5-MA’RUZA. Pythonda shart operatorlari.
Reja:
1.
Mantiq elementlari va operatorlari.
2.
Pythonda shart operatorlari: If, else, elif, pass.
1.
Mantiq elementlari va operatorlari.
Mantiq elementlari 2 xil qiymatdan birini qabul qiladi. True (rost) yoki False
(yolg’on). Dasturlashda mantiq elementlarini bilish shart. Pythonda istalgan shartni
tekshirib True yoki False qiymatlariga ega bo’lishi mumkin. Masalan, 2 ta qiymatni
o’zaro taqqoslasak, Pythonda bizga mantiq elementlari bilan javob qaytaradi.
Quyidagi dasturni ishga tushirsak, ekranga faqat True va False qiymatlari chiqadi:
If operatori bilan shart tekshirilganda ham Python
bizga mantiq elementlari
bilan javob qaytaradi. Mantiq elementlarining asosiy vazifasi bizga biror shartning
bajarilishi rost yoki yolg’on ekanligini ifodalab berishdir. Va shunga qarab Pythonga
biror yangi amalni bajarish yoki bajarmaslikni
buyruq beramiz.
Masalan hozir dasturimizda bir shartni tekshiramiz. Agar u to’g’ri bo’lsa,
ekranga to’g’ri deb chiqsin. Aks holda, noto’g’ri deb xabar bersin.
Qiymatlarni tekshirish
bool()
funksiyasi
qiymatlarni tekshirib, True yoki False qiymat qaytaradi.
Odatda hamma qiymat True natijani beradi. Faqat son qiymatlari 0 bo’lmasligi, satr
va boshqa o’zgaruvchilar bo’sh qiymatga ega bo’lmasligi kerak. Quyidagilar faqat
True qiymat qaytaradi.
Funksiyada mantiq elementlari
Funksiyalarni mantiq elementlari bilan javob qaytaradigan
qilib hosil qilish
ham mumkin:
Funksiyaning mantiq elementlari asosida
boshqa amallar bajarish ham
mumkin. Hozir funksiya rost qiymat qaytarsa, ekranga rost deb, aks holda yolg’on
deb xabar beruvchi dastur tuzamiz:
Python mantiq elementlari bilan javob qaytaruvchi ko’plab ichki funksiyalarga
ega. Masalan, qiymatning biror ma’lumot turiga tegishli ekanligi yoki yo’qligini
tekshiruvchi