O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasi



Yüklə 17,57 Kb.
tarix16.06.2022
ölçüsü17,57 Kb.
#89598
O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy g‘oyani rivo


O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA MILLIY G‘OYANI RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASI”
06.12.2019
Tarixdan maʼlumki, dunyodagi rivojlangan davlatlar o‘z tiklanish jarayonida xalqning bir maqsad yo‘lida birdamligini va safarbarligini taʼminlashga jiddiy eʼtibor qaratgan. Zero, xalq xohish irodasi, salohiyati va saʼy-harakatidan ko‘ra katta kuch yo‘q. АQShda “Аmerika orzusi” degan tushuncha, Fransiyada “ozodlik, tenglik va birodarlik”, Yaponiyada esa “yapon ruhi” degan tamoyil milliy g‘oya darajasiga ko‘tarilib, ularning taraqqiyotida hal qiluvchi rol o‘ynamoqda.

Hozirgi globallashuv davrida dunyo maydonida taraqqiyot shiddat bilan davom etmoqda, hamma jabhalarda keskin kurash va raqobat tobora ayovsiz tus olmoqda. So‘nggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan tub islohotlar mana shunday muhitda O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida o‘z munosib o‘rnini topishi, xalqining uzoq kelajakda emas, bugun yaxshi yashashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Bugungi kunda mamlakatimizni taraqqiy ettirish bo‘yicha qabul qilingan Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda milliy g‘oyani rivojlantirish dolzarb masalaga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-аprel kuni “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi qabul qilinganidan buyon o‘tgan vaqt davomida bir qator ishlar qilindi. Xususan, taniqli olimlar, ekspertlar, ijodkor ziyolilardan iborat ishchi guruh tomonidan Milliy g‘oya konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqildi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazida vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, oliy, o‘rta maxsus, umumiy o‘rta taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilari, adabiyot, sanʼat, madaniyat yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan ziyolilar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari “Maʼrifat” targ‘ibotchilar jamiyati aʼzolari, olimlar, mutaxassislar ishtirokida “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” degan bosh g‘oya asosida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasi” loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar milliy davlatchiligimizning huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy asoslarini yaratishda milliy g‘oya bunyodkor manba bo‘lib hizmat qilishi, sog‘lom fikrlaydigan har bir shaxs va fuqaroda milliy g‘urur-iftixor, or-nomusni uyg‘otadigan, o‘zlikni anglatadigan, xalqning maqsadi va orzu umidlari ro‘yobga chiqishida beqiyos kuch-qudrat ekanini taʼkidladilar.
O‘zbekiston taraqqiyotining bugungi yangi bosqichida ko‘p millatli xalqimizning yagona milliy g‘oyasi dunyo ijobiy tajribasining nafaqat maʼnaviy-maʼrifiy, tarbiyaviy-axloqiy jihatlarini, balki ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalardagi, jumladan shaxsning intellektual salohiyatini oshirish va inson kapitalini rivojlantirish bilan bog‘liq muhim yutuqlarini ham o‘zida mujassam etadi.

Mazkur konsepsiyada mamlakatimizda milliy yuksalish g‘oyasi asosida amalga oshiriladigan eng muhim vazifalar aks etgan. Milliy yuksalish g‘oyasi yurtimizda tinchlik, fuqarolar va millatlararo hamjihatlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash, demokratik tamoyillarni to‘liq qaror toptirish, inson huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi va adolat, moddiy va maʼnaviy hayotni barobar rivojlantirish kabi tamoyillarni o‘zida birlashtiradi.


Аnjumanda Konsepsiyani yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.
Yüklə 17,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə