O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti umumiy tarix kafedrasi



Yüklə 279,62 Kb.
səhifə1/6
tarix04.12.2017
ölçüsü279,62 Kb.
#13833
  1   2   3   4   5   6

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

A.QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
TARIX FAKULTETI
Umumiy tarix kafedrasi

“Ximoya qilishga ruxsat beraman”

Tarix fakul’teti dekani

«_____»______________2013


5140600-Tarix
MAVZU: O’RTA OSIYO XALQLARI ANTIK DAVR TARIXINI O’RGANISHDA YUNON TARIXCHILARI ASARLARINING O’RNI

BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Bajaruvchi: Mirzayev Sherzod

Ilmiy rahbar: Toshboyev Furqat

BMI “Umumiy tarixi” kafedrasi yig’ilishining № 10 sonli

qarori bilan himoyaga tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri v/b: F.Toshboyev


Jizzax – 2013

A.Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti, tarix yo’nalishi IV-kurs bitiruvchisi Mirzayev Sherzodning “O’rta Osiyo xalqlari antik davr tarixini o’rganishda yunon tarixchilari asarlarining o’rni” mavzusida yozgan bitiruv-malakaviy ishiga

TAQRIZ

Tarixiy voqyeligimiz - ma’naviy meros, milliy an’analarimiz, bulaming barchasi, o’quvchi va talaba yoshlami tarbiyalashda muhim qadriyatlarimizga qaytishdek ma’naviy zaruriyatga aylanib bormoqda. O’rta Osiyo qadimdan o’zining milliy ma’naviy merosi bilan butun dunyo xalqlarini o’ziga rom etib, kelgan markazlardan biri bo’lgan.

O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekiston hududi insoniyat pay do bo’lgan ilk markazlardan biri hisoblanadi. O’zbek xalqi o’z tarixi bilan istagancha faxrlansa arziydi. Mustaqillik o’zbek xalqiga o’zining xaqiqiy tarixidan voqif bo’lish, dunyoda hyech bir xalqdafi kam emasligini anglash imkonini berdi.

Mirzayev Sherzodning “O’rta Osiyo xalqlari antik davr tarixini o’rganishda yunon tarixchilari asarlarining o’mi” mavzusidagi bitiruv - malakaviy ishi bugungi kunda o’rganilishi lozim bo’lgan dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. Bitiruvchi mavzuni yoritishda 2 bob, 4 banddan iborat reja tuzgan va ishning yangiligi sifatida mavzuni o’rganishning zamonaviy usulidan foydalangan. Ishning oxirida albatta xulosa qismi va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltirilgan bo’lib ishning birinchi bobi “O’rta Osiyo xalqlarining antik davr tarixi tarixshunosligi” deb nomlangan va uning bandlarida O’rta Osiyo xalqlarining antik davrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixi tarixshunosligi va O’rta Osiyo xalqlarining antik davrdagi madaniy hayoti to’g’risida ma’lumotlar berilgan.

Urta Osiyoning antik davrlariga oid adabiyot yodgorliklaridan atigi bir-ikki nusxa saqlanib qolganda edi, bugungi avlodlarimiz qalbi quvonch va faxr-iftixor hissi bilan to’lib-toshgan bo’lardi. Bu boylikning qiymati pul yoki oltin bilan

o’lchanmaydi, ular qadimiy bo’lganligi uchun ham bebaho-dir. Axir, bu yodgorliklar antik ajdodlarimiz bilan tengdosh, ulaming qo’li tekkan. Ularda bobokalonlarimizning ulugvor nigohini kuzatamiz.

Ikkinchi bob “O’rta Osiyo xalqlarining antik davr tarixi haqida manbalar” deb nomlangan bo’lib, uning bandlari Gerodot asarlarida O’rta Osiyo xalqlari tarixining yoritilishi, Arrian, Diodor, Strabon, Poliyen, Pompey Trog, va Yustin asarlarida O’rta Osiyo xalqlarining tarixi, Kvint Kursiy Ruf, Plutarx asarlarida O’rta Osiyo xalqlari tarixining yoritilishi haqidagi ma’lumotlar bilan boyitilgan.

Hurmatli yurtboshimiz I.A.Karimov, har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalash, ularda milliy g’urur va fahr tuyg’ularini shakllantirishda tarixning tutgan o’miga baho berib shunday degan edi: « Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson. Kim bo’lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday insonlami yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustahkamlaydi».

Tadqiqotning bosh maqsadi O’rta Osiyo haqida hikoya qiluvchi grek va Rim adabiyoti namunalarini tahlil qilishdan iborat.

Talabaning mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega ekanligi va mavzuga oid tarixiy-ilmiy manbalami tahlil qilish va undan o’ziga hos xulosalar chiqara olganligi diqqatga sazovordir.

Yuqoridagilami hisobga olgan holda men ushbu talabaning mazkur bitiruv malakaviy ishini ijobiy baholayman.

tarix kafedrasi dotsenti A.Pardayev





A.Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti, tarix fo’nalishi IV-kurs bitiruvchisi Mirzayev Sherzodning “O’rta Osiyo xalqlari antik davr tarixini o’rganishda yunon tarixchilari asarlarining o’rni” mavzusida yozgan bitiruv-malakaviy ishiga

TAQRIZ

Prezidentimiz I.A.Karimov, har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalash, ularda milliy g’urur va fahr tuyg’ularini shakllantirishda tarixning tutgan o’miga baho berib shunday degan edi: «Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson. Kim bo’lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday insonlami yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustahkamlaydi». Biroq, antik davrlami o’rganishimizda yolg’iz bu arxeologik qazilmalar kifoya qilmaydi, faqat ulaming o’zi bilangina qanoatlanmaymiz. Bu qadim topilmalar g’oyat go’zal va qanchalik noyob 15o’lmasin, biz ulaming faqat tashqi shakliga qarab fikrlaymiz, taxmin yuritamiz.

Bitiruvchi Mirzayev Sherzodning “O’rta Osiyo xalqlari antik davr tarixini o’rganishda yunon tarixchilari asarlarining o’mi” mavzusidagi bitiruv - malakaviy ishi bugungi kunda o’rganilishi lozim bo’lgan dol^arb mavzulardan biri hisoblanadi. Bitiruvchi mavzuni yoritishda 2 bob, 4 banddan iborat reja tuzgan va ishning yangiligi sifatida mavzuni o’rganishning zamonaviy usulidan foydalangan. Ishning oxirida albatta xulosa qismi va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltirilgan.

BMIning birinchi bobi “O’rta Osiyo xalqlarining antik davr tarixi tarixshunosligi” deb nomlangan va uning bandlarida O’rta Osiyo xalqlarining antik davrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixi tarixshunosligi va O’rta Osiyo xalqlarining antik davrdagi madaniy hayoti to’g’risida ma’lumotlar berilgan.

Antik dunyoning yana bir go’zal badiiy sahifasi bo’lmish Rim adabiyoti ham yunon adabiyotidan oziq olib, uning ta’sirida rivojlandi, taraqqiy etdi. Shuning uchun ham Italiyada san’at mislsiz darajada yuksaldi, bu yuksalish go’yo qadim klassik zamonning shu’lasi bo’ldi—deyish mumkin.

Ikkinchi bob “O’rta Osiyo xalqlarining antik davr tarixi haqida manbalar” deb nomlangan bo’lib, uning bandlari Gerodot asarlarida O’rta Osiyo xalqlari tarixining yoritilishi, Arrian, Diodor, Strabon, Poliyen, Pompey Trog, va Yustin asarlarida O’rta Osiyo xalqlarining tarixi, Kvint Kursiy Ruf, Plutarx asarlarida O’rta Osiyo xalqlari tarixining yoritilishi haqidagi ma’lumotlar bilan boyitilgan.

Tadqiqotda tarixiylik, ilmiylik, holislik, haqqoniylik prinsiplariga amal qilingan holda umuminsoniy qadriyatlar hamda milliy g’oyadan kelib chiqkan holda yondoshiladi.

Shu bilan birga, Ushbu tadqiqotni to’laqonli yoritishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari, nutqlari, maqolalarida ilgari surilgan g’oya, fikr, ko’rsatmalar asosiy dasturamal bo’lib xizmat kiladi. Tadqiqot jarayonida tarixiy-qiyosiy tahlil, qadriyatlar uygunligi tamoyillariga amal qilinadi va ilmiy-metodologik omil, tarixiy-falsafiy qarashlar hamda uslublarga e’tibor beriladi.

Mavzuni o’rganib chiqib shunday xulosaga keldim, ishda ayrim juz’iy kamchiliklar ham uchraydi. Lekin ushbu kamchiliklar ishning mazmuniga o’z ta’sirini ko’rsatmaydi deb hisoblayman va ishni ijobiy baholayman.

O’rkinova M 19-maktab tarix fani o’qituvchisi



Taqrizchi;.

REJA
Kirish


I-BOB. O’RTA OSIYo XALQLARINING QADIMGI DAVR TARIXI TARIXShUNOSLIGI


  1. O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixi tarixshunosligi

  2. O’rta Osiyo xalqlarining antik davrdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti


II-BOB. O’RTA OSIYO XALQLARI ANTIK DAVR TARIXINI O’RGANISHDA YUNON TARIXCHILARI ASARLARINING O’RNI
II. 1. Gerodot asarlarida O’rta Osiyo xalqlari tarixining yoritilishi

II. 2. Strabon, Arrian, Diodor va Poliyen asarlarida O’rta Osiyo xalqlarining tarixi haqidagi ma’lumotlar

II. 3. Kvint Kursiy Ruf, Plutarx, Pompey Trog va Yustin asarlarida O’rta Osiyo xalqlari tarixining yoritilishi

II. 4. O’rta Osiyo xalqlarining antik davrdagi madaniyati tarixi haqida manbalarni o’quvchilar ongiga yetkazishning interfaol o’qitish usullari


Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar



KIRISh
Mavzuning dolzarbligi. Tarixiy voqyeligimiz – ma’naviy meros, milliy an’analarimiz, bularning barchasi, o’quvchi va talaba yoshlarni tarbiyalashda muhim qadriyatlarimizga qaytishdek ma’naviy zaruriyatga aylanib bormoqda. O’rta Osiyo qadimdan o’zining milliy ma’naviy merosi bilan butun dunyo xalqlarini o’ziga rom etib, kelgan markazlardan biri bo’lgan.

O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekiston hududi insoniyat paydo bo’lgan ilk markazlardan biri hisoblanadi. O’zbek xalqi o’z tarixi bilan istagancha faxrlansa arziydi. Mustaqillik o’zbek xalqiga o’zining xaqiqiy tarixidan voqif bo’lish, dunyoda hyech bir xalqdan kam emasligini anglash imkonini berdi.

Insoniyat o’zining ilk go’daklik davriga hamma vaqt g’ayrat bilan qarab kelgan. Bu davrni biz antik dunyo deb ataymiz. Antik dunyoda yashagan bobokalonlarimiz hayotiga har birimiz qiziqish bilan qaraymiz. Tabiiyki, ular o’z tili, adabiyoti, san’ati va madaniyatiga ega bo’lgan. Madaniyatning asl beshigi sharq mamlakatlarn bo’lgan, dastlabki adabiy yodgorliklar avvalo Misr, Eron, Xitoy, Hindiston, Bobil (Vaviloniya) kabi mamlakatlarda yaratilgan.

Afsuski, bebaho antik yodgor­liklar Urta Osiyo adabiyotida saqlanib qolinmagan. So’g’diyonaning antik davrlarida yashagan bobokalonlarimiz hayoti bi­lan arxeologik qazilmalar orqali tanishamiz, holos. Bu noyob topilmalar uzoq tarixning zalvorli hodisalaridan darak beradi. Biz ularning shakli, go’zalligi va hokazo jihatlari-ga qarab xulosalar chiqaramiz. Antik davrlarda bizda muhtasham shaharlar bo’lganligi, madaniyat va san’at gullab-yashna-ganligini faraz qilamiz. Bu qadimiy yodgorliklar biz uchun bebaho boylikdir.

Urta Osiyoning antik davrlariga oid adabiyot yodgorliklaridan atigi bir-ikki nusxa saqlanib qolganda edi, bugungi avlodlarimiz qalbi quvonch va faxr-iftixor hissi bilan to’lib-toshgan bo’lardi. Bu boylikning qiymati pul yoki oltin bi­lan o’lchanmaydi, ular qadimiy bo’lganligi uchun ham bebaho-dir. Axir, bu yodgorliklar antik ajdodlarimiz bilan tengdosh, ularning qo’li tekkan. Ularda bobokalonlarimizning ulugvor nigohini kuzatamiz.

Hurmatli yurtboshimiz I.A.Karimov, har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalash, ularda milliy g’urur va fahr tuyg’ularini shakllantirishda tarixning tutgan o’rniga baho berib shunday degan edi: « Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson. Kim bo’lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday insonlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustahkamlaydi»1.

Gresiya bilan Urta Osiyo o’rtasida siyosiy-madaniy aloqalar mavjud bo’lgan. Qadimdan jahon kezishni eng yaxshi odat deb bilgan grek sayyohlarn Urta Osiyoga bir necha marotaba tashrif buyurishgan. Gresiya, Urta Osiyo, Xitoy, Hindiston mamlakatlari orasida karvon tinimsiz qatnab turgan. Eramizdan ancha ilgariyoq Urta Osiyoliklarga Filotun — Aflotun (Platon), Suqrot (Sokrat), Arastu (Aristotel), Buqrot (Gippokrat), Faysoguras (Pifagor) nomlari yaqindan tanish edi.

Uzoq yunon o’lkasi bilan Urta Osiyo xalqlari o’rtasida qadim-qadim zamonlardayoq madaniy aloqa bo’lganligini aniq misollar orqali ham isbot etish mumkin2. Jumladan, fessaliyaliklarning qadimiy yodnomasn bulgan «Ellada qahramonlari» asarida Amozonkalar haqida hikoya qilinadi. Muarrih adib Yustinning fikricha, Amozonkalar skif avlodlaridan bulgan ekan. Ulug’ yunon fojeanavisi Esxilning (eramizdan ilgarigi VI asrda yashab o’tgan) fikricha, inson zotiga olov hadya etmoqchi bo’lgan Prometey hukmdor Zevsning qahriga uchrab, skiflar o’lkasidagi qoyaga zanjirband qilinadi.3

Biroq, antik davrlarni o’rganishimizda yolg’iz bu arxeolo­gik qazilmalar kifoya qilmaydi, faqat ularning o’zi bilangina qanoatlanmaymiz. Bu qadim topilmalar g’oyat go’zal va qanchalik noyob bo’lmasin, biz ularning faqat tashqi shakliga qarab fikrlaymiz, taxmin yuritamiz.

To’g’ri, antik davrdan bizga yozma «guvoh» yetib kelmagan. Qadim ajdodlarimiz haqida «so’zlovchi» shaharlarning qoldiqlari, go’zal san’at obidalari, bebaho arxeologik topilmalar qolgan, holos. Biz avlodlar qalbini bir bebaho boylik o’ziga asir etadi.



Maqsad va vazifalari. Tadqiqotning bosh maqsadi O’rta Osiyo haqida hikoya qiluvchi grek va Rim adabiyoti namunalarini tahlil qilishdan iborat

- Vazifalari esa, Urta Osiyo xalqlarining og’zaki ijodiyoti juda qadim zamonlardayoq o’ziga xos ravishda rivojlanganligining asoslash,

- Sobiq Sho’ro tuzumi davrida ko’pgina tarixchilar tomonidan, O’rta Osiyo hudududida yashagan qadimgi turkiy halqlarning Yevro Osiyo cho’llaridan kirib kelganligi, va bu o’lkada xind-yevropa tillarida so’zlashgan elatlar yashaganligi kabi sho’rolar mafko’rasining yevrosentirizm nazariyasiga mos konsepsiyasini noto’g’ri ekanligini ko’rsatib berish;

- Shuningdek, turkiy halqlarga shahar madaniyati va sug’orma dehqonchilik rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan ko’chmanchi varvarlar – buzg’unchi va yovvoyilar deb baho berilgan bahoni asossiz ekanligini ko’rsatib berish.

Og’zaki ijod namunalari bo’lmish «To’maris» afsonasi Gerodotning «Tarix» asaridan, «Shiroq» afsonasi esa Polienning «Harbiy hiylalar» kitobidan salmoqli o’rin egallagan. «Greklar o’zlarining go’daklik davrlari bilan, kishilikning mukammal va mumtoz namoyandalari sifatida, butun kishilik jamiyatining go’daklik davrini ifoda qiladilar Homer dostonlarini o’qirkan, kishilik dunyosi o’zining porloq go’daklik (faqat greklarnikini zmas) davrini xotirlaydi», deb yozgan zdi ulug’ rus tanqidchisi V. G. Belinskiy.

Haqiqatning asl ifodasiga ega bo’lgan bu so’zlar insoniyatning go’daklik davri­ni kuylovchi Homer asarlari naqadar bebaho ekanligini tasdiqlaydi. Hamma xalqlarning o’tmish davri bir-biriga o’xshash va mumtoz holda kechgan. Shuning uchun ham faqat o’zimizning emas, o’zga xalqlarning antik davrlariga ham qiziqish bilan qaraymiz.

Homer dostonlarida tasvirlangan voqyealar bizga yaqindan tanishdek, ular go’yo ona tariximiz haqida hikoya qilayotgandek tuyuladi. Jahonda grek adabiyotidan ma’naviy oziq olmagan bironta adabiyot topilmasa kerak. Antik dunyoning badiiy go’zalligiga asos solgan Homer ijodigina emas, shu bilan birga, Esxil, Sofokl, Evripid va Aristofan kabi so’z san’atkorlarining nodir adabiy durdonalari ham bitmas tuganmas badiiy estetik zavq manbaidir. Gesiod, Gerodot, Fukidid, Ksenofont kabi tarixiy nasrni go’zal sahifalar bilan boyitgan ulug’ iste’dodlarning mo’tabar nomlari ham biz uchun g’oyat qimmatlidir. Bu adiblarning asarlarida antik o’tmishning o’ziga xos qirralarini kuzatamiz.

Antik dunyoning yana bir go’zal badiiy sahifasi bo’lmish Rim adabiyoti ham yunon adabiyotidan oziq olib, uning ta’sirida rivojlandi, taraqqiy etdi. Shuning uchun ham Italiyada san’at mislsiz darajada yuksaldi, bu yuksalish go’yo qadim klassik zamonning shu’lasi bo’ldi—deyish mumkin. Antik davrning so’nggi bosqichi hisoblangan Rim adabiyoti ham insoniyatga olam-olam ma’naviy boyliklar in’om etdi.



Tadqiqotning obyekti va predmeti. Tadqiqotning tarixiy manbasini antik davri tarixiy davr voqyealari va unda manbalarning tutgan o’rnini o’rganish tashkil etadi.

Tadqiqot metodlari. Ushbu tadqiqotda turkiy xalqlar qadimgi yozuvlarini o’rganish orqali ular ho’jaliklarning moddiy ishlab chiqarishi doimo sodir bo’ladigan o’zaro aloqalar tabiiy, ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlar ilmiy yondashuv asosida yoritildi

Tadqiqotda tarixiylik, ilmiylik, holislik, haqqoniylik prinsiplariga amal qilingan holda umuminsoniy qadriyatlar hamda milliy g’oyadan kelib chiqkan holda yondoshiladi.

Shu bilan birga, Ushbu tadqiqotni to’laqonli yoritishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari, nutqlari, maqolalarida ilgari surilgan g’oya, fikr, ko’rsatmalar asosiy dasturamal bo’lib xizmat kiladi4. Tadqiqot jarayonida tarixiy-qiyosiy tahlil, qadriyatlar uygunligi tamoyillariga amal qilinadi va ilmiy-metodologik omil, tarixiy-falsafiy qarashlar hamda uslublarga e’tibor beriladi.

Mavzuni o’rganilganlik darajasi. Bu davr hayotining turli-tuman tarmoqlariga doir hozirgi zamon tadqiqotchilari tomonidan yozilgan ko’pgina ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar mavjud5. Bu adabiyotlar orqali antik davrda O’rta Osiyoda mavjud bo’lgan iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy va siyosiy ahvol haqida keng tasavvurga egamiz. Biroq mazkur ilmiy tadqiqot ishlariga asos bo’lgan bosh yozma manbalarni ko’pchilik tadqiqotchilar va o’quvchilar ommasiga tushunarli tilda ko’p sonlarda nashr etish ishlarini hozirgacha ham to’liq bajarilgan deb bo’lmaydi. Vaholonki, o’z zamonasi kishilari, tarixiy voqyealarning jonli shohidlari tomonidan yozib qoldirilgan yozma yodgorliklarni kishilik jamiyati tarixini o’rganishga doir nazariya asosida chuqur tahlil qilish bizning u davr haqidagi bilimlarimizni yanada boyitishi muqarrar.

Ishning tarkibiy tuzilishi. Ushbu Malakaviy bitiruv ishi Kirish, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


I-BOB. O’RTA OSIYO XALQLARINING QADIMGI DAVR TARIXI TARIXSHUNOSLIGI
1.1. O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixi tarixshunosligi

O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o’rganishda asosiy muammo ularning o’zlari haqida yozma manbalar kam qoldirganligidadir. Ko’chmanchilar ijtimoiy-siyosiy hayoti, turmush tarzi, xo’jaligi va madaniy hayoti haqida ma’lumot beruvchi turli davrga oid manbalar sayyox, savdogar, elchi yoki missionerlik tarzida yurtimizga kirib kelgan kishilar tomonidan umumiy tarzda yozib qoldirilgan. Ularda faqat ba’zi voqyealar haqida ko’proq siyosiy voqyealar haqida to’xtalib, xo’jaligi va yashash tarzi haqida umumiy ma’lumotlar yozilgan. Bu manbalarda O’rta Osiyoning alohida bir hududi haqida to’xtalilmay , umumiy ma’lumotlar keltirilgan. Masalan, xitoylik josus-elchilarni ko’proq bu o’lkada yashaydigan xaqlarning joylashuvi, chegaralari, aholi soni, qurollanishi ittifoqchilari qiziqtirgan. Shuning uchun ko’plab xujjatlar bir-biriga o’xshash va ularda ko’proq geografik nomlar keltirilgan.

“Avesto” yashtlarida ta’kidlangan turlar, danay- turlarining Yaksart saklari ekanligi. Avestoning muqaddas ilox Anaxitaga bag’ishlangan qismida dastlabki Turon podsholari qarorgohlaridan Qang’xa (Qang’ye) "baland va muqaddas" deb ta’riflangan siyosiy va diniy markazning Sirdaryoning o’rta oqimida bo’lganligi, bu xalqlardan xaomu pishiruvchi buyuk “tur”lar-xaumovargalarning ham shu hududda yashashi eslatiladi.

Eron ahamoniylarining Bihustun bitiklarida saklarning katta guruhi saka- tigraxaudalarning Sirdaryo o’rta oqimida yashaganligi, ularning ittifoqlari haqida ma’lumot beriladi. Suzadagi saroy qurilishi haqidagi Doro I yozuvida uchi o’tkir kigiz qalpoqli saka-tigraxaudalar ahamoniylarga xiroj olib kelayotganlarning o’n birinchi guruhida, ot yetaklagan, qo’llarida sarupo tutgan holda tasvirlangan6.

Antik davr mualliflari O’rta Osiyoning Sirdaryo xavzasini sak qabilalari konfederasiyasi tashkil topgan hududlardan biri deydi.Ular saklarning sug’dlar bilan ko’shnichiligi, so’g’dning sharqiy chegaralari Sirdaryo bo’yi dashtlari bilan tutash bo’lib, jangovor ko’chmanchilarni Yaksart daryosi sug’dliklardan ajratib turishi, bu saklarning Yaksart orti saklari saka-xaumavarkalar ekanligini ta’kidlaydi.

Dionisiy va Periyeigit So’g’d ortida, Yaksart bo’ylab, kamonda jang qiluvchi va dunyoda undan eng behato otuvchi saklar yashaydi deb ma’lumot beradi. Ma’lumki, davlatlar tashkil topishida aholining dehqonchilik vohalari bo’ylab joylashishi ham muhim ahamiyatga ega. Bunday jarayonlar miloddan avvalgi I ming yillikning so’ngi choragida Sirdaryo bo’ylarida ham jadal kechmoqda edi.

Qadimgi yunon tarixchilarining asarlarida O’rta Osiyoning chorvador xalqlari haqida batafsil ma’lumotlar uchraydi. Bu xalqlar tarixini yozish, Gomer, Esxil, Aristey kabi adiblar tomonidan boshlangan, lekin skif(sak va massaget)lar haqida keng va aniq ma’lumotlarni birinchi bo’lib Miloddan avvalgi V asrlarda yashagan yunon tarixchisi Gerodot beradi7. Ksenofont, Ktesiy ( mil. avv V-IV asrlar) kabi tarixchilar ham bu qabilalar haqida ma’lumot bergan. Yunonlar bosqinidan keyingi rim manbalarida bu o’lkada yashovchi aholining mohir jangchilar ekanligi, ular Iskandarni Sirdaryoning naryog’iga o’tishga qo’ymaganligi haqida yoziladi.

Skiflar turmush tarzi, urf-odatlari haqida Gippokrat (m er.av. V-asr) Misr, Kichik Osiyo, Liviya va Skiflar mamlakatlariga qilgan safar kundaliklarida ma’lumot beradi.

Kvint Kursiy Ruf (milodiyI asr), Plutarx (milodiy I asr), Arrian (milodiy II asr), Pompyoy Trog (miloddan avvalgi I asr), Yustin (miloddan avvalgi II-I asrlar) kabi muarrixlar ham O’rta Osiyo ko’chmanchi qabilalarining turmush tarzi, urf odatlari va mashg’ulotlari to’g’risida ma’lumotlar beradi8.

Antik tarixchilardan Strabon(miloddan avvalgi I asr) birinchi bo’lib O’rta Osiyo ko’chmanchi xalqlarini umumiy bitta (skif) nomi bilan emas alohida hududiy joylashishiga qarab, mayda guruhlarini ham sanab ko’rsatadi. Uning yozishicha “Skiflarning katta qismi Kaspiydan boshlab sharqka tomon daxlar deyiladi. Ulardan sharqdagilar sak va massaget deyiladi”.

Miloddan avvalgi VI-IV asrlarga oid manbalarda hudud aholisi asosan chorvador ko’chmanchilar ekanligi ta’kidlansa, keyingi manbalarda (miloddan avvalgi IV-II asrlar) saklarning stasionar manzilgohlari, oddiy uylari borligi haqida ham ma’lumotlar berilgan9.

Xitoy yilnomalarida ko’chmanchi sak qabilalari tomonidan asos solingan Qang’ davlati haqida eslatiladi. Unda ta’kidlanishicha bu davlat Janubiy Qozog’iston, Toshkent voxasi, Sirdaryo bo’ylari, Xorazm va So’g’dgacha bo’lgan hududlarni birlashtirgan edi.

Shuningdek qang’arlar haqida, “paxsa (loy) devorli uylar ichida yashovchi,”- deb ham ma’lumot beriladi. Bular hududda ko’chmanchi chorvadorlar bilan birga dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi aholi salmog’ining ham ancha bo’lganligini ko’rsatadi.

Shuningdek, ilk o’rta asrlarga mansub Xitoy va arab manbalarida hududga tutash dehqonchilik viloyati bo’lgan Ustrushona haqida ko’plab ma’lumotlar berilgan.

Grek va Rim adabiyoti orqali boy va betakror tariximizning antik davri tasvirlangan go’zal sahifalarga duch kelamiz. Hatto, Homer davrlaridayoq, skiflarning nomi uzoq Afinaga yetib borgandi. Bu o’rinda Homerning skiflar haqidagi fikri beixtiyor e’tiborimizni o’ziga jalb etadi. «Homer o’zining poemasida skiflar haqida kuylagan edi,— deb yozadi Flaviy Arrian «Aleksandrning yurishi» asarida.— Skiflar haqiqatgo’y odamlar bo’lgan. Ular Osiyoda yashaydi, bir oz kambag’alrog’u, ammo juda haqiqatgo’y».

Bu satrlarni mutolaa qila turib, chuqur o’yga tolasan, ki­shi. Eramizdan ilgarigi VIII—VII asrlarda yashagan yunon shoiri Homerning skiflarga bunday ta’rif berishi tasodifiy hol bo’lmasa kerak, albatta. Bundan ko’rinadiki, o’sha davrlardayoq Gresiya bilan Urta Osiyo o’rtasida siyosiy-madaniy aloqalar mavjud bo’lgan. Qadimdan jahon kezishni eng yaxshi odat deb bilgan grek va Rim sayyohlarn Urta Osiyoga bir necha marotaba tashrif buyurishgan. Gresiya, Urta Osiyo, Xitoy, Hindiston mamlakatlari orasida karvon tinimsiz qatnab turgan. Eramizdan ancha ilgariyoq Urta Osiyoliklarga Filotun — Aflotun (Platon), Suqrot (Sokrat), Arastu (Aristotel), Buqrot (Gippokrat), Faysoguras (Pifagor) nomlari yaqindan tanish edi. Bu ulug’ olimlarni o’rta osiyoliklar xuddi o’zlarining donishmandlaridek hurmat bilan tilga olganlar. Ular haqida xalqimiz orasida donolik va aql-farosatdan hikoya qiluvchi xilma-xil afsonalar yaratilgan.

Uzoq yunon o’lkasi bilan Urta Osiyo xalqlari o’rtasida qadim-qadim zamonlardayoq madaniy aloqa bo’lganligini aniq misollar orqali ham isbot etish mumkin10

Eramizdan avvalgi VI—V asrlardayoq bo’lib o’tgan eron-yunon urushi chog’ida uzoq yunon o’lkasidan Barkalik butun bir elat Baqtriyaga, milet o’lkasidagi Branxid va Everget qabilalari So’g’diyonaga Eron shohi Kir tomonidan badarg’a qilingan edi. Bu haqda Kursiya Ruf o’zining «Aleksandr Makedonskiy tarixi» asarida shunday bir qiziqarli lavhani keltiradi. Aleksandr branxidlar yashayotgan shaharga yetib boradi. Branxidlar shohni yaxshi kutib olib, darrov uning amriga bo’ysunadi. Miletliklar ilgaridan branxidlarni sotqinligi uchun yomon ko’rishar edi. Shuning uchun shoh branxidlar takdirini hal silishni ularga topshirdi. Miletliklar bu muammoni hal qila olmagach, shoh uni o’zi hal qilish uchun kirishib, shaharni o’rab oladida, bitta ham odam qoldirmay qirib tashlaydi.

Kadimgi Yunon viloyati bilan Urta Osiyo (Marg’iyona, Girkaniya, So’g’diyona, Baqtriya) va hatto Kaspiy bo’ylari, Kav­kaz, Parfiya, Hindiston o’rtasidagi turli xil aloqalarning (Mavjudlngkni yo’l-yo’lakay bayon etib borishga harakat qilamiz. Qadimdan Eron, Gresiya, Makedoniya, Misr, Parfyya, Mideya, Girkaviya, So’g’diyona, Baqtriya, hatto hind va rimliklar o’rtasida ham mustahkam do’stlik aloqalari mavjud bo’lgan11. Urush tufayli, savdo-sotiq, madaniy va adabiy aloqalar orqali bo’lsada, bu o’lkalarda yashovchi qabilalar, ellar va elatlar vakillari bir dasturxondan tuz nasiba yeyishgan, quda-qudag’ay bo’lnshgan. Bir sigirning sutini ichishgan, bir qo’yning go’shtini yeyishgan, hatto bir xonadonda yotishgan. Bir-birining tilini o’rganishgan, bir-birining diniga e’tiqod qo’yishgan, bir-birining urf-odatlarini qabul qilishgan.12.

Bir-biridan nasl-nasab orttirib, et bilan tirnoq kabi birikib ketishgan. Musofirlik azobini birga totishgan. Taqdir taqozosiga ko’ra ularning jasadi xam bir joyga qo’yilgan. Ko’pgina tarixchilar, mabodo Eron, Gresiya, Misr, Makedoniya, Rim, Marg’iyona, Girkoniya, Turkiya, Kavkaz, So’g’diyona, Baqtriya, hind o’lkasining antik dunyosi haqida so’z yuritishganda faqat qirg’in-barot urushni, jaholatni, vahshiylikni, yovuzlikni eslashadi. To’g’ri, bularning hammasiga urush sababchi, ammo mustahkam do’stlik, kuda-andachilik, qo’shnichplik va hamdard-lik, madaniy va adabiy aloqalar ham bo’lgan-ku? Qadimgi dunyo xalqlarining turli xil aloqalari haqida yoki urushlar tarixiga to’xtalganda masalaning mana shu tomoniga ham e’tibor berishimizga to’g’ri keladi.

Kir, Doro davrlarida ham bobokalonlarimiz Eron va Misr o’lkalariga bo­rib qolgan. Ehtimol, ularning nasllari hozir ham yashab kelayotgandir. Yoki qadimdan Urta Osiyoga kelib qolgan greklar, eronliklar, arablar hozir ham biz bilan do’st bo’lib, quda-qudag’ay bo’lib yashashmoqda. Shu jihatdan olib qaraganimizda, uzoq tarixga borib taqalgan xalqlar o’rtasidagi do’stlikni mustahkamlash bugungi avlodlarning ham burchidir.

Darhaqiqat, «Iliada» va «Odisseya» dostonlarida eramiz­dan ilgarigi XIII—XII asrlar voqyealari tasvirlanadi. Bu davrda greklar bilan troyaliklar o’rtasida bo’lib o’tgan qirg’in-barot urush o’n yildan ko’proq vaqt davom etadi. Homerning «Iliada» dostonida tasvirlanishicha; yunonlar Troya yerlarini zabt etganlarida Qora dengiz sohillariga — Paflagoniya, Sangariy viloyatlariga kelganligi, Hippomolglar bilan uchrashganligi qayd qilinadi. Biroq, shu o’rinda Homer qaysi asrni nazarda tutyapti? O’zi yashagan zamonnimi yoki yunon-troya urushi (eramizgacha XIII—XII asr) davrinimi? Masalaning bu jihati hozircha tarixchilarga ma’lum emas.

Osiyoning g’arbida joylashgan, qulay va go’zal geografik sharoitga ega bo’lgan„ hozirgi Turkiya davlati hududida barpo etilgan muhtasham va ulkan Troya shahrini greklar o’n yil davomida qamal qilib turadi. Greklarning ayrim to’dalari o’shanda skiflar yurtiga kelgan. Greklarning Olviya o’lkasiga qachon va qanday kelib qolganligi xususida olimlar o’rtasida hamon kuchli munozara, tortishuv ketmoqda13.

Olviya shahri skiflarga juda yaqin masofada joylashgan edi. Hatto bu shaharda ayrim skif vakillarini ham uchratish mumkin edi. Gerodot Qora dengiz qirg’oqlari bo’ylab safardaligida Olviya shahri va ularga yaqin joylashgan skiflar haqida qiziqarli ma’lumotlarni eshitadi. Undan ilgari xam skiflar haqida talaygina kitoblarni o’qib, ularning hayot kechirish tarziga qiziqib qolgan edi. Grek tarixchisi Gekatay asarlaridan skiflar haqida birmuncha ma’lumotlar olgan edi. Qadim zamonlarda Aristey degan shoir o’zining «Arimasplar» poemasida skiflar hayotini kuylagan. Ulug’ so’z san’atkori Homer o’zining «Odisseya» poemasida skiflar yurtiga qiskacha ta’rif berib. «bu ellar hamma vaqt tuman bilan qoplangan, osmonnda qalin bulutlar suzardi» (XI qo’shiq, 14—15 miyeralar) deb aytgan edi.

Mana shu dalillarning o’ziyoq yunonlarning eramizdan ilga­rigi VIII—VII asrlarda skiflar hayotiga qiziqish Bilan qaraganligi, hatto skiflar yurtiga kelib ketganligidan, Yevro­pa va Osiyo mamlakatlari o’rtasida iqtisodiy-siyoyeiy aloqa mavjud bo’lganligidan dalolat beradi. Darhaqiqat, yunonlar bilan troyaliklar o’rtasidagi qariyib o’n yiddan ziyod davom etgan qirg’in-barot urush, eramizdan avvalgi XIII asrda bo’lib o’tgan edi. Grek lashkarlari hozirgi Turkiya yerlariga bostirib keladi. Hatto Qora dengiz bo’ylaridagi ayrim elatlarnn ham o’zlariga qaram kilib oladi.

Homerdan so’ng skiflar hayotiga qiziqish bilan qaragan ma’rifatli ziyolilardan biri Gerodot edi. Gerodotning skif­lar hayotiga qiziqish bilan qarashida Homer ijodining ta’siri bor, albatta. Gerodot dunyoga kelgan Galikarnos shahri Hamerning ona shahri Ioniyaga qo’shni hududda edi. Shuning uchun ham Homer poemalari Ioniya atrofidagi shaharlarda juda ko’p nusxalarda keng tarqalgandi. Galikarnosliklar Xomer poemalarini o’qishni o’zlari uchun sharaf deb bilganlar. Hatto ular uchun Homer poemalarini yod olish odat tusiga knrgandi.



Yüklə 279,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə