`
77
TA’LIMNI AXBOROTLASHTIRISH SHAROITIDA BO‘LAJAK
PEDAGOGLARNING AKMEOLOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH
MODELI
Sharofutdinov Iqboljon Usmonjon o’g’li
Farg‘ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
https://doi.org/ 10.5281/zenodo.7838165
Annotasiya:
Ushbumaqoladata’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lajak pedagoglarning
akmeologik kompetentligini rivojlantirish modeli,bo‘lajak o‘qituvchilar akmeologik
kompetentligini takomillashtirishto’g’risidagi fikr-mulohazalar bayon qilingan.
Kalit so’z va iboralar:
Insonparvarlik psixologiyasi, mustaqil ta’lim, zamonaviy dunyoqarash,
ijtimoiy zarurat,akmeologik kompetentlik, akmeologik pozitsiya, innovasion va raqamli, bozor
iqtisodiyoti, Ta’lim
va tarbiya, ilmiy-metodik.
Kirish
.Dunyoda innovasion rivojlanishning global vazifalaridan biri insonlarda akmeologik
kompetentlikni shakllantirishdir. Bunda yangi g‘oyalar ishlab chiqarish, murakkab
jarayonlarda yechim topa bilish, kasbiy faoliyatga ijodiy yondashish, oqilona tavakkalchilikka
bo‘lgan
qobiliyat, kasbiy barkamollik kabi harakatlar nazarda tutiladi. Jahon miqyosida
pedagog kadrlarining ijodiy salohiyati, texnologik kompetentligi va kreativligini rivojlantirish,
axborot-kommunikasiya texnologiyalari va dasturlari orqali o‘qitishning innovasion
texnologiyalardan kompleks foydalanish orqali ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishning intellektual
resurslarini hamda ta’lim mazmuniga mos o‘qitishning zamonaviy o‘quv-metodik ta’minotini
ishlab chiqish, o‘quv materiallarini mazmunan takomillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Mazkur
zaruriyatdan kelib chiqib, bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining tikuvchilikka oid
kreativligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish, zamonaviy didaktik vositalarini
ishlab chiqish, elektron ta’lim resurslaridan, innovasion texnologiyalardan
foydalanish
imkoniyatlarini kengaytirish hamda o‘quv-uslubiy ta’minot tizimini shakllantirish dolzarb
vazifalardan biridir.
Jaxonda mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq uzluksiz ta’lim tizimini
takomillashtirish va yuqori malakali kadrlar
tayyorlash, ta’lim
xizmatlarining ochiqligi va
sifati masalalariga davlat tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. Yuqori malakali
mutaxassislarni
tayyorlash,
talabalar
tomonidan
kasbiy-pedagogik
jihatdantayyorgarliginichuqur o‘zlashtirish, yetarli darajada bilim, ko‘nikma va malakalarga
ega bo‘lishini,
pedagogik, umumkasbiy va maxsus fanlarni turli bosqichlarda o‘qitishda
uzviylik va uzluksizlikni ta’minlashni taqozo etadi.
Pedagogik kadrlarning yuksak kasbiy tayyorgarligi ko‘p jihatdan oliy ta’lim muassasalarida
shakllantirilgan salohiyat, uning ta’limiy ehtiyojlarini qondirish va kasbiy tayyorgarlik
darajasiga bog‘liq. Shu nuqtai nazardan ta’lim tizimni tubdan qayta ko‘rib chiqish,
professional bilimlarni egallash uchun imkoniyatlarni kengaytirish, yangi sharoitlarda, yangi
zamonaviy texnologiyalarda ishlashga qodir mutaxassislarni tayyorlash zarurati yuzaga keldi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash, tarbiyalash mamlakatimizda bir qator islohatlarni
chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy jabhalarning
modernizasiyalashuvi, oliy ta’lim taraqqiyoti va talabalarni
tarbiyalash jarayoni bilan
chambarchas bog‘liqdir.
Mamlakatimiz ijtimoiy hayotida yangicha qarashlar qaror topayotgan bir davrda kelajak avlod