O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 267,98 Kb.
səhifə1/4
tarix30.04.2018
ölçüsü267,98 Kb.
#40398
  1   2   3   4

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
AKUSHERLIK VA GINEKOLOGIYA KAFEDRASI



O’quv-uslubiy boshqarma tomonidan ro’yxatga olindi №______________

«_____» ________________2017y.



«TASDIQLAYMAN»

O’quv ishlari bo’yicha prorektor

Teshaev O.R._________________

«_____» _____________2017 y.





AKUSHERLIK VA GINEKOLOGIYA

FANI BO’YICHA
ISHCHI O’QUV DASTUR










Bilim sohasi

500000 -

Sog`liqni saqlash va ijtimoiy ta`minot



















Ta`lim sohasi:

510000 -

Sog`liqni saqlash



















Ta`lim yo’nalishi:

5510300 -

Tibbiy profilaktika ishi










Umumi uquv soati:

120 soat




Maruzalar

12 soat

(8semestr- 6 soat, 9 semestr – 6 soat)

Amaliy mashgulotlar

70 soat

(8 semestr - 35 soat, 9 semestr – 35 soat)

Mustakil talim soati

38 soat

(8 semestr - 20 soat часов, 9 semestr – 18 soat)










Toshkent - 2017

Fanning ishchi o’quv dasturi o’quv, ishchi o’quv reja va o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.

Tuzuvchi:

Nigmatova G.M. – TTA akusherlik va ginekologiya kafedrasi dotsenti, t.f.n.


Taqrizchilar:

Rasul-Zade Yu.G. - ToshPTI akusherlik va ginekologiya kafedrasi professori, t.f.d.


Babadjanova G.S.ТТА, Akusherlik va ginekologiya kafedrasi prof. , t.f.d

Fanning ishchi o’quv dasturi akusherlik va ginekologiya kafedrasining 2017 yil .18... y iyundagi...-son yig`ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.

Kafedra mudiri Ayupova F.M.

Fanning ishchi o’quv dasturi malaka oshirish fakulteti kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2017 yil .... iyundagi ....-sonli bayonnoma)

Fakultet kengashi raisi Irnazarov A.A.

Kelishildi:


O’quv-uslubiy boshqarma boshlig`i Azizova F.X.


14 aprel 2017 yil SSV qochidagi monotematik komissiya yig`ilishi ma’ruza va amaliyi mashgulot o’quv rejalarni akucherlik va ginekologiya bo’yicha tasdiqlangan № 4 -sonli bayonnomasi



  1. KIRISH

Umumiy amaliyot shifokori malakaviy tasnifiga asoslanib, talabalarga avvalgi bosqichlarda olgan bilimlariga tayangan holda, akusherlik va ginekologiyadan, dalillarga asoslanib, fiziologik va asoratlanib kechayotgan homiladorlikda samarali perinatal yordam printsiplariga, normal va patologik tug`ruq va chilla davrini olib borish, chaqaloqlarni pravarishlash, akusherlik va ginekologiya amaliyotlarida ko’p uchrab turadigan shoshilinch holatlarda, diagnostika, birlamchi yordam ko’rsatish va profilaktika usullarini o’rgatishdan iborat.


    1. Fanning maqsad va vazifalari

Oldingi kurslarda olingan bilim bazasida, isbotlarga asoslangan fiziologik xamda og`irlashgan xomiladorlikda samarali perinetal yordam printsiplariga, normal va patologik tug`ruk kabul kilish, tug`rukdan keyin chakalok parvarishi, akusherlik amaliyotida tez-tez uchrab turadigan shoshilinch vaziyatlarda, profilaktika metodlari va birinchi yordamga, diagnostikaga talabalarni akusherlik asoslari umumiy amaliyoti shifokori kvalifikatsiyalangan xarakterdagi bilim bilan o’kitish;.

“akusherlik” amaliyotida ko’yilgan vazifalar:

-Talabalarda xomilador organizmdagi turli sistemalarning funksiyasi va ularning regulyatsiyasi xakida ko’nikmani shakllantirish;

-Erta xomiladorlik muddati diagnostikasi, xomiladorlarni tekshiruvdan o’tkazish, ambulator sharoitda tug`uvchi va fiziologik xomilador ayollarni ratsional nazorati va diagnostikasi bo’yicha ko’nikma xosil kilish;

-Talabalarni diagnostika, fiziologik tug`ruklarni boskichma-boskich kechishi, yuzaga chikishi mumkin bo’lgan noxush xolatlar va ularni bartaraf etish taktikasi, normal tug`rukdan keyingi xolatlarning namoyon bo’lishi va nazoratga olishga o’rgatish,

-preeklampsiya,kon ketishi, vaktdan oldingi va tor chanokli ayollarda muddati cho’zilgan tug`ruklar, immunokonflikt xomiladorlik, tug`rukdan keyingi yiringli- septik kasalliklar diagnostikasi,uning klinik namoyon bo’lishi, profilaktikasi, urgent patologiyada birinchi yordam ko’rsatish bilimlariga, gospitalizatsiya kilish metodlari va profil bo’yicha umumiy amaliyot shifokorining taktikasini shakllantirish

-Talabalarni tibbiy xujjatlarni yuritish prinsiplari va ko’rinishlari bilan tanishtirish

-Talabalarni feto- platsentar sistema kurilishi va funksiyasi, uning xolati to’g`risidagi diagnostika metodlari , perinotal patologiya xakidagi zamonaviy tushunchalar, uning profilaktik choralari bilan tanishtirish;

-Talabalarni zamonaviy davolash- diagnostika apparaturalari, akusherlik amaliyotida ko’llaniladigan operativ tug`ruk metodlari bilan tanishtirish




    1. Fan bo’yicha talabalarning malakasiga qo’yiladigan talablar

akusherlikdan bilishi va foydalana olishi kerak:

  • homiladorlarda maqsadga yo’naltirilgan anamnez yig`ish va klinik tekshiruv o’tkazish;

  • homiladorlik diagnostikasi;

  • homiladorlik va tug`ruq muddatlarini aniqlash;

  • homila vaznini aniqlash; gravidogrammani to’ldirish;

  • chanoq o’lchagichda chanoq o’lchamlarini o’lchash;

  • stetoskopda homila yurak urishini eshitish;

  • tug`ruq va tug`ruq davrlari diagnostikasi; partogramma ahamiyati;

  • tug`ruqda asoratlarni aniqlash va kerakli shoshilinch yordam ko’rsatish;

  • dastlabki diagnozni qo’yish va uni asoslash;

  • yo’ldoshni baholash;

  • homiladorlarda gipertenziv sindrom diagnostikasi va uni og`irlik darajasini baholash;

  • homiladorlik asoratlari (preeklampsiya, normal joylashgan yo’ldoshning barvaqt ko’chishi, yo’ldoshning oldinda yotishi) da shoshilinch yordam ko’rsatish;

  • tor chanoq va homilani noto’g`ri joylashishi diagnostikasi;

  • chaqaloqlarda birlamchi artib tozalashni o’tkazish;

  • asfiksiyada tug`ilgan chaqaloqlarga birlamchi yordamni ko’rsatish.

  • mastit profilaktikasi;

ginekologiyadan bilishi va foydalana olishi kerak:

  • ginekologik bemorlarda maqsadga yo’naltirilgan anamnez yig`ish va klinik tekshiruv o’tkazish;

  • ko’zgularda ginekologik ko’ruv o’tkazish;

  • turli yoshdagi ayollarda reproduktiv faoliyatini baholash;

  • dastlabki diagnozni qo’yish;

  • bachadon va ortiqlarini bimanual palpatsiyasi:

  • funktsional diagnostika testlarini o’tkazish va natijalarini (bazal harorat, qorachiq simptomi, shilliqni cho’zilish simptomi) baholash;

  • bachadon bo’yni raki erta diagnostikasi maqsadida Papanikolau bo’yicha tsitologik tekshiruvga surtma olish;

  • qin tozalik darajasini baholash;

  • individual kontratseptsiya vositasini tanlash;

  • instrumental va laborator tekshiruvlariga ko’rsatmalarini aniqlash va ular natijalarnini aniqlash;

  • xirurgik va konservativ davolash usullariga ko’rsatmalarni aniqlash,

  • bepushtlikga diagnoz qo’yish va mutaxassisga jo’natish;

  • genitaliy organlari va sut bezlari fon va rakoldi kasalliklariga diagnoz qo’yish, mutaxassisga jo’natish.

AKUSHERLIKdan quyidagi amaliy mahoratlarni bajara olishlari kerak:

  • homiladorlar va tug`uvchilarda tashqi akusherlik tekshiruvi usullari;

  • chanoq o’lchamlarini o’lchash;

  • homila yurak urishini eshitish;

  • gravidogramma to’lg`azish;

  • homiladorlik va dekret ta`tili muddatini aniqlash;

  • tug`ruqni taxminiy muddatini aniqlash;

  • normal tug`ruqni qabul qilish;

  • homila taxminiy vaznini aniqlash;

  • dardlar soni jadalligi va davomiyligini aniqlash;

  • kindikni kesish va artib tozalash;

  • chaqaloqlarni birlamchi artib tozalash;

  • Apgar va Silverman shkalalarida chaqaloqlar ahvolini baholash;

  • etilib tug`ilganlik, chala tug`ilaganlik darajalarini aniqlash;

  • chaqaloqlarni birlamchi ona ko’kragiga qo’yish;

  • tug`ruqni SH davrini faol olib borish;

  • yo’ldosh butunligini aniqlash;

  • yo’qotilgan qon miqdorini aniqlash;

  • chilla davrida bachadon involyutsiyasini baholash;

  • ko’krak bilan boqish printsiplari;

  • mastit profilaktikasi.

GINEKOLOGIYADANdan quyidagi amaliy mahoratlarni bajara olishlari kerak:

  • ginekologik ko’ruv:

  • bachadon bo’ynini ko’zgularda ko’ruv;

  • bimanual tekshiruv;

  • sut bezlari palpatsiyasi;

  • funktsional diagnostika testlari;

  • bachadon bo’yni tsitologiyasi;

  • uch nuqtadan surtma olish.


1.3. Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog`liqligi va sog`liqni saqlash tizimidagi o’rni

IVkurs talabalari mazkur fanlarni mukammal o’zlashtirishlari uchun, normal va topografik anatomiya, fiziologiya, patofiziologiya, gistologiya, patologik anatomiya, mikrobiologiya, epidemiologiya, terapiya, xirurgiya anesteziologiya va reanimatologiya, klinik farmakologiya, dermatovenerologiya, endokrinologiya va bolalar kasalliklari fanlaridan yaxshi bilimga ega bo’lishlari kerak.


1.4. Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

O’quv jarayoni bilan bog`liq ta`lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma`ruzalar o’qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg`or pedagogik texnologiyalardan va multimediya vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.



Akusherlik va ginekologiya” tsiklini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:

Shaxsga yo’naltirilgan ta`lim. Bu ta`lim o’z mohiyatiga ko’ra ta`lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta`limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma`lum bir ta`lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog`liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondshilishni nazarda tutadi.

Tizimli yondoshuv. Ta`lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog`i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g`inlarini o’zaro bog`langanligi, yaxlitligi.

Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. SHaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta`lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta`limni ifodalaydi.

Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.

Hamkorlikdagi ta`limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta`lim beruvchi va ta`lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e`tiborni qaratish zarurligini bildiradi.

Muammoli ta`lim. Ta`lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish usuli ta`lim oluvchi faoliyatini aktivlashtiradi. Bunda ilmiy bilimni ob`ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini ijodiy tarzda qo’llanilishi dialektik mushohadani shakllantiradi va rivojlantiradi natijada talabani mustaqil ijodiy faoliyati ta`minlanadi.

Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vosita va usullarini qo’llash – yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga tatbiq etish.

O’qitishning usullari va texnikasi. Ma`ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta`lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.

O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro o’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.

O’qitish vositalari o’qitishning an`anaviy shakllari (darslik, ma`ruza matni) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.

Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar.

Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so’rov, oraliq, joriy va yakuniy nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.

Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg`uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik xarita ko’rinishidagi o’quv mashg`ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va talabaning birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg`ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.

Monitoring va baholash: o’quv mashg`ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida ogzaki surov, mulyajlarda ishlash va test topshiriqlari yordamida tinglovchilarning bilimlarini baholash.

“Akusherlik va ginekologiya” fanini o’qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan, o’rgatuvchi kompyuter dasturlaridan foydalaniladi, mavzular bo’yicha tarqatma materiallar tayyorlanadi. Tabalar bilimini baholash og`zaki, kompyuterli test shakllarida amalga oshiriladi.



Akusherlik va ginekologiya fanidan mashg`ulotlarning mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi

5510300 – Tibbiy profilaktika ishi ta`lim yo’nalishi uchun



Mavzular nomi

Jami soat

ma`ruza

Amaliy mashg`ulot

Mustaqil ta`lim

1

Antenatal harvarish. Tug`ruq yo`llari va homila mavzusi. Fiziologik tug`ruqni olib boorish. Chaqaloqni parvarishlash. Fiziologik chilla davri. Gigiena, dietika parvarish. Chaqaloqlik davrini fiziologiyasi va patologiyasi. Chakaloklarda cariklik.



8




5

3

2

Ko`ngil aynish va qusish sindomi Homiladorlik davridagi gipertenziv sindromlar, preeklampsiya, eklampsiya. Tashxislash birlamchi yordam ko`rsatish, profilaktika. Patologiyani tashqi muhit omillari va ish sharoitlari bilan bog`liqligi.


10

2

5

3

3

Siydik pufagi va buiyrak kasalliklari, jigar kasalliklari va homiladorlikda anemia. . Kasb salbiy omillarini homila rivojiga ta`siri.

8




5

3

4

Bosh-chanok disproposiyasi

8




5

3

5

Homiladorlikni ikkinchi yarmida vaginal qon ketishi. Normal joylashgan yo`ldoshni barvaqt ko`chishi. Chilla davrida va olk chilla davrisda vaginal qon ketish.

10

2

5

3

6

Gemoragir shok. DVS-sindrom Qon ivish faktorlari normal ko`rsatkichlari. Qon ketishning ijtimoiy omillariga bog`liqligi. Qon ketish profilaktikasi

7




5

2

7

Chilla davri septik kasalliklari. Tugruk majmuasida sanitar-epidemiologik tizim

Akusherlik peritonit. Sepsis.



9

2

5

2

8

Ginekologiyada tekshirish usullari. Bemorlar kurish va vaslachat berish. Normal hayz sikli va uning boshqarilishi. Hayz sikli buzilishlari. Hayz sikli buzilishida kasb salbiy omillarining o`rni.

9

2

5

2

9

Bachadondan anomal qon ketishlar. Homiladorlikni birinchi yarmida vaginal qon ketish: abort, bachadondan tashqari homiladorlik, yelbug`oz, horionepitelioma


8

-

5

3

10

Ayollar jinsiy a`zolarining nospetsifik yallig`lanish kasalliklari. Tekshirish usullari va davolash tamoillari. Ayollar jinsiy a`zolarining spetsifik yallig`lanish kasalliklari. JYTK to`g`risida tushuncha. Rivojlanishida ijtimoiy sabablarning o`rni.


10

2

5

3

11

Bachadon yaxshi sifatli va yomon sifatli o`smalari. Tashqi muhit omillarining o`sma kasalliklari rivojlanishiga ta`siri.

9

1

5

3

12

Tuxumdon yaxshi sifatli va yomon sifatli o`smalari. Tashqi muhit omillarining o`sma kasalliklari rivojlanishiga ta`siri.

9

1

5

3

13

Ayollar jinsiy a`zolarining noto`g`ri joylashishi va nuqsonlari, kasb omillariga bog`liqligi.

7




5

2

14

Bepushtlik. Repraduktiv funksiyaga va bepusht nikoh rivojlanishiga ijtimoiy, kasbiy, va boshqa tashqi muhit omillarning ta`siri. .

8

-

5

3







120

12

70

38


2. O’QUV MATERIALLARI MAZMUNI

2.1. Ma`ruza mashg`ulotlari


  1. Ko`ngil aynish va qusish sindomi. Homiladorlik davridagi gipertenziv sindromlar. Sabablar va tasnifi. Tashqi muhit omillari bilan bog`liqligi. (2soat).

Toksikoz bu fakatgina xomiladorlik paytida kuzatiladi.Ona va xomila uchun og`ir asoratlarga olib keladigan va aksariyat xollarda xomiladorlikdan keyin to’gaydigan xolatga aytiladi. Zamonaviy nariyalar asosida toksikozni organizimning moslashish jarayoni buzilsh-Ayol organizimining rivojlanadigan xomilaga mukobil javob bera olmasligi tushutiriladi.

Erta toksikoz xomiladorlikda so’lak ajralishi,kayt kilish ko’rinishidagi dispeptik xolatlar;kamdan kam xolatlarda dermatoz bronxial astma gepatoz (yog`li gepatoz darajasigacha)ko’rinishida namoyon bo’ladi.

Kayt kilish soni labarator natijalar va xomiladorni axvoli yomonlashish darajasiga bog`lik xolda engil,o’rta og`ir kusishlar farklanadi. Kusishning xar bir formasida shifokorni davolash usullari,kasallikni patogenezi klinikasi diagnostikasi. Xomiladorlik davrida gepertenziv sindromlar. Klassifikatsiyasi,klinikasi,asorati,davosi. Maruza xomildorlikni jiddiy asorati -gipotenziv sindromga atalgan.Berilgan ma`ruza matniga ushbu patologiyani xomiladorlarda uchrash darajasiga,gippotenziv sindromlarni rivojlantiruvchi xolatlar ,uning og`lashuviga olib keluvchi sabablarga e`tibor karatilgan

Gipertenziv xolatlar tasnifi (xomiladorlar gipertenziyasi,surunkali gipertenziya,engil va og`ir darajadagi preklmpsiya)shuningdek o’ta og`ir darajadagi eklamsiya xomiladorlarda gepatoz HELP-sindromi xakida tushuncha berilgan.Bachadon ichi xomilasi xamda xomoladorlik kechishga gipertenziv tasirlashga asosiy dikkat karatilgan. Bu xolatlarning tashxisiy printsiplari berilagan.Ma`ruzada VOZ tavsiyalarga asosiy davolash printsiplari,magnezial terpiya printsiplari namoyish etilgan.

A: O (asosiy)-1,3,5, D (ko’shimcha)-1,2,7.


  1. Yüklə 267,98 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə