Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi
Reja:
1.
Maktabgacha yoshdagilarning jismoniy (harakat) sifatlarini tarbiyalash.
2.
Oʻqitish va tarbiyaning asosiy uslublari.
3.
Maktabgacha yoshdagilarning jismoniy tarbiya vositalari.
4.
Maktabgacha yoshdagilar jismoniy tarbiyasining shakllari.
Kalit soʻzlar:
Oʻqitish va tarbiyaning asosiy uslublari, jismoniy tarbiya
vositalari, jismoniy tarbiyaning shakllari, jismoniy tarbiyaning vazifasi, davlat va
jamoat muassasalarida jismoniy tarbiya, ertalabki gimnastika, chiniqtiruvchi
muolajalar, jismoniy tarbiya daqiqalari, oʻyinlar, jismoniy tarbiya bayramlari.
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi
Inson hayotining birinchi yetti yilligida bolalar sogʻligʻining asosiga zamin
tayyorlanadi, hayotiy zaruriy harakat malakalari shakllanadi, takomillashadi,
keyinchalik jismoniy rivojlanish uchun lozim boʻlgan shart-sharoitlar yuzaga keladi.
Rusiy
zabon olimlardan, Shelovanova, Aksariynoy, Sorochek, Uvarov,
Bikovlarni tadqiqotlarini natijalari shuni koʻrsatadiki bolaning jismonan chiniqqan,
chaqqon, kuchli boʻlib oʻsishi uchun oʻz vaqtida toʻgʻri
rejalashtirilgan jismoniy
tarbiya jarayoni muxim rol oʻynaydi. Jismoniy tarbiyaning ahamiyatini notoʻgʻri
baholash bola organizmini rivojlantirishni susaytiribgina qolmay, uni aqliy
rivojlanishiga ham salbiy ta’siri koʻrsatishini jismoniy
tarbiya amaliyoti isbotlab
berdi.
Bolaning organizimi tez rivojlana boshlaydi. Lekin organizmning himoya
refleksi sust rivojlangan boʻladi, nisbatan kasalga tez chalinadi. Shunga koʻra bu
yoshdagilar
jismoniy tarbiyasining vazifasi
–
ularning sogʻligini
saqlash va
mustahkamlash, chiniqtirish, har tomonlama jismoniy rivojlantirish, gavdani toʻgʻri
tutish, umumiy va shaxsiy gigienaga e’tibor beradigan qilib voyaga yetkazishdir.
Eng ahamiyatlisi ularda hayot uchun zaruriy eng oddiy harakat malakalarini
–
yurish, yugurish, sakrash,
uloqtirish, tirmashib chiqish, velosipedda,
rolikli