O‘zbekiston respublikasidagi ommaviy axborot vositalarining faoliyati



Yüklə 40,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü40,54 Kb.
#167279
  1   2
Sharipov Nodirxo\'ja Baxodir o\'g\'li



 
O‘zbekiston respublikasidagi ommaviy axborot 
vositalarining faoliyati 
 
Reja: 
1.
 
Yangi axboriy texnologiyalar va zamonaviy jurnalistika. 
2.
 
O`zbekiston OAV va jamiyat psixologik xavfsizligini ta`minlash
muammolari. 


Yangi axboriy texnologiyalar va ayniqsa, Internet jahon miqyosida yangi 
vaziyatni yuzaga keltirdi. Jurnalistika shaxs, jamiyat va davlat o`rtasidagi sifat 
jihatdan yangilangan munosabatlarni ko`proq ta`sir o`tkaza boshladi. Toronto 
universitetining professori Marshall Maklyuen tomonidan o`tgan asrning 60-
yillaridayoq obrazli tarzda ifodalangan «Global qishloq» tushunchasi reallikka 
aylanmoqda. Bugun butun insoniyat jamoa o`lchamigacha ixchamlashmoqda. 
Industrial jamiyat o`rniga, ommaviy kommunikatsiyalar va axborotning roli 
beqiyos darajada oshgan. Axborot jamiyati qadam qo`ydi.
Kompyuter, uyali telefon, Internet millionlab odamlar hayotining ajralmas 
qismiga aylandi. Bunday kommunikatsiya vositalari jurnalistning nafaqat doimiy 
yo`nalishiga, balki, uning asosiy mehnat quroliga, butun dunyo bilimlarini o`zida 
amujassam etgan maslahatchi, kutubxona va elektron entsiklopediyasiga aylandi.
Bugungi kunda komp`yuter va uyali telefon jurnalistga uning qaerda 
bo`lishidan qat`iy nazar axborotni gazeta, jurnal yoki radio-televideniega sanoqli 
daqiqalarda etkazib berish imkoniyatini yuzaga keltirdi. 
Darhaqiqat bugun yuqori texnologiyalarni ijtimoiy-iqtisodiy hayotga tadbiq 
etish beqiyosdir. Aynan Yangi axboriy texnologiyalar tufayli jurnalistika bir qator 
transnatsional hodisaga aylangan. Yuqori texnologiyalar uni erkin qilib qo`ydi.
Ilgari u yoki bu tahririyat xodimi o`z auditoriyasiga murojaat qilishi uchun 
vaqt, OAV kanalining texnik imkoniyatlari va nihoyat o`z rahbariyati bilan 
hisoblashishiga to`g`ri kelgan bo`lsa, bugun ana shu zanjirsiz amalga oshirishi 
mumkin. Ilgari kishilar u yoki bu kanal tomonidan taklif etilgan ko`rsatuvlvr 
programmasi bilan cheklangan bo`lsa, bugun siz o`z ta`bingizga mos ravishda o`z 
dasturingizni tuzib olishingiz mumkin. Ya`ni, yangi informatsion texnologiyalar 
nafaqat jurnalistga, balki auditoriyaga ham erkinlikni taqdim etdi.
Shu munosabat bilan ommaviy kommunikatsiyalar nazariyasi sohasida taniqli 
mutaxassis, amerikalik olim Uolter Lippmanning fikrini eslash o`rinlidir: «Siz 
materialni yozguningizcha erkinsiz, ammo siz uni mening qo`limga topshirishingiz 
bilan sizning erkinligingiz tugab, mening erkinligim boshlanadi. endi sizning 
qo`lyozmangizning taqdirini men hal etaman. Xohlasam - nashr etaman, xohlasam 


musor korzinasiga tashlab yuboraman». Bu 1922 yilda aytilgan edi. Bu fikri bilan 
u o`z davri jurnalistining erkinlik chegaralarini ifodalab bergan edi. Albatta, 
jurnalist materialini boshqa tahririyatga berishi ham mumkin edi. Lekin har 
qanday vaziyatda ham jurnalist yuqori lavozimdagi shaxsning pozitsiyasi bilan 
hisoblashmog`i kerak edi. Bugun bunday bog`liqlik yo`qqa chiqib bormoqda. 
Yangi texnologiyalar bugungi kunda jurnalist va tahririyat imkoniyatlarini 
tenglashtirib boryapti. Shuning uchun ularni to`la ma`noda hamkorlar deb baholash 
mumkin. Bundan tashqari jurnalistika taraqqiyoti darajasi kichik gazeta yoki 
maxalliy radio va televidenie ijodiy xodimlarining imkoniyatlarini yiriklari bilan 
tenglashtirib qo`ydi.
Aynan shu va boshqa holatlar jurnalist va jurnalistikaning jamiyatdagi o`rni 
va roli haqida yangicha fikrlashni taqozo etmoqda. Bugun jurnalistika insoniyat
taraqqiyotidagi vazifalarni hal etishdagi imkoniyatlarini tobora ko`proq namoyon 
etmoqda. 
Sotsiologlarning ta`kidlashicha: «ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy axborot qancha 
ko`p to`plansa, jamiyatning shu sohadagi taraqqiyoti shuncha tezlashadi. 
Jurnalistika shu sohadagi axborotlarni to`plash, qayta ishlash, sistemalashtirish va 
tahlil etish bilan shug`ullanar ekan, xulosa qilish mumkinki, jurnalistika qanchalik 
yuqori sifatga ega bo`lsa, o`ziga yuklangan vazifalarni to`liq bajaradi, jamiyat 
rivojlanish tendentsiyalarini belgilaydi va uning rejalarini ishlab chiqadi.
Boshqa xarakterli tomoni shundaki, bugungi dunyoda turli yo`nalishdagi 
gazeta va jurnallarning miqdori salmoqli tarzda oshib bormoqda. XX asrning 
oxirlarida Maykl Konnif aytgan ediki, Amerika kundalik gazetalarining kuni bitdi, 
endilikda manzara butunlay o`zgardi». Gazetalar bugungi kunda elektron-axboriy 
inqilobning boshida turibdi.
Ular iste`molchilarga mahalliy telefon abonentlari foydalanishi mumkin 
bo`lgan - yangilik va tijoriy axborotlarni tavsiya etmoqdalar. Uy komp`yuterlarida 
videotekstlardan, elektron axborotlardan foydalanish imkoniyati yuzaga keldi.
Bugungi kunda an`anaviy davriy nashrlar Bilan bir qatorda Onlayn 
jurnalistika samarali faoliyat ko`rsatmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy 


fikrni shakllantirish belgilovchi ta`sir o`tkaza oladigan yuzlab elektron gazeta va 
jurnallar faoliyat ko`rsatmoqda.
Bu tendentsiya bundan keyin ham kuchayib boradi. «Maykrosoft» 
tashkilotchisi Bill Geyts aytganidek, komp`yuter va Internet har bir kishi uchun 
imkon darajasida bo`ladi. Ya`ni bu texnikani olish darslik olishdan foydali va 
arzon bo`lib qoladi.
Davrimiz hususiyatlaridan yana biri auditoriyaning biror muammo bo`yicha 
fikr-mulohaza va baholarni to`la yig`ish imkoniyati vujudga keldi. Shuning uchun 
kim tezroq va samaraliroq ishlasa, o`sha xodisalar yo`nalishini belgilay oladi va 
nazorat qiladi. Ikkinchi tomondan, qaysidir soha OAV nigohidan chetda qoladigan 
bo`lsa, paydo bo`lgan bo`shliqning o`rnini turli xil mish-mishlar, to`qimalar, 
kinoyalar to`ldiradi. Bunday mish-mishlar tarqatishlar bilan ham OAVlari 
shug`ullanishlari mumkin. Amaliyotda bunday bo`shliqlardan chet el OAV 
foydalanishga va bu bo`shliqni to`ldirishga harakat qiladi. 
Shu bilan birgalikda, ta`kidlash kerakki, yangi axboriy texnologiyalar bizning 
hayotimizda ijobiy rolni o`ynashi bilan birgalikda, nomaqbul kimsalar va hattoki 
destruktiv xarakterdagi davlat tuzilmalarining nopok niyatlarini amalga oshirishga 
ham xizmat qilishi mumkin. Matbuot qanday qilib odamlar ongiga egalik qilishi 
allaqachondan ma`lum, bu haqda ko`plab adabiyotlar ham mavjud. Keyingi bir 
qancha xodisalar ham bu haqda guvohlik berib turibdi.
Bir hodisa turli OAV tomonidan yoki turli jurnalist tomonidan turlicha talqin 
etilishi mumkin.
Internetning maxsus saytlari va portallarida davlat arboblari, taniqli shaxslar 
to`g`risida to`plangan turli xil pok va nopok ma`lumotlarni eslatib o`tish o`rinlidir. 
Yuqoridagilar OAV jamiyat hayotida qanchalik muhim o`ringa ega ekanligi 
boshqaruv tizimlari va oddiy fuqarolar unga qanchalik umid qilishlari haqida 
xulosa chiqarishga imkon berdai. 
O`zbekiston ham bu jarayondan holi emas. 
Mustaqillik e`lon qilinishi bilan jamiyat va davlat, matbuot, radio, telvidenie 
va axbot agentliklariga kata e`tibor qaratdi. O`tgan asr 90-yillari boshlarida 200 


atrofida davriy nashrlar mavjud bo`lsa, bugungi kunda ularning miqdori 1000ga 
etdi. Jumladan, 680 gazeta, 194-jurnal, 4-milliy teleradiokompaniya, 34-
teleradiostudiya, 7- kabelli audiovizual OAV, 4-axboriy agentlik. Jurnalistika 
maxsulotlari tobora yuqori texnologiyalarga ega bo`lib bormoqda.
Yuqorida ko`rsatilgan OAVni davlat va nodavlat OAVlari tashkil etadi. 
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida OAVlariga maxsus o`rin 
ajratilgan. Ularning muvoffaqiyatli va to`laqonli faoliyat ko`rsatishi uchun 
qonunchilik bazasi yaratilgan. Jurnalistikaning jamiyatdagi maqomini oshirish 
maqsadida davlat miqyosida bir qator takdbirlar amalga oshirilgan. 
1996 yildan boshlab O`zbekiston jahon Internet tarmog`iga kirdi. 2006 yilga 
kelib bu butunjahon to`ridan foydalanuvchilar esa 1mln. 150 000 kishini tashkil 
etdi. 
Bugungi kunda ko`plab ommaviy axborot kanallari Internetda o`z 
versiyalariga ega. elektron gazetalar paydo bo`ldi. Bir so`z bilan aytganda bizning 
OAVlarimiz butunjahon jurnalistikasi tizimiga kirib bormoqda. Hozir nafaqat 
bizning auditoriyamiz chet el OAVlari bilan tanisha oladilar, balki chet el 
auditoriyasi ham Internet orqali bizning gazeta va jurnallarimiz bilan tanisha 
oladilar. Ya`ni, bunday holat jamiyatimizni yanada yorqinroq va ochiqroq qilib 
bormoqda. endilikda chet el manfaatdor institutlari va doiralari bizdagi jarayonlar 
haqida o`zlari xulosa chiqara oladilar va o`zlari vaziyatni oldindan ko`ra oladilar, 
jamiyaitimiz taraqqiyoti stsenariysini tuza oladilar.
Bularning hammasi O`zbekiston Respublikasi axborot kanallariga mas`uliyat 
yuklaydi. Tahririyat jamoalari OAV ta`sischilari hayotimizning og`riqli jihatlarini 
o`zlari ko`tarib chiqmasalar, mavjud ziddiyatlarning xal etilishiga yordam berishga 
intilmasalar, buni birinchi galda opponentlarimiz amalga oshirishlari mumkinligini 
anglab etishlari kerak. 
Kelib chiqadiki, matbuot o`z hayoti bilan, auditoriya o`z hayoti bilan 
yashamokda. Matbuot jamiyatni qadrlashga intilmas ekan, uni fikrlashga undamas 
ekan, uning vijdoniga aylanishga harakat kilmas ekan, u hech qachon jamiyatning 
talabiga aylana olmaydi. 


Matbuotimizning xarakterli hususiyati shundaki, ular bir xil yo`nalganligi, 
mazmunan bir xilligi va turli xil nomlanishiga qaramay bir tipdaligidadir. 
Matbuotimizni bugungi ahvoliga baho berib, u bilan u yoki bu tarzda aloqador 
bo`lgan kishi har bir jurnalistning kamchiligi uning ichida, yuragida ichki 
tsenzuraning mavjudligidadir, deb ko`rsatadi. Jurnalistlarimizda qat`iylik, shijoatni 
kamroq ko`ramiz. Auditoriya nafaqat hayotimizning ijobiy tomonlarini 
yoritayotgan, balki u yoki bu masaladagi xatoliklarni yoritayotgan jurnalistlarni 
qo`llab-quvvatlashi kerak. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov Oliy Majlis ikkala 
palatasining 2005 yil 28 yanvardagi qo`shma yig`ilishida ta`kidlagan ediki, OAV 
yo`lida auditoriyalari undan jamiyatni islox qilish va yangilash yo`lida hokimiyat 
faoliyati va boshqaruv organlari faoliyatiga tanqidiy baholarni kutayotganlarini, 
dolzarb muammolarning mohirona tahlilini, to`siqlarni engib, o`tish yo`llarini 
ko`rsatishlarini kutayotganlarini ta`kidlab o`tgan edi. 


Adabiyotlar ro`yxati: 

Yüklə 40,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə