O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi



Yüklə 35,83 Kb.
tarix04.02.2018
ölçüsü35,83 Kb.
#24229

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

Respublika ta’lim markazi
Geografiya fanidan o‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan mavzu yuzasidan ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida yozilgan dars ishlanma

( VI-sinf )

Tuzuvchi: E. Nazaraliyeva RTM tabiiy fanlar bo‘limi

geografiya fani bosh metodisti.




Toshkent 2011 yil

Geografiya

6- sinf

Mavzuning texnologik xaritasi va o‘tkazilish ishlanmasi


Mavzu

III – chorak 34-dars

Okeaniya

.


Maqsad, vazifalar

Maqsad: O‘quvchilarda yangi atama va tushunchlarni shakllantirish; Okeaniya tabiiy-geografik o‘rni xususiyatlari haqida tasavvurlar hosil qilish; o‘quvchilarda geografik o‘rin ko‘nikmasini shakllantirishda davom etish; Mikroneziya, Polineziya, Meloneziyaga kiruvchi orollarni xaritadan topa olish ko‘nikmalarini mashq qilish; Okeaniyani tadqiq etgan sayyohalr haqida ma’lumotlar berish.

O‘quv jarayonining

mazmuni



Vazifalar:

O‘quvchilarda mavzu asosida bilim va ko‘nikmalarni shakillantirish, geografik atlas va xaritalar bilan ishlashga qiziqish o‘yg‘otish.

O‘quvchilarning savol-javob, xarita bilan ishlash (amaliy mashg‘ulot) orqali yangi mavzuni qay darajada o‘zlashtirilganligi nazorat qilinadi.


O‘quv jarayonini

Amalga oshirish texnologiyasi



Uslub: “Aqliy hujum”, juftlikda ishlash (“B.B.B”), “Guruhlar bilan ishlash”.

Shakl: Savol-javob, jamoa va yakka tartibda ishlash, amaliy mashg‘ulot.

Vosita: Dunyo tabiiy xaritasi, 6-sinf o‘quv atlasi, yozuvsiz xarita, 6-sinf darsligi, “Kompyuter Osiyo” ITP tomonidan yaratilgan o‘quv filmi,

tarqatma savollar.



Usul: Tayyor yozma materiallar, Akvarium, mavzuga oid xaritalar asosida.

Nazorat: Savol-javob, o‘z-o‘zini nazorat qilish.

Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ball tizim asosida baholash.

Kutilayotgan natijalar

O‘qituvchi:

Mavzu belgilangan vaqt ichida barcha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi. O‘quvchilarning darsda faolligi oshadi. Ularda fanga nisbatan qiziqish o‘yg‘onadi. Amaliy mashg‘ulot davomida barcha o‘quvchilar baholanadi. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi. O‘quvchilar og‘zaki va amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil bajaradilar, boshqalarga yetkazish, savol va javob berishga o‘rgatiladi.


O‘quvchi:

Mavzu yuzasidan yangi bilimga ega bo‘ladilar. Guruhlar bilan ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar


Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar)

O‘qituvchi:

Yangi pedagogik texnologilarni o‘zlashtiradi va darsda tatbiq etib, takomillashtirishga erishadi. O‘z ustida ishlaydi. Mavzuni hayotiy voqiyalar bilan bog‘laydi va solishtiradi.



O‘quvchi:

Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashi o‘rganadi. O‘z fikrini ravon bayon eta oladi. Guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi. Yangi mavzuga oid qo‘shimcha materiallar topishga harakat qiladi.





Mashg‘ulotning borishi
Dars rejasi:

  1. O‘qituvchining kirish so‘zi. (2 daqiqa)

  2. Guruhlarga bo‘linib ishlashni tashkillashtirish. (2 daqiqa)

  3. Guruh a’zolariga juftlikda ishlash uchun topshiriq berish. (6 daqiqa)

  4. Yangi mavzu bayoni ( 7 daqiqa)

  5. Yozuvsiz xaritaga Okeaniyaga kiruvchi yirik orollarni tushirish. (8 daqiqa)

  6. Guruhlar taqdimoti (10 daqiqa)

  7. Mavzuni mustahkamlash (5 daqiqa)

  8. O‘qvchilarni baholash ( 3 daqiqa)

  9. Uyga vazifa. (2 daqiqa)


Darsning borishi:

1. O`qituvchining kirish so`zi (1daqiqa).

Darsning tashkil etilishi:

a) salomlashish, davomatni aniqlash;

b) o`quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit yaratish;

2. Guruhlarga bo`linish (2 daqiqa).

O`quvchilar tanlagan emblemalari orqali 5ta guruhga bo`linib, joylariga o`tirishadi (emblemalar o‘qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yiladi).



I-guruh. “Tasmaniya”

II-guruh. “Yangi Zelandiya

III-guruh. “ Sumatra”

IV-guruh. “Yava”

V-guruh. “Yangi Kaledoniya”
Guruh a’zolari ichidan juftliklarga “Bilaman, Bilishni istayman, Bilib oldim” jadvali beriladi.

O‘quvchilar Okeaniya haqida bilgan va bilishni istaganlarni yozadilar.

Juftliklar ishi guruhlarda ko‘rib chiqiladi va guruh a’zolaridan bir o‘quvchi

u haqda bayon qiladi.





BILAMAN

BILISHNI ISTAYMAN

BILIB OLDIM







Yangi mavzu bayoni

Reja:

Okeaniyaning tavsifi.

Okeaniya tarkibiga kiruvchi orollar.

Okeaniya – bepoyon suvli maydonlarda sochilib yotgan orollar dunyosi, suv tagidan hisoblansa, harakatdagi eng baland vulqoni bor, zaxarli ilonlari, yirtqichlari va yirik sutemizuvchi hayvonlari yo`q, yagona uch ko`zli kaltakesak shu yerda yashaydi, endemik organizmlari ko`p, quruqlikka nisbatan suvli muhit eng ko`p maydonni egallaydi.

Tinch okeanining markaziy va g`arbiy qismlarida sochilib yotgan katta-kichik orollar Okeaniya deb ataladi.



Okeaniya tarkibi:

1. Melaneziya: Yangi Gvineya, Solomon, Yangi Gibrid, Yangi Kaledoniya.



  1. Mikroneziya: Guam, Mariana, Marjon, Marshall, Gilbert, Ellis orollari.

Polineziya: Gavayi, Tonga, Kuk, Taiti, Tuamotu, Markiz orollari

“Meloneziya”- ( yunoncha- melos- qora, nesos- orol ya’ni qora orollar).

“Mikroneziya”-(yunoncha- kichik orollar).

“Polineziya”-(yunoncha – ko‘p orollar).

“Maorlar”- Yangi Zelandiyaning tub joy aholisi. (9 % tashkil etadi.)

“Papuaslar”- Yangi Gvineya Orolida yashovchi xalqlar.

“Yangi Gvineya” – Okeaniyaning eng yirik oroli. Maydoni 829300 km2.

“Mariana”Mikroneziya orollari guruhiga kirib, dunyodagi eng chuqur botiqdir. (Chuqurligi- 11022 m.).

“Gavayi”-Polineziya guruhiga kiruvchi orollardan bo‘lib, 1959- yildan Amerika Qo‘shma shtati hisoblanadi.
Draslik va atlas bilan ishlash (8 daqiqa)

Har bir guruhga alohida topshiriq beriladi.

1-guruhga: Okeaniyaning asosiy xususiyatlarini ayting.

2 –guruhga: Okeaniyaning geografik o‘rniga ta’rif bering.

3-guruhga: Okeaniyaning tekshirilish tarixi haqida nimalarni bilasiz?

4-guruhga: Okeaniyaning iqlim mintaqalarini sanab bering.

5-guruhga: Okeaniyada qanday o‘simlik va hayvonot dunyosi tarqalgan?

5 daqiqadan so‘ng guruh ishlari taqdimoti tinglanadi.
Guruh a’zolari boshqa belgilar orqali yangi guruhlarga ajratiladi.

Har bir guruhga turli xil orollar beriladi, ular yozuvsiz xaritaga shartli belgilar orqali belgilaydilar.


1-guruhga : Meloneziya guruhiga kiruvchi quyidagi orollarni yozuvsiz xaritaga tushiring. (Yangi Gvineya, Bismark arxepelagi, Solomon, Santa-Kruz, Yangi Gebrid).
2 –guruhga: Mikroneziya guruhiga kiruvchi quyidagi orollarni yozuvsiz xaritaga tushiring. (Mariania, Korolina, Marshall, Gilbert, Nauru).
3-guruhga: Polineziya guruhiga kiruvchi quyidagi orollarni yozuvsiz xaritaga tushiring. (Gavayi, Layn, Feniks, Tokelay, Marjon).
4-guruhga: Polineziya guruhiga kiruvchi quyidagi orollarni yozuvsiz xaritaga tushiring. (Samoa, Tonga, Kuk, Tubuai, Markiz, Pasxo)
5-guruhga: Okeaniyaga kiruvchi davlatlarni yozuvsiz xaritaga tushuring. (Yangi Zelandiya, Samoa).

O‘quvchilarning yangi mavzu bo‘yicha olgan bilimlari tekshirib ko‘riladi:

1-guruhga : Okeaniyadagi orollar maydoni qanchaga teng?

Javob: 1.3 mln. kv. km.


2 –guruhga: Okeaniyada qanchaga yaqin orollar bor?

Javob: 7000 ziyod orollar bor.


3-guruhga: Okeaniyaning deyarli 90 % qaysi orollar guruhiga to‘g‘ri keladi.

Javob: Yangi Gyineya va Yangi Zelandiyaga to‘g‘ri keladi.


4-guruhga: Yangi Gyineya orolida o‘simliklarning qancha turi bor.

Javob : Bu yerda o‘simliklarning 20 000 dan ortiq turi bor bo‘lib, O‘zbekiston o‘simliklari turidan deyarli 5 marta ko‘p demakdir.


5-guruhga: Okeaniyada qancha aholi yashaydi.

Javob: 12.7 mln. aholi yashaydi.

Yuqoridagi berilgan topshiriqlar bo‘yicha rag‘bat kartochkalari berib boriladi va dars yakunida ular sanaladi. Shunga ko‘ra o‘quvchilar baholanadilar.
Dars boshida berilgan jadvaldagi “Bilib oldim” bo‘lagi to‘ldiriladi.
O‘qituvchi mavzuni mustahkamlashda mavzu yuzasidan yangi so‘z va atamalardan tuzilgan savollarni “Akvarium”ga solib qo‘yadi.

Guruhlar tomonidan “Akvarium” dan yangi so‘zlar, atamalar yozilgan baliqchalar olinadi.

Ular baliqchalardagi so‘zlarga zudlik bilan javob berishlari lozim. Masalan: (“Meloneziya”, “Mikroneziya”, Polineziya”, “Maorlar”, “Yangi Gvineya”, “Mariana”, “Papuaslar”, “Gavayi”)
Uyga vazifa:

30- darsni o‘qib kelish. Atlasdan 17-betdagi Okeaniyaga kiruvchi orollarni yozuvsiz xaritaga tushirishni tugallash. Okeaniya haqida qiziqarli ma’lumotlar to‘plash.






Yüklə 35,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə