2
Ushbu qo‘llanma yangi namunaviy va ishchi dastur asosida
tayyorlangan hamda gistologiya fani bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar
uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmada har bir mavzuning avval nazariy
qismi va keyin uning amaliy qismi, ya'ni o‘tiladigan amaliy
mashg‘ulotning ketma-ket keladigan tarkibi-darsning maqsad vazifalari,
bilish uchun zarur bo‘lgan atamalar, na'munaviy savollar, ko‘riladigan
preparatlar, elektronogrammalar, vaziyatli masalalar, referat uchun
mavzu va vaziyatli masalalar keltirilgan. Qo‘llanma magistrlar
tayyorlash uchun mo‘ljallangan, qo‘llanmadan bakalavrlar, iqtidorli
talabalar, tibbiy biologik va klinik fanlar xodimlari foydalanishi
mumkin, chunki unda oxirgi yillarda olingan ayrim ma'lumotlar,
mavzuning klinik moxiyati xam imkon darajada keltirilgan.
Ushbu kitob qo‘llanma rezidentlar va iqtidorlik talabalar uchun
mo‘ljallangan.
Tuzuvchilar: Tibbiyot
fanlari nomzodi, dotsent – A.T.Do‘stmatov.
Odam anatomiyasi va gistologiya, sitologiya,
embriologiya kafedrasi assistenti – Yu.A.Do‘stmatova.
Taqrizchilar:
Tibbiyot fanlari doktori, professor Q.R. To’xtaev
Tibbiyot
fanlari doktori, professor Yo.U. Zokirov