O’zbekiston va pokiston munosabatlari



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə1/3
tarix21.05.2022
ölçüsü6,58 Mb.
#87536
  1   2   3
O’zbekiston va pokiston munosabatlari

O’zbekiston va pokiston munosabatlari

Re’ja:

  • O’zbekistonda millatlararo munosabatlar va bag’rikenglik.
  • O‘zbekiston-Pokiston hamkorligini keng ko‘lamda rivojlantirishga kelishib olindi
  • O‘zbekiston va Pokiston munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi

O’zbekistonda millatlararo munosabatlar va bag’rikenglik.

  • Millatlararo totuvlik g’oyasi -umumbashariy qadriyat bo’lib, turli xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotida muhim omildir
  • O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi 4-moddasida qayd etilganidek, “O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”

Baynalmilal madaniyat markazi

  • 1992 yil 13 yanvar – Toshkentda Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil qilindi.
  •  Respublika baynalmilal madaniyat markazi millatlararo munosabatlar, O‘zbekiston Respublikasida yashovchi har xil millatlar va elatlar vakillarining totuvligi va hamkorligini ta’minlash, ularning o‘ziga xos madaniyatlari va ma’naviy qadriyatlarini rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash sohasidagi siyosatni amalga oshirishda davlat organlariga va jamoat tashkilotlariga ko‘maklashuvchi mustaqil muassasa hisoblanadi.

O‘zbekiston-Pokiston hamkorligini keng ko‘lamda rivojlantirishga kelishib olindi

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon tor doirada muzokara o‘tkazdi. Prezidentimiz oliy martabali mehmonning O‘zbekistonga ilk tashrifi ikki tomonlama sheriklikning yangi davrini boshlab berganini ta’kidladi.
  • – Pokiston bizning vaqt sinovidan o‘tgan muhim hamkorimiz. Davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan. Bugun biz ularni strategik hamkorlik darajasiga ko‘taramiz. Hozirgi murakkab vaziyatga qaramasdan, hamkorligimiz jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Barcha sohalardagi aloqalarni yanada kengaytirishdan manfaatdormiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
  • Pokiston Bosh vaziri O‘zbekistonda bo‘lib turganidan mamnunligini aytib, bu pandemiya boshlanganidan buyon uning ilk xorijiy tashrifi ekanini ta’kidladi.
  • Uchrashuvda asosiy e’tibor ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlash va savdo-iqtisodiy hamkorlikni, ayniqsa investitsiyalar va yirik mintaqaviy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish yo‘nalishida mustahkamlash masalalariga qaratildi.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə