O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix04.06.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#88779
növüReferat
  1   2   3   4
iso xalqaro standartlashtirish tashkiloti



O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta’lim 
vazirligi 
Urganch Davlat universiteti 
Pedagogika fakulteti 
Mehnat ta’limi yo’nalishi
303-guruh talabasi Jumatova Muniraning 
“ISO xalqaro standartlashtirish tashkiloti” mavzusida yozgan 
 
 
 
 
REFERATI 
 
 
 
 
 
Qabul qildi: “ Mehnat talimi “kafedrasi dotsenti, 
t.f.n. Yakubov X.K. 
 
 
 
 
 
 
 
Urganch-2017 
 


ISO xalqaro standartlashtirish tashkiloti
Reja: 
1. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti – ISO va uning faoliyatlari. 
2. ISO 9000 Standartlashtirishning bozor iqtisodiyoti sharoitida xalq 
xo’jaligida ahamiyati . 
3. Boshqa xalqaro tashkilotlarning asosiy faoliyatlari. 


 
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti – ISO va uning faoliyatlari 
Birinchi standartlashtirish milliy tashkiloti – Britaniya Assosiyasiyasi /Britich 
Enginezing Standards Accocciation/ 1901 yilda tashkil etilgan bo’lib biroz 
keyinroq, birinchi jahon urushi davrida Daniya byurosi, Germaniya qo’mitasi 
(1918y.), Amerika qo’mitasi (1918y.) va boshqalar tashkil topdi.
Standartlashtirish sohasidagi ishlar xalqaro markaz kerakligini taqoza qildi. 
Shu maqsadda 1926 yili standartlashtirish milliy tashkilotlarning Xalqaro 
Assosiyasi (ISA) paydo bo’ldi. (ISA) ning tarkibiga 20 ta mamlakat vakillari kirdi.
1938 yili Berlin shahrida standartlashtirish bo’yicha Xalqaro syezd ochildi. Unda 
texnikaning turli sohalari bo’yicha 32 ta qo’mita va kichik qo’mitalar tuzildi. 1939 
yili boshlangan ikkinchi jahon urushi ISA ning faoliyatini to’xtatib qo’ydi.
Hozirgi Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (International Standards Organization) 
1946-1947 yillarda tashkil topdi, uni qisqacha ISO deb yuritiladi. ISO grek tilidan 
olingan bulib «teng» degan ma’noni anglatadi. Bu nufuzli tashkilot Birlashgan 
Millatlar Bosh Assambleyasi tarkibida faoliyat ko’rsatib, rivoj topmoqda.
ISO ning tuzilishidan ko’zda tutilgan asosiy maqsad-xalqaro miqyosdagi mol 
almashinuvida va o’zaro yordamni yengillashtirish uchun dunyo ko’lamida 
standartlashtirishni rivojlantirishga ko’maklashish hamda aqliy, ilmiy texnikaviy 
va iqtisodiy faoliyatlar sahasida hamdo’stlik rivojlantirishdir.
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun:
- dunyo qo’lamida standartlarni va ular bilan bog’liq bo’lgan sohalarda 
uyg’unlashtirishni yengillashtirish uchun choralar ko’rish;
- xalqaro standartni ishlab chiqish va chop etish (agar har bir standart uchun uning 
faol tashkiliy va kichik qo’mitalarining ikkidan uch qismi ma’qullab ovoz bersa va 
umumiy ovoz beruvchilarning to’rtdan uch qismi yoqlab chiqsa, standart 
ma’qullanishi mumkin);
- qo’mita a’zolarining va texnikaviy qo’mitalarning ishlari haqida axborotlar 
almashinuvini tashkil qilish;


- sohaviy masalalar bo’yicha manfaatdor bo’lgan boshqa xalqaro tashkilotlar bilan 
xamkorlik qilish ko’zda tutiladi. 
ISO rahbar va ishchi qo’mita idoralarida tashkil topgan. Rahbar idoralari 
tarkibiga Kengashning yuqori idorasi-Bosh Assambleya, Kengash, ijroiya byurosi, 
texnikaviy byuro, kengashning texnikaviy qo’mitalari va markaziy sekretariyati 
kiradi.
ISO da prezident, vise-prezident, g’aznachi va bosh sekretar lavozimlari 
mavjud Bosh Assambleya-ISOning Oliy Rahbari bo’lib, ISOning yig’ilishi uch 
yilda bir marta bo’ladi. Uning sessiyasida prezident uch yil muddat bilan saylanadi.
Bosh Assambleya qo’nim vaqtida sanoat sohasida yetakchi mutaxassislar 
ishtirokida xalqaro standartlashtirishning muhim muammolari va yo’nalishlari 
muhokama qilinadi.
ISO kengashi yiliga bir marta o’tkazilib, unda tashkilotning faoliyati, xususan, 
texnikaviy idoralarning tuzilishi, xalqaro standartlashtirishning chop etilishi, 
kengash idoralarining a’zolarini hamda texnikaviy qo’mitalarning raislarini 
tayinlaydi va boshqa masalalar ko’riladi.
Sobiq Ittifoq parchalangunga qadar Xalqaro standartlashtirish tashkilotning tarkibi 
91 mamlakat vakillaridan iborat edi.
Respublikamizning dastlabki mustaqillik yillaridagi (1992 yil) muhim 
voqyealardan biri nufuzli xalqaro tashkilotga O’zbekiston Respublikasi 92 davlat 
sifatida qabul qilinishi bo’ladi.
Endilikda O’zbekiston Respublikasi ISOning teng huquqli a’zolaridan biri 
hisoblanadi.
Mahsulot sifatini yaxshilash, boshqarish va ta’minlash bo’yicha oxirgi vaqtda 
qilingan ishlarni mujassamlab, ISO o’zining bir qator me’yoriy hujjatlarini ishlab 
chiqdi, bu hujjatlarga ISO 9000, 10011 va 10012 raqamli standartlarni ko’rsatish 
mumkin.



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə