Psixologiya fanining predmeti



Yüklə 66,61 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü66,61 Kb.
#148069
Insonni tushunishga dualizm va monizm nuqtai nazaridan yondashuv


MAVZU: Insonni tushunishga dualizm va monizm nuqtai nazaridan yondashuv
Qadim zamonlarda vujudga kelgan insonga nisbatan dualistik yondashuv shundan iboratki, odamzot, bir tomondan, moddiy organizmdan, boshqa tomondan esa – mustaqil mohiyat sanaladigan va bu organizmni boshqaradigan nomoddiy jondan tashkil topgan mavjudot sifatida qaraladi. Bu yondashuv, masalan, boqiy g‘oyalar dunyosida yashaydigan o‘lmas jon inson tug‘ilayotgan paytda uning tanasiga xuddi zindonga tushgandek kirib o‘rnashadi, uning o‘limidan keyin esa vujudni tark etib, yana g‘oyalar dunyosiga qayta, deb hisoblagan Platon falsafasida ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘ladi. Jonlarning o‘lmasligi g‘oyasi Sharq falsafiy ananasiga ham xosdir.
Hozirgi olimlarning aksariyati qo‘llab-quvvatlaydigan inson talqinining monistik konsepsiyasi inson ruhiyati, uning tuyg‘ulari, fikrlari, emotsiyalari va kayfiyati inson organizmining tarkibiy qismi sanalgan bosh miya nerv hujayralari hayot faoliyatining mahsulidan o‘zga narsa emas, degan tushunchadan kelib chiqadi.
Bu yondashuv tarafdorlarining fikriga ko‘ra, ruhiy hodisalar qandaydir nomoddiy asosga ega, deb hisoblash uchun etarli dalillar mavjud emas, shu sababli ruhiyat tabiatini tushuntirishda inson organizmida yuz beradigan moddiy jarayonlar chegarasidan chetga chiqishning hojati yo‘q.
SHunday qilib, tavsiflangan muammo inson o‘z tabiatiga ko‘ra faqat biologik mavjudotmi yoki faqat ijtimoiy mavjudotmi, degan masala bilan bog‘lanmaydi. U, hech shubhasiz, ham biologik, ham ijtimoiy mavjudotdir.
Ammo bu ikki asosning o‘zaro nisbati qanday, ularning biri ikkinchisidan ustunroqmi va inson mohiyatini nima belgilaydi – bu endi qizg‘in bahs-munozaralar predmetidir. Mazkur masalalar hanuzgacha o‘zining uzil-kesil echimini topgani yo‘q, hozirda mavjud turli biologik, psixologik va falsafiy maktablar bu savollarga har xil javoblar beradi.
Yuqorida zikr etilgan muammoning echimiga nisbatan mavjud yondashuvlar orasida insonning bioijtimoiy tabiatini tushunishga nisbatan qarama-qarshi nuqtai nazarlar ifodasi sanalgan biologizatorlik va sotsiologizatorlik konsepsiyalari alohida o‘rin egallaydi. Bunda ularning har biri boshqasini butunlay rad etmaydi, ammo insonning muayyan bir (biologik yoki ijtimoiy) tabiatini ustunroq qo‘yadi yoki hatto mutlaqlashtiradi.
Yüklə 66,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə