Pilik tayyorlashning maqsadi va mohiyati. Piliklash mashinalarining turlari



Yüklə 37,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü37,85 Kb.
#180360
  1   2   3
6-laboratoriya-1



6-LABORATORIYA ISHI 
PILIK TAYYORLASHNING MAQSADI VA MOHIYATI. 
PILIKLASH MASHINALARINING TURLARI
 
Laboratoriya ishining maqsadi:
Piliklash mashinasining tuzilishi va 
ishlashini o’rganish. Piliklash mashinasining ta`minlash qurilmasi, cho’zish 
asbobi va zichlagichlarining tuzilishi va ishlashini o’rganish. Piliklash
mashinasining
 
pishitish mexanizmi va g’altakli karetkasini tuzilishi va ishlashini 
o’rganish. 
Laboratoriya darsi uchun kerak anjomlar va materiallar: 
Zinser-668 
piliklash mashinasi, mashinaning texnologik va kinematik sxemasi, animatsion 
modellar, kompyuter, proektor. 
 
Topshiriq 
1.
Zinser-668 piliklash mashinasining vazifasi, tuzilishi va ishlashini o’rganing. 
Texnologik sxemasini tasvirlang. 
2.
Mashina ishchi orgpnlariga harakat uzatilishini o’rganing. Kinematik 
sxemasini tasvirlang. 
3.
Zinser-668 piliklash mashinasi ta`minlash qurilmasi cho’zish asbobi, pishitish 
mexanizmi va g’altakli karetkaning vazifasi, tuzilishi va ishlashini o’rganing. 
Sxemasini tasvirlang. 
 
Uyda:
Amaliy ishi boyicha hisobot tayyorlang. 
Аsosiy ma`lumotlar 
Piliklash mashinasini o’rganishda, dastlab pilta va pilik namunalari 
taqqoslanib, ularning ko’ndalang kesimidagi tolalar soni aniqlanadi, so’ngra 
pilikka buram berish va pakovka shakllantirish zarurati to’g’risida xulosa qilinadi. 
talabalar piliklash mashinasining asosiy mexanizmlari bilan tanishadi (ta`minlash 
qurilmasi, cho’zish asbobi, pishitish-o’rash va harakat uzatish mexanizmlari). 
Talabalar piliklash mashinasining ishlashini kuzatib mashinaning pilta bilan 
ta`minlanishi, 
zichlagichlarning 
ishi, 
cho’zish 
asbobida 
mahsulotning 
ingichkalanishi, g’altakli karetkaning ilgarillanma-qaytma harakati, mahsulotning 
pishitilishi va pakovka shakllanishi bilan tanishadi. 



Yüklə 37,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə