O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 39,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/104
tarix26.09.2017
ölçüsü39,9 Kb.
#2123
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104


 

O’ZBEKISTON  RESPUBLIKASISOG`LIQNI  SAQLASH 
VAZIRLIGI
  
                          
 
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI
  
 
 
IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI 
 
 
  
 
  
« PSIXOLOGIYA»
 
fani boyicha
 
 
O`quv-uslubiy 
 majmua 
 
  
                      
 
 
                                              
 
 
 
 
 
 
                                                                              
Tuzuvchi: Ijtimoiy fanlar kafedrasi 
                                                                katta o`qituvchisi L.B.Sultonova 
 
 
 
 
                                                   
                                                             
                                      TOSHKENT – 2014 
 
 
 
                                               
 
 


 

Ushbu  majmuani  tayyorlashda  Toshkent  Davlat  Pedagogika  Universiteti  va  Termiz 
Davlat  Pedagogika  Universiteti  profеssor-o„qituvchilari  tomonidan  yaratilgan  o„quv 
– uslubiy majmuadan foydalanildi. Ta'lim texnologiyasini ishlab chiqishda Toshkent 
Davlat  iqtisodiyot  universiteti  professor-o„qituvchilari  tomonidan  yaratilgan 
“Ta'limda  innovatsion  texnologiyalar”  (Loyiha  muharriri  i.f.d.  prof.  Bekmurodov 
A.Sh.,  p.f.n.  dots.  Golish  L.V)  uslubiy  qo„llanmasidan  hamda  “Pedagogik 
texnologiya  va  pedagogik  maxorat”  malaka  oshirish  kursida  olingan  bilimlardan 
foydalanildi. 
 
 
                                         Annotatsiya 
 
 
« Psixologiya» fani  bo‟yicha ma‟ruza va amaliy mashg‟ulotlarni loyihalash 
texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan.Mazkur qo‟llanma kirish, ta‟lim 
texnologiyasining konseptual asoslari hamda ma‟ruza va amaliy mashg‟ulotlarda 
o‟qtitish texnologiyalaridan tarkib topgan.Ta‟lim texnologiyasining konseptual asoslari 
bo‟limida «Psixologiya» o‟quv kursini o‟qitishning dolzarbligi asoslangan, mazkur 
kursning tuzilmasi keltirilgan hamda kurs bo‟yicha o‟qitishning mazmuni ochib 
berilgan. Shu bilan birga o‟qitish, kommunikasiya, axborot va ta‟lim jarayonini 
boshqarish usullari va vositalarining konseptual asoslari yoritigandir. 
So‟ngra kurs bo‟yicha o‟qitish texnologiyalari loyihalashtirilgan: 
1) ma‟ruza mashg‟ulotlarini olib borishning kirish-ma‟ruza, mavzu asosida ma‟ruza, 
muammoli ma‟ruza, vizuallashtirilgan ma‟ruza va yakunlovchi ma‟ruzalar 
ko‟rinishlari qo‟llanilishi; 
2) amaliy mashg‟ulotlarni olib borishning topshiriqlarni individul tarzda yoki guruhda 
bajarilishi, vaziyatli ishlanma – keys-stadilar usuli, nazariy bilimlar asosida bilimlar va 
ko‟nikmalarni chuqurlashtirishga yo‟naltirilgan amaliy topshiriqlarni bajarilishi. 
Mazkur ta‟lim texnologiyasi barcha oliy o‟quv yurtlarida, malaka oshirish kurslarida, 
o‟qitish texnologiyasida ko‟zda tutilgan sharoitlar va vaqti mavjud bo‟lgan holda 
«Psixologiya» fani  olib borishda o‟qituvchi tomonidan qo‟llanilishi mumkin. 
 
  
 
  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
   «PSIXOLOGIYA» 
fanining  
DOLZARBLIGI VA O‟QITISH STRUKTURASI 
 
O‟zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A. Karimov milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish 
ishining hayotiy zarurati va dolzarbligi haqida gapirar ekanlar, «Inson shaxsini, uning yuksak 
ma‟naviy fazilatlarini kamol toptirish, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish, yosh avlodni boy 
madaniy merosimiz hamda tarixiy qadriyatlarimizga hurmat-e‟tibor, mustaqil Vatanimizga mehr-
muhabbat ruhida tarbiyalash talablari oldimizga muhim vazifalarni qo‟ymoqda» deb alohida 
ta‟kidlaydilar. Bu vazifalar, birinchi navbatda kelajakning bunyodkorlari bo‟lmish yosh avlodning 
bilim olish, yuqori malakali kadrlar bo‟lib o‟z yurti va halkiga sitqidildan mehnat qilish, ozod yurt 
ravnaqi va baxt-saodati uchun halol mehnat qilishga o‟rgatishni nazarda tutadi. Zero, mustaqillik 
aynan fidoiy, o‟z Vatani manfaatlariga g‟oyat sadoqatli, yuqori malakali kadrlarning jamiyatni 
boshqarishini taqozo etadi. Zamonaviy kadrlar oldiga qo‟yilayotgan eng muhim vazifalardan biri - 
malakali mutaxassislar sifatida o‟zligini, o‟z qobiliyatlari, individualligi, shaxsiy fazilat hamda 
xislatlarini bilgan tarzda atrofidagilar mehnatini oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning 
barcha sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat ko‟rsatishdir. Bu o‟rinda inson ruhiyati 
qonuniyatlarini o‟rganuvchi psixologiya fanining o‟rni va roli benihoya kattadir. Yosh avlodni 
yangicha ta‟lim standartlari asosida, jahon talablariga javob beruvchi mutaxassislar qilib tarbiyalash 
ishi oliy o‟quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlar uchun yangi darsliklar, o‟quv qo‟llanmalari, 
risolalar tayyorlashning ham yangicha uslublarini talab etmoqda. Ushbu o‟quv qo‟llanma yoshlarga 
aynan psixologik bilimlar asoslarini bersa-da, umid qilamizki, ularni o‟z atrofida ro‟y berayotgan 
islohotlarga holis baho berish, o‟zi va o‟zgalar ruhiyati sir-asrorlarini befarq bo‟lmaslik, o‟z 
layoqatlarini o‟stirishning elementar vositalaridan bohabar bo‟lishga yordam beradi. Chunki 
shaxsgina o‟z qobiliyati, iqtidori, layoqati, tafakkuri, diqqati, xarakteri xususiyatlarini bilib, uni 
to‟g‟ri yo‟naltira olsa, bu nafaqat shaxsning o‟ziga, balki jamiyat uchun ham katta naf keltiradi. 
Shunday ekan, hozirgi kunda psixologiya fani sir-asrorlarini har bir o‟quvchi uchun zarur bo‟lgan 
jihatlarini, chunonchi: psixologiyaning boshqa fanlar bilan integrasiyalashuvi, hamkorligi, 
bog‟liqligini; psixologiyaning zamonaviy yo‟nalishlari va tarmoqlarini; shaxsni psixologik 
diagnostika qilish usullarini; shaxs va jamiyat munosabatlarini uyg‟unligini; shaxs faoliyati va hatti-
harakati motivlarini; faoliyati turlarini; shaxsda kuzatiladigan psixik jarayonlar: sezgi, idrok, diqqat, 
xotira, tafakkur, hayolni bilish va ularni boshqarish qonuniyatlarini qo‟llay olishni; shaxsdagi 
qobiliyat, xarakter va temperament kabi individual psixologik xususiyatlarning shaxs faoliyati va 
hayotidagi tutgan o‟rnini; shaxsning turli yosh davrlarga bog‟liq xususiyatlarini; shaxsning muloqot 
jarayonidagi shakl, tur, vositalarini; shaxsning guruhga va o‟z navbatida guruhning shaxsga ta‟sirini; 
o‟quv va tarbiya jarayonida qo‟llash mumkin bo‟lgan samarali usullarni bilish, o‟rganish muhimdir.  
« Psixologiya» fanining maqsadi global inqiroz sharoitida ilk marotaba shaxs fenomeni psixologiya 
fani qamrab olgan asosiy muammolar va mavzularning markaziy figurasi hamda «Shaxs-jamiyat» 
tizimida o‟zaro munosabatlarning obyekti va subyekti sifatida ekanligini e‟tirof etish. 


Yüklə 39,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə