O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligINizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Tabiiy fanlari fakulteti. Geogrfiya kafedrasi. Maktab menejmenti yo'nalishi
KURS ISHI
Mavzu: Tadbirkorlik faoliyatida invistitsiyaning o'rni va ahamiyati
Bajardi: 201-guruh. Xaytboyeva Laylo
Ilmiy rahbar: Jumanov Xaytmurod
Mavzu: Tadbirkorlik faoliyatida invistitsiyaning o'rni va ahamiyati
REJA:
Kirish
1-BOB. Iqtisodiyotda invistitsiyalarning amaliy va nazariy asoslari1.1 Investitsiyalarning mohiyati, manbalari va undan kutiladigan natijalar1.2 Invistitsiyaning turlari
2-BOB. O'zbekistonda invistitsion muhitni shakllantirishning o'ziga xos xususiyatlari
2.1 Mamlakatimizda investitsion muhitni takomillashtirishga qaratilgan davlat siyosati2.2 Milliy Iqtisodiyotga yo'naltirilayotgan invistitsiyalar samaradorligini oshirish yo'llari
XulosaFoydalanilgan adabiyotlar
Kirish
O’zbekiston va jahon iqtisodiyotining kelgusi taraqqiyoti, asosan, investitsiyalarga bog’likligini bugungi kunda deyarli har bir mutaxassis va xo’jalik yurituvchi sub’ekt anglab yetganligini nazarda tutsak, hozirgi kunda respublikamiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni, xususan, xorijiy investitsiyalarni kengroq jalb etishularning mamlakatimizda o’tkazilayotgan muhim asosiga aylanganligi bilan bog’likligini tushunib olish qiyin emas. Mamlakatni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida investitsiyalarning ahamiyati kattadir. Ma’lumki, har qanday davlat dunyodan ajralgan holda, jahon tajribalarini o’rganmasdan, dunyoning etakchi davlatlari ilm-fan va tehnika sohasida erishgan yutuqlarini qabul qilmasdan rivojlanishi mumkin emas.Bu borada so’z ketganda Prezidentimiz I.A. Karimovning quyidagi fikrlarini ta’kidlashimiz lozim: “Bugun joylarda iqtisodiyotni yuksaltirish, zamonaviy texnika va texnalogiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruksiya qilish uchun horijiy sarmoyalarni jalb qilish, ….. nechog’lik katta hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini kimgadir isbot qilib berishga hojat yo’q. Bu avvalombor, aholi bandligi, uning ish haqi va daromadlarini oshirish, bu ohir –oqibatda respublikamiz hududlari, shahar va tumanlarimizdagi eng muhim ijtimoiy muammolarni echish demakdir”. Ushbu muammolarni jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi sharoitda hal etishga o’zgacha yondashuvni talab etilishi tabiiy holdir.Prezidentimiz jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizning 2008 yildagi ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatganligini ta’kidlab o’tdilar.“ Bunday ta’sir, - deb yozadilar Prezidentimiz o’z asarlarida,- avvalambor, umuman dunyo bozoridagi talab va narhlarning keskin tushib ketishida va tabiiyki, mamlakatimiz eksport qiladigan mahsulotlarning muhim turlariga nisbatan hamda eksportga yo’naltirilgan etakchi tarmoqlar va ular bilan bog’liq turdosh korxonalar faoliyatida namoyon bo’lmoqda. Bu esa, o’z navbatida, butun iqtisodiyotimizning mutanosib va samarali rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda,ko’zda tutilgan loyihalarni amalga oshirish, o’z oldimizga qo’ygan ko’plab muammolarni tug’dirmoqda.
Muxtasar aytganda, 2008 yil biz uchun, birinchi navbatda mamlakatimiz mehnatkashlari uchun g’oyat murakkab va og’ir bo’ldi. Lekin, yuzaga kelgan barcha muammo va qiyinchiliklarga qaramay, xalqimizning fidokorona mehnati va amalga oshirilgan tadbirlar evaziga 2008 yilda iqtisodiyotimizning nafaqat barqaror faoliyat ko’rsatilishiga, balki uning yuqori o’sish sur’atlarini izchil ta’minlashga erishdik ”.Respublikamizda doimo qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el investitsiyalarini uzoq muddatlarga, imtiyozli foiz stavkalari bo’yicha jalb etildi. Natijada milliy iqtisodiyotimizning halqaro kreditlar bozoridagi kon’yukturaga keskin bog’likligini va moliyaviy inqirozining salbiy oqibatlarining oldi olindi.2007-2008 yillarda o’zlashtirilgan chet el investitsiyalari hajmi 2,5 martadan ko’proq oshdi. Bu holat milliy iqtisodiyotimizning yuqori investitsion salohiyatga ega bo’layotganligi va hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan qulay investitsion muhit bilan bevosita bog'iqdir
Dostları ilə paylaş: |