Pedagogik konfliktologiya uzb



Yüklə 72,13 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix01.11.2017
ölçüsü72,13 Kb.
#7659


Pedagogik konfliktologiyaning ilm  sifatida shakllanishi va 

rivojlanishi 

Reja: 


1. «Pedagogik konfliktologiya» haqida tushuncha. 

2. «Pedagogik konfliktologiya»ning ilm sifatida shakllanishi. 

3. «Pedagogik konfliktologiya» fanning o’ziga xos xusiyatlari. 

Tayanch tushunchalar: 

Konfliktologiya,  konflikt,  qarama-qarshilik,  situatsiya,  foydali  konflikt,  zararli 

konflikt,  yakka  odamlar  o’rtasidagi  konfliktlar,  guruhli  konfliktlar,  jamoa 

shaklidagi  konfliktlar. 

 

O’zbekiston  Respublikasi  o’zining  milliy  mustaqilligini  olgach    ta:lim-



tarbiya  tizimiga  e:tiborni  kuchayganligi  ma:lum.  Ta:lim-tarbiya  tizimining 

deyarli barcha sohalari yangilanib, taraqqiy topib hozirgi davr talabiga moslashib 

kelmoqda. 

 Oliy  o’quv  o’rinlarining,  jumladan,  pedagogik  institutlarning  o’quv 

fanlari  qayta  ko’rib  chiqilib  ancha  yangi  fanlar  o’quv  rejasidan  joy  olishga 

muvofiq bo’lishdi.  Shu fanlarning ichida «Pedagogik konfliktologiya» fani ham 

mavjud. 

Jamiyatimizning  barcha  sohalari  kabi  ta:lim  tizimidagi  talablarni  yildan-

yilga  kuchayib,  ularga  degan  javobgarchilik  ortib  bormoqda.  Ta:lim-tarbiya 

paytida  shuningdek,  oila  turmushida  har  qanaqa  kelishmovchiliklar,  qarama-

qarshiliklar,  tushunmasliklar  yuz  beradi,  ularni  echish  har  qanday  konfliktli 

situatsiyalarning  oldini  olish  muammolari  bilan  pedagogik  konfliktologiya  ilmi 

shug’ullanadi.  Pedagogik  jarayonlarda  paydo  bo’lgan  konfliktlarni  echa 

bilishimiz, shunday konfliktli vaziyatlarning oldini ola bilishimiz  zarur. Bu esa, 

ayniqsa,  pedagoglar  uchun  zarur  hisoblanadi.  Pedagogik  jarayonlarda  har  xil 

vaziyatlar  uchrashishi  mumkin.  Ular  o’qituvchi  va  o’quvchi,    o’quvchilar  bilan 

o’quvchilar o’rtasidagi konfliktlar bo’lib hisoblanadi. 



Maktablardagi  har  qanday  pedagogik  konfliktlar  tinch  yo’l  bilan 

pedagogning  boshchiligida  echilishi  va  u  konfliktlarni  bo’ldirmaslikning  oldi 

olinishi zarur bo’ladi. 

Maktablarda  o’quvchilar  o’rtasida  yuz  beradigan    konfliktlar  mazmuni 

bo’yicha  har  xil  bo’lishi  tabiy.  Maktablarda  o’quvchilar  o’quvchilar  bilan 

bo’lgan  munosabatlarda  muloqat  tartibini  buzib  muloqatlar  yasashi  mumkin. 

Natijada  esa  kelishmovchilik,  bir-birini  tushinmaslik  vaziyatlaridan  konfliktlar 

kelib  chiqadi.  Maktablarda  o’quvchilar  doim  pedagoglar  nazoratida  bo’ladi  va 

paydo bo’lgan konfliktlar pedagoglar boshchiligida o’z echimini topadi. Ba:zan 

konfliktlar  o’qituvchilar  o’rtasida  ham  bo’ladi,  bu  esa  bir-birini  tushunmaslik, 

biri-ikkinchisining  psixik  holatini  hisobga  olmasdan  muloqat  qilishidan  kelib 

chiqishi bo’lib topiladi. 

Konfliktlar o’zlarining o’zgachaliklariga ega bo’lib oila a:zolari  o’rtasida 

ham uchraydi. Oila a:zolari o’rtasidagi konfliktlarning kelib chiqishining har xil 

sabablari  bo’lishi  mumkin.  Birinchi  sababi  er-xotinlar  oila  qurishga  tayyor 

bo’lmasligi  mumkin,  ular  bir-birlarining  shaxsiy  o’zgachaliklarini  hisobga  

olmagan  bo’lishi  mumkin.  Oiladagi  paydo  bo’lgan  konfliktlarning  bola  ta:lim-

tarbiyasiga salbiy  ta:siri bor. Shuning uchun ota-onalar o’z farzandlari o’rtasida 

konfliktlarni  bo’ldirmaslikka  harakat  qilishlari  zarur.  Yigit-qizlar  turmush 

qurmasdan  oldin  bir-birining  shaxsiy  psixik  o’zgachaliklarini  bilib,  o’zlashtirib 

bo’lib  turmush  qurishi  ma:qul.  Ota-bobalarimiz  «Uylanish  oson,  uy  bo’lish 

qiyin» 


 deb bekorga aytmagan. 

Ba:zi    hollarda  ota-onalar    bilan  bolalar  o’rtasida  ham  konfliktlar  bo’lib 

qolishi  m6mkin,  bunday  vaziyatlarda  ota-onalar  konfliktlarni  tinch  yo’l  bilan 

echishga harakat qilishlari lozim. 

Yuqoridagi  aytilgan  va  boshqada  uchraydigan    konfliktlarni  tadqiqot 

qiladigan ilm pedagogik konfliktologiya ilmi  hisoblanadi. 

Ilm  ancha  yosh  bo’lsa  ham  tez  rivojlanmoqda.  Sababi,    pedagogik 

jarayonda uchraydigan konfliktning t6rlari  anchagina. Konfliktlarning turlariga, 



mazmuniga  qarab  ayirib  uni  echish  metodlari,  usullari,  amallari    ham  har  xil 

bo’ladi. 

Pedagogik konfliktologiya ilmining yutuklarini o’zlashtirish, bilish har bir 

bo’lg’usi pedagog uchun muhim ahamiyatga ega. 



 

Mustahkamlash uchun savollar. 

1. Муаммони ечмастан туриб хар хил холатлардан чикиб кетиш. 

2. Атироф мухитнинг узгаришига  организмнинг реакцияси. 

3. Укитувчининг таълим-тарбия назарияси ва амалиятнинг бирлигида 

4.  Болалар билан педагогик жихатдан натижали узаро муносабат 

урната олиш  кандай кобилиятга киради? 

5 Муносабатларни бошкариш услублари? 

6. Авторитар услубга нималар киради? 

7. Демократик услубга нималар киради? 

8. Либерал услубга нималар киради? 

 

Адабиётлар

q.  И.А.Каримов.  «Баркамол 

  авлод  %збекистон  тара33иëтининг  



пойдевори». Тошкент, qoou. 

w. И.А.Каримов. %збекистон келажаги буюк давлат. Тошкент, qoow. 

e. И.А.Каримов. %збекистон XXI асрга интилмо3да. Тошкент, qooo. 

r.  Т.А.Шилова.  Психодиагностика  и  коррекция    детей  с  отклонениями  в 

поведении. М-w00t г 

t. З.А.Малькова. Школа  и педагогика  за рубежом. М., qooe. 

y. М.А. Аббасова. Развитие образования в зарубежных странах (qot0

qoo0). 



Ташкент, qoor. 

U Х.Кошимов  в б. Педагогика тарихи. Т., qooy. 

q0. Р.Мавланова  ва б.  Педагогика. Т., w00w. 

qq. Ж.Урумбаев . Оchерки истории школ Каракалпакстана. Нукус, qour. 

qw. 

%.!ле5ов. 



№ара3алпа3станда 

т1лим


т1рбиялы3 

ойлардынг 

31липлеси5и ва ра5ажоаны5ы. Н5кис, qooe. 

qe. Сафо Оchил. Муста3иллик ва тарбия масалалари. Тошкент, qoot. 

qr.  К.Тургунбаев,  А.Тешабаев.  Педагогик  ма8орат  асослари.  Андижон, 

w00w 

qt.    Д.А.  Нуркелдиева.  Мактабгача      олигофренопедагогика  (м1рузалар 



матни) ТДПУ-w00r  

qy.  Н.Т.Якубова.  Махсус  педагогика  тифлопедагогика.  (м1рузалар  матни) 

ТДПУ-w00r 

qu  Х.И.Ибрагимов. Ш.А.Абдуллаева. Педагогика Т-w00u



 


 

 

Mavzu: Pedagog va o’quvchilarning bir-birini tushinib ishlashishi 

pedagogik konfliktni bo’ldirmaslikning asosi. 

 

Reja: 



1. Pedagogik konflikning oldini olish haqida umumiy tushuncha. 

g’.  Pedagogik  konfliktning  oldini  olishda  pedagog  va  o’quvchilar  qatnashining 

ahamiyati. 

3. O’quvchilar bilan munosabatda bo’lish borasida pedagogning roli. 

 

Tayanch tushunchalar: 



Pedagogik  konfliktning  oldini  olish,  tarbiyachi,  o’qituvchi,  o’quvchi, 

munosabati, so’zlash madaniyati, munosabatda bo’lish mahorati

 

Pedagogik konfliktni echishdan uning oldini olish bir qancha oson bo’ladi. 



Pedagogik  konfliktning  oldini  olishning  birdan-bir  yuli  pedagoglar  bilan 

pedagoglar, 

pedagoglar 

bilan 


tarbiyachilar 

o’rtasidagi 

munosabatni 

yaxshilashdan,  bir-birini  tushinib  ishlashdan  iborat.  Bolalar  bilan  pedagogik 

vazifalar  borasida  munosabatda  bo’lish  ularning  psixik,  yakka,  yosh 

o’zgachaliklarini bilib munosabatda bo’lish ma:qul bo’ladi. 

So’ngi 

vaqtlari 



tarbiyachilar 

va 


tarbiyalanuvchilar 

o’rtasidagi 

munosabatlarga  bog’lik  har  turli  fikrlar  bo’lmoqda.  Asosan  ular  o’rtasida 

munosabatlar qanday bo’lish kerak

?

  Munosabatlarning  mazmuni, formasi, usuli 



va boshqa taraflari bo’yicha ko’p ahamiyatli fikrlar so’zlanmokda. 

Pedagog  bolalar  bilan,  har  turli  munosabatlarda  bo’lib,  ular  haqida  har 

qanday  ma:lumotlar  oladi:  Bolaning  belgili  bir  narsalar  to’g’risidagi 

tushunchalari,  fikrlari,  qiziquvchanliklari,  mumkinchiliklari  bilan  tanishadi. 

Bolalarning  asosiy  psixik  o’zgachaliklari  bo’lgan  temperamenti,  xarakteri, 

qobiliyatlari  aniqlanadi.  Bolalarning  vazifalarini  tashkilashtirishda  eng 

ahamiyatli 

o’zgachaliklaridan 

hisoblanadigan 

yakka 


o’zgachaliklarini 

o’zlashtirishda da katta rol o’ynaydi (diqqat, sezish, o’ylash, hayol, esda saqlash, 

erk, his-tuyg’u va hokazo). 

Pedagogning bolalar bilan muloqatning qanday darajada amalga oshirilishi 

uning  pedagogik  maxoratiga  bog’likligi  bo’ladi.  U  mahoratli  pedagogik 

qobilyatlardan va pedagogik texnikalardan iborat bo’lib xisoblanadi. 

Pedagogik  qobilyatlar    faqat  bolalar  bilan  bo’lgan  muloqatlarda  kerak 

bo’lib qolmasdan pedagogning butun pedagogik vazifalarida katta rol o’ynaydi. 

Bolalar  bilan  ishlashishda  pedagogik  sharoitlar  tez-tez  o’zgarib  turishlari 

mumkin,  bunday  sharoitda  pedagogning  asosiy  vazifasi  shu  sharoitga  tez 

o’zgarishi, har qanday pedagogik sharoitga to’g’ri baho bera bilish, zarur bo’lgan 

qarorni  to’g’ri  qabullashdan  iborat.  Agar  tarbiyachi  bolalarning  ish  xarakatini 

to’g’ri  qabul  etib,  to’g’ri  baho  bera  bilsa,  u  hodisalarning  yuzaga  kelgan 



sabablarini  aniq  ko’ra  olsa  va  unga  qo’shimcha  bunday  har  turli  chigallangan 

pedagogik  hodisalarda  o’zini  ushlab  tuta  bilish,  sabirlilik,  chidamlilik, 

tashkillashtirishi  v.b.  xususiyatlar  pedagogik  muloqatlarning  samarali  amalga 

oshirilishida katta axamiyatga ega bo’ladi. 

Bolalar  bilan  muloqot  qilishda  ularning  yosh  o’zgachaliklarini  hisobga 

olishning tarbiyaviy ahamiyati juda katta. 

Maktab  o’quvchilarining  yosh  o’zgachaliklarini  hisobga  olib  munosabat 

qilishda  o’qituvchining  tutgan  yo’lini  umumiylashtirilgan  shaklda  quyidagicha 

tariflash mumkin. 

1. Boshlovchi sinflarda o’qituvchi tashkilashtiruvchi. 

g’. O’smir yoshdagilarga boshchi. 

3. Katta yoshdagi bolalar bilan ishlashishda konsul:tant. 

Bolalar  bilan  bo’lgan  munosabatlar  tarbiyachining  mahoratini  ko’rsatadi. 

Bu  mahoratga  ega  bo’lishi  uchun  tarbiyachi,  nutq  madaniyatiga  ega  bo’lishi 

kerak.  Nutq  eng  asosiy  munosabat  vositasi  bo’lib  hisoblanadi.  Bolalar  bilan 

fikrlashish,  suhbat,  ularga  hikoyalar  aytib  berish,  tushuntirish,  maslahat  berish, 

yo’l-yo’riq ko’rsatish har turli munosabatlar faqat nutq orqali amalga oshiriladi. 

Bolalar  bilan  qanday  ishlarni  olib  bormaylik  so’zsiz  munosabatda  bo’lish 

mumkin emas. 

Bolalar  bilan  munosabatda  bo’lishda  ularning  diqqatlarini  shu  suhbatga, 

yoki  tushuntirishga  harakat  etishimiz  kerak.  Uning  uchun  dastlab  tovushni 

ko’tarib,  kerak  joyida  pasaytib,  yoki  to’xtab  tovush  intonatsiyalarini  o’zgartirib 

borish  kerak.  *ar  qanday  aytiladigan  fikrlar  bolalarga  ta:sirli,  qiziqli,  tushunarli 

bo’lishi kerak. 

Bolalar  bilan  bo’lgan  munosabatlarning  maqsadi  hamma  vaqt  nazarda 

bo’lishi kerak (bilim berish, tarbiya berish yoki shu olib borilayotgan tarbiyaviy 

maqsaddagi  ishning  asosiy  ma:nosi  amalga  oshadigan  bo’lishi  kerak).  Ayirim 

pedagoglar  bolalarga  qiziqarli  etib  gapirib  beraman  deb  yoki  bolalarning 

diqqatini  og’zaki  aytilayotgan  fikrlarga  yo’naltirish  maqsadida  shug’ullanib,  u 

ishning asosiy maqsadini esidan chiqarib qo’yishlari mumkin. 

*ar  qanday  suxbatlarni  olib  borishda  suxbatlashuv  faqat  bolalargagina 

qiziqarli bo’lib qolmasdan tarbiyachigada qiziqarli bo’lishi lozim, tarbiyachining 

o’zida  chin  ixlos  bilan  berilib,  qiziqib  olib  borishlari  kerak.  Bolalar  bilan 

suxbatlashuv  barosida  hamma  vaqt  bolalarning  his-tuyg’u  hisobga  olib  borishi 

kerak.  Masalan:  Bola  bilan  yakka  suxbatlashuvda  bola  xafa  bo’lib  o’tirgan 

bo’lishi  mumkin,  bunday  vaziyatda  bolani  normal  holatga  olib  borib  keyin 

tegishli  bo’lgan  suxbatlashishni  olib  borish  mumkin.  U  gurux  bilan 

suxbatlashishni  ayrim  vaqtlari  bolalar  charchab  o’tirgan,  yoki  harakatli,  sho’x 

o’yinlar  bilan  shug’ilanishni  maqul  ko’rib  o’tirgan  bo’lishi  mumkin  (xullasi 

bolalarning  qanday  his-tuyg’ularda  ekanligini  hisobga  olgan  holda  harakat 

etishimiz kerak). 



Bolalar  bilan  fikrlashishda,  nutq  orqali  munosabatlar  qilishda  har  turli 

usullarda, har turli yo’llarda olib borgan maqul bo’ladi. Unday ishlamay hamma 

vaqt bir usulda olib borilaversa bolalarda zerikish paydo bo’ladi. 

Ayrim  vaqtlari  bolalarga  har  qanday  vazifalari  berilishi  mumkin,  bunday 

vazifalari  ularga  buyriq  xolda  bo’lmay  iltmosi  turida  bulgani  maqul  bo’ladi. 

Iltimosida  «Iltimos  etaman»,  «Iltimos»,  «Marhamat»  formalarida  emas  albatta, 



«Mansur  sen  bunday  ishlasang  qanday  bo’ladi

????


»,  «Omon  seningcha  qanday 

ishlagan  maqul  deb  o’ylaysan

?

»  v.b.  turlardagi  iltimoslarni  qo’llanaverishi 



mumkin. 

Bolalar  bilan  bo’lgan  munosabatlarda  ayrim  vaqtlari  bolalar  jaxlli 

munosabatlarda  bo’lishi  mumkin.  Bunday  vaqtlari  pedagog  jaxllanmasdan 

muloyimlilik bilan munosabat qilishi kerak, shunda bolaning jaxli tez tarqaydi, u 

bolaning  jaxllanishi  bilan  tarbiyachida  jaxllansa  unda  ular  o’rtasida  janjallar 

bo’lishi mumkin, bu ular o’rtasidagi munosabatlarni buzadi. 

Pedagog  bolalar  bilan  bo’lgan  munosabatlarda  hamma  vaqt  ularning 

fikrlarini  tinglab,  ish  bobida  hisobga  olib  borishlari  lozim.  *ar  qanday  ish 

ularning fikrlari bo’yicha olib borilsa fikrlari maqullanib, rag’batlantirib borilsa, 

ularda  o’zlariga  ishonchlar  paydo  etadi.  Yaqindan  harakat  etadi,  pedagogga 

xoxlagan vaqtda o’z fikrlarini aytadi, uni eng yaqin do’sti hisoblaydi. 

Pedagogikalik  konfliktlarning  oldini  olishning  birdan  bir  yo’li  shu 

yuqorida  so’z  etilgan  pedagog  ham  o’quvchilar  jamiyatining  bir-birini  tushinib 

ishlashi bo’lib hisoblanadi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



Mavzu: Pedagogik konfliktning oldini olish 

−−−−


 tarbiya usullarini  

to’g’ri qo’llash 

 

REJA: 



1. Pedagogik konfliktning oldini olish haqida tushuncha. 

2. Pedagogik konfliktning oldini-olishda qo’llaniladigan tarbiya usullari turlari. 

3. Tarbiya usullarini to’g’ri tanlash va qo’llash. 

 

Tayanch tushunchalar: 



Konflikt, konfliktologiya, oldini olish, pedagog, o’quvchi, ota-ona, tarbiya 

metodlari,  metodlarni  tanlash  ishontirish  usuli,  namuna  va  rag’batlantirish  va 

tushuntirish, suxbat, ma:ruza, bayonat. 

 

Tarbiya  tarbiyachi  va  tarbiyalanuvchilarning  ongli  ravishdagi  ish 



faoliyatlarini o’z ishiga olgan ikki taraflama jarayon bo’lib hisoblanadi. 

Tarbiyachilar  bilim  va  tarbiyaga  ega  bo’lgan  kishilar  bo’lishi  kerak. 

Tarbiyalanuvchilar  bilim  va  tajiriba  o’rgatuvchi  yoshlardan  iborat.  Biroq 

tarbiyalanuvchilar  malum  darjada  faol  faoliyat  ko’rsatmasa,  tajiriba  va    bilim 

o’rganishi samarali bo’lmaydi. 

Demak,  tarbiya  usuli  tarbiyachi  va  tarbiyalanuvchilarning  o’zaro  ta:sir 

ko’rsatish usullari hisoblanadi. 

Tarbiya  ishlarning  samarasi  bo’lib  tarbiyaviy  jarayonning  usullari, 

vositalarini tashkillashtirish va uni foydalanishga bog’liq. 

Tarbiyachilar  pedagogik  ta:sir  etishning  bolaga  qulayli  usullarini,  eng 

maqul yo’llarini tanlab olishlari, uning o’zligini anglash uchun kerakli sharoitlar 

yaratishi mumkin. 

 Pedagogik  konfliktning  oldini  olish  borisida  asosan  quyidagi  tarbiyaviy 

metodlardan va uslublardan foydalaniladi. 

1. Ishontirish metodi. (Ongni shakllantirish). 

2. Namuna va ibrat metodi. 

3. Rag’batlantirish va jazolash metodi. 

O’quvchilarni  odob-axloq,  intizomli  etib  tarbiyalashda  eng  ko’p 

qo’llanadigan metodlardan biri. 

Ishontirishning  asosiy  uslublari:  tushintirish,  uqtirish,    nasixat,  maslahat 

berish, iltimos va so’roq, buyruq, talab, suxbatlashish,  maruza, uchrashuv, kecha 

v.b. 


Tushintirish   

  tarbiyaviy  ishlarda  keng  qo’llaniladi.  Bolalarga  biror 



narsaning  kerak  ekanligini  har  bir  odam  uchun  zarur  ekanligi  lo’nda  aniq  etib 

tushintirilib  beriladi. 

Masalan,  o’quvchilar  uchun  qoidalarni  kattalar  bilan  xurmatda  bulishni 

maktabda,  ko’chada  va  ijtimoiy  joylarda  odob  saqlashni  qisqa  aniq  etib 

tushintiradi. Kattalarga salom berishni, ularga izzat hurmat ko’rsatish, ko’chada, 

avtobusda ularga o’rin berish kerakligi tushintiriladi. 




Uqtirish 

  ma:lum  bir  morallik  sifatni  tarbiyalanuvchilar  ongiga 



singdirish, ular tomonidan shu sifatni uqub olishni taminlashga qaratiladi sababi 

talabni nazorat qilish o’qituvchi tarafidan past bo’ladi. 



Ma:ruza,  munozara,  disputlar 

  yuqori  sinf  o’quvchilari  ko’pgina 



tajribalarga  ega bo’lganlikdan ularga bilimga tarbiyaga shunchalik talabi kuchli 

bo’ladi.  Shuning  uchun  ularni  morallik  jixatdan  tarbiyalashda  ma:ruza  katta 

ahamiyatga ega. Bu yoshdagi bolalarda o’z fikrlarini aytish baxs munozaralarga 

chiqish  v.b  imkoniyatlari  bor.  Shuning  uchun  yuqori  sinf  o’quvchilari  bilan 

disputlar o’tkazish o’rinli bo’ladi. 

Kitob  o’quvchilari  bilan  konferentsiya.  O’quvchilarni  morallik  jixatdan 

tarbiya  maqsadida  maktab  va  sinf  bo’yicha  kitob  o’quvchilari  konferentsiyasi 

o’tkaziladi.  Bunday  konferentsiyalarga  tavsiya  etiladi.  Konferentsiyaning 

bo’ladiganligi  avval  xabarlantirilib,  puxta  tayyorgarlik  ko’riladi.  Bunga 

ko’pincha adabiyot fani o’qituvchilari boshchilik etib boradi. 

Tarbiyani  o’rgatish  va  odatlantirish.  Bolalarda  morallik  sifatlar 

yashayotgan  muxitiga  bog’lik  rivojlanadi.  Ota-onalar,  ustozlar,  tarbiyachilar 

boshchiligida tarbiyalanadi. 

Ota-ona 


o’qituvchilar, 

tarbiyachilarning 

boshchiligida 

ularda 


tarbiyalanadi. 

Tarbiyada ijtimoiy ishlarning roli. Yosh avlodni tarbiyalashda tarbiyaning 

eng  ahamiyatli  vazifalardan  biri  bo’lib,  ularning  ko’pchilikning  ichiga 

kollektivda foyda keltirishini, ko’pchilik ijtimoiy ishlarni bajarishga o’rgatadi. 



aytarib  olish  bolalarda  yomon  odatlarning,  yomon  harakterli  xulqni 

qaytarib olish metodi qo’llaniladi. 

Bu  metodni  qo’llanish  juda  ziyraklilikni  talab  etadi.  Masalan:  o’quvchi 

biron  bir  narsaga  juda  qiziqib,  shu  narsaga  juda  ko’p  ko’ngil  bo’lib  yuborishi 

mumkin.  

«O’qigandan  uqqan  yaxshi»  degan  xalq  maqoli  bor.  Uqub  olingan 

morallik  sifat  bola  bilan  yo’ldosh  bo’ladi.  Odamning    etti  yoshidagi  odati  u0 

yoshda  ham  qolmaydi»  degan  xalq  fikri  ham  bor.  Demak  bolalar  yosh  vaqtida 

nimaga  o’rgansa,  nimani  uqsa,  nimaga  odatlansa,  unga  odat  bo’lib 

qoladiganligini nasixatlaydi. 



Kengash  berish 

  o’qituvchi,  tarbiyachi  ham  katta  yoshdagi  odamlarning 



yoshlarga  o’z  tajribalarini,  ko’rgan  bilganlarini,  o’qiganlarini  dalillab  va  aniq 

misollar  bilan  ishonarli  etib  aytib  berishi  natijasida  yaxshi  odob-axloqlilikka, 

xulq-atvoridagi,  xarakteridagi  yomon  odatlarni  yo’q  etishga  xarakat  etishdan 

iborat. 


Nasixat  berish 

  yoshlarni  yaxshi  tomonga  yo’naltirish,  yaxshi 



sifatlarning shakllanishiga yo’l-yo’riq ko’rsatish degan ma:noni anglatadi. 

Maslahat  berish 

  oldingi  voqea  yuzaga  kelganda,  yoki  biror  ishni 



boshlashdan  oldin  ishda  ish-harakat,  xulq-atvorda  nima  qilsa  bo’lishi  kerak 

ekanligi to’g’risida maslahat beriladi. 




Iltimos

  iltimos  va  savol  bilan  bolalarga  munosabatda  bo’lish  ular 



o’zlarining o’ziga bo’lgan ishonch ortadi, va maqtanish hissiyoti paydo bo’ladi. 

Masalan:  Gulnoz  sen  bugun  Lolaga  dars  tayyorlashda  yordam  bering  iltmosYo 

Uyda ota-onalarga yordam beringlar, ular juda xursand bo’ladilar. 

Buyriq  va  talap  etish 

  tarbiya  borasida  bolalar  bilan  jamaotimiz  va  ota-



onalar tarafidan qo’yiladigan maqsad va vazifalarni bajarishda bo’yruq va talab 

usullari ishlatiladi. Maktab o’quvchilariga o’z vazifalari, maqsadlari, bajaradigan 

ishlarini  tushintirib  qo’yish  kerak.  Shunda  ular  bo’yruqning  va  talabning 

manosini  aniq  tushinadi.  Buyruq  tovushni  ko’tarib,  do’q  urib  emas,  oddiy  so’z 

bilan aytilishi kerak.  

Tarbiyada namuna va o’rnak olish metodi. 

Bolalarda  bashqalarning  ish-xarakati,  hulq-atvori,  ongi  yoki  mexanik 

takrorlash qabuliyati kuchli rivojlangan bo’ladi. 

Namuna 


ota-bobolarimizdan, 

momolarimizdan 

o’z 

farzandlariga  



qoldirgan ugit-nasihatlari, milliy ananalari bo’lib hisoblanadi. 

Buning  uchun  ertak,  maqol,  hikoyalarni  aytib  beri  shva  undagi  tarbiyalar 



haqida tushunchalar berish kerak. 

Yüklə 72,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə