Qadimgi Mesopotamiya hozirgi qaysi davlat hududiga to’g’ri keladi?



Yüklə 25,52 Kb.
tarix15.03.2018
ölçüsü25,52 Kb.
#31839

  1. Qadimgi Mesopotamiya hozirgi qaysi davlat hududiga to’g’ri keladi?

A) Misr B) Suriya C) Iroq D) Eron

2) Mil. av. III ming yillik oxirida .......

A) Akkadliklar shumerliklarga singishib ketgan

B) Shumer mixxati yaratilgan C) Shumer-akkad davlati ko’chmanchilar hujumi natijasida qulagan

D) Lagash davlati kuchaya boshlagan

3) Mesopotamiyaliklar qo’shni Kavkazorti va Erondan oltin. Mis, kumush, qalayi va nodir toshlarni qanday mahsulotga ayirboshlab olib kelishgan?

A) Doroyi tangalariga B) xurmoga C) donga D) chorvaga

4) Mesopotamiyaga kedr (sidra) yog’ochi qayerdan keltirilgan?

A) Finikiyadan B) Suriyadan C) Misrdan D) Kavkazortidan

5) Mesopotamiyaliklar savdo-sotiqda pul o’rnida nimalardan foydalanishgan?

A) Kumush quymasi ko’rinishidagi metall tangalardan

B) Qimmatbaho toshlardan

C) Savdo-sotiq tovar ayriboshlashga asoslangan

D) Mino deb nomlanuvchi kumush tangalardan

6) Mil.av. IV ming yillikda ....

1. Mesopotamiyada shumerlar manzilgohlari vujudga kela boshladi

2. Lagash davlati yuksala boshladi

3. Misrliklar Nil vodiysidagi sermashaqqat turmush sharoitiga moslasha boshladi

4. Moxenjo-Daro va Xarappada sivilizatsiya

5. Mixxat ixtiro qilindi

6. Mesopotamiyada dori-darmonlarni tayyorlash bo’yicha dasturulamal yaratildi

7. Elam davlati paydo bo’ldi

A) 1,2,3,4,5,6,7. B) 1,2,5,7. C) 1,3,5. D) 2,4,6.

7) Qadimgi Mesopotamiya shahar-davlatlarida qanday muassasalar hokimiyat markazi bo’lgan?

A) zikkurat B) xudolar ibodatxonasi C) hukmdor saroyi D) kohinlarning uylari

8) Zikkuratlar qanday ashyodan qurilgan?

A) pishiq g’ishtdan B) yog’ochdan C) toshdan D) xom g’ishtdan

9) Mesopotamiyaliklar e’tiqodiga ko’ra qaysi xudo yomon ishlari uchun odamlarni sud qilgan?

A) Ishtar B) Xammurapi C) Shamash D) Osiris

10) Ishtar – bu …

A) hosildorlik va sevgi ilohasi B) iki yuzli iloha C) urush va g’alaba ilohasi D) A,B,C.

11) Qaysi hukmdorning hayoti vaqt o’tishi bilan ko’plab afsonalarga asos bo’lgan?

A) Xammurapi B) Gilgamish C) Sargon I D) Doro I

12) Mil.av. II ming yillikda Mesopotamiya janubidagi eng qudratli davlatni aniqlang.

A) Bobil B) Lagash C) Ossuriya D) Elam

13) Xammurapi qonunlari mamlakatning turli shaharlariga qay tarzda e’lon qilingan?

A) maxsus choparlar e’lon qilishgan

B) hukmdor muhri qo’yilgan varaqalarda tarqatilgan

C) tosh ustunlarga yozilib shahar markaziga qo’yilgan

D) ibodatxonalarda kohinlar tomonidan o’qib e’lon qilingan

14) Mesopotamiyada o’quvchilar foydalanadigan yozuv asbobi nimadan yasalgan?

A) suyak va yog’ochdan B) qamishdan C) stil deb nomlanuvchi metall tayoqchalardan

D) misdan

15) Qadimgi Ossuriya hukmdorlari quyidagi hududlardan qaysi biriga yurish qilmagan?

A) Kipr oroliga B) Ierusalimga C) Misrga D) Arabiston yarimoroliga

16) Qadimgi Bobil podsholigining qulashi sababini aniqlang.

A) Giksoslar hujumi B) Forslar hujumi C) Kassitlar hujumi D) Xammurapining vafoti

17) Xammurapi qonunlariga ko’ra agar ayblanuvchi jabrlanuvchining ko’zlariga zarar yetkazgan bo’lsa qanday jazolangan?

A) o’lim jazosi B) uning ham ko’zlariga shikast yetkazilgan

C) jarima to’lagan D) mamlakatdan badarg’a qilingan

18) Sargon I tomonidan amalga oshirilgan islohotlarni aniqlang.

1. 5400 kishilik muntazam qo’shin tuzilishi

2. jamoat binolari va turarjoylarni pishiq g’ishtdan qurish to’g’risida buyruq chiqarildi

3. Arabiston, Eron va Hindistonga boradigan yo’llarni egalladi

4. barcha shaharlar uchun umumiy bo’lgan sof oltin tangalar zarb ettirdi

5. barcha shaharlar uchun umumiy bo’lgan uzunlik, maydon, og’irlik o’lchov birliklarini joriy etdi

A) 1,2,3,4,5. B) 1,2,5. C) 1,3,5. D) 2,3,5.

19) Old Osiyo hududida ilk davlatlar qachon vujudga kelgan?

A) mil.av. IV m.y.da B) mil.av. III m.y.da C) mil.av. II m.y.da D) mil.av. XI asrda

20) Qaysi xalq jangchilari o’rtasida temir uchlik o’rnarilgan qalqonlardan foydalanishgan?

A) xettlar B) ossurlar C) giksoslar D) mitanniliklar

21) Taran – bu ….

A) tosh otuvchi mudofaa moslamasi B) ko’tarma ko’prik

C) devorni buzishda qo’llanadigan uchli yog’och qurol

D) butun hokimiyatni o’z qo’lida to’plagan yakka hukmdorga nisbatan ishlatiladigan atama

22) Qadimgi Xett davlati hozirgi qaysi davlat hududiga to’g’ri keladi?

A) Kichik Osiyo B) Suriya C) Iroq D) Turkiya

23) Boshqalariga nisbatan ilgariroq paydo bo’lgan davlatni aniqlang?

A) Midiya B) Isroil C) Ossuriya D) Urartu

24) Solomon qaysi davlat hukmdori edi?

A) Midiya B) Isroil C) Ossuriya D) Urartu

25) Mumiyolashda ishlatiladigan smola Misrga qayerdan keltirilgan?

A) Finikiyadan B) Suriyadan C) Mesopotamiyadan D) Nubiyadan

26) Mil.av. 586 yilda ....

A) Urartu davlati tarix sahnasidan ketdi B) Kir II barcha forslarni ahamoniylar davlatiga birlashtirdi

C) Yahudiya Bobil tomonidan istilo qilindi D) A,B,C.

27) Qadimda Van, Urmiya, Sevan ko’llari oralig’ida joylashgan davlat - ....

A) Ossuriya B) Urartu C) Midiya D) Mitanni

28) Ossuriya podsholigi o’z ravnaqining yuqori cho’qqisiga erishgan davrda .....

A) Xett davlati “dengiz xalqlari” hujumi natijasida quladi

B) Falastinga yahudiy qabilalari kelib joylashdi

C) Tir-Sidon podsholigi tashkil topdi

D) 22 harfdan iborat Finikiya alifbosi yaratildi


  1. Mitanniliklar tomonidan Xett poytaxti Xattusasni bosib olishda hal qiluvchi rol o’ynagan omilni aniqlang.

  1. Mitanniliklarning yuqori jangavor texnikadan, xususan temir uchlik qalqonlardan foydalanganligi

  2. Mitanniliklarning otliq qo’shindan foydalanganligi

  3. Xett qo’shinlari bir qismining mitanniliklar tomoniga o’tib ketishi D) A,B.

  1. Qadimda Old Osiyodagi eng yirik, sopol taxtachalardan iborat kutubxona qaysi shaharda joylashgan edi ?

A) Nineviyada B) Oshshurda C) Xattusasda D) Bobilda

3) Nima sababdan Urartu qo’shinlari Ossuriyaga qarshi to’g’ridan-to’g’ri janglarga kirmaslik taktikasini qo’llaganlar ?

A) Ossuriyaliklar Midiya, Bobil kabi kuchli davlatlar bilan doimiy harbiy ittifoqda bo’lganligi uchun

B) Urartular janglarda yolg’ondan chekinish taktikasini qo’llagan

C) Ossuriyaliklarni yengishning imkoni bo’lmaganligi uchun

D) To’g’ri javob yo’q

4) Qaysi davlat tahdidi xavf-xatari tufayli Xettlar Misr bilan sulh tuzishga majbur bo’lgan edi ?

A) Mitanni B) Urartu C) « dengiz xalqlari » D) Ossuriya

5) Bir necha Urartu hukmdorlari davrida to’plangan xazina mil.av. 704 yildagi jangdan so’ng qaysi davlat qo’liga o’tib ketgan ?

A) Bobil B) Misr C) Ossuriya D) Midiya

6) Mil.av. XI asrda ....

A) Tir-Sidon podsholigi tashkil topdi B) Finikiya alifbosi yaratildi

C) Midiya davlati vujudga keldi D) Isroil davlati vujudga keldi

7) Menua qaysi davlat hukmdori edi ?

A) Ossuriya B) Urartu C) Midiya D) Xett

8) Qadimda O’rta yer dengizining sharqiy sohilida vujudga kelgan yirik shaharlarni aniqlang.

1. Fiva 2. Tushpa 3. Tir 4. Sard 5. Sidon 6. Bobil 7. Ugarit

A) 1,2,3,4,5,6,7. B) 2,3,4. C) 3,5,7. D) 2,4,6.

9) Qadimda kassiylar, elamiylar qaysi davlat hududida yashaganlar?

A) Eron B) Iroq C) Hindiston D) Sharqiy Yevropa va Uralda

10) Qadimgi davlatlar va ularning poytaxtlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

1. Mauriya 2. Xett 3. Elam 4. Urartu 5. Ossuriya

a. Suza b. Nineviya c. Pataliputra d. Tushpa e. Xattusas

A) 1-c, 2-d, 3-b, 4-e, 5-a. B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e.

C) 1-c, 2-e, 3-a, 4-d, 5-b. D) 1-d, 2-e, 3-b, 4-a, 5-c.

11) Kir II tomonidan qaysi yili Armaniston hududi bosib olingan edi?

A) mil.av. 530 y. B) mil.av. 539 y. C) mil.av. 545-540 yillar

D) Kir II Armaniston hududiga yurish qilmagan

12) Dastlab forslar ……………………… da yashaganlar.

A) Eronning shimoli B) Kaspiy dengizining janubi-g’arbi

C) Eronning janubi, Fors ko’rfazi bilan tutash hudud D) Dajlaning yuqori oqimi

13) Doro I va Kserksning yuz ustunli zali bo’lgan saroyi qaysi shaharda joylashgan?

A) Persepolda B) Suzada C) Ekbatanda D) Naqshi Rustamda

14) Dastlab qaysi hukmdor o’z saltanatini satrapliklarga bo’lib idora etgan?

A) Sargon I B) Kir II C) Doro I D) Kserks

15) Ossuriya davlatining qulashidan 15 yil o’tgach ….

A) Teyshebaini shahri vayron etildi B) Urartu podsholigi tarix sahnasidan ketdi

C) Kir II Fors davlatiga asos soldi D) Solon Afina hukmdori bo’ldi

16) “Senuxet hikoyalari” qaysi mamlakat adabiyotiga tegishli?

A) Mesopotamiya B) Misr C) Bobil D) Hindiston

17) Xitoyliklar sholi yetishtirishni kimlardan o’zlashtirishgan?

A) so’g’dlardan B) oriylardan C) hindlardan D) sholi dastlab Xitoyda yetishtirilgan

18) Mil.av. IX asrda ....

A) – Eronga midiyaliklar va forslar kelib joylashishdi; - Midiyada qabilalar ittifoqi vujudga keldi

B) – Kiaksar hukmronligi boshlandi; - Finikiya alifbosi yaratildi

C) – O’rta Osiyoda temirdan mehnat qurollari yasala boshlandi; - Misr yangi podsholikka birlashdi

D) A,B,C.

19) Qaysi xalqlar e’tiqodiga ko’ra quyosh xudosi har tongda oltin aravada osmon bo’ylab yo’lga tushadi deb tushunishgan?

A) misrliklar B) bobilliklar C) hindlar D) xettlar

20) Qaysi xudo raqsga tushayotgan ayol qiyofasida bo’lib, bunyodkorlik va vayrongarchilik xudosi hisoblangan?

A) Ishtar B) Shiva C) Indra D) Braxma

21) Qadimgi Hindistonda qanday kishi jamiyatdan haydab yuborilar va hech kim u bilan muloqot qilishga haqli bo’la olmasdi?

A) O’g’irlik qilgan kishi B) Chandallar C) Sigirni o’ldirgan kishi D) Qullar

22) Aleksandr Makedonskiy qachon Panjob hududiga bostirib kirgan edi?

A) mil.av. 329 y. B) mil.av. 325 y. C) mil.av. 327 y. D) mil.av. 323 y.

23) Chandragupta asos solgan Mauriya davlati ………………………… o’z tarkibiga olgan.

A) Shimoliy Hindistondagi barcha davlatlarni B) Hind daryosi sohilidagi davlatlarni

C) Eronning bir qismi, butun Hindistonni D) Janubiy Hindistonni

24) Mamlakatni 36 viloyatga taqsimlab boshqargan hukmdorni aniqlang.

A) Doro I B) Sargon I C) U – Di D) Sin Shixuandi

25) Milodiy IV asrda Xitoy .......

A) Xunnlar tomonidan bosib olindi B) Yagona davlat bo’lib birlashdi

C) Uchta podsholikka parchalanib ketdi D) Sharqdagi eng qudratli davlatga aylandi

26) Sin Shixuandi hokimiyat tepasiga kelishidan 40 yil o’tgach .......

A) Lyu Ban boshchiligida qo’zg’alon boshlandi B) Gala podsholiklar davri tugadi

C) “Qizil qoshlilar” qo’zg’aloni boshlandi D) Buyuk Xitoy devori qurilishi yakunlandi

27) Sin Shixuandi maqbarasi .... yil davomida .......... kishi tomonidan qurilgan.

A) 72, 370 ming B) 37, 720 ming C) 25, 6000 D) 40, 750 ming

28) Qaysi dinda xudo odamlarni azob-uqubatlardan xalos eta olmaydi, degan tushuncha mavjud edi?

A) Misr dinida B) Zardushtiylikda C) Buddaviylikda D) Braxmanlikda

29) Mil.av. VII-VI asrlarda Hindistonda vujudga kelgan davlatlarni aniqlang.

1. Magadha 2. Umma 3. Koshala 4. Shan 5. Malla 6. Mauriya 7. Gupta

A) 1,2,3,4,5,6,7. B) 1,3,5,6,7. C) 1,3,5. D) 1,4,6.

30) Ko’rsatilgan qabilalardan qaysi biri qadimda Sharqiy Yevropa va Uralda yashaganlar?



A) oromiylar B) kassitlar C) oriylar D) urartlar
Yüklə 25,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə