O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50


O‘ZBEKISTON 
TARIXI
(IV ASRDAN XVI ASR
BOSHLARIGACHA)
7-SINF
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi umumiy o‘rta 
ta’lim maktablari uchun darslik sifatida tasdiqlagan
Qayta ishlangan ikkinchi nashr
«SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA
AKSIYADORLIK KOMPANIYASI
BOSH TAHRIRIYATI
TOSHKeNT — 2013
A. MUHAMMADJONOV


Mas’ul muharrir: A.T. Zamonov
Darslikning metodik qurilmasi: F. Sultonov tomonidan ishlangan
Ta q r i z ch i l a r :
A.M. Otaxo‘jayev –
A.J. Yaxshiyev –
Q.A. Matxoliqov –
M.F. Xolboyeva –
U.F. Haydarov –
O‘z  R  FA    Tarix  instituti  bo‘lim  boshlig‘i,  tarix  fanlari 
doktori;
Soliq  akademiyasi  Tarix  kafedrasi  mudiri,  tarix  fanlari 
nomzodi;
TSHPKQTMOI o‘qituvchisi, tarix fanlari nomzodi;
Respublika  Ta’lim  markazi  Ijtimoiy  fanlar  bo‘limi  bosh 
metodisti;
Buxoro  viloyat,  Buxoro  tumani  13-ixtisoslashtirilgan  
davlat umumta’lim maktabi o‘qituvchisi.
Darslikni o‘qish jarayonida Sizga yordam beruvchi 
belgilarga e’tibor bering:
Bu  belgi  muhim  tarixiy  voqealarni  yodda  tutishni 
talab qiladi.
Bu belgi o‘z bilimingizni sinab ko‘rishga undaydi.
Bu  belgi  matnda  uchraydigan  atama  va  asosiy  tu-
shunchalarning mazmunini bilib olishga da’vat etadi.
Bu  belgi  Sizdan  mavzu  bo‘yicha  berilgan  savollarga 
javob berishni, topshiriqlarni bajarishni talab qiladi.
Muhammadjonov, Abdulahad.
O‘zbekiston tarixi: 7-sinf uchun darslik. Qayta ishlan-
gan  ikkinchi  nashr  /  Muall. A.  Muhammadjonov.  —  T.: 
«Sharq», 2013. — 160 b.
© A. Muhammadjonov, 2009, 2013
© «Sharq» NMAK Bosh tahririyati, 2009, 2013
ISBN 978-9943-00-990-5
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan ijara uchun chop etildi.
M–3
UO‘K: 94(575.1)(075)
KBК    63.(5O‘)
             M–3
UO‘K: 94(575.1)(075)
KBК 63.(5O‘)


3
Tarix xalq ma’naviyatining asosidir.
Islom KArIMOv
K I R I S H
Aziz o‘quvchi!
Vatanimiz O‘zbekiston va o‘zbek xalqi olamshumul voqealar-
ga boy qadimiy tarixga ega. Turon, Turkiston va Movarounnahr 
nomlari  bilan  shuhrat  topgan  bu  mamlakatning  va  o‘z  mehnati 
bilan  uni  obod  etgan  o‘zbek  xalqining  o‘tmishi  g‘oyat  qiziqarli 
va saboqlidir.
Siz ushbu darslikda IV–XVI asrlar davomida Vatanimiz tari-
xida  kechgan  voqealar haqida  bilib olasiz. O‘n  ikki asrlik  davr-
ni  qamragan  bu  tarixiy  bosqichda,  avvalo,  umumturk  qavmlari 
safida  «o‘zbiy»  va  «o‘zbek»  atamalari  bilan  ulug‘langan  dono 
daholar  yo‘lboshchiligida  mehnatkash  va  erksevar  o‘zbek  xalqi 
shakllandi.
* «O‘zbek» – qabila begi, hukmdor
Ajdodlarimiz kanallar qazib, dasht-u biyobonlarga suv chiqar-
dilar,  qo‘riq  yerlarni  bog‘-u  bo‘stonga  aylantirdilar.  Dehqonchi-
lik,  chorvachilik  va  hunarmandchilik  rivojlandi.  O‘tloq  vohalar 
o‘rnida  qishloq  va  shaharlar  qad  ko‘tardi.  Ular  ilm-u  ma’rifat 
va kasb-hunarlarning markaziga aylandi. Tasviriy san’at, musiqa, 
me’morchilik rivoj topib, o‘ziga xos madaniyat yuzaga keldi.
Dehqonchilik  vohalarida  dastavval  voha  hokimlari,  so‘ngra 
esa  eftallar,  Turk  xoqonligi,  Somoniylar,  Qoraxoniylar,  Xo-
razmshohlar,  Amir  Temur  davlati  kabi  yirik  davlatlar  hukm  
surdi.  O‘rta  asrlarda  yuzaga  kelgan  ushbu  davlatlar  mazkur  
hudud  aholisining  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy  va  ma’naviy  ha-
yoti  rivojiga  ta’sir  ko‘rsatdi.  Bu  davrda  «Qishloq  hokimi»  deb 
atalgan  katta  yer  egasi  –  «dehqon»lar  va  ularning  ekinzorla-
rida  ishlovchi  yersiz  «kadivar»lar,  ya’ni  korandalar  shakllan- 
di.  Yerga,  suvga  bo‘lgan  munosabat  tubdan  o‘zgardi.  Yerda 
ishlash  va  unda  qo‘shchilarni  ishlatish  tartiblari  o‘zgardi.  Meh-
natkashlar ustidan zulm kuchaydi, ijtimoiy hayotda tabaqalanish 
yanada keskinlashdi.


4
Mazkur  davrda  mamlakatimiz  Arab  xalifaligi  tomonidan 
fath  etildi.  Islom  dini  qaror  topib,  mahalliy  din  va  e’tiqodlarga 
barham  berildi.  elga  yot  bo‘lgan  arabiy  imlo  joriy  etildi.  Xa-
lifalik  hukmronligidan  keyingi  asrlarda  ilm-ma’rifatning  rivoji  
uchun  sharoit  yuzaga  keldi.  O‘rta  asrlarda  yurtimizda  Muham-
mad  ibn  Muso  al-Xorazmiy,  Ahmad  al-Farg‘oniy,  Abu  Rayhon 
Beruniy,  Ibn  Sino,  Ulug‘bek  va  Alisher  Navoiy  kabi  bu yuk  
mutafakkirlar  qatorida  islom  dini  va  ta’limoti  rivojiga  salmoq-
li  hissa  qo‘shgan  Imom  Buxoriy,  Imom  Termiziy,  Ahmad  Yas-
saviy,  Najmiddin  Kubro,  Bahouddin  Naqshband  va  Xoja  Ahror 
singari mashhur ulamolar yetishib chiqdi. 
Yurt  boshiga  tushgan  og‘ir  va  musibatli  damlarda  erksevar 
xal qimiz  jasoratini  ona-Vatan  mudofaasi  yo‘lida  o‘zini  fido  qil-
gan Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik va mashhur shayx Naj- 
middin Kubro, Mahmud Torobiy, Amir Temur kabi vatanparvar-
lar  timsolida  bilib  olasiz.  Mustaqillik  xalqimizning  asriy  orzusi  
va  kurashlarining  sharofatli  natijasi  ekanligiga  guvoh  bo‘lasiz.
Ma’lumki,  Amudaryo  va  Sirdaryodek  yirik  suv  havzalari 
atrofida  joylashgan  qadimgi  Turon  hududlarida  azaldan  o‘troq 
o‘zbeklar  bilan  yonma-yon  qardosh  tojik,  qirg‘iz,  qozoq,  qo-
raqalpoq  va  turkmanlar ning  ham  ota-bobolari  yashab  kelgan. 
Shu  boisdan,  o‘zbek  xalqining  o‘tmishi  etnik  jihatdan  yaqin 
bo‘lgan  qardosh  xalqlarning  tarixi  bilan  chambarchas  bog‘lanib 
uyg‘unlashgan.  Ayniqsa,  chet  ellik  bosqinchilarga,  adolatsiz  
mustabid hukmdorlarga, shafqatsiz mulkdor zodagonlarga qarshi 
olib borilgan kurashlar qardosh xalqlarni birlashtirdi. Shu tufay-
li  ular  ko‘p  hollarda  yagona  davlatning  umumiy  fuqarosi  bo‘lib 
yashadilar, el-yurtni obod  etishda faol ishtirok etdilar.
Xullas, darslikda Vatanimiz va o‘zbek xalqining o‘rta asrlarda 
boshidan kechirgan g‘oyat murakkab va mashaqqatli hayot tarixi 
bayon  etiladi.  Unda  siyosiy  voqealarning  yoritilishi  jarayonida 
xalqi mizning  bunyodkorlik  faoliyati,  o‘ziga  xos  madaniyati  va 
e’tiqodi hamda Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbati va sadoqatiga 
bag‘ishlangan sahifalarni o‘qib, shunday mo‘tabar xalqning vorisi 
ekanligimizdan qalbingiz faxrga to‘lib boradi. Chunki mamlakati-
miz Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek «O‘zlikni anglash 
tarixni bilishdan boshlanadi... Haqqoniy tarixni bilmasdan turib 
esa o‘zlikni anglash mumkin emas».


Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə