9-MAVZU: DIQQATNING FUNKSIYALARI, TURLARI, ASOSIY
XUSUSIYATLARI
Reja:
1. Diqqatning ko‘chuvchanligi.
2.
Diqqatning bo‘linishi.
3. Diqqatning ko‘lami.
4. Diqqatning kuchi va barqarorligi
5. Diqqatning taraqiy etishi
Diqqatning ko‘chuvchanligi
. Diqqatning ko‘chishi deganda, biz uning bir
narsadan
ikkinchi boshqa bir narsaga, faoliyatning bir turidan boshqa turiga
o‘tishini tushunamiz. Masalan, odam o‘z diqqatini kitob o‘qishdan surat ko‘rishga,
surat ko‘rishdan esa o‘z fikrlarini bayon etishga ko‘chirishi mumkin. O‘quvchilar
o‘z diqqatlarini bir fanni o‘qishdan boshqa fanga ko‘chiradilar,
matematikadan
tarixga, tarixdan rus tiliga va shuning kabilar. Diqqatning ko‘chishi ixtiyorsiz va
ixtiyoriy tarzda sodir bo‘lishi mumkin.
Diqqatni ko‘chirishning
nerv-fiziologik asosi, asosan, ikkinchi signallar
sistemasining signallari orqali bosh miyaning po‘stida paydo bo‘lgan
optimal
qo‘zg‘alish o‘chog‘ining o‘rin almashtirishidir.
Diqqatning ko‘chirilishi ko‘p hollarda qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Masalan, ba’zan diqqatni bundan oldingi obektdan aj’ratish qi-yin bo‘lsa, boshqa
hollarda oldingi ishining ketidan qilinadigan yangi
ishga kirishib ketish qiyin
bo‘ladi. Eng yaxshi diqqat, albatta, bir narsadan ikkinchi narsaga tez ko‘cha
oladigan diqqatdir. Diqqatning mana
shunday xususiyati tufayli, kishi atrofidagi
muhitga tez moslasha oladi hamda o‘zgaruvchan haroitdagi
turli elementlarning
ahamiyatlarini tezlik bilan belgilay oladi.
Diqqatning bo‘linishi.
Ma’lum faoliyat jarayonida diqqat birgina narsaga
emas, balki ikki va uch narsaga ham qaratilishi mumkin.
Diqqatimiz ayni vaqtda
ayrim faoliyat turlariga bo‘lina oladi. Faqat birgina narsaga qaratilgan diqqatni