Parazitizm tabiatda nihoyatda keng tarqalgan bio-ekologik hodisa bo‘lib, hayvon yoki o‘simliklaming turli vakillari orasidagi o‘zaro munosabatning o‘ziga xos ko'rinishidir



Yüklə 25,41 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü25,41 Kb.
#146434
Parazitizm tabiatda nihoyatda keng tarqalgan bio


Parazitizm tabiatda nihoyatda keng tarqalgan bio-ekologik hodisa bo‘lib, hayvon yoki o‘simliklaming turli vakillari orasidagi o‘zaro munosabatning o‘ziga xos ko'rinishidir. Parazitizm bir organizmning boshqa organizm hisobiga oziqlanishidan iborat. Xo‘jayin organizmi parazit uchun tashqi muhit vazifasini bajaradi va shuning uchun parazitning hayoti xo‘jayin organizmining hayoti bilan chambarchas bogiiq. Bu holat esa uzoq evolutsion taraqqiyot davomida shakllangan boiib, murakkab morfo-anatomik, fiziologik, bioximik, ekologik, genetik munosabatlar va o‘zgarishlami o‘z ichiga oladi.
Keyingi yillarda parazitologiya fani xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi muhim muammolaming tarkibiy qismiga aylanib bormoqda. Uning, ayniqsa, tibbiyot parazitologiyasi, veterinariya parazitologiyasi, fitogelmintologiya kabi sohalari jadal rivojlanib bormoqda.
Parazit organizmlar bir hujayrali hayvonlardan, asosan - sarkomastigoforalar, sporalilar, knidosporidiyalar, mikrospQridiyalar va infuzoriyalar tiplari ichida hamda ko‘p hujayrali hayvonlardan - yassi chuvalchanglar, tikanboshlilar, to‘garak chuvalchanglar va bo‘g‘imoyoqlilar tiplari tarkibida uchraydi. Ular qishloq xo‘jaligiga, birinchi navbatda, madaniy o‘simliklar va chorvachilikka katta zarar keltiradi. Parazitlar ta’sirida o‘simliklar hosildorligi va chorva mollarining mahsuldorligi keskin kamayadi, hatto ulami nobud qiladi. Bir qator parazitlar inson salomatligiga ham salbiy ta’sir etib, og‘ir kasalliklami keltirib chiqaradi.
Parazit organizmlar to‘g‘risida bakalavriat bosqichining biologiya va inson hayotiy faoliyati muhofazasi ixtisosligi talabalariga I kursda umurtqasizlar zoologiyasi fanidan dars o‘tilganda qisqacha maiumotlar beriladi. Lekin bu qisqa maiumotlar talabalar uchun yetarli emas. Parazitologiya fanining o‘qitilishi talabalaming zoologiyadan oigan bilimlarini yanada mustahkamlash va kengaytirishga yordam beradi.
Ushbu o‘quv qoilanmasi o‘zbek tilida birinchi marta yozilayotganligi uchun, albatta, unda ayrim kamchiliklar boiishi tabiiy. Shuning uchun ushbu o‘quv qoilanmasi bo‘yicha bizga bildirilgan barcha tanqidiy fikr-mulohazalar, takliflar va maslahatlami samimiyat bilan qabul qilamiz va kelgusida, o‘quv qoilanmasini qayta ishlash jarayonida, ulami tuzatishga harakat qilamiz.
Parazitologiya (yunoncha parasitos - tekinxo‘r, parazit va logos - ta’limot, fan demakdir) - biologiya fanining bir tarmog‘i hisoblanib, parazitizm hodisalari, ya’ni parazit bilan xo‘jayin o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, ulaming tashqi muhit omillariga bog‘liqligi, odam, hayvon, o‘simliklarda uchrovchi parazitlar va ular qo‘zg‘atadigan kasalliklar hamda bu kasalliklarga qarshi kurash usullarini o‘rganadigan fan.
Parazitologiya parazitlar morfologiyasi, anatomiyasi, gistologiyasi, fiziologiyasi, embriologiyasi, ekologiyasi, geografiyasi, tasnifi, filogeniyasi hamda parazit va xo‘jayin o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlami tekshiradi.
Akademik K.I. Skryabin parazitlaming kelib chiqishi xususiyatiga ko‘ra, ulami o‘rganadigan fanni ikki guruhga bo‘ladi.
Birinchi guruh - fitoparazitologiya deyilib,'u o‘simliklar dunyosidan kelib chiqadigan bakteriya, virus va boshqa parazitlar hamda ular ta’sirida sodir bo‘ladigan yuqumli kasalliklami o‘rgatadi.
Ikkinchi guruh - zooparazitologiya deyilib, qo‘zg‘atuvchisi hayvonot dunyosidan kelib chiqadigan (protozoolar, gelmintlar, zuluklar, bo‘g‘imoyoqlilar va boshqalar) har xil parazitlar ta’sirida paydo boiadigan kasalliklar hamda ularga qarshi kurash choralarini o‘rgatadi.
Umuman, parazitlami o‘rganish obyektlariga ko‘ra tibbiyot parazitologiyasi veterinariya parazitologiyasi, fitoparazitologiya va umumiy parazitologiyaga bo‘linadi.
Parazitologiya ko‘pgina biologik, tibbiyot va veterinariya sohasidagi maxsus fanlar bilan chambarchas bogiangan. Parazitlaming tavsifi, morfologiyasi, biologiyasi va tasnifini o‘rganish bilan zoologiya fani shug‘ullansa, ular qo‘zg‘atadigan kasalliklar patogenezi, klinikasi, diagnostikasi va davolashini o‘rganish bilan esa patologik anatomiya, patologik fiziologiya, immunologiya, vimsologiya, mikrobiologiya, terapiya, farmakologiya, epizootologiya, xirurgiya, bioximiya, veterinariya-sanitariya ekspertizasi, zoogigiyena va boshqa fanlar shug‘ullanadi hamda ulardagi tadqiq etish usullaridan keng foydalaniladi.
Parazitlar haqidagi maiumotlar qadim zamonlardan beri fanga ma’lum. Eramizdan ancha ilgari yassi chuvalchanglarning vakillari hamda askarida haqida qo‘lyozmalar saqlangan. Eramizdan awalgi 460-375-yillarda yashagan atoqli olim va shifokor Gippokrat birinchi boiib fanga “askaridoz” degan tushunchani kiritgan. U odamlarda uchraydigan askarida, ostritsa, yassi chuvalchanglarning ayrim turlari bilan birga hayvonlar parazitini (exinokokkni) ham aniqlagan. Gippokrat gelmintlami invazion kasalliklaming qo‘zg‘atuvchisi emas, balki o‘z-o‘zidan vujudga keladigan biror kasallikning oqibati, deb noto‘g‘ri tushuncha bergan.
Eramizdan awalgi 384-322-yillarda yashagan yunon faylasufi Arastu qoramollardagi exinokokkoz, cho‘chqalardagi sistitserkoz, odam askaridasi va ostritsa to‘g‘risida ma’lumotlar yozib qoldirgan.
Eramizdan awalgi 116-27-yillarda yashagan Rim olimi Varron hayvonlami botqoqlik, to‘qayzorlarda boqqanda og‘iz va nafas yoilari orqali mol organizmiga ko‘zga ko‘rinmaydigan parazitlar kirib kasallik qo‘zg‘atadi deb fikr yuritgan.
Eramizdan awal va eramizning dastfabki yillarida qo‘tir kasalligiga qarshi oltingugurt, gelmintozlarga qarshi piyoz, sarimsoq va boshqa surgi dorilami ishlatganlar. Parazitlar to‘g‘risidagi ayrim maiumotlar bir qancha olimlaming qoiyozmalaridan ham topilgan, ammo ular parazitlarni xudo yuborgan ofat deb, bu kasalliklami “davolash” uchun xudoga sig‘inish, iltijo qilish kerakligini aytishgan.
Ko‘p asrlar davomida olimlar faqat ko‘zga ko'rinadigan parazit chuvalchanglar va tashqi parazitlarni ta’riflash bilangina chegaralanib kelganlar. Ko‘zga ko‘rinmas parazitlar to‘g‘risidagi ilk maiumotlar bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino asarlarida uchraydi. Abu Ali ibn Sino o‘zining “Kitob ash-shifo” asarida odamlaming ichagida parazitlik qiluvchi chuvalchanglar qo‘zg‘atadigan kasalliklar va ulami davolash to‘g‘risida ko‘plab maiiunotlar keltirgan.
XVII asrning o‘rtalariga kelib, Italiya tabiatshunosi Redi parazitlar ustida tajribalar o‘tkazadi va chivin bilan bo‘kalaming tuxumdan rivojlanishini isbot qilib, parazitlar tasodifan o‘z-o‘zidan paydo boiadi, degan nazariyaga zarba berdi.
Golland tabiatshunosi A.V. Levenguk (XVII asr oxiri) mikroskop ixtiro qilib, butun biologiya sohasida yangi davrni boshlab berdi. Lekin XVII-XVIII asrlarda parazitlaming faqat morfologik tuzilishi o‘rganilgan xolos.
Parazitologiya fanining taraqqiyotiga mikroskop va mikroskopik tadqiqotlaming takomillashuvi yordam beradi, shu tufayli XIX asrda parazitologiya fan sifatida shakllandi. Mana shu vaqtdan boshlab parazitlaming biologiyasi o‘rganila boshlandi va eksperimental parazitologiyaga asos solindi. XIX asrning ikkinchi yarmidayoq turli kasalliklami qo‘zg‘atuvchi bir hujayrali hayvonlar (sodda hayvonlar) topildi. Keyinroq esa hasharot va kanalar ba’zi kasalliklaming qo‘zg‘atuvchilarini tarqatishdagi roli, shuningdek, faqat odamga xos boigan parazitar kasalliklar ham aniqlandi. Bu davrda parazitologiyaning rivojlanishiga rus olimlaridan E. A. Ostrovskiy, A.P. Fedchenko, E.K. Brandt, N.M. Melnikov, I.I. Mechnikov, F.A. Lesh; nemis olimlaridan F. Kyuxenmeyster, K. Foxt, R. Leykart; ingliz olimlaridan R. Ross, P. Menson, J. Datton, J. Todd; Italiya olimi B. Grassi; fransuz olimi Sh. Nikol va boshqalar katta hissa qo‘shdilar.
Sobiq Ittifoqda ham parazitologiya sohasida bir qator ilmiy maktablar vujudga keldi. Akademik K.I. Skryabin sobiq Ittifoq gelmintologlari maktabini yaratdi. Akademik Ye.N. Pavlovskiy va L.A. Zilberlar umumiy parazitologiya, o‘lka parazitologiyasi muammolarini o'rgandi va transmissiv kasalliklaming tabiiy manbai, organizm parazitlar yashash muhiti ekanligi va parazitosenozlar haqidagi nazariyalami yaratdi. Prof. V.A. Dogel ekologik parazitologiyaning asoschisi hisoblanadi. U izdoshlari bilan parazitologiyaning umumiy masalalarini, baliq parazitlarini, bir hujayrali parazit hayvonlami, prof. V.L. Yakimov va boshqa bir guruh olimlar odam va hayvonlaming piroplazmidozlar, leyshmaniozlar, koksidiozlar, tripanosomozlar qo‘zg‘atuvchilari bilan zararlanishini o‘rganib, ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqdilar. Tibbiyot parazitologiyasi sohasida (prof. N.I. Xodukin, prof. L.M. Isayev va boshqalar tomonidan), ayniqsa, bezgakni va boshqa parazitar kasalliklami yo‘qotishda juda katta ishlar amalga oshirildi. N.I. Xodukin va L.M. Isayev bezgak chivinlarini o‘rganib, ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishadi. Prof. L.M. Isayev tashabbusi bilan 0 ‘zbekistonda bezgak kasalligiga qarshi kurash olib boradigan stansiyalar va tibbiyot parazitologiyasi instituti tashkil etiladi.
A.P. Fedchenko 0 ‘zbekistonda birinchi marta Samarqand va Buxoroda rishtaning biologiyasini o‘rganadi. L.M. Isayev ham rishtaning tuzilishi va biologiyasini o‘rganib, unga qarshi kurash choralarini ishlab chiqadi.
0 ‘zbekistonda parazitologiya bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari hozirgi vaqtda ham 0 ‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasiga qarashli Zoologiya institutida, 0 ‘zR FA Qoraqalpogiston filiali institutlarida, 0 ‘zbekiston Milliy Universitetida, Samarqand Davlat Universitetida, Termiz Davlat Universitetida, 0 ‘zbekiston veterinariya ilmiy-tekshirish institutida, Samarqand qishloq xo‘jalik institutida, 0 ‘zbekiston tibbiyot parazitologiyasi hamda 0 ‘rta Osiyo fitopatologiya institutlarida, Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti, Toshkent va Samarqand tibbiyot institutlarida olib borilmoqda.
0 ‘zbekistonda parazitologiya fanining rivojlanishida, ayniqsa, 0 ‘zR FA akademiklari A.T. To‘laganov, M.A. Sultonov, E.X. Ergashev, J.A. Azimov, N.A. Dehqonxo‘jayeva, M. Aminjonov; professorlar N.B. Badanin, S.N. Bobojonov, N.M. Matchonov, Sh.A. Azimov, B.S. Salimov, G.S. Poiatov, A.O. Oripov, L.M. Isayev, R.X. Hayitov, E.I. Gan, M.K. Qodirova, I.H. Rasulov, S.O. Osmanov, V.M. Sodiqov, 0 ‘. Uzoqov, Z.N. Norboyev, O.M. Maylonov, Sh. Xurramov, T.Q. Qobilov, A.R. Ro‘zimurodov, O. Davronov, S. Dadayev va boshqalaming hissasi kattadir.
Yüklə 25,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə