Prokatlash va texnologik jarayonlar Reja Prokat ishlab chiqarish



Yüklə 26,74 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü26,74 Kb.
#158269
toirov 1


Prokatlash va texnologik jarayonlar
Reja

  1. Prokat ishlab chiqarish 



  1. Prokatlash jarayonidagi termallashish



  1. Prokatlashning kashf etilishi



Prokat ishlab chiqarish - poʻlat va boshqa metallardan prokatlash yoʻli bilan turli buyum va yarimfabrikatlar olish shuningdek, sifa-tini oshirish maqsadida ularga qoʻshimcha ishlov berish. Prokat ishlab chiqarish ch.ning asosiy mahsulotlariga yarim xom ashyo yoki zagotovka, list prokat, trubalar, mashina detallarining zago-tovkalari (gʻildiraklar, halqalar, oʻqlar, sharlar va boshqalar) kiradi. Prokatlash materialni prokat stani vallari orasidan oʻtkazishga asoslangan. Prokatlashning boʻylama, koʻndalang va koʻndalang-vintli usullari bor. Boʻylama usulda buyum qaramaqarshi yoʻnalishda aylanadigan vallar orasidan oʻtkazilib, plastik deformatsiyalanishi natijasida koʻndalang kesimi kichrayadi, uzunligi esa ortadi. Pro-katlanadigan buyumlarning 90 foizi shu usulda olinadi. Koʻndalang usul bilan koʻndalang kesimi uzunligi boʻyicha davriy oʻzgaradigan zagotovkalar, koʻndalang-vintli usul bilan trubalar prokatlanadi.
List metallar ikki bosqichda prokatlanadi. Birinchi boskichda slyab vallar orasidan birikki marta oʻtkazilib, 90° buriladi va koʻndalang yoʻnalishda prokatlanib, eni zarur oʻlchamga keltiriladi. Ikkinchi bosqichda zagotovka yana 90° burilib, boʻylamasiga prokatlanadi. Qalin va yupqa listlar toʻla mexaniza-siyalashtirilgan uzluksiz stanlarda prokatlanadi. Poʻlat listlar taxta va rulon tarzida ishlab chikariladi.
Payvand chokli va choksiztru bal ar ham prokatlash yoʻli bilan tayyorlanadi. Payvand chokli trubalarni prokatlab tayyorlashda pech payvand, elektr payvand va gaz payvanddan foydalaniladi. Choksiz trubalar quyma yoki dumaloq kesimli zagotov-kalardan prokatlanadi. Buning uchun avval koʻndalang-vintli prokat stanida qizdirilgan quyma yoki zagotovkada teshik ochiladi, natijada kalin devorli kalta gilza hosil boʻladi va undan truba prokatlanadi. Bunda vallarning aylanishi natijasida zagotovka aylanma-ilgarilama harakatlanadi, zagotovka yoʻliga diametri taxminan trubaning ichki diametriga moye keladigan opravka oʻrnatiladi. Truba kerakli kalinlikka yetkazilgach, kalibrlanadi va sovitilib, kerakli uzunlikda qirqiladi. Kesimi davriy oʻzgaradigan bu-yumlar ham prokatlash usulida ishlab chiqariladi.
Bungadavriy prokatlash deyiladi. Bundam prokatlashda zagotovka bir tomonga aylanuvchi ikki val orasidan oʻtadi. Rangli metallar — alyuminiy, mis, magniy, rux va ularning krtishmalarini prokatlab, har xil koʻndalang kesimli list, lenta, sim va zar qogʻozlar tayyorlanadi. Alyuminiy krtishmalaridan list prokatlash texnologik jarayoniga quyidagi asosiy operatsiyalar kiradi: uzluksiz quyib olingan quymani xomaki prokatlash, toʻgʻrilash, frezalash, quymaning ikkala tomoniga alyuminiy listlar qoplash, qizdirish, qizdirib prokatlash (4–12 mm kalinlikkacha), rulon qilib oʻrash va sovuqlayin prokatlash. Sovuqlayin prokatlangandan soʻng rulonlar yoyilib, listlarga kesiladi va termik ishlov beriladi. Uzluksiz quyib prokatlash usulida suyuq alyuminiy taqsimlagich novdan oʻtib, valiklar ora-sidagi boʻshliqqa tushadi, unda alyuminiy vallarga tegib kristallanadi va hosil boʻlgan polosa stan valiklari orasidan uzluksiz chiqadi. Prokat ishlab chiqarish ch. metallurgiya va mashinasozlik zavodlarida tashkil qilinadi.
Prokatlash jarayonidagi termal qattiqlashtirishning avtomatik boshqaruv nazorati, quyidagi natijalarni beradi. Isitish yoki eritish pechidan chiqgan metalni prokatlash yoli bilan tarkibi o‟zgartirilgan issiq metalga malum shakil berib uni zichligini oshirib termik ishlov berishda ya‟ni zichligi oshirilgan issiq metalni aniq vaqt oralig‟ida, belgilangan suv bosimida avtomatik sovutish, maxsulotning sifatli bo‟lishi, belgilangan markalar olish imkoniyatini oshirish va ishlab chiqarish jarayoni uzluksizligi nazorati taminlanadi. Prokatlash jarayonidagi termal qattiqlashtirishni avtomatlashtirishda asosiy ish bajaruvchi qurilma bu suyuqlik bosimini o‟lchovchi va signal beruvchi datchiklari, chastota o‟zgartgich va kontrollerlar hisoblanadi. Tiristorli o‟zgartgich tizimini va elektromexanik tizimdagi ko‟rsatgichlarni o‟zaro solishtiradigan bo‟lsak, unda tiristorli qurilmada energiya samarador ko‟rsatgichlar yuqori bo‟lishini ko‟rish mumkin. Prokatlash jarayonidagi termal qattiqlashtirishni amalga oshiruvchi suv nasosining elektr yuritmasiga qarshilik ko‟rsatuvchi momentlar mavjud. Bularga: ishchi mexanizm, ishqalanishda hosil bo‟lgan qarshilik momenti va nasosdagi kuraklarning suvga bog‟liq bo‟lgan qarshilik momentlari ham inobatga olinadi. Termal qattiqlashtirishda ishlatiladigan suv nasosining elektr yuritmasiga eng katta qarshilik ko‟rsatuvchi moment bu bosimni nazorat qilishdagi ventillar hisoblanadi. Sababi shundaki tarmal qattiqlashtirishdagi suyuqlikning bosimi ventillar orqali kamaytirilsa divigatel zo‟riqadi va tok kuchi ortib duvigatel qiziy boshlaydi bu esa eskirishga va kuyishga olib keladi, Bundan tashqari suv quvurlari va nasos salniklari shikastlanishi kuzatiladi. Prokatlash jarayonidagi termal qattiqlashtirishning avtomatik boshqaruv nazorati o‟rnatilsa bunday kongilsizliklar kuzatilmaydi va samaradorlik ortadi. Inson omili kam qatnashadi, xavsizlik oshiriladi, energiya tejashlishi va suv sarfi kamayishi kuzatiladi.
Nasos Elektr yuritmani ishga tushirishini avtomatlashtirish orqali ishga tushirish tokini cheklash va chiziqli ishga tushirish imkonini beradi. Chiziqli ishga tushirish elektromexanik qurilmani ravon ishga tushirib unga berilayotgan kuchni ma‟lum bir vaqt ichida yengib o‟tish imkoniga ega bo‟ladi.
Metallami prokatlashning kashf etilishi o‘rta asrlarga to‘g‘ri keladi va bu metall listlami olishga bo‘lgan talabni oshishi bilan tushuntiriladi. XVI asrgacha listlami olishning eng ko‘p tarqalgan usuli bolg‘alash usuli bo‘lgan.
Eng awal qalayni prokatlash uchun ishlatiladigan qurilma yozuvi buyuk olim Leonardo da Vinchi qalamiga mansub bo‘lib, rasm ko‘rinishdagi hujjat va u 1495-yilga to‘g‘ri kelishi aytilgan. Muallif qo'lda ishlaydigan silliq gidravlik jo‘vaga ega boigan prokat stanining tasvirini tushuntirish yozuvi bilan qoldirgan. Olimning ma’lumotiga ko‘ra, prokat stani “yupqa va bir tekisdagi qalayli listlami” tayyorlashga mo‘ljallangan edi. Leonardo da Vinchi jo‘valami qo‘ng‘iroqli metallardan tayyorlanganligini, u qattiqroq bo‘lishini hamda temirdan tayyorlangani va o‘q bilan ta’minlanganligini ta’kidlagan. Ma’lumki, Leonardo da Vinchi prokat stanida uzatma pastki jo‘valaridan biri boigan va uning o‘qiga chevryakli g‘ildirak o‘matilgan. Prokat jo‘vasiga harakat chervyakli juftlik orqali massivli dastakka uzatilgan. Hozirga qadar Leonardo da Vinchi prokat stanining tasviri uning kashfiyoti hisoblanganmi yoki muallif uni qiziqtirgan va amaliyotda qo‘llanilayotgan texnik yangilikni eskizi bo‘lganmi degan yagona bir fikrga kelinmagan.
Taxminan XVII asming oxiriga qadar prokat stanining uzatmasi qo‘lda harakatga keltirilgan, XVIII asrga kelib suvli uzatmada harakatga kelishga o‘tilgan. Taxminan shu vaqtga kelib, temir prokatlash ishlab chiqarilishi boshlandi. Rossiyada esa, bu ishlab chiqarish yaxshi rivojlangan bo‘lib, prokatlash stani tom yopish uchun mo‘ljallangan temimi ishlab chiqarishga moijallangan. XVIII asming oxiriga kelib, prokat stanini uzatmasini harakatga keltirish uchun bug‘ mashinalari qoMlanila boshlandi va bu bilan metallurgiya zavodlarida ishlab chiqarish sikllarining uch asosiy bo‘g‘ini sifatida prokatlash qo‘Manila boshlandi va asta-sekin bolg‘alashning nisbatan kam unumdorlikka ega bo‘lgan usullarini siqib chiqara boshladi. Ushbu davr 1783-yil ingliz olimi Kort tomonidan konstruksiyasi ishlab chiqilgan kalibrlovchi jo‘vaga ega bo‘lgan prokatlash stanini ishlab chiqarish qo‘llanilishiga to‘g‘ri kelgan hamda prokatlash stani asta-sekin ixtisoslashgan holga kela boshlagan. Ulami siquvchi, listli va sortli turlarga boMishgan. XIX asming 30-40-yillarida turli davlatlarda temir yoMlami qurishning shiddat bilan rivojlanishi temir yo‘l relslarini prokatlash bilan ishlab chiqarilishiga olib kelgan. 1856-1857-yillarda Saarda (Germaniyada) katta gabaritli balkalar ishlab chiqaradigan birinchi prokatlash stani o‘matildi. Bu stanlaming konstruksiyasi va ixtisoslashuvi AQSHda XIX asming oxirida birinchi blyuming va slyabinglar ishlab chiqaradigan siquvchi stanlami pay do boMishiga olib keldi. 1867-yilda esa Angliyada uzluksiz ishlaydigan sim oladigan stan qurildi. 1885-yilda Germaniyada qiya joylashgan jo‘valarga ega vintli prokatlash stanida choksiz trubalar ishlab chiqarilishi kashf etildi. 1886-yil AQSI4 da tez harakatlanadigan simni o‘raydigan qurilma yaratildi. AQSH da 1892-yilda uchuvchi qaychilar o‘matilgan. Shuningdek, 1897-yil Germaniyada prokatlash stanini uzatmasini harakatga keltirish uchun elekrodvigatel ishlatila boshlandi. 1906-yil Slovakiyada reversli elektrodvigatel ishga tushirildi. Listlami uzluksiz issiq holda prokatlash tamoyili 1892-yilda Chexiyada amaliyotga qo‘ Manila boshladi va u yerda yarim uzluksiz ishlaydigan stan o‘matilgan. 1923-yilda AQSH da birinchi marta uzluksiz ishlaydigan keng polosali list ishlab chiqaradigan stan qurildi. Listlami sovuq holda prokatlash XIX asming 80-yillariga to‘g‘ri keladi. Trubalami sovuq holda prokatlash asosida ishlab chiqarish usuli 1930-yilda AQSH da yaratilgan.
Sobiq ittifoq davrida Makeev va Dneprodzerjinskiy nomli metallurgiya zavodlarida Ijorskiy metallurgiya zavodida tayyorlangan ikkita blyumingni ekspluatatsiya qilinishi joriy etildi. butun ittifoq ilmiy-tadqiqot va loyihalash-konstruktorlik institutlari (VNIIMETMASH) tomonidan 1940-1960- yillarda metallurgiya mashinasozlik yangi texnologik jarayonlar uchun bir qator prokatlash stanlari yaratilgan. Bu jihozlar ko‘p buyumlar ishlab chiqarishni ta’minlab berdi hamda bu buyumlar (katta qadamli vintlar, qovurg‘ali trubalar va boshqalar) awal boshqa, nisbatan kam samarali usullar bilan olingan. 1959-1962-yillarda (VNIIMETMASH) va og‘ir mashinasozlikning elektr po‘lat zavodi bilan yangi truba ishlab chiqaradigan stanlar ishlab chiqara boshladi. Avtomobil sanoatining ilmiy-tadqiqot instituti va Gorkiy avtomobil zavodida silindrli va konussimon g‘ildiraklar prokatlashga moijallangan birinchi stanlar yaratildi. XX asming 60-yillarida sobiq ittifoq, AQSH, Germaniya va Italiya kabi davlatlarda quymakorlik prokatlash agregatlari yaratilgan bo‘lib, unda uzluksiz quyma va prokatlash jarayonlari birlashtirildi. Keyinchalik bunday agregatlar alyuminiy va mis qotishmalaridan tayyorlangan katankalar, alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan listlar va poMatdan yasalgan zagotovkalami ishlab chiqarishda keng koiamda qo‘Manila boshlandi. Ko‘p miqdordagi magistral neft va gaz trubalari, gigant zavodlar, katta-katta ko‘priklar, katta flot, atom sanoati va boshqa muhim ishlab chiqarish sohalarida keng formatli listni prokatlash talab etiladi. Rossiyada 2012-yilda uchta keng polosali stan ekspluatatsiyasi yo‘lga qo‘yildi: bular, Kolpino, Magintogorsk va Vikse shaharlarda qurildi. Hozirgi vaqtda Rossiyada yiliga l,5mlntonna va qalinligi 48 mm gacha bo‘lgan prokatlash listlari ishlab chiqaradigan quwatga ega bo‘lgan stanlar ishlatilmoqda. 0 ‘zbekistonda ham bu sohaga katta e’tibor qaratilgan. Shulardan biri Toshkent viloyatida “Bekobod metall zavodi” bu zavodda armatura, xo‘jalikda ishlatiladigan idish tovoqlar, qurilish mahsulotlari, shveller, purut va sharli prokat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Toshkent shahrida V.L.Galperin nomidagi “Toslikent quvur zavodi” ushbu zavodda rulonli listlar, palosali listlar, qurilishda ishlatiladigan armaturalar, purutlar, elektr to‘kini yaxshi o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan rangli materiallardan similar va chokli quvurlar ishlab chiqariladi. Ayniqsa, hurmatli Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev-
ning tashabbuslari bilan 2020-yilda Toshkentda qurilgan “Toslikent metallurgiya zavodi” МСШ da po‘latdan rulonli listlar va avtolistlar katta hajmda ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilmoqda. Ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad 0 ‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillami tashqi korpuslarini ishlab chiqarishda ishla-tiladigan avtolistlami o'zimizda ishlab chiqarish hamda maishiy texnika vositalarini ishlab chiqarishda qoMlaniladigan rulonli listlami ishlab chiqarish, ya’ni mahsulot tannarxini pasaytirish hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‟zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan 2020-yildagi 19-iyunda imzolangan “Energiyadan oqilona foydalanish to‟g‟risida”gi O‟RQ-628 sonli qarori 412-I-sonli Qonuniga (O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 118-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda;
2. Тогаев Ахрор Саъдулло угли, Эшонкулов Камол Эшниѐз угли, Бакирова Дилбар Тагаевна Ганиев Элбек Улугбек Угли Зависимость рабочих характеристик насоса от частоты вращения Analytical Journal of Education and Development http://www.sciencebox.uz/index.php/ajed/article/view/3302
3. Shodiyev , O. A., Yuldashev , E. U., Yuldasheva, M. A., Jalolov , I. S. “Konveyer transportini elektr yuritmasini teskari aloqali datchiklari vositasida boshqarish”. Academic Research in Educational Sciences, https://www.ares.uz/uz/maqola-sahifasi/konveyer-transportini-elektr-yuritmasiniteskari-aloqali-datchiklari-vositasida-boshqarish
4. A. Teshaboyev, S. Zaynobidinov , E. Musayev (2006) “Yarim o‟tkazgichlar va yarimo‟tkazgichli asboblar texnologiyasi” Toshkent 5 (323-234)
5. www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/440
Yüklə 26,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə