1-Modul. Ekonometrika faniga kirish
1.1-ma’ruza. Ekonometrikaga kirish
1.1.1. Iqtisodiyotda modellashtirish asoslari.
1.1.2. Iqtisodiy modellar tasnifi.
1.1.3. Moddiy modellar. Abstrakt modellar. Tuzilmaviy modellar.
1.1.4. Iqtisodiyotda modellashtirish bosqichlari.
1.1.1.
Iqtisodiyotda modellashtirish asoslari
Zamonaviy iqtisodiyot
nazariyasi ham mikro, ham makrodarajada tabiiy,
zaruriy element sifatida matematik modellar va usullarni o’z ichiga oladi.
Matematikadan iqtisodiyotda foydalanish iqtisodiy o’zgaruvchilar va ob’ektlarning
eng muhim, ahamiyatli bog’lanishlarini ajratishga va formal tasvirlashga,
iqtisodiyot
nazariyasining qoidalari, tushunchalari va xulosalarini aniq va lo’nda
bayon qilishga imkon beradi. Bunda modellar va modellashtirish muhim o’rin
tutadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim
sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli
islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar
to’g’risida”gi 05.06.2018 yilda qabul qilingan PQ-3775 sonli Qarorida “Hududlarda
yangi oliy ta’lim
tashkil etilishi, kadrlar tayyorlashning zamonaviy ta’lim
yo’nalishlari va mutaxassisliklari hamda sirtqi va kechki bo’limlarning ochilishi,
oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarining oshirilishi mazkur yo’nalishdagi
muhim islohatlar hisoblanadi.
Oliy ta’lim muassasalari innovatsion va texnologk g’oyalar bilan fikr
almashadigan muloqat
markazlariga aylanmagan, tegishli sohalarda mavjud
muammo va kamchiliklarni tizimli o’rganish, tahlil qilish va ularning yechimi
bo’yicha taklif kiritish borasida professor-o’qituvchilar,
yosh olimlar va
talabalarning tashabbus ko’rsatishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmagan
1
”
ta’kidlab o’tilgan.
Model
- bu shunday moddiy yoki xayolan tasavvur qilinadigan ob’ektki,
qaysiki tadqiqot jarayonida haqiqiy ob’ektning o’rnini shunday bosadiki, uni
bevosita o’rganish haqiqiy ob’ekt haqida yangi bilimlar beradi. Modellarni tuzishda
tadqiq qilinayotgan hodisani belgilovchi muhim omillar aniqlanadi va qo’yilgan
masalani yechish uchun muhim bo’lmagan qismlar chiqarib tashlanadi.
Ilmiy izlanishlarda modellashtirish qadimgi zamonlardayoq qo’llanila
boshlandi va asta-sekin ilmiy bilimlarning
qurilish va arxitektura, astronomiya,
1
O‘zbekiston Respublikаsi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning
mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 05.06.2018y Qarori //O‘zbekistan Respublikasi Qonunlari
to‘plami. 2018 y., №23. 474 modda.
fizika, ximiya,
biologiya va nihoyat, ijtimoiy fanlar kabi tobora yangi sohalarini
qamrab ola boshladi. Birinchi matematik modellar F.Kene (1758 y., iqtisodiy
jadval), A.Smit (klassik makroiqtisodiy model), D.Rikardo (xalqaro savdo modeli)
tomonidan ishlatilgan. XX asr zamonaviy fanning
amalda barcha sohalarida
modellashtirish usuliga katta muvaffaqiyatlar va obro’-e’tibor keltirdi.
Turli iqtisodiy hodisalarni o’rganish uchun ularning
iqtisodiy modellar
deb
ataluvchi soddalashtirilgan formal tasvirlaridan foydalaniladi. Iste’mol tanlovi
modellari, firma modellari, iqtisodiy o’sish modellari, tovar va moliya bozorlaridagi
muvozanat modellari va boshqa ko’p modellar iqtisodiy modellarga misol bo’ladi.
Iqtisodiyotda matematik model
- bu iqtisodiy ob’ektlar yoki jarayonlarni tahlil
qilish yoki boshqarish maqsadida ularning matematik tasvirlanishi, ya’ni iqtisodiy
masalaning matematik yozuvi. Iqtisodiy ob’ektning matematik modeli - bu uning
funksiyalar, tenglamalar, tengsizliklar, mantiqiy munosabatlar, grafiklar majmuasi
ko’rinishidagi aks ettirilishi. Bunday aks ettirish o’rganilayotgan ob’ekt
elementlarining munosabatlari to’plamini model elementlarining shunga o’xshash
munosabatlariga birlashtiradi.
Iqtisodiy-matematik modelllarni amaliyotda qo’llash
usullari
iqtisodiy-
matematik usullar
deb ataladi. Iqtisodiy-matematik usullar (IMU) iqtisodiyotni
o’rganish uchun birlashtirilgan iqtisodiy va matematik fanlarning birlashmasidir. Bu
tushuncha fanga XX asrning 60-yillarida akademik V.S.Nemchinov tomonidan
kiritilgan bo’lib IMU iqtisodiyot, matematika va kibernetikaning tutashishida hosil
bo’lgan.