O’zbekiston tarixi



Yüklə 19,21 Kb.
tarix12.12.2023
ölçüsü19,21 Kb.
#148556

O’zbekiston tarixi
Oʻzbekiston hududi insoniyat taraqqiyoti paydo boʻlgan va rivojlangan oʻchoqlardan biri hisoblanadi, uning davlatchilik tarixi qariyb 3000 yillik davrnii oʻz ichiga oladi. Yodgorliklar hududi boʻlmish Selengur, Koʻlbuloq va Teshiktoshdagi arheologik topilmalar shundan dalolat beradiki, Oʻzbekiston hududida oʻtroqlashgan aholining vujudga kelish bundan bir necha yuz ming yil avval sodir boʻlgan.
1924-yili Oʻzbekiston respublikalardan biri sifatida Sovet Ittifoqi tarkibiga kirdi. 1927-yilning martida Oʻzbekistonning birinchi Konstitusiyasi qabul qilindi. Oʻsha yillari xalq xoʻjaligi va madaniyatni rivolantirishda respublikalararo boshqaruv organlari - Oʻrta Osiyo iqtisodiy kengashi (1923 y.) Qisqa vaqt ichida respublikada fuqarolar urushining ayanchli oqibatlari bartaraf etildi. Sanoat jadal sur’atlarda rivojlandi. Mashinasozlik, metalni qayta ishlash va energiya sohalarida eng salmoqli oʻzgarishlar yuz berdi. 1928-yildan 1942-yilgacha boʻlgan davrda 515 ta sanoat korxonasi va elektrostansiya ishga tushirildi. Ular orasida Chirchiq elektrokimyo kombinati, Toshkent qishloq xoʻjaligi zavodi, Quvasoy sement va ohak zavodi, Toshtekstilkombinati va boshqalar bor edi. 1925-1929-yillarda yer-suv islohoti amalga oshirildi. Qishloq xoʻjaligi va irrigasiya butunlay qayta ta’mirlandi, yangi kanallar va suv omborlari qurib bitirildi. 1941-yilga kelib Oʻzbekiston aholisining savodxonlik darajasi 95 % ni tashkil etdi. Turkiston davlat universiteti (1920) oliy ta’limning yirik markaziga aylandi. 20-yillarning oxiriga kelib tarkibida mingdan ziyod ilmiy xodimlar mavjud oʻnlab ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyat koʻrsatar edi. 1930-yildan boshlab Toshkent Oʻzbekiston poytaxtiga aylandi.
1937-yilning fevralida OʻzSSRning yangi konstitusiyasi qabul qilindi. Yangi konstitusiyaga muvofiq Y.Oxunboboev va F.Xoʻjaev rahbarligida respublika boshqaruv organlariga saylovlar boʻlib oʻtdi. Respublikaning kundalik hayoti, butun SSSRdagi ahvol singari, Stalin shaxsiga sigʻinishning avj olishi hamda totalitar boshqaruv usullarining kuchayishi shiori ostida oʻtdi. Oʻzbekistondagi ommaviy qatagʻonlik taniqli partiya va davlat arboblarining xibsga olinishidan boshlandi. Siyosiy boshqaruv organlari F. Xoʻjaev, A. Ikromov, D. Manjar va boshqalarga nisbatan qalbaki ayblovlar bilan jinoiy ish qoʻzgʻadi. 1937-yilning avgust-sentyabr oylarida yuzlab kishilar, shu jumladan, Oʻzbekiston kompartiyasi rahbarlari S. Boltaboev, I. Xudoyqulov, A. Sexer, M. Shermuxamedov, M. Usmonov va boshqalar xibsga olindi. 1938-yilning bahoriga qadar obkom, shaharkom, raykom partiyalari kotiblarining 60 % dan ziyodi qatagʻon qilindi.
Urushdan keyingi davrda Oʻzbekistonda rivojlangan transport va energo tizimlari bilan ta’minlangan koʻptarmoqli sanoatning yuksalish jarayoni davom etdi. Shaharlar ilmiy va madaniy markazlarga aylanib borardi. 1947-yilda Oʻzbekiston Davlat katta akademik teatri, 1964-yilda Samarqandda opera va balet teatri ochiladi. Qishloq oʻjaligida jadal usullar qoʻllanilib mexanizasiyalashtirildi. 1984-yilga kelib 4175 ming ga ekin maydonlari oʻzlashtirildi, ulardan 2056 ming ga paxta dalalari edi. Respublikani urushdan keyingi davrlarda , turli yillarda U.Yusupov, A,Niyozov N.Muhiddinov, Sh.Rashidov boshqardi.
80-yillarda SSSR siyosiy va mafkuraviy inqirozga duch keldi. Markazdan qochish hollari kuchayib bormoqda edi. SSSR hududida yashovchi xalqlar bu vaqtga kelib iqtisodiy va oʻz milliy anglashining shunday darajasiga yetdiki, endi ittifoqdan iqtisodiy, davlat va siyosiy qaramlik xar bir respublikaning bundan keyingi ravnaqini orqaga tortuvchi holatga aylanib qolgandi. Kutilayotgan istiqbol uchun esa yangi sharoitlar kerak edi.
Oʻzbekistonning 1991-yilning 31 avgustida mustaqillikni qoʻlga kiritishi murakkab siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar ostida amalga oshdi. Jumladan, 130-yil davomida hukumronlik qilgan mustamlaka tizimi Respublikaning mustaqil rivojlanishiga toʻsqinlik qilib keldi.
Mustaqillikning e’lon qilinishi xalqning va hukumatning oldiga tubdan islohotlar oʻtkazish vazifasini qoʻydi. Prezident I.Karimov boshchiligida hukumat tomonidan amalga oshirilgan ichki va tashqi islohotlar natijasida Oʻzbekistaon dunyo ham jamiyatida mustaqil r davlat sifatida olindi. Qisqa muddatlar davomida Oʻzbekiston oʻz taraqqiyot yoʻlini belgilab oldi.
I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan va amalga tadbiq etilgan “Oʻzbek modeli” yurtning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga zamin yaratdi. Qisqa muddatlar ichida don va neft mustaqilligiga erishildi, Oʻzbekiston agrar-hom-ashyo davlatidan tez rivojlanayotgan, zamonaviy texnika va tehnologiyalarni eksport qiluvchi davlatga aylandi. Oʻzbekiston tutgan yoʻlining naqadar toʻgʻri ekanligi 2008-yilda boshlangan “jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi” davrida yana bir bor isbotlandi. Inqiroz davridan muvafaqqiyatli chiqqan «Oʻzbek modeli» xalqaro moliyaviy tashkilotlar va ekspertlar tomonidan yuksak ijobiy baholarga sazovor boʻldi.
Tarixiy tajriba shuni koʻrsatadiki, hech bir davlat dunyo hamjamiyatidan ayri holatda rivojlania olmaydi. Har tomonlama oʻylanib olib borilgan tashqi siyosat natijasida Oʻzbekiston 180dan oshiqroq dunyo davlatlari tomonidan tan olindi, 130 dan koʻproq davlatlar bilan diplomatic munosabatlar oʻrnatildi, bugungi kunda Oʻzbekiston BMT, MDH, SHHT kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar a’zo hisoblanadi.
Bugungi kunda Oʻzbekiston Evropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Yakin Sharq va Osiyo mintaqadagi davlatlar bilan ikki tomonlama va koʻp tomonlama iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda hamkorlik qilmoqda.
Oʻzbekiston Respubliksida uning konstitutsiyasiga muvofiq insonlarning millati, tili, dinidan qati’iy nazar teng huquqliligi ta’minlangan. Bugungi kunda Respublikada yuzdan ortiq turli millat va elat vakillari inoqlikda yashamoqdalar, ular uchun zarur shart sharoitlar yaratilgandir.
Yüklə 19,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə