g’risidagi nazariyalar.

Tuban ko’p hujayralilar. Plastinkasimonlar tipi tuzilishi, ko’payishi va rivojlanishi.

G’ovaktanlilar tipi tuzilishi, rivojlanishi, ahamiyati. CHuchuk suv g’ovaktanlilari. G’ovaktanlilar tipi sistematikasi, ahamiyati, nazariy ahamiyati.

Bo’shliqichlilar tipining umumiy tavsifi. Gidrasimonlar va stsifomeduzalar sinflari vakillarining tuzilishi, ko’payishi va rivojlanishi. Korall poliplar sinfi. Riflarning hosil bo’lishi, korall poliplarning ahamiyati. Bo’shliqichlilar tipi filogeniyasi.

Yassi chuvalchanglar tipi.

YAssi chuvalchanglar tuzilishining asosiy xususiyatlari, tasnifi. Kiprikli chuvalchanglar sinfi, tuzilishi, ko’payishi va rivojlanishi, ahamiyati.

So’rg’ichlilar sinfi, tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi va tarqalishi.

Monogenetik so’rg’ichlilar sinfi, tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi, asosiy turlarini tarqalishi va ahamiyati.

Tasmasimonlar chuvalchanglar sinfi, tuzilishi, ko’payishi va rivojlanishi. Odam va uy hayvonlarida parazitlik qiluvchi asosiy vakillari.

Chuvalchanglarning parazit yashashga moslashganligi. YAssi chuvalchanglar tipi filogeniyasi.


To’garak chuvalchanglar tipi.

To’garak chuvalchanglar tipining umumiy tavsifi. Nematodalar sinfi. Odam, mahsuldor hayvonlar, qishloq xo’jaligi ekinlarining parazit nematodalari. Ularning tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi va ahamiyati.

Qilchuvalchanglar, kinorinxlar, boshaylangichlilar, qorinkipriklilar sinflari, ularning tuzilishi va yashash tarzi. To’garak chuvalchanglar tipi filogeniyasi.

Halqali chuvalchanglar tipi.

Halqali chuvalchanglar tipining umumiy tavsifi. Ko’p tukli halqalilar sinfi, tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishi, asosiy turlarining suv havzalaridagi ahamiyati.

Kam tukli halqalilar sinfi, tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishi, tuproq hosil bo’lishidagi ahamiyati.

Zuluklar sinfi, tuzilishi, parazit yashashga moslashishi, asosiy turkumlari, ahamiyati. Halqali chuvalchanglar tipi filogeniyasi.


Bo’g’imoyoqlilar tipi.

Bo’g’imoyoqlilar tipining umumiy tavsifi, kenja tiplari. Jabra bilan nafs oluvchilar kenja tipi. Qisqichbaqasimonlar sinfi, tuzilishi, ko’payishi, tasnifi, ekologiyasi. Jabraoyoqlilar, maksillopodiyalar, oliy qisqichbaqasimonlar kenja sinflari, asosiy turlarining ahamiyati.

Xelitseralar kenja tipi. O’rgimchaksimonlar sinfi vakillarining tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi va ekologiyasi. Asosiy turkumlari: o’rgimchaklar, chayonlar, solfugalar, kanalar va ularning ahamiyati. Traxeyalilar kenja tipi. Ko’poyoqlilar sinfi, tuzilishi va hayot kechirishining asosiy xususiyatlari, ahamiyati.

Hasharotlar sinfi, tashqi tuzilishi, yashash muhitiga moslashganligi.

Hasharotlarning ichki tuzilishi, hazm qilish, ayirish, nafas olish, qon aylanish va jinsiy sistemalari, nerv sistemasi va sezgi organlari.

Hasharotlarning ko’payishi va rivojlanishi. Partenogenez, embrional va postembrional rivojlanishi, bevosita va bilvosita rivojlanishi.

Hasharotlar sinfi sistematikasi, kenja sinflari. To’g’ri qanotlilar, termitlar, suvaraklar, ninachilar, tengqanotlilar, qandalalar, bitlar, qattiq qanotlilar, tangacha qanotlilar, parda qanotlilar, burgalar, ikki qanotlilar va boshqa turkumlari. Hasharotlarning tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati. Bo’g’imoyoqlilar tipi filogeniyasi.

Mollyuskalar tipi.

Mollyuskalarning tipining umumiy tavsifi. YOnboshnervlilar kenja tipi, xitonlar sinfi, ularning tuban tuzilishi belgilari.

Monoplakoforalar sinfi.

CHig’anoqlilar kenja tipi, qorinoyoqli mollyuskalar sinfi, tuzilishi, hayot kechirishi, sistematikasi, tarqalishi va ahamiyati.

Ikki pallalilar sinfi, tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi, tarqalishi. Ovlanadigan ikki pallali mollyuskalar.

Boshoyoqli mollyuskalar sinfi, ularning yuksak tuzilishi xususiyatlari, harakatlanishi, nerv sistemasi va sezgi organlari, ko’payishi. Boshoyoqli mollyuskalarning oziq-ovqat sanoatidagi ahamiyati. Mollyusklar tipi filogeniyasi.


Ignaterililar tipi.

Ignaterililar tipining umumiy tavsifi va asosiy sinflari. Dengiz yulduzlari sinfi vakillarining morfologiyasi va anatomiyasi. Terisi va skeleti, hazm qilish, nerv, ambulaklyar va psevdogemal sistemalari.

Dengiz tipratikanlari, ofiuralar, goloturiyalar, dengiz nilufarlari sinflarining asosiy tuzilish xususiyatlari, ahamiyati ignaterililarning filogineyasi.

Hayvonlarni o’rganishda foydalaniladigan optik asboblar: mikroskop va lupalarning tuzilishi hamda ulardan foydalanish.

Sarkomastigoforalar tipi. Sarkodalilar sinfi. Oddiy amyoba va foraminiferalarning tuzilishi, oddiy amyobaning harakatlanishi va oziqlanishi.

Xivchinlilar sinfi. YAshil evglena va volvokslarning tuzilishi, harakatlanishi va ko’payishi.

Infuzoriyalar tipi. Tufelka infuzoriyasining tuzilishi, haraktlanishi, oziqlanishi, qisqaruvchi vakuolalarining ishlashi.

Bo’shliqichlilar tipi. Gidrasimonlar sinfi. Chuchuk suv gidrasining tuzilishi, haraktlanishi, oziqlanishi va ko’payishi.

Koloniya bo’lib yashovchi gidropoliplar. Obeliya polipi koloniyasining tuzilishi, jinsiy va jinssiz ko’payishi.

Stsifoid meduzalar sinfi. Aureliya meduzasining tuzilishi, harakatlanishi, oziqlanishi va ko’payishi.

Yassi chuvalchanglar tipi. Kiprikli chuvalchanglar sinfi. Oq planariyaning tashqi va ichki tuzilishi, teri - muskul xaltasi.

So’rg’ichlilar sinfi. Jigar qurtining tashqi va ichki tuzilishi, hazm qilish, ayirish va nerv sistemalari. So’rg’ichlilarning jinsiy sistemasining tuzilishi va rivojlanish tsikli.

Tasmasimon chuvalchanglar sinfi. Qoramol tasmasimonining tuzilishi.

To’garak chuvalchanglar tipi. Nematodalar sinfi. Odam askaridasi, teri-muskul xaltasi, erkagi va urg’ochisining tashqi va ichki tuzilishi.

Halqali chuvalchanglar tipi. Ko’p tukli halqalilar sinfi. Nereisning bosh qismi, dumi va parapodiysining tuzilishi.

Kam tuklilar sinfi. Yomg’ir chuvalchangining tashqi va ichki tuzilishi, teri-muskul xaltasi, harakatlanishi va refleksi.

Bo’g’imoyoqlilar tipi. Qisqichbaqasimonlar sinfi. Daryo qisqichbaqasining tashqi tuzilishi, tana bo’limlari, oyoqlari, tana qoplpg’ichi.

Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi, hazm qilish, ayirish, qon aylanish, nerv va jinsiy sistemalari.

Qisqichbaqasimonlarning xilma-xilligi. Dafniya, tsiklop, yonlab suzarning tuzilishi va harakatlanishi.

Hasharotlar sinfi. Qora suvarak erkagi va urg’ochisining tashqi tuzilishi.

Hasharotlar og’iz organlarining xilma-xilligi: kemiruvchi, kemiruvchi-so’ruvchi, so’ruvchi, sanchib-so’ruvchi, va yalovchi tipidagi og’iz organlari .

Hasharotlarning ichki tuzilishi. Qora suvarakning hazm qilish, ayirish, nafas olish, qon aylanish, nerv va jinsiy sistemalari.

Chala metamorfoz orqali rivojlanadigan hasharotlar: chigirtka, beshiktervatar, ninachi va xasvalarning tuzilishi hamda rivojlanishi.

To’liq metamorfoz orqali rivojlanadigan hasharotlar. Tut ipak qurti va kolorado qo’ng’izining rivojlanishi.

O’rgimchaksimonlar sinfi. Butli o’rgimchakning tashqi va ichki tuzilishi.

O’rgimchaksimonlarning xilma-xilligi. Qoraqurt, sariq chayon, falanga va mol kanasining tashqi tuzilishi.



Mollyuskalar tipi. Qorinoyoqlilar sinfi. Chuchuk suv shillig’i yoki yalang’och shilliqning tashqi va ichki tuzilishi, harakatlanishi.

Ikki pallali mollyuskalar sinfi. Baqachanoqning tashqi va ichki tuzilishining asosiy xususiyatlari.



Ignaterililar tipi. Dengiz yulduzlari sinfi. Dengiz yulduzining tashqi tuzilishi, suvtomir sistemasi, harakatlanishi.
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

  • darslik va o’quv qo’llanmalarning boblari va mavzularini o’rganish. Bunday tashkiliy shakl, odatda, birinchi kurs talabalari uchun tavsiya etiladi, chunki bu toifa talabalarda mustaqil tahsil olish tajribasi kam bo’ladi. Bunday ish natijalari laboratoriya mashg’ulotlarida, kollekviumlarda hamda referatlar, individual berilgan vazifalar bo’yicha tekshiriladi.

  • tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruza qismlarini o’zlashtirish. Bunda o’qituvchi asosiy materialning bayon qilinishiga alohida ahamiyat berishi lozim bo’ladi. Tarqatma materiallar hajmi har bir ma’ruza uchun 5-8 sahifa bo’lishiga erishish kerak. Bunday ish natijalari reyting nazoratining muvofiq bosqichlarida tekshiriladi.

  • o’qitish va nazorat qilishning avtomatlashtrilgan tizimlari bilan ishlash. Bu usul ma’ruza mashg’ulotlari hamda laboratoriya mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish jarayonida qo’llanilinishi mumkin.

  • o’z –o’zini baxolash orqali bilimni uzluksiz nazorat qilish. Talaba maxsus formula yordamida o’z bilimni o’zi baxolaydi va maxsus nazorat daftariga qayd etib boradi.

  • fanning boblari va mavzulari ustida ishlash. Bu maxsus va ilmiy adabiyotlar (monografiya, maqolalar) referatlar, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlarini bajarish jarayonida amalga oshiriladi. Mustaqil tahsilning bu shakli barcha kurs talabalariga tavsiya etiladi. Uning natijalari ham reyting nazoratida aks etadi.

  • fanlar bo’yicha adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish, qo’shimcha adabiyotlar ustida ishlash hamda ularni o’rganish. Bu ish ham barcha semestrlarda amalga oshiriladi va reyting tizimida baholanadi.

  • talabalarning ilmiy –tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq holda fanning muayyan boblari va mavzularini chuqur o’rganish. Mustaqil ishning bu shakli barcha semestr talabalariga tavsiya etiladi.

  • faol o’qitish metodidan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlari. Talabalar tomonidan ta’lim, fan va texnologiyalarning dolzarb muammolari bo’yicha tayyorlangan faol o’qitish metodlarini (o’yinli texnologiyalar, munozara, seminar va b.q.) qo’llagan dars mashg’ulotlari.

  • avtomatlashtirilgan o’rgatuvchi nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash. Bu esa ma’ruza mashg’ulotlari doirasida ham amaliy mashg’ulotlariga tayyorgarlik doirasida ham olib boriladi. Mustaqil ta’limning bunday shakli axborot texnologiyalari keng qo’llaniladigan OTM larida ham qo’llash mumkin.

  • O’quv rejasidagi ayrim fanlar bo’yicha eksternat.

Masofaviy ta’lim.



Kurs ishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar.
Zoologiya fanidan kurs ishlari o’quv yilining 4-semestrida bajariladi. Kurs ishlarining asosiy maqsadi talabalarni mustaqil ishlashga o’rgatish, ular olgan bilimlarini yanada kengaytirish va mustahkamlashdan iborat. Kurs ishlarini bajarish davomida talabalar ilmiy tadqiqod ishlarini olib borish metodlari bilan tanishishadi; tajribalar, kuzatishlar olib borishadi; foydalanilgan yozma manbalarda keltirilgan ma’lumotlarni tahlil qilib, ularni xulosalashga o’rganishadi.

Kurs ishlari hayvonlar tuzilishi va hayotini o’rganish, faunistik va ekologik kuzatishlar yoki ilmiy manbalarni tahliliy o’rganish asosida bajariladi.

Kurs ishlarini baholashda tadqiqodning metodik to’g’ri tashkil etilganligi, tadqiqod natijalari va xulosalarning mantiqiyligi, ilmiy asoslanganligi, ish matnining jadvallar va rasmlar bilan bezatilganligi e’tiborga olinadi.

Kurs ishlarining taxminiy mavzulari:

1. Zoologiyaning rivojlanish tarixi va zamonaviy muammolari.

2. Yashash muhiti omillari va hayvonlarning moslanish xususiyatlari.

3. Hayvonlarning ko’payishi va rivojlanishi.

4. Tuproq hayvonlari va ularning amaliy ahamiyati.

5. Parazit xivchinlilar, ularning tibbiyot va qishloq xo’jaligidagi ahamiyati.

6. Sarkodalilarning tuzilishi, ko’payishi va ahamiyati.

7. Odam va hayvonlar organizmida parazitlik qiladigan bir hujayralilar.

8. Hayvonlarning koktsidioz kasalligi.

9. Baliqlarda parazitlik qiladigan bir hujayralilar.

10. Infuzoriyalarning xilma-xilligi va ahamiyati.

11. Bir hujayralilarning foydali hasharotlar paraziti sifatida ahamiyati.

12. Bezgak parazitining hayot tsikli, tarqalishi va patogen ahamiyati.

13. Infuzoriyalar, ularning patogen ahamiyati.

14. G’ovaktanalilar, ularning ko’payishi va rivojlanishi, suv havzalaridagi ahamiyati.

15. Ko’p hujayrali hayvonlarning tuzilishi va kelib chiqishi.

16. Stsifoid meduzualar, tuzilishi, ko’payishi, tarqalishi va ahamiyati.

17. Koloniya bo’lib yashovchi bo’shliqichlilar, tuzilishi, ko’payishi va rivojlanishi.

18. Korall poliplar, riflarning hosil bo’lishi va ahamiyati.

19. Jigar qurti, tuzilishi, rivojlanishi va zarari.

20. So’rg’ichlilarning xilma-xilligi, asosiy vakillarning rivojlanishi va patogent ahamiyati.

21. Qoramol va cho’chqa tasmasimon chuvalchanglari, tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi va zarari.

22. exinokokk, tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi va zarari.

23. O’simliklarda parazitlik qiluvchi bo’rtma nematodalarning tuzilishi, rivojlanishi va zarari.

24. Odam va hayvonlarning askaridoz kasalligi.

25. Odam organizmida parazitlik qiluvchi to’garak chuvalchanglar, ularning patogen ahamiyati.

26. To’garak chuvalchanglar, ularning tuproqda va suv havzalaridagi ahamiyati.

27. Dengiz halqali chuvalchanglari, ularning nazariy va amaliy ahamiyati.

28. Yomg’ir chuvalchanglari, ularning tuzilishi, ko’payishi va tuproqdagi ahamiyati.

29. Halqali chuvalchanglar, ularning suv havzalaridagi ahamiyati.

30. Dengiz qorin oyoqli mollyuskalari, ularning harakatlanishi, ko’payishi, rivojlanishi va ahamiyati.

31. Quruqlik va chuchuk suv qorin oyoqli mollyuskalari, tuzilishining asosiy xususiyati va zarari.

32. Chuchuk suv ikki pallali mollyuskalari, ularning hayot kechirishi va rivojlanishi.

33. Dengiz ikki pallali mollyuskalari, ularning ko’payishi, rivojlanishi va zarari.

34. Foydali ikki pallali mollyuskalar, ularning iqtisodiy ahamiyati.

35. Boshoyoqli mollyuskalar, tuzilishi va hayot kechirishi.

36. Ovlanadigan mollyuskalar, asosiy turlarining iqtisodiy ahamiyati.

37. Qisqichbaqasimonlar, ularning suv havzalaridagi ahamiyati.

38. Plankton qisqichbaqasimonlar, ularning dengiz hayvonlari uchun oziq sifatida ahamiyati.

39. Ovlanadigan qisqichbaqasimonlar, ularning iqtisodiy ahamiyati.

40. O’rgimchaklar, ularning tuzilishi, oziqlanishi va tabiatdagi ahamiyati.

41. Zaharli o’rgimchaksimonlar, ularning tarqalishi va hayot kechirishi.

42. CHayonlar, tuzilishi va hayot kechirishi.

43. Parazit kanalar, ularning tuzilishi, rivojlanishi va kasallik tarqatishdagi ahamiyati.

44. Asalarilar, ularning tuzilishi va o’simliklar uchun ahamiyati.

45. Chumolilar, ularning hayoti va tabiatdagi ahamiyati.

46. Termitlar oilasi tarkibi va hayot kechirishi.

47. O’simliklarda zarakunandalik qiluvchi qo’ng’izlarning hayoti va zarari.

48. Yirtqich qo’ng’izlar, asosiy turlarining hayoti va tabiatdagi ahamiyati.

49. Parazit pardaqanotlilar, ulardan zararkunandalarga qarshi kurashda foydalanish.

50. Shiralar, ko’payishi, rivojlanishi va zarari.

51. Beshiktervatarlar, asosiy turlarining tabiatdagi ahamiyati.

52. Ninachilar, tuzilishi va hayot kechirishi.

53. Ombor zararkunandalari, asosiy turlarining hayot kechirishi.


Yüklə 199,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə