Psixologlar mavsumi boshlandi



Yüklə 13,31 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü13,31 Kb.
#145826
Документ Microsoft Word (2)


PSIXOLOGLAR MAVSUMI BOSHLANDI.
Psixologlar mavsumi boshlandi? Bu nima degani? Psixologlarni mavsumi ham bo‘ladimi? G‘alatimasmi?
Tajribali psixologlar ushbu narsani juda yaxshi biladilar. Har yilning oktyabr va noyabr oylari eng depressiv oylar hisoblanadi. Afsuski ushbu oyda suitsidlar ham ko‘p kuzatiladi. Psixologlarga murojaatlarning soni keskin oshib ketadi.
Tabiatdagi o‘zgarishlar.
Bu oyda tabiatning taʼsiri natijasida yaʼni havoda namlikning oshishi, changli ob-havo, zamburug‘larning havoga ko‘tarilishi, bulutli ob-havoning ko‘pligi, tashqi tabiiy yorug‘likning kamayishi odamlarda sezilarli psixologik o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi.
Tabiatning o‘zgarishi oqibatida, odamlarda psixologik taʼsirchanlik oshib ketadi, jizzakilik, gina, xafagarchilik hislari osonroq yuzaga chiqadi. O‘z navbatida odamning immun tizimi noziklashadi. Shuning uchun ham hozirgi kuz mavsumida shamollash, qish fasliga qaraganda ko‘proq uchraydi.
Gormonal o‘zgarishlar.
Kuz faslida shoirlar, ijodkorlar har qachongidan samaraliroq ijod qiladilar. Sababi esa melatonin va stress garmonlarining oshishi. melatonin va stress garmonlari kuz mavsumining sovuq kunlari boshlanishi bilanoq ko‘proq ajralib chiqadi. Bu odam tanasining adaptatsiya jarayoni bilan bog‘liq. Yaʼni issiq kunlardan sovuq kunga o‘tish davrida odam tanasi tezlikda moslashishni boshdan kechiradi va bu odam tanasida biologik stressni yuzaga keltiradi. Ushbu stress esa odamda ko‘proq stress garmonlarini ishlab chiqarilishiga olib keladi.
Qisqasi bu oylarda o‘zingizni ehtiyot qiling. Xohlaysizmi, yo‘qmi hozir tanamizda kortezol garmoni odatdagidan ko‘proq. Konfliktga bormang! Ovqatlanishga eʼtibor bering! To‘yib uhlang! Sayohatga chiqing! Sport! Kasal bo‘lmang!
Yüklə 13,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə