Plazmali payvandlash



Yüklə 272,38 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü272,38 Kb.
#142945
Hujjat (6)

Plazmali payvandlash


Yer sharoitida har qanday moddani uchta holatga (qattiq, suyuq, gaz) o‘tkazish mumkin. Modda o‘ta yuqori haroratgacha qizdirilsa, u plazma holatiga o‘tadi. Modda 3000—5000 K haroratgacha qizdirilsa, uning atomining xossalari o‘zgarib, yangi jarayon hosil qiladi. Ma’lumki, modda atomlari yadrosi atrofida aylanuv-
chi tashqi elektronlar yadroga ancha bo‘sh tortilib turadi. Atomlar to‘qnashishi natijasida tashqi elektronlar boshqa atomlarga o‘tib ketadi, natijada atomlar musbat zaryad- langan zaryadlarga aylanadi, ya’ni ionlashish hodisasi sodir bo‘ladi.
Plazma 10000 K va undan yuqori haroratdagi modda- ning bir holati hisoblanadi va u past haroratli plazma deyiladi. Yuqori haroratli plazma uchun harorat 1010 K va undan yuqori bo‘ladi.
Laboratoriya sharoitida past haroratli plazmani gazlar- da har xil elektr razryadlaridan: chaqmoq razryadidan, elektr yoyidan, yorug‘lik lampalari razryadidan olish mumkin. Payvandlash va qirqish uchun plazma-yoy olish qurilmasining sxemasi 12- a, b rasmlarda keltirilgan. Plazma oqimini olish uchun unda maxsus gorelka yoki plazmatron qo‘llaniladi. Plazma oqimini to‘g‘ri ta’sir ettirib payvandlashda payvandlanayotgan mahsulot payvand zanjiriga ulanadi. Plazma oqimini urinma yo‘nalishda ta’sir ettirib payvandlashda mahsulot zanjirga ulanmaydi. Bu
1 2 1 2
3
3
4
4
7

sxema bo‘yicha payvandlashdan tashqari, boshqa turdagi ishlov berishni ham amalga oshirish mumkin. Masalan, kesish, kavsharlash, termik ishlov berish. Bunda metall va qotishmalar bilan birga metallmaslarga, keramika va shishalarga ham ishlov berish mumkin.


Plazma oqimini to‘g‘ri ta’sir ettirib payvandlash usuli (12- a rasm) quyidagicha ishlaydi: plazmatronga plazma hosil qiluvchi gaz oqimi 3 yuboriladi. Volframli elektrod 2 va soplo 4 orasidagi yordamchi yoy yoqiladi (o‘zgaruvchan tokli yuqori chastotali generator yor- damida). Yordamchi yoyning tokini qarshilik 7 yordamida rostlash mumkin. Asosiy ishchi yoyi elektrod 2 va mah- sulot 6 orasida hosil qilinadi. Yoyning siqilgan ustuni soploda gaz oqimini haydash orqali hosil qilinadi. Plazma hosil qiluvchi gaz sifatida argon, geliy, azon, vodorod va bu gazlar aralashmasi qo‘llaniladi. Mahsulotni oddiy sharoit- da va suvda qirqish uchun havo va suv bug‘i qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda yangi texnologiyalar ishlab chiqaril- moqda. Shulardan biri mikroplazmali payvandlash texno- logiyasidir. Uning sxemasi 13- rasmda keltirilgan. Volframli uchi o‘tkir elektrod 1 (0,8—2 mm diametrda) uning diametriga mos keluvchi, suv bilan sovitiladigan soplo
2 ichiga o‘rnatilgan. Elektrod soploga chiqish diametri masofasida aniq qilib o‘rnatiladi. Elektrod va soplo ora- sidan plazma hosil qiluvchi gaz yuboriladi. Yordamchi manba 6 yordamida soplo va elektrod orasida doim yonib turuvchi kichik amperli yoy hosil qilinadi. Plazma hosil qiluvchi gazni haydash orqali soplo teshigida plazma oqimi chiqariladi. Mahsulot 4 ga 1—2 mm masofada gorelkani olib kelinib, asosiy tok manbayi 5 yordamida ishchi yoyi hosil qilinadi.
Erigan va qizdirilgan metallni himoyalash, ya’ni plazma ustuni ustuvorligini orttirish uchun kichik diametrli tirqish bo‘yicha suv bilan sovitiluvchi soplo va keramik mushtuk 3 orasidan himoyalovchi gaz beriladi. Mikro- plazmali payvandlash to‘g‘ri qutbli doimiy tok



himoyalovchi gaz
(uzluksiz yoki impulsli rejimda yonuvchi) amalga oshi- riladi. Plazma oqimi yuqori konsentratsiyaga va issiqlik oqimini faol tarqatish xususiyatiga ega bo‘lib, uni keng oraliqda rostlash mumkin. Plazmatron yoyi, asosan, doimiy tok manbayidan tok oladi. Yoy ossillator yorda- mida paydo qilinadi. Plazma hosil qiluvchi yoyni ta’- minlash uchun 20—120 V va undan yuqori bo‘lgan ishchi kuchlanishli tok manbayi kerak bo‘ladi.
Plazma oqimi hamma metall va qotishmalarni (qalin- ligi 0,1—60 mm gacha) payvandlaydi. Uning yordamida tutashuvchi burchakli, tavrli birikmalar hosil qilish va qalinligi 0,1—2 mm bo‘lgan detallarni ham biriktirish mumkin (14- rasm).
Yoyli plazma oqimida payvandlashning asosiy rejimi quyidagilar:

  • ishchi yoyning tok kuchi va kuchlanishi;

  • plazma hosil qiluvchi va himoya




23

0,2



24

12






      1. 0,5

        0,30,5

        24

        0,2
        rasm. Payvand birikmalari hosil qilishdagi asosiy o‘lchamlar.






  • soplodan mahsulot yuzasigacha bo‘lgan masofa;

  • payvandlash tezligi.

Kerakli rejimni tanlab olishda payvandlanayotgan material turiga va qalinligiga, birikma konstruksiyasiga, plazmatronning texnik ko‘rsatkichlari va konstruksiya- siga, shu kabi boshqa ko‘rsatkichlarga e’tibor beriladi. Barcha turdagi gorelkalarda volfram sterjenlar suyuq- lanmaydigan elektrodlar sifatida ishlatiladi. Òarkibida 1—2% lantan oksidi bo‘lgan volfram sterjenlar ancha chidamli hisoblanadi. Barcha turdagi simlar va kukunlar suyuqlantirilsa, qoplash materiallari bo‘la oladi. Asosiy metallni minimal darajada aralashtirib, suyuqlantirib qop- langan yupqa qatlam va yaxshi sifatli sirt hosil qilishga olib keluvchi plazma oqimining xususiyati qimmat bo‘lsa- da, biroq yeyilishga chidamli materiallarni ishlatishga imkon beradi. Mexanik ishlov berish uchun qoldiri- ladigan minimal qo‘yim (suyuqlantirib qoplangandan so‘ng darhol jilvirlash) materialni ancha tejaydi. Shuning uchun plazma bilan suyuqlantirib qoplashda qimmat-
baho Ï×CÐ2, Ï×CÐ3, Ï×CÐ4 nikel asosli kukunlar, qattiq qotishmali temir asosli Ï×ÔÁÕ-6—2, ÊÁÕ—Ï×ÓC25 kukunlar, shuningdek, turli kukun aralashmalaridan foydalaniladi.
Plazma bilan suyuqlantirib qoplash jihozlari tok bilan ta’minlash manbayi, plazmaviy gorelka, boshqarish va nazorat qilish pulti, ballast reostatlar, drossel, kukun yoki simni uzatish mexanizmi, suvning sirkulatsiya- lanish sistemasi, plazma hosil qiluvchi va himoya gazlari solingan ballonlar, detal va plazmaviy gorelkani siljitish dastgohini o‘z ichiga oladi. Kukundan foydalanib, suyuqlantirilib qoplashda maxsus kukunli ta’minlagich- lardan, sim bilan suyuqlantirib qoplashda esa odatdagi payvandlash avtomatlarida simni uzatib turish mexanizm- lariga o‘xshash mexanizmlardan foydalaniladi. Plazmaviy gorelkalar suv uzatish tarmog‘i orqali kamida 5 l/min suv bilan sovitiladi.
Silindrik va boshqa detallar qayta jihozlangan tokarlik dastgohi yoki yoy bilan payvandlash avtomatik dastgoh- lariga o‘xshash maxsus suyuqlantirib qoplash dastgoh- larida suyuqlantirib qoplanadi. Vallar va o‘qlardagi pod- shiðniklar o‘tkaziladigan yeyilgan joylarni, tashqi shli- tsalar, tirsakli vallar, avtotraktor dvigatellari klapanla- rining faskalari, pluglarning tig‘lari va boshqa shu kabi ishchi detallarni tiklashda plazma oqimidan foydalanib, suyuqlantirib qoplanadi.


Yüklə 272,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə