O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY BA 0 ‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
0 ‘LMAS SHARIPOVA
IBROHIM YO‘LDOSHEV
TILSHUNOSLIK ASOSLARI
O'zbekiston RespublLkasi O liy va o'rta m axsus ta’lim vazirligi
oliy o'quv yurtlari uchun o‘ quv qo'llanm a sifatida
nashrga tavsiya etgan.
TOSHKENT - 2006
ANNOTATSIYA
"Tilshunoslik asoslari” fanidan yozilgan ushbu o'quv qo'llanmada
tilshunoslikning tarixi va nazariyasiga oid materiallar berilgan. Undo
"TilnLng paydo bo'lishi”, “Til va tafakkur”, “Til va iamiyat”, “Yozuv va
uning paydo bo'lishi”, “Leksikalogiya", “Grammatik kategoriyalar”,
“Sotsiolingvistika”, “Tillaming tipologik tasnifi” kabi mavzular atroflicha
yoritib berilgan.
Ushbu qo'llanm a oliy o'quv yurti filologiya fakulteti bakalavr
yo'nalishi taiabalari uchun yozilgan.
В настоящем учебном пособии приведены сведения по истории
и теории
языкознания.
Подробно изучены такие темы
как
«Возникновение языка», «Язык и общество», «Письмо и его
возникновение»,
«Лексикология»,
«Грамматические
категории».
«Социолингвистика», «Типологическая классификации языков».
Пособие
предназначено
для
студентов
бакалавриатуры
филологических факультетов ВУЗов республики.
Annotation
There are given materials about history and theory of linguistics in
this m anual Undertaken attempt learn indetail such themes as “Origin of
language",
“Writting
and
its
origin”,
"Grammar
category”,
‘'Sociolinguistics”, “Typological classification of languages".
Manual intends for Universitys bachelour students of filologik
faculties in Uzbekistan.
M axsus muharrir:
filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Saodat M uhammedova
Taqrizchilar:
filologiya fanlari doktori, professor
Ravshanxo1 ja Rasulov,
filologiya fanlari nomzodlari, dotsentlar
Xislat Mahamadaliyev,
M a'rufjon Yo'ldoshev
Muharrir: O dina Ergasheva
O 'zb ek isto n Respublikasi Oliy va o ’rta maxsus ta ’lim
vazirligining 2006-yil 18-iyuldagi 166-buyrug‘iga asosan nashrga
ruxsat berilgan
© Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti
SOZBOSHI
Mazkur o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining O 'zbek tili
va adabiyoti va C h et lili fakulteti talabalari uchun «Tilshunoslik
asoslari» kursi dasturi asosida yaratildi. O 'quv qollanm ada
tilshunoslikka oid dastlabki masalalar yoritildi.
O'quv
qo'llanm adagi
m ateriallarni
yozish
mualliflar
o'rtasida quyidagicha taqsimlandi:
filologiya fanlari doktori,
professor I.J.Yo'ldoshev tomonidan «Til va tafakkur», «Til va
jamiyat»,
«Yozuv»,
«Leksikologiya»,
«Terminologiya»,
«Terminlaming
yasalishi»,
«Etimologiya»,
«Leksikografiya»
raavzulari,
filologiya fanlari nomzodi, d o tsen t O'.Sharipova
tomonidan esa «Tilshunoslik fan sifatida», «Tilning mohiyatl»,
«Tilning paydo bo’lishi», «Tillaming o'zaro ta ’siri va rivojlanish
qonuniyatlari», «Til sistema sifatida», «Fonetika va fonologiya»,
«Nutq tovushlari artikulyatsiyasi», «N utq tovushlari tasnifi»,
«Nutqning fonetik bo'laklari», «Urg'u», «Tovushlaming nutq
jarayonida o’zgarishi»,
«Leksik
m a’n o n in g
kengayishi va
torayishi», «So'zlarning m a’no m unosabatiga ko'ra turlari»,
«Tabú va evíemizm», «Grammatika», «Morfologiya», «Sintaksis»,
«Sotsiolingvistika», «Sintagma», «Tillaming tipologik tasnifi»
mavzulari yozildi.
O'quv
qo'llanm ani
yozishda
mualliflar
O.Azizov,
M.Irisqulovlaming
«Tilshunoslikka
kirish»,
A.Hojiyevning
«Tilshunoslik terminlarining izohli lug'ati», N.M ahmudovning
«Til»,
«Ma’rifat
manzillari»
nomli
kitoblaridan
unum li
foydalanishdi.
Shu
bois
m ualliflar
ularga
o'z
minnatdorchiliklarini bildirishadi.
Qo'llanma oliy o'quv yurtlarining O 'zbek tili va adabiyoti
hamda
Chet
tilllar
fakultetlarining
talabalari
uchun
mo'ljalíangan.
TILSHÜNOSLIK FAN SIFATIDA
Tilshunoslik til haqidagi mustaqil va aniq fan bo'lib, tilnmg
kelib chiqishi, tarixiy taraqqiyot jarayonlari va qonuniyatlarini
ilmiy asosda o 'rg an ad i. Bu fan muayyan va umumiy tilshunoslik
sohalaridan
iborat.
Tilshunoslik
mikrolingvistika
va
m akrolingvistikaga ajratiladi. Mikrolingvistika tilning faqat
ichki,
y a ’ni
fonetik,
leksik
va
grammatik
tuzilishini,
m akrolingvistika esa tilni boshqa fanlar bilan qo'shib o'rganadi.
«Tilshunoslik asoslari» kursi til haqidagi fanlarning asosiy
masalalarini o'rganadi,
shu bois, bunday bilimlarga ega
bo'lm asdan u n in g ayrim bo'limlarini to'liq tasaw ur qilish
mumkin emas. Tilshunoslik fani tekshiradigan muammolardan
eng asosiylari «Tilshunoslik asoslari» fanida o'rganiladi. Tilni
tilshunoslikdan tashqari falsafa, mantiq kabi boshqa fanlar ham
o'rganadi. Til va jam iyat taraqqiyoti bog'liqligi tufayli tilni
sotsiologlar
ham
o'rganadilar.
Tilshunoslar
ham
tarix,
etnografiya, psixologiya, antropologiya, matematika, geografiya,
fizika
kabi
fanlarga
oid
materiallar
va
xulosalardan
foydalanadilar.
Dunyoda tilshunoslik borasidagi ilk qadamlar insonlar
o'rtasidagi m uloqotga bo'lgan zaruriyat sezilgan davrlardan
e ’tiboran qo'yilgan, desak yanglish bo'lm aydi. Tilshunoslik fani
eng uzoq tarixga eg a bo'lgan fanlar sirasiga kiradi. U eramizdan
bir necha yuz yillar aw al Qadim gi Hindiston va Qadim gi
Yunoniston (G retsiya)da taraqqiy eta boshlagan. Qadimgi
Yunoniston olim va faylasuflari o'rtasida so‘z va uning
tushuncha
m ohiyati
o'rtasidagi bog'lanishning
mavjudligi
masalasi ancha m unozaralarga sabab bo'ldi. Bulaming natijasi
o'iaroq olib borilgan tahlillar, kuzatishlar pirovardida tilning so'z
boyligi, so'zlam ing paydo bo'lishi haqidagi dastlabki nazariy
fikrlarga asos solindi.
XIX asm ing birinchi yarmida tilshunoslik sohasida juda
katta m arralarga erishildi. Xususan, bu davrda tilshunoslikda
qiyosiy-tarixiy m etod shakllandi va unga hamohang tarzda til
haqidagi fan ham qiyosiy-tarixiy tilshunoslik fani deb yuritila
boshlandi. Bu davTda Evropa tillarining sanskrit (qadimgi hind)
tili bilan uzviy bog'lanishi borligini sezgan holda bu tillarning
o'zaro aloqadorlik, bog'liqlik taraflari jiddiy o'rganila boshlandi.
Ayniqsa, tillarni qiyosiy-tarixiy o'rganish borasida nemis olimlari
Frans Bopp (1791-1867), Yakob Grimm (1785-1863), daniyalik
olim Rasmus Rask (1787-1832), rus olimi A leksandr Vostokov
(1781-1864), chex olimi Dobrovskiy (1753-1829) kabilarning
xizmatlari katta bo'ldi. Q iziqarli tarafi shuki, m azkur olim lar bir—
birlariga bog'liq bo'lm agan holatda va bir davm ing o‘zida
tillarni qiyosiy-tarixiy jih atd an o'rganish metodi, g'o y asi va
tamoyillarini ishlab chiqish borasida bir nuqtada uchrashdilar.
1818-yilda F.Boppning «Sanskrit tilining yunon, lotin, fors,
va germ an tillariga qiyosan tuslanish sistem asi haqida» nomli
asari chop etildi. Unda F.Bopp mazkur tillarning morfologik
tuzilishini ko'rsatib bergan, Oolaversa, u hind-yevropa tillarining
ko 'p jihatdan m ushtaraklikka ega bo'lganligini,
xususan,
grammatik qurilishini bir xilda ekanligini, bu tillarning bir o'zak
tildan kelib chiqqanligini asoslab bergan. X uddi shu yili
R.Raskning «Qadimgi shim oliy til yoki island tilining kelib
chiqishiga oid tadqiqotlar» nomli ilmiy ishi e ’lon qilindi. R.Rask
ham
o ‘z
asarida
tillarning
yaqinligini
va
o'xshashligini
aniqlashda ularning gram m atik qurilishi, tovushlam ing bir-biriga
mos kelishi kabi holatlar asos bo'lishini ta ’kidlaydi. 1819 yilda
Y.Grimmning «Nemis gram m atikasi» nomli asarining birinchi
jildi dunyo yuzini ko'rdi. 1920 yilda A.V ostokov qalamiga
mansub «Slavyan tili haqida mulohazalar» nomli ilmiy asar chop
etildi. E’lon qilingan bu ishlarda insoniyat tillarini y angi usul -
tarixiy nuqtayi nazardan o 'rg an ish metodi boshlab berildi.
Umuman, tilshunoslik fanining taraqqiyotiga k atta hissa
qo'shgan olimlar — bu F erdinand de Sossyur, Grosse, Boduen de
Kurtene, N.V.Krushevskiy, eram izdan oldingi IV asrda yashagan
hind olimi Panini, grek tilshunoslari Demokrit, Epikur, Geraklit,
o'zbek tilshunoslari M ahm ud K oshg‘ariy, Zamaxshariy, Alisher
Navoiy kabilardir. Ular til haqidagi fanning yaratilishida
o'zlarining salmoqli ilmiy g'oyalari, izlanishlari bilan ishtirok
etganlar.
Tilshunoslik
umumiy
tilshunoslikning
muammolarini
tushunishga tayyorlaydi va sh u bilan birga til h aq id ag i dastlabki
m a’lumotlarni beradi.
TILNING MOHIYATI
Tilshunoslik tarixida ikki qaram a-qarshi fikr o'rtasida kurash
boradi. Bular:
1.
Avgust Shleyxer (XIX asr) asos solgan tilning tabiiy
hodisa ekanligi haqidagi fikr. Bu g'oyaga binoan til paydo
bo'ladi, rivojlanadi, kezi k elg an d a yo‘q bo'ladi, o'iadi. Bu fikmi
olimîar quyidagicha dalillaydilar: lotin, sanskrit tillari o'iik tillar
hisoblanadi, bu tillai xuddi tabiiy hodisalar kabi paydo bo'lgan,
yashagan va o'igan.
2.
M aterialistik tilshunoslik til tabiiy hodisadir, degan
g'o y ani rad etadi. Tilning paydo bo'lishi va taraqqiyoti insoniyat
jam iyati bilan uzviy bog'langan. Jam iyatdau tashqarida yashagan
inson bolasi gapirmaydi. Irsiyat qonuniga tilning aloqasi yo'q.
0 ‘zbekning bolasi ruslar q o 'lid a tarbiyalansa, ruscha gapiradi.
Demak, til ijtimoiy xarakterga ega, chunki u jamiyat taraqqiyoti
m ehnat faoliyati jarayonida yuzaga keladi. Til jam iyat bilan
paydo b o ‘lganidekr jamiyat bilan birga o'iadi.
Til - insoniyatning eng m uhim aloqa vositasi. Aloqa boshqa
vositalar bilan ham o ‘raatilishi mumkin: Morze alifbosi, imo~
ishora va boshqalar. Masalan, Afrikada uzoq masofaga axborot
berish uchu n qo‘llanadigan n o g ‘ora tovushlari, Kanar orollarida
ishlatiladigan “Xushtak - tili" sh u lar jumlasidandir. Boshqa aloqa
vositalari tilga nisbatan yordam chi, ikkinchi darajalidir. Til va
boshqa aloqa vositalarini birlashtiruvchi xususiyatlar quyidagilar:
- fikr va hissiyotni ifodalashi;
- ijtimoiy, chunki jam iyat tom onidan yaratilib, unga xizmat
qilishi;
- m oddiylik (tovush to‘îqinlari, grafik chizmalar...);
- o b ’ektiv borliqni aks ettirishi.
Ular orasidagi farqlar quyidagilar:
- til fikr va hissiyotlami ifoda qiluvchi vosita. Inson uni
barcha
faoliyatida qo'llaydi.
Boshqa aloqa vositalarining
ishlatilish k o ‘lami cheklangan, masalan, ko'cha harakati belgilari
faqat haydovchilarga xizmat qiladi;
- til quruq axborotning o ‘zinigina bir shaxsdan ikkinchi
shaxsga yetkazmasdan, balki gapiruvchining bu axborotga
munosabatini, uning xohish - istagi va bahosi, ruhiy holatini aks
ettiradi.
-
tildan boshqa harama sig n al sistemalari s u n ’iydir, ular
inson tom onidan yaratiladi va sharoitga ko'ra o'zgartirilishi
rriumkin. S un’iy vositalami yaratishda hamma odam lar emas,
mazkur sohani yaxshi biluvchi kichik bir gurub ishtirok etadi,
Til odam lam ing istak - xohishiga b o g 'liq b o ‘lmaydi, uni jam iyat
a'zolari o'zgartirmaydi. Til asrlar davomida jam iyatga xizmat
qiladi. Til va jamiyat doimo bir - birini taqozo etadi. Boshqa
signal sistemalari tilga nisbatan ikkilamchi, unga qo'sh im ch a
vosita sifatida nainoyon bo'ladi, lilni to'Idiradi.
Til o'ziga xos semiologik sistem a (ishoralar sistemasi) bo'lib,
jamiyatda asosiy va eng m uhim fikr almashish quroli, jam iyat
tafakkurining
rivojlanishini
t a ’minlovchi,
av lo d d an -av lo d g a
madaniy—tarixiy
an’analarni
yetkazuvchi
vosita
xizmatini
o'taydi.
Til va tafakkur cham barchas bog'liq bo'lib, tilsiz fikrni
ilodalash sira mumkin bo'lm aganidek, tafakkursiz til o'z
ifodasini shakllantira olmaydi. Fikr va so'z m unosabati ju d a
murakkab bo'lib, íikr so'zlarda o ‘z iíodasini topm aguncha, y a ’ni
so'zlardan tarkib topgan ifoda qolipiga tushm aguncha yuzaga
chiqmaydi. Fikrning mohiyatini tashkil etadigan h ar q an d ay
idrok ham íaqat so'zlar vositasi bilangina namoyon bo 'ladi. Til
va tafakkur íaqat kishilargagina xos bo'lib, bosh m iyaning
moddiyligi bilan bog'liqdir. Til va tafakkur bir narsa emas.
Tafakkur tashqi moddiy olam ning kishilar m iyasida
aks
etishining yuksak shaklidir. Til esa tafakkurni fikrning m a ’lum
bir shakliga solib, so'zlar, so 'z birikmalari va jum lalar orqali
ifodalaydi.
Til grammatikaning o 'rg an ish manbai, tafakkur m antiqning
o'rganish manbaidir. Til b arch a uch u n birday xizmat qiladi. Bir
tilda gaplashuvchi jamiyat a ’zolarining fikrlashlari b ir xil
bo'lmaydi.
TILSHÜNOSLIKNING FAN SIFATIDA PAYDO BO‘LISHI
Tilning
qachon va
q ay erd a
paydo
bo'lganligi
hali
aniqlangan
emas.
Uning
payd o
bo'lishi
m asalasi
k o 'p
zam onlardan beri insoniyatni qiziqtirib keladi. Bugunga q ad ar
fanda eng dastlabki til (yoki tillar) qanday tovush yoki so 'zlar
yig'indisidan
iborat bo'lgan,
deg an
savolga
aniq
javob
topilmagan. Ba’zi olimlarning fikricha, eng dastlabki til (tillar)
taxm inan bundan yarim million yil ilgari paydo bo'lgan. Til
taraqqiyotining yozuv pay d o bo'lgandan a w a lg i holati biz
u ch un qorongidir. U davrda qanday tovushlar talaffuz qilingani,
u lam ing bir-biri bilan q a y tarzda bog'langani, u so'zlarning
q an d ay m a'nolam i ifodalagani kabi savollarga javob yo‘q,
Albatta, tilning paydo b o ‘lish jarayoni juda m urakkab bo'lib, bu
m asala bilan tilshunoslikdan tashqari anlropologiya, psixologiya
va etnograiiya kabi fanlar ham shug'ullanadi.
Tilshunoslik tarixidan m a ’lumki, grek faylasuflari ikki xil
farazni o'rtag a tashladilar. Demokrit va boshqalar narsa bilan
narsa nomi orasida b o g 'lan ish yo‘q, til inson tomonidan
yaratilgan, degan fikm i ilgari surishadi. Bular anomalistlar
deyiladi. Platon boshliq olim lar narsa bilan uning nomi orasida
bo g 'lanish bor, d eg an
fikrni ilgari surishgan.
Bu oqira
analogistlar deyiladi.
Hozirgi tilshunoslik n u q tai nazaridan qaraganda, dastlabki,
y a ’ni ilk chog‘lardagi n arsa nom i bilan ayni shu narsa orasida
bo g 'lanish bo'lm agan. B unday bo'lsa, tillaming soni 5000 dan
ortib ketmasdi.
Tilning paydo bo'lishi h aqida quyidagicha farazlar mavjud:
1. Tovushga taqlid farazi. Bunga ko'ra, ibtidoiy odamlarning
turli tovushlarga, hayvon va qushlar ovoziga, tabiat hodisalariga
taqlid qilishi jarayonida so ‘z yasalgan (kukushka, gavkat,
miyov...).
Bu faraz n o to 'g ‘ri albatta, chunki u til va tafakkur birligiga
ziddir.
2. Undovlar farazi - ikkinchi farazdir. Bu qadimiy faraz
b o ‘lib,
uning
asosida
odam lar
hayvonlaming
baqiriq-
chaqiriqlarini
o'rganib,
ulax
orqali
o'zlarining
ichki
kechinmalari, g ‘am -alam larini ifodalashgan (oh,
uh kabi).
Fransuz olimi Jan Jak Russo ham shu farazni quw atlagan. Bu
faraz ham tilning jam iyat bilan bog'liqligini inkor etadi. His-
tu yg'ularni bildirish u ch u n jamiyatning mavjudligi shart emas.
Lekin til faqat jam iyat bo r joydagina mavjud,
3. M ehnat chaqiriqlari faraziga ko'ra, odamlar jam oa bo'lib
m ehnat qilayotganlarida m ehnatni tashkil qilishda foydalanilgan
tovushlar asosida til paydo bo'lgan, deb hisoblanadi.
Hozirgi zamon olim larining dalolat berishicha, tilning paydo
b o 'lish ida m ehnat chaqiriqlarining daxli yo‘q. Bu faraz ham
tilning paydo b o ‘lishini jam iyatning paydo bo'lishi bilan uzviy
bog'lay olmaydi.
4.
Ijtimoiy kelishuv farazining asosiy kamchiligi, tilning
paydo bo'lishini odamnmg paydo bo'Ushi bilan bog'lam asligidir.
Lekin bu faraz ham tilning paydo bo'lishini tushuntirishga o 'z
hissasini qo'shgan.
Tilning paydo bo'lishini dialektik materializm quyidagicha
yoritib beradi: maymunlar odam ga aylanar ekan, d a s ta w a l
qo'lning vazifalari o'zgara boradi, m ehnal qila boshlaydi, oyoq da
yurib q o 'lga tayanmay qo'yadilar. M ehnat rivojlanib, odam lar
vanada bir-birlariga jipslashib, b ir-b irla ri bilan aloqa qilish
zaruriyati paydo bo'ldi. Til - m ehnat bilan birga taraqqiy etg an .
Til va m ehnat asta-sekin miyani rivojlantirib, tafakkurni yuzaga
keltiradi. M ehnat, til va ong orasidagi m unosabat hozirgacha
davom etib kelmoqda.
Odamni ham, tilni ham kollektiv, ijtim oiy m ehnat yaratdi. Til
vaqt o'tishi bilan o'zgarib, taraqqiy etdi.
TILLARNING 0 ‘ZARC) TA’SIRI VA RIVOJLANISH
QONUNÏYATLARI
Ibtidoiy jam oada kishilar u ru g ‘ b o 'lib yashaganlar. Bir
nechta u ru g 'la r qabilani tashkil qilgan. Bu uyushm alarning o ‘z
tili bo'lgan. Q abilalai ko'payib, tarqala boshlaydi. U zoqroq
hududdagi qarindosh qabilalar bir tilning turli shevalarida
so‘zlashuvchi
qabilalar
uyushm asiga
birlashadi.
Q abila
ittifoqlarining umumiy tili bo'ladi, ayrim qabila tillari q ab ila
tiliga nisbatan sheva holatini egallaydi.
Q abilalar ittifoqi xalqni tashkil qiladi. Xalqning asosiy
belgilaridan biri milliy tilning bo'lishidir. Shevalar, milliy tillar
urug'chilik davridan boshlab ko'payib boradi.
Shevalardagi farq ortib borib, y angi til paydo bo'ladi. Son
o'zgarishi sifat o'zgarishiga olib keladi. Vaqt o'tg an sayin,
masofa
kengaya borib,
yangi
tillar
paydo b o ‘ladi.
Bu
differensatsiya va integratsiya (farqlanish va mujassamlashuv)
hodisasidir. Shevalarning ko'payishi va yangi tillarning pay do
bo'lishi tilshunoslikda farqlanish (difierensatsiya) deyiladi, y a ’ni
tillarning shevalarga ajralishi.
Til butun bir xalqqa xizmat qiladi, sheva esa xalqning bir
guruhigagina taalluqli. Til ko'pfunksiyalidir, hamma u c h u n
umumiy aloqa vositasidir, y a’ni invariant vositadir. Millatning
asosiy belgilari um um iy hudud, umumiy til, umumiy madaniyat
birliklaridir. Shu belgilarni o'zida mujassamlashtirgan uyushmani
millat deyiladi. Bu uyushm aning tilini milliy til deyiladi,
Milliy tilning xalq tilidan farqi unda adabiy yozuv shaklining
mavjudligidir. H ar bir m illatning madaniy m erosi ana shu tilda
o 'z aksini topadi. Tilning rivojlanish tarixi jam iyat tarixi bilan
uzviy bo g ‘liqdir. Til taraqqiyotida qo'shni xalqlar o‘rtasidagi
turli munosabatlar, savdo—sotiq va madaniy aloqalar, urushlar
o 'z ta ’sirini qoldiradi. Bu b a’zi tillarga ko'proq, b a’zilariga
kam roq ta ’sir etadi. D unyoda soí tilning o ‘zi y o ‘q. Masalan,
ingliz tili lu g'at boyligining 30 foizi sof ingliz so'zlari bo'lib,
qolganlari román va sh arq tillaridan o'zlashgan.
Tillarning chatishuvida substrat va superstat haqida gapirish
mum kin (tag qatlam v a ustki qatlam). Ikkala tushuncha mag'lub
tilning g'olib tildagi elementlaridir. Bir tildan ikkinchi tilga
so'zlam ing o'zlashtirilishi substraíga kirmaydi. Substraída g'olib
til m ag'lub tilni siqib chiqaradi va bunda m ag'lub til g'olib tilga
sezilarli ta’sir ko'rsatadi. Superslaída kelgindilar lili mahalliy
tilg a sezilarli ta ’sir o'tkazadi, lekin uní siqib chiqara olmaydi.
Tilda inqilob bo'lm aydi. Tildagi o'zgarishlar asta-sekin
evolyulsion yo‘l
bilan
am alga oshadi,
Til
taraqqiyotida
tu rg 'un lik bo'lm aydi. U doim rivojlanadi.
TIL SISTEMA SIFATIDA
Sistema nima? Bu savolga turli manbalarda turlicha javoblar
berilgan.
Taniqli
o 'z b e k
tilshunosi,
professor Abduhamid
Nurmonov sistema nim a ekanligiga javob berishdan oldin buning
qanday muhim belgilardan iboral ekanligiga e ’libor berish
lozimligini la’kidlaydi.
Awalo,
har qanday sislema ichki
bo'linuvchanlik xususiyatiga ega, Demak, sistem a muayyan ichki
tuzilishga ega b o ‘lib, ikki va undan ortiq qismlaming o'zaro
inunosabatidan tashkil topadi. Masalan, bir tup daraxtni olsak,
bu daraxt sistema sifatida ichki tuzilish birliklarining o'zaro
m unosabatidan iboraí. Uning ichki tuzilish birliklari ildiz, lana
v a shox hamda ularning m unosabalidan lashkil topgan.
Sistemaning ikkinchi jihati shundan iboralki, sistemani
tashkil etgan uzvlar o 'zaro shartlangan, bir-birini taqozo etuvchi
k o 'p pog'onali m unosabatda bo'ladi. Masalan, ildizsiz tananing,
tanasiz shoxning bo'lishi mumkin eraas. Ularning har qaysisi bir-
birini taqozo etadi, bir-biri bilan shartlangan.
Sistemaning uchinchi jihati shundaki, har qanday sistem a
ichki bo'linuvchanlik xususiyatiga
ega bo'Iganligi tufayli,
sistemani tashkil etgan qismlar b ilan sistem a o'rtasida ham
m unosabat bo'ladi. Bu m unosabatni:
Dostları ilə paylaş: |