O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirining buyrug‘1 Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari xodimlarining lavozim majburiyatlarini tasdiqlash to‘g‘risida



Yüklə 62,68 Kb.
tarix04.06.2022
ölçüsü62,68 Kb.
#88760
ўқитувчи лавозим мажбурияти


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRINING
BUYRUG‘1
Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari xodimlarining lavozim majburiyatlarini tasdiqlash to‘g‘risida
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 146-son qaroriga muvofiq vazirlik tizimidagi umumiy cfrta ta’lim maktablari xodimlarining lavozim majburiyatlarini tasdiqlash maqsadida buyuraman:

  1. Umumiy o’rta ta'lim maktablari xodimlarining namunaviy lavozim majburiyatlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta'limi vaziri, Toshkent shahar xalq talimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlari umumiy o'rta ta'lim maktablarida ish taqsimotining namunaviy lavozim majburiyatlariga binoan tasdiqlanishi hamda xodimlar faoliyatini ushbu talablar asosida amalga oshirilishini ta’minlasin.

  3. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vaziming birinchi ocrinbosari U.Sharifxodjayev zimmasiga yuklatilsin.

Vazir
Toshkent sh.,
Umumiy o‘rta ta’Iim maktablari xodimlarining namunaviy
LAVOZIM MAJBURIYATLARI
Mazkur namunaviy lavozim majburiyatlari 0‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (bundan buyon matnda vazirlik deb yuritiladi) tizimidagi umumiy o‘rta ta’Iim maktablari (ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktablar) xodimlarining funksional majburiyatlarini belgilab beradi.

5.O‘QITUVCHINING LAVOZIM MAJBURIYATLARI


Pedagogik xodimga belgilangan ish yuklamasini, jumladan, o‘quv-tarbiya jarayoni, o‘quv- tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayonlarga oid ishlarni o‘z vaqtida bajarish;
dars mashg‘ulotlarini umumiy o‘rta ta’Iim muassasasi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan dars jadvali hamda taqvim-mavzu reja asosida olib borish;
ta’Iim sifatini oshirish maqsadida o‘z fani bo;yicha tarqatma va ko'rgazmali materiallarni tayyorlaydi (markazlashgan holda, jumladan Xalq ta’limi vazirligi tomonidan taqdim yoki tavsiya etiladigan ta’Iim portallarida elektron shakldagi tarqatma va ko‘rgazmali materiallar bo‘lmasa) va ulardan dars jarayonida samarali foydalanish;
o‘quvchilarni o‘zlashtirgan bilimlarini amaliyotda mustaqil qo‘llay olishga o‘rgatish; o‘quvchilarda o‘z fani bo‘yicha bilim va ko4nikmalami shakllantirish, dars jarayonida o‘quvchilarning odob-axloq qoidalariga rioya qilishini ta’minlash;
o‘z fani bo‘yicha joriy, oraliq va yakuniy nazorat ishlarini o‘tkazadi, o‘quvchilarning yozma ishlari va daftarlarini tekshirish;
umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’Iim standard va o‘quv dasturlariga muvofiq o‘z fani bo‘yicha taqvim-mavzu rejalarni tuzish;
o‘z ehtiyojiga ko‘ra fan o‘qituvchilari tomonidan o;tiladigan darslarni kuzatadi, dars tahlili natijasida o‘zaro tajriba almashish;
pedagogik kengash, metodbirlashma yig‘ilishlari, o‘quv-seminar, ochiq darslar va metodik materiallar ishlab chiqishda ishtirok etish;
o‘z fani bo‘yicha taqvim-mavzu reja asosida o‘tilgan mavzularni, o‘quvchilarning o‘tilgan mavzularni o‘zlashtirish bahosini va davomatini dars o‘tilgan kunning o‘zida sinf jurnallariga qayd etish (bunda elektron jurnal joriy etilgan umumta’lim muassasalarida an’anaviy jurnalga baholashga yo‘l qo‘yilmaydi hamda elektron avtomatik davomat joriy qilingan maktablarda davomatni qayd etish o‘qituvchining vazifasiga kirmaydi);
o‘quvchilarning qobiliyat va iste’dodlarini rivojlantirishni nazarda tutgan holda, fanlarni o‘zlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash maqsadida o‘z fani bo‘yicha to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish;
o‘quvchilarni o‘z fani bo‘yicha fanlar olimpiadalari, turli tanlovlar va musobaqalarga tayyorlash;
o‘z fani bo‘yicha belgilangan metodik kunda o‘zining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida o‘z ustida mustaqil ishlash, ilg‘or ta’Iim metodlarini o‘rganish va doimiy ravishda malakasini oshirib borish choralarini ko‘rish;
o‘ziga biriktirilgan sinf xonalari, laboratoriya xonalaridagi qurilmalar, texnik vositalar, boshqa moddiy boyliklarning saqlanishini va ulardan o‘quv-metodik maqsadlarda samarali foydalanishni ta’minlash;
ta’Iim muassasasi rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shartlariga amal qilish; o‘quvchilar huquqlariga va bolalarni muhofaza qilishga oid qonunchilik talablariga rioya qilish;
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilish;
ta’Iim muassasa obro‘si va sha’niga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
ta’Iim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;
foydalanish uchun o4ziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda o4zi ish olib boradigan xonada yongin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taininlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.








Yüklə 62,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə