O‘zbekiston respublikasida metrologiya xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə1/22
tarix24.03.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#103094
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
528-sonli qaror


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA METROLOGIYA XIZMATLARI KO‘RSATISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash tizimining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, shuningdek, metrologiya xizmatlari ko‘rsatishda shaffoflikni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish qoidalari 2-ilovaga muvofiq;
O‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish qoidalari 3-ilovaga muvofiq;
Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish qoidalari 4-ilovaga muvofiq;
O‘lchash vositalarini kalibrlashdan o‘tkazish qoidalari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “O‘zstandart” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamentiga hamda “O‘zstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 29-avgust,
528-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-avgustdagi 528-son qaroriga
1-ILOVA
O‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish
QOIDALARI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalar o‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish, o‘lchash vositalarining turini tasdiqlash va tasdiqlangan o‘lchash vositalari turini O‘zbekiston Respublikasining o‘lchash vositalari davlat reyestriga kiritish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Qoidalar talablari davlat metrologik tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan sohada o‘lchash vositalarini qo‘llaydigan barcha jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
Quyidagi sohalarda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari keyinchalik ularning turi tasdiqlagan holda davlat sinovlaridan o‘tkazilishi kerak:
sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof muhitni muhofaza qilish;
moddiy boyliklarni va yoqilg‘i-energetika resurslarini hisobga olish;
soliq, bojxona, savdo-tijorat, pochta va telekommunikatsiya;
zaharli, tez alangalanuvchi, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q qilish;
umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish va xizmatlar ko‘rsatish;
aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish, yong‘in xavfsizligini, suv obyektlarida insonlarning xavfsizligini ta’minlash;
sanoat xavfsizligini ta’minlash;
davlat mudofaasini ta’minlash;
mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta’minlash;
sertifikatlashtiriladigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash;
geodezik, kartografik va gidrometeorologik ishlarni bajarish;
o‘lchash vositalarini davlat sinovidan, qiyoslashdan, kalibrlashdan, ta’mirlash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish;
foydali qazilmalarni qazib olish;
rasmiy sport musobaqalarini o‘tkazish;
mahsulot va xizmatlar muvofiqligini baholash bo‘yicha ishlarni bajarish.
3. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi:

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə