O‘zbekistonda temir yo‘llari tarixi



Yüklə 17,56 Kb.
tarix21.04.2022
ölçüsü17,56 Kb.
#85844
O‘zbekistonda temiryo\'llar tarixi


O‘zbekistonda temir yo‘llari tarixi

qurilishi bilan Samarqandga temir yo’l harakati ochildi. 1885 yilda Kaspiyorti temir yo’lining boshlang’ich punkti Mixaylovsk ko’rfazidan Uzun-Adadga, 1896 yilda esa katta kemalarning kelishini ta’minlash maqsadida Krasnovodsk (hozirgi Turkmanboshi)ga ko’chirildi.

1899 yilda Ursatevsk(hozirgi Hovost) stantsiyasidan 2 ta yo’l tashkil qilindi: Toshkentgacha va Farg’ona vodiysidan Andijonga.1899 yilda Kaspiyorti temir yo’li Yo’l habarlari Vazirligi ixtiyoriga berildi va Samarqand-Andijon liniyalari yo’llari bilan qo’shilgandan keyin Sirdaryo, Samarqand, Farg’ona, Kaspiyorti hududlari va Buxoro xonligi hududidan o’tadigan O’rtaosiyo nomini oladi. Temir yo’lning umumiy uzunligi 2354 verstni tashki qiladi.

Ekspluatatsiya qilish jarayoninig birinchi bosqichlarida uning roli birinchi navbatda siyosiy va harbiy sohalarda ko’rilgan bo’lsa, qadam-baqadam tijorat Orenburgdan Toshkentgacha temir yo’lni qurish zaruriyati 1874 yili maxsus temir yo’l komissiyasi tomonidan ta’kidlab o’tilgan edi. Strategik fahmlarga ko’ra temir yo’lni Kaspiy dengizning sharqiy qirg’og’idan o’rtaosiyo cho’llari ichkarisi Qizil-Arvat, Ashhobod va keying manzillargacha qurishga qaror qilindi. Kaspiyorti temir yo’lini barpo qilish 1880 yil noyabr oyida boshlandi. 1885 yil temir yo’l Ashhobodga, 1886 yil Charjouga yetib keldi.1888 yil may oyida Amudaryo orqali 30 ta ko’priklarning sohasidayam oshib bordi.1887 yildan 1900 yilgacha yuk ayirboshlash 7.3 barobarga ortdi. O’rta Osiyodan paxta, quruq meva, ipak va qorako’l kabi mahsulotlarni olib chiqish keskin oshdi. O’z o’rnida, Rossiyadan gazlama, shakar, metal va boshqa ishlab chiqarish mahsulotlarini ko’proq olib chiqa boshladilar. Rossiya bozorlariga olib chiqish uchun ochilgan imkoniyatlar ta’siri ostida O’rta Osiyo mamlakatlarida ishlab chiqarish hajmini o’sishi kuzatildi., sanoatning alohida turlari rivojlana boshladi, birinchi navbatda paxta tozalash sanoati bo’ldi. Temir yo’lning paydo bo’lishi Rossiyaning Afg’oniston va Fors bilan savdoning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsartdi. Agar 1896-1900 yillarda rus-afg’on savdo yukayirboshlashi 2.7 mln.rublni tashkil etgan bo’lsa, 1906-1910 yillarda 5.08 mln., 1911 yilda esa 10.6 mln.ni tashkil etar edi. Temir yo’lning mavjudligi Forsning sharqiy hududlari va fors-rus savdosi rivojlanishiga ham ta’sir ko’rsatdi.

Yuklarning asosiy oqimi Krasnovod porti va Ashhobod orqali Rossiyaning ovropa hududlariga va Aleksandrovsk forti orqali Forsga va Merv (hozirgi Mari), Kerki, Kalif shaharlari orqali Afg’onistonga o’tgan. Strategik tomondan temir yo’l Merv-Kushka liniyalari orqali janubiy chegaraga chiqishni ta’minlagan. 1900 yilgacha asosiy liniyalar qurib bitkazilgan: Krasnovodsk-Tashkent, Chernyaevo-Andijon (harakat 1899 yilda ochilgan), Merv-Kushla (1900). Qurilish Qoraqum sahrosining qiyin sharoitlarida harbiy qismlar tomonidan amalga oshirilgan. Quruvchilar ilk bor jahon tajribasida suvsiz sahro va uchar qum sharoitida temir yo’l qurish imkoni borligini tasdiqlab berishdi. Qurish tajribasi bundan keyin Sahroi Kabirda temir yo’l qurilishda va loyihalashtirishda qo’llandi.

Rels yo’li uzunlining doimiy ortishi va hudud hayotida uning o’rni o’sishiga qaramasdan, mamlakat temir yo’l tizimi bilan bog’liq bo’lmaganligi sababli yo’l “orol” bo’lib qolmoqda edi.Krasnovodskda yuklarni tushirib kemalarga olib o’tish zaruriyati qo’shimcha noqulayliklarni tug’dirardi va ularning yetkazib berish muddatlarini cho’zishga olib kelardi. Shu sababli, tabiiyki, Rossiyani O’rtaosiyo hududlari bilan bog’laydigan yangi temir yo’l qurish masalasi ko’p marotaba ko’tarilgan edi.



Bunday loyihalardan bir nechtasi olg’a surilgan edi, biroq 1900 yilda Orenburg-Toshkent yo’nalishi tanlandi. Yo’lning qurilishi 1901 yilda ikkala tomondan boshlandi. 1906 yil yanvar oyida temir yo’l ishga tushib, O’rta Osiyo uchun Markaziy Rossiyaga to’gridan to’g’ri yo’l ochildi.

1913 yilga kelib harakatlanuvchi tarkibda 531 ta parovoz, 7953 ta yuk va 495 ta yo’lovchi vagonlar mavjud edi.Temir yo’lda depo, Toshkentda temir yo’l ustaxonasi qurildi, 25 ta bilim yurti ochildi. Barcha temiryo’l liniyalarining uzunligi 2740 km ni tashkil etdi. Temir yo’lning texnik jihozlanishi past darjada edi: harakatlanuvchi tarkib O,SH, N rusumli kamquvvatli parovozlar va vint tirkamali va qo’l tormozli ikki o’qli yog’och vagonlar bilan berilgan edi; yo’lga yog’och shpala va qum asosli yengil turdagi relslar qo’yilgan edi; nomukammal signalizatsiya va aloqa(jezl tizimi va telegraf) tizimlari ishlatilgan; temir yo’l stansiyalari yetarli rivojlanmadi. Peregonlar sutkasiga 2 juftdan 12 juftgacha massasi 600 tonnadan ortiq bo’lmagan poezdlarni o’tkazardi, uchastka tezligi soatiga 13 km ni tashkilqilardi.
Yüklə 17,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə