O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 3,35 Mb.
səhifə1/59
tarix25.05.2022
ölçüsü3,35 Mb.
#87923
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Sport mahoratini oshirish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI


Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” kafedrasi



SPORT MAHORATINI OSHIRISH”


FANIDAN
O’QUV USLUBIY MAJMUA


Urganch -2021 yil
O’quv-uslubiy majmua 5112000-Jismoniy madaniyat ta`lim yo`nalishi talabalari uchun “Sport mahoratini oshirish” fanidan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziriligi tomonidan 2018 yil 744-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida tayyorlandi.
«TASDIQLAYMAN »
O`quv ishlari bo’yicha prorektor
_____________dots. S.U.Xodjaniyozov
_____ 2021 yil.



Fakultet:

Jismoniy madaniyat

Kafedra:

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi”

Mutaxassislik:

5112000- Jismoniy madaniyat ta`lim yo`nalishi

Fan

“Sport mahoratini oshirish”

Kurs:

II

Semestr:

III-IV


O`quv-uslubiy majmua “Jismоniy madaniyat nazariyasi va mеtоdikasi” kafеdrasining ___.08.2021 yil yig`ilishida muhokama qilingan (Bayonnoma № ___ ).


Tuzuvchilar: L.Sobirova
G.Atajonova
B.Yusupov
SH.Qo’chqorov
S.Qodirov
Taqrizchilar: dots.M.I. Masharipova.,
Z.N.Abdullayev.


USLUBIY MAJMUA MUNDARIJASI



1.

Fan yuzasidan ma’ruza mashg`ulotlari……………………………………………


2.

Fan yuzasidan seminar mashg`ulotlar.....................................................................






3

Fan yuzasidan amaliy mashg`ulotlar....................................................................






4

Fan dasturi................................................................................................................






5

Ishchi fan dasturi.......................................................................................................






6

Testlar.......................................................................................................................






7

Glassariy ..................................................................................................................





SPORT MAHORATINI OSHIRISH”


FAN YUZASIDAN MA’RUZA MASHG`ULOTLARI MATERIALLARI
III-SEMESTR


1-Mavzu. Gimnastikada umumiy va maxsus tayyorgarlik mashqlari bo‘yicha mahoratini oshirish.


REJA:

  1. Gimnastikaning qisqacha vujudga kelishi.

  2. Saf va umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni o‘rgatishni takomillashtirish.

  3. Tirmashib chiqish, muvozanat saqlash, uloqtirish, oddiy sakrashlar, erkin mashqlar, akrobatika mashqlarini o‘rgatishni takomillashtirish va sport mahoratini oshirish bo‘yicha nazariy ma`lumotlarga ega qilish.

Gimnastikaning chegaralangan ko‘rinishi bundan tahminan 3000 ming yil oldin Hitoyliklar va Misrliklar tomonidan ishlatilgan bo‘lishi mumkin. Biroq “gimnstika” termini Grek va Rimliklargacha biror marta ham tilga olinmagan. Biroq o‘sha davrlarda maxsus og‘ir kiyimlarda katta kuch talab qiladigan jismoniy mashqlarni amalga oshirishning deyarli iloji bo‘lmagan shunga qaramay atletlar bu kiyimlarni yechib yalong‘och holatda o‘z mahoratlarini kursatishgan. Bu atletlar keyinchalik “gimnastlar” nomi bilan mashhur bulishgan. Bu so‘zning o‘zi esa, grekcha ”gymnos” so‘zidan kirib kelgan. Bu davr davomida “gimnatsist” termini kurash sportida, nayza uloqtirish va yugurishda ishtirok etuvchi atletni tasvirlashda ishlatilgan. Keyinroq “gimnatsist” termini gimnaziyada o‘rgatiladigan hamma sport turlarini tasvirlashda ishlatilgan.


19 asrning boshlariga kelib, Shvedlarning erkin gimnastikasi va Jon gimnastika jihozlari gimnastika o‘qitish talimi va klublar uchun standart etib olindi.1
Jismoniy tarbiya vositasi sifatida gimnastika uzoq vaqt mobaynida rivojlanib kelgan. Uning qaror topishi ijtimoiy tuzum o’zgarishi bilan, odam haqidagi fanning rivojlanishi bilan, shuningdek, urush qilish usullarining o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan. Bular hammasi gimnastikaning mazmunan o’zgarishiga, uning o’qitish uslubiy va hatto mashqlarni bajarish texnikasining o’zgarishiga ham muhim ta’sir ko’rsatgan. XVIII-XIX asrlardagi gimnastika tizimiga kirgan ayrim mashqlar qadimgi Rimda hamda bir qancha G’arbiy Yevropa mamlakatlarida o’rta asrlardayoq harbiy-jismoniy tayyorgarlik ko’rishda qo’llanilgan edi. Yog’och otda, narvon va raqib qal’alariga hujum qilishni o’rgatishda qo’llaniladigan boshqa inshootlardagi mashqlar shular jumlasiga kiradi.
Yunonlar va rimliklar tarafdorlari o’z harbiy kuchlarini oshirish va jangovarlikni oshirish maqsadida gimnastikaning jismoniy talablarini ishlabchiqqan. Misol uchun gimnastika bir askar mahoratini oshirishda gimnastika tayyorlarligidan tashqari baddiiy gimnastika harakatlari (o’yin kulgu) bilishi zarur bo’lgan.
Akrobatik mashqlar va arqon ustidagi mashqlarni darbadarlikda yurgan artistlar namoyish qilardilar.
Uyg’onish davridagi gumanistlar yoshlarni har yoqlama tarbiyalashga katta ahamiyat bera boshladilar. Gimnastika mashg’ulotlarini ular insonning sog’ligini
mustahkamlash va jismoniy kuchini rivojlantirishning eng yaxshi usuli deb bilardilar. XVI asrda jismoniy tarbiyaga oid bir qancha asarlar paydo bo’ladi. Shu sababli XV asrdayoq dvoryan yoshlar maktablarida ayrim gimnastika asboblari va mashqlaridan foydalanilgan va ular keyinchalik sport gimnastikasiga asos bo’lgan deb hisoblash o’rinlidir.
2.Yangi davr gimnastikasi.
Ya.A. Komenskiy, Jan Jak Russo (1712-1778), Pestalotstsi (1746-1827 yillar).
Bularning jismoniy tarbiya sohasidagi xizmatlari shundan iboratki, ular gimnastikaning chinakam tiklanishiga turtki berdilar. Russo jismoniy mashqlar inson tanasini mustahkamlaydi va toblaydi, kuch va harakat imkoniyatlarini rivojlanishi uchun kerakli sharoit yaratib beradi, yashash uchun tayyorlaydi, aqliy kamol topishga hamda salomatligini mustahkamlashga yordam beradi, deb hisoblagan.2
Pestalotsi bolalarda mavjud bo’lgan kuch va qobiliyatni mashq orqali rivojlantirishni jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi deb bilgan. Bo’g’in gimnastikasi harakatli o’yinlar va qo’l mehnati to’ldirib borishi kerak bo’ladi, deb ta’kidlaydi.
Albatta, bu bilan u bo’g’in mashqlarining ahamiyatiga haddan tashqari yuqori baho berib yuborgan edi, shunga qaramay u ishlab chiqqan uslub o’sha zamon gimnastikasi uchun muhim ahamiyat kasb etgan va keng qo’llanilgan. Nemis olimi Tust-Muts ko’pgina gimnastika mashqlarining, jumladan gimnastika snaryadlarida bajariladigan mashqlarning texnikasini ishlab chiqdi. Bu mashqlarda harakat formasiga katta ahamiyat beriladi. Uning qancha mamlakatlarda, jumladan Rossiyada ham keng tarqalib, gimnastika taraqqiyotiga yordam berdi.
Unda turnik bruslar, yakka cho’pda bajariladigan oddiy mashqlar tasvirlangan edi. Kitobda mashg’ulotlar vaqtida o’quvchilarning o’zaro musobaqalashuvi, harakatlar ijrosi aniq bo’lishiga qo’yiladigan talablar ishlab chiqilgan edi.
3 Milliy gimnastika tizimining yaratilishi
Milliy gimnastika tizimining yaratilishi XIX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Bu ijtimoiy talabiar oqibati edi. Urush qilish usullari bir vaqtda harakat qilishni, buyruqlarning aniq bajarilishini, jang maydonida saflanishlarni talab qilardi. 0‘sha davr pedagoglari va shifokoriariga gimnastika yoshlarni jismonan tarbiyalashning birdan bir to‘g‘ri uslubi bo‘lib ko‘rinardi.
XIX asrning birinchi yarmiga kelib, gimnastika taraqqiyotida uch yo‘nalish ko‘zga tashiana boshladi:

  • gigiyenik yo'nalish (gimnastika odamning salomatligini mustahkamlash va jisrnoniy kuchini rivojlantirish vositasi hisoblanardi);

  • atletik yo'nalish (gimnastika murakkab mashqlarni, shu jumladan, gimnastika jihozlarida bajariladigan mashqlarni qo‘llash yo‘li bilan insonning harakat sifatini rivojlantirish vositasi deb hisoblanardi)

amaliy yo‘nalish (gimnastika urushda uchraydigan turli to’siqlardan oshib o‘tishni askarlarga o‘rgatish vositasi hisoblanardi).
Nemisgimnastika tizimi. Napoleon qo'shinlari Prussiyani egallab turgan davrda tarkib topa boshladi. Bu tizimning asoschisi F. Yan (1778—1852) edi. F.Yan gimnastikadan mamlakatni bosqinchilardan ozod qilish maqsadida yoshlarga harbiy tayyorgarlik berish uchun foydalanishga intildi. Gimnastika jihozlaridagi mashqiar va harbiy o‘yinlar bu tizimning asosini tashkil qilar, chunki ular, Yanning fikricha, odamning jisrnoniy kuchini rivojlantirib, irodasini mustahkamlar edi. U o ‘zining gimnastikasini «turnkunst» (epchillik san’ati), shogirdlarini esa «turnerlar» deb atadi. Keyinchalik nemis gimnastikasi «turnen» nomini oldi.
Yan Frizen Eyzelen bilan birgalikda gimnastika mashqlari texnikasini ishlab chiqdi. «Nemis gimnastikasi» darsligi nashr etilib, unda o ‘sha vaqtda ma'lum bo'lgan jihozlarda bajariladigan hamma mashqlaming tavsifi berilgan edi. Mashqlarni bajarayotganda shug‘ullanuvchilardan boshni to ‘g‘ri tutish, oyoq uchlari cho‘zilgan bo‘lishi, gavdani harbiycha to ‘g‘ri tutish, to‘g“ri chiziq bo‘ylab harakat qilish talab qilinardi. Mashg‘ulotlarda musobaqa usulidan foydalanilardi, bu esa shug‘ullanuvchilarning qiziqishini juda ham oshirarva ular bir xildagi mashqni behisob takrorlashga intilishardi. U davrda turli harakatlar kombinatsiyalari qollanilmas edi.

  1. Oktabr inqilobidan oldingi Rossiyada gimnastika.

Gimnastika shakllari Rossiya xalqlari turmushida, shu jumladan, Turkiston xalqlari hayotida ham uzoq vaqtlardan beri mavjud bo‘lgan. Bayram shodiyonalariga, qiziqchilarga akrobatlarning chiqishlari ham qo‘shilib ketgan. Markaziy Osiyoda dorbozlar o‘z chiqishlarida gimnastik mashqlardan foydalanib kelishgan. Ko‘pgina polvonlar kurashga tushish oldidan mushaklarning chigilini yechish vositasi sifatida yengilroq toshlar bilan bajariladigan mashqlardan foydalangan. Deyarli barcha millat vakillari ot minish va chavandozlikni yaxshi ko‘rgan.
Mashhur harbiy sarkardalar (Temur Malik, Amir Temur, Bobur) tayyorgarlik darajasini oshirishga intilishgan. Bu gimnastikaning taraqqiy etishiga turtki bo‘ldi. Ulug‘ jahongir Amir Temur o‘z qo‘shinlarini harbiy yurishlarga tayyorlashda to‘siqlarni zabt etish, qilichbozlik, nayzabozlik, narvonlar bilan qal’alarni zabt etish, chopib ketayotgan ot ustida turli gimnastik mashqiarni bajarish majburiy bo‘lgan, shuningdek, suzish va boshqa gimnastik mashqiarni qo‘llagan. Bu mashqlar navkarlami jismonan barkamol bo‘lishida katta samara bergan.
Rossiya tarixida ham qo‘shinlaming jismoniy tayyorgarlik ko'rishiga Pyotr I davridayoq asos solingan edi. Pyotr I tashkil etgan va keyinchalik gvardiyachi polkJarga (Semyonovskiy va Preobra-jenskiy polklari) aylangan «ermak» polklarida askarlar to'siqlardan o ‘tishga hamda boshqa haibiy ko'nikma va malakalami egallab olishga o'rgatish maqsadida turli jismoniy mashqlar qo’lanilgan. Pyotr I ning farmoyishiga ko'ra, gimnastika harbiydengiz o‘quv maskanlarida joriy qilingan. Atoqli rus sarkardalari A. Rumyansev, A. Suvorov, admiral F. Ushakov va boshqalar rus qo‘shinIarining jismoniy tayyorgarlik tizimini takomillashtirishga ko‘p e ’tibor berishgan.
A. V. Suvorov (1730—1800) o‘z harbiy-jismoniy tayyorgarlik tizimini yaratib, unga harbiy-dala gimnastikasi, ertalabki gimnastika, chiniqish mashqiarini asos qilib olgan edi. Shu maqsadda yugurish, suzish, to ‘siqlardan o'tish, har xil buyumlarni joydan joyga tashish, nayzabozlik janglari qo'llanilar edi. A. V. Suvorov an ’analarini M.I. Kutuzov davom ettirdi.

Chor Rossiyasi armiyasida jismoniy tayyorgarlik asoslarini ishlab chiqishda M.



  1. Dragomirovning (1830—1915) xizmatlari katta. U qo‘shinlarga ta'lim berishning suvorovcha tizimini toldirib, har xil qo‘shin turlari uchun jismoniy tayyorgarlik vazifalarini belgiiab berdi, qo‘shinda o ‘tkaziladigan gimnastika mashg‘ulotlari uslubiyatini ishlab chiqdi. Quruqlikdagi va dengiz qo'shinlari uchun maxsus jismoniy tayyorgarlik qo‘llanmasini yaratishda P. F. Lesgaft ham ishtirok etdi. Bu hoi qo‘llanmaning ilmiy asoslanishiga va uning uzoq vaqt o ‘zgarmay qolishida ijobiy rol o'ynadi. Keyinchalik rus qo‘shinida gimnastika jihozlarida bajariladigan mashqlarga ko‘proq ahamiyat berila boshiadi. 1910-yildan boshlab esa gimnastikaning «lochinlar tizimi» jismoniy tarbiyaga asos qilib olindi.

  1. O‘zbekistonda gimnastikaning taraqqiy topishi

Markaziy Osiyo hududida, jumladan, O‘zbekistonda gimnastikaning davolash, sog‘lomlashtirish, amaliy jismoniy tarbiyaning yo‘nalishlari ilmiy asoslangan tarixiy negizlarga ega. Qadim zamonlardan ahol: turli xil jismoniy mashqlar, harakatli o‘yinlarni katta bayram va to'ylarda tashkillashtirishgan. Navro‘z, Hosil bayrami va boshqa tantanalarda otda poyga, yugurish bo‘yicha musobaqalar, olomon-poygalar, chovgon o‘yinlari, dorbozlar chiqishlari kabi ko‘ngilochar tadbirlari muntazam ravishda o ‘tkazilib turilgan.
Abu Ali ibn Sino «Tib qonunIari»da jismoniy tarbiyaga katta e ’tibor bergan. O‘z kitobida salomatlikni muhofaza qilish qoidalarini ko'rib chiqar ekan, buyuk mutafakkir jismoniy mashqlarni soglomlashtirish va davolash amaliyotida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida mukammal tarzda so‘z yuritadi. Ibn Sino olimlar orasida birinchi bo‘lib, jismoniy mashqlarni odam organizmiga ijobiy ta’sirini «Uzluksiz chuqur nafas olish jarayonini keltirib chiqaruvchi erkin harakat jismoniy mashq deyiladi», deb ta’riflagan. Olimlarning raisi (Ibn Sinoni shunday deyishgan) ta’kidlashicha, salomatlikni muhofaza qilish tartibida eng asosiysi badantarbiya mashqlari bilan shug‘ullanish, undan so‘ng ovqatlanish va uyqu tartiblariga rioya qilishdir. Agar odam o‘z vaqtida me’yorida badantarbiya mashqlari bilan doimo shug‘ullanib, kun tartibiga rioya qilsa, u hech qanday davolash chorasi va dori- darmonga ehtiyoj sezmaydi. Buyuk olimning yozishicha, jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanmay qo‘ygan odamni sog‘lig‘i so‘nib, harakatlanishni to ‘xtatish natijasida kuchi susayib boradi. Olimning fikricha, jismoniy mashqlar mushaklar, bo‘g‘inlar, asab tolalarini mustahkamlaydi, natijada insonlaro‘z ishlarini toliqmasdan uzoq muddatda bajarib, xastalikdan muhofaza etishadi. Ibn Sino jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanganda insonning yoshi va salomatiigini qay darajada ekanligini inobatga olishni ta’kidlaydi.
«Tib qonunlari»da bolalar, o‘smirlar, keksalar qachon va qay tarzda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishi haqida ma’lumot berib o‘tiladi. Ibn Sino mashqlarni boshlash va tugatish vaqti, uqalash, hammomda va sovuq suvda cho‘milish (chiniqish), tanani tozalikda saqlash va boshqa gigiyenik talablar haqidagi fikr- mulohazalari bugungi kungacha olimlar diqqat markazidadir.


Yüklə 3,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə