Qarshi davlat universiteti



Yüklə 46,98 Kb.
səhifə1/11
tarix03.02.2023
ölçüsü46,98 Kb.
#100116
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MADINA OCHILOVA kurs ishi


О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
pedagogika fakulteti
amaliy psixologiya yо‘nalishi
019-58 guruh talabasi
NE`MATOVA BARIYAning
Umumiy psixologiya fanidan
KURS ISHI


Mavzu: KO`RGAZMALI OBRAZLI VA KO`RGAZMALI HARAKATLI TAFAKKUR

Bajardi: _________________
Qabul qildi: _________________


Qarshi – 2022
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………..3

  1. Tafakkur haqida umumiy tushuncha……………………………….5

  2. Ko'rgazmali-karakat tafakkur………………………………………8

  3. Kо’rgazmali- obrazli tafakkur………………………………………9

  4. Tafakkur sifatlari.................................................................................17

  5. Xulosa…………………………………………………………………25

  6. Foydanilgan adabiyotlar……………………………………………..27


Kirish.
Tafakkur ijtimoiy hayot sharoitida shakllanadigan jarayon bo‘lib, u dastavval keng predmetli faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi. Keyinchalik u «aqliy» xatti-harakat xarakterini oluvchi shaklga aylanadi. Tafakkur inson bilish faoliyatining oliy shakli sifatida atrof olamni umumlashtirgan holda vositali aks ettirish imkonini beradi, predmetlar bilan hodisalar o‘rtasida aloqa va munosabatlarni tashkil qiladi.
Tafakkur — yangilikni qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir. Bu yangilik sub'ektiv bo‘lishi, ya'ni uni kimlardir qachonlardir topgan bo‘lishi mumkin, lekin sub'ekt tafakkur jarayoni yordamida o‘zi uchun uni yangidan kashf etadi, aks holda biz ko‘proq xotira, o‘tgan tajribalarimizni qayta tiklagan bo‘lamiz. Bolalarni o‘qitishda tafakkurning shu muhim xususiyatini asos qilib olish mumkin.
Maktabgacha tarbiya yoshi — psixik rivojlanishning intensiv bosqichi hisoblanadi. Aynan mana shu yoshdan bolada juda katta o‘zgarishlar ro‘y beradi, ya'ni psixofiziologik funktsiyalarning takomillashuvidan boshlab, to murakkab yangi shaxsiy obrazlarning paydo bo‘lishigacha bo‘lib o‘tadigan jarayonlar sodir bo‘ladi. Yangi obrazlarni, xayoliy hodisalarni analiz qilish maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga xosdir, ammo natijalar hamisha ijobiy bo‘lmasa ham, bolalar faoliyatini tahlil qilganimizda, biz shu narsaga amin bo‘ldikki, bolalar predmetlarni tasavvur qilibgina qolmay, ularning o‘zaro bog‘liqligini ham xayolan tasavvur qilar ekan.
Tasavvurning rivojlanishi, tafakkurning shakllanayotgan jarayoni bilan tavsiflanadi, bu shakllanish bolaning xayoliy tasavvurlarining ixtiyoriy ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqdir. Bunday imkoniyat 5-6 yoshli bolalarda yanada Yuqoriroq bo‘ladi, chunki bola yangi aqliy harakat usullarini juda tez o‘zlashtirib oladi. Aqliy faoliyatda yangi usullarning shakllanib borishi, tashqi predmetlarning harakatini o‘zlashtirib olishdagi bola xatti-harakati, ta'lim va tarbiya jarayonida muhim ahamiyatga ega. Bu, o‘z navbatida, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning obrazli tafakkuri rivojlanishi uchun eng maqbul imkoniyat davridir.
4-5 yoshli bolalarda ko‘nikma va malakalarning rivojlanishi hamda shakllanishida intensivlik ko‘zga tashlanadi, bu esa tashqi muhitni o‘rganishga zamin yaratadi. Aql rivojlanishidagi bunday ko‘rsatkich, ko‘rgazmali harakatli tafakkurga «tayyorgarlik davri» hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida, bolaning o‘rab turgan atrof-muhitni o‘rganish jarayonida faktlarga asoslangan holda tasavvur va tushunchaga ega bo‘la olishiga ko‘mak beradi. Ko‘rgazmali-harakatli tafakkur turi, tafakkurning yangi turlari shakllanishiga, ya'ni ko‘rgazmali-obrazli tafakkurning rivojlanishiga xizmat qiladi. Bu shu bilan ta'riflanadi-ki, bola muammoli vaziyatlarning echimini tasavvurlar shaklida qabul qilgan holda amaliy harakatlarni qo‘llamaydi. Maktabgacha tarbiya yoshining so‘ngida ko‘rgazmali-obrazli tafakkurning eng Yuqori formasi–ko‘rgazmali-sxematik tafakkurning rivojlanishi ko‘zga tashlanadi.
Ko‘rgazmali-sxematik tafakkur tashqi muhitni o‘zlashtirib olish uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi, ya'ni har xil predmetlarni va hodisalarni umumlashtirishning modeli uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, tafakkurning ko‘rgazmali-sxematik formasi, mantiqiy tafakkurni rivojlantirishning asosiy negizi hamdir.


Tafakkur haqida umumiy tushuncha
Inson atrof-olam (narsa,hodisalar, insonlarni) va o‘zini turli xil faoliyatlarni bajarish va bu ob’ektlarga ta’sir ko‘rsatgan holda ma’lum bir ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga molik maqsadlarga erishish uchun o‘rganadi. Sezgi, idrok va tasavvurlar ixtiyorsiz diqqat va ko‘rgazma-obrazli xotira bilan hamkorlikda insonga aniq bir ob’ektlar va ularning bevosita o‘rganiladigan xossalari haqida ma’lumot beradilar. Psixik aks ettirishning bu shakllari inson tomonidan ob’ektiv reallikni bilishning hissiyotli asoslaridir. Lekin alohida jismlar va real olam hodisalarini bilish istalgan amaliy vazifani hal etishda yuzaga keladigan uch ahamiyatga ega bo‘lgan savolga javob topish uchun etarli emas. Bu savollar: «yuzaga kelgan vaziyatda nimani, qay tarzda bajarish mumkin, va bu harakat natijasida nima hosil bo‘ladi?»dan iborat.
Bu savollarga javob izlashda bizlarga tafakkur yordam beradi. Avvalambor, tafakkur yuksak darajadagi bilish psixik jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayonning mohiyati inson tomonidan voqelikning faol ijodiy aks ettirish va o‘zgartirishdan iborat. Tafakkur bevosita idrokda anglaymaydiganlarni ochib beradi; u olamni ahamiyatli aloqalar va munosabatlarda, uning turli xildagi vositalarida aks ettiradi. Tafakkurning asosiy vazifasi real bog‘liqliklarga asoslangan zarur aloqalarni vaqt va fazodagi tasodifiy mos kelishlardan ajratgan holda aniqlashdan iborat. Tafakkur jarayonida tasodifiydan zaruratga, ayrimlikdan umumiylikka o‘tish sodir bo‘ladi.
Shunday qilib, tafakkurni voqelikni umumlashtirilgan va vositalangan aks ettirish sifatida ta’riflash mumkin. Bundan tafakkurning muhim belgilaridan biri umumlashtirishdan iboratligi kelib chiqadi. Voqelikni umumlashtirgan holda aks ettirish birgina odam va zamondoshlarining emas, balki, o‘tmish avlodlarining ham tajribasini qayta ishlab chiqish natijasidir. Bu tajriba til yordamida og‘zaki va yozma nutqda (o‘qituvchilar ma’ruzalarida, kitob, darsliklarda va h.k.) ifodalangan. Shuning uchun tafakkur ko‘plab odamlar bilimlarini umumlashtiradi.
Tafakkur jarayonida inson amaliy faoliyat, obrazlar va tasavvurlar, modellar, chizmalar, belgilar, til kabi jismli va ijtimoiy olamning ahamiyatli aloqa va munosabatlariga kirib borish maqsadida, insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan turli xildagi vositalardan foydalanadi.

Tafakkurning ikkinchi muhim belgisi voqelikni analizatorga bevosita ta’sir ko‘rsatmay, ko‘pchilik hollarda asboblar ko‘magida olingan qo‘shimcha belgilar yordamida anglanadiganlarni tushunish va namoyon qilish imkonini yaratuvchi vositali tarzda aks ettirishdir. Hodisalarning qonuniyatlari, ichki aloqalari bizning ongimizda hodisalarning tashqi belgilarida vositali tarzda namoyon bo‘lishi bilan inson ichki, barqaror o‘zaro aloqalarning belgilarini aniqlab oladi.


Tafakkurning o‘ziga xos xususiyati bilish yoki amaliy faoliyat jarayonida yuzaga keladigan u yoki bu vazifani bajarish bilan bog‘liqligidan iborat. Tafakkur muammoli vaziyatdan, tafakkurning maqsadi bo‘lgan savolga javobdan boshlanadi.
Tafakkurning alohida muhim o‘ziga xos xususiyati-bu uning nutq bilan uzluksiz aloqasi. Tafakkur va nutqning bunday aloqasi, avvalambor, fikrlarning, hatto, nutq tovush shakliga ega bo‘lmagan holat, masalan, kar-soqov odamlarda ham nutq shakliga mujassamlashtirilishida o‘z ifodasini topadi. Biz doimo so‘zlar orqali fikr yuritamiz.
Qisqartirilganlik, muxtasarlik, ixchamlilik xususiyatiga ega bo‘lgan yashirin, tovushsiz, ichki nutq insonning tafakkur mexanizmi bo‘lib hisoblanadi.
Nutq tafakkur qurolidir. Ma’lum fikr so‘zlar bilan ifoda etilganida tafakkur jarayoni amalga oshiriladi. Fikrni so‘z bilan ifoda etish-ifodalash motivi (nutqiy maqsad), ichki nutq, fikrni tashqi tomondan nutqiy ifodalash kabi bosqichlaridan iborat bo‘lgan murakkab jarayon.
Tafakkur-bu narsalar mohiyatini ochib beruvchi g‘oyalar harakati. Uning natijasi obraz emas, balki ma’lum bir fikrdir. Tafakkur-bu kiritilgan yo‘nalishli-tadqiqiy, qayta o‘zgarishli va bilish xususiyatiga ega bo‘lgan harakatlar va muolajalar tizimini taxminlovchi alohida turga ega bo‘lgan nazariy va amaliy faoliyat.
Tafakkur moddiy olam qonuniyatlari, tabiat va ijtimoiy-tarixiy hayotdagi sababiy-oqibat aloqalari, insonlar psixikasi qonuniyatlarini tushunish imkonini beradi. Aqliy faoliyat natijalarini qo‘llash sohasi bo‘lgan amaliyot tafakkur faoliyatining manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Tafakkur psixik faoliyat sifatida miyaning vazifasi hisoblanadi. Oddiy psixik jarayonlar, masalan, sezgilar uchun asos vazifasini o‘taydigan yuqoriroq darajadagi miya jarayonlari tafakkurning fiziologik asosini tashkil etadi. Lekin hozirda tafakkur jarayonini ta’minlovchi barcha fiziologik tuzilmalarning o‘zaro ta’sir etish tartibi va ahamiyati haqida aniq fikr mavjud emas. Tafakkur faoliyatida miya peshona qismlari alohida ahamiyatga ega ekanligi shubhasizdir. Bundan tashqari, bosh miya po‘stlog‘ining tafakkurni gnostik (bilish) vazifasi bilan ta’minlovchi doirasi, shuningdek, tafakkur jarayonini ta’minlovchi miya nutq markazlari ham katta ahamiyatga ega.
Tafakkurning ikki darajasi mavjud: fahm-farosat-abstraksiyalardan foydalanish o‘zgarmas chizmalar, namunalar chegarasida sodir bo‘ladigan oddiy tafakkur, sog‘lom fikr, tafakkurning boshlang‘ich darajasi, uning mantiqiy mazmunini emas, balki, ibora va dalillar tuzilishini o‘rganadi, bu aniq, izchilliklik bilan mulohaza yuritish, fikrlarni to‘g‘ri tuzish, dalillarni qat’iy tizimlashtirish, tasniflash layoqati; aql (dialektik tafakkur)-abstraksiyalarni ijodiy qo‘llash va ular tabiatini ongli tadqiq etish xususiyatiga ega bo‘lgan nazariy bilishning oliy darajasi, aql yordamida inson narsalar mohiyati, ularning qonunlari va qarama-qarshiliklarini anglab etadi. Ko‘rgazmali-obrazli tafakkur obrazlarni qo‘llash bilan bog‘liq. Bu tafakkur odam biror masalani echishda turli obrazlarni, hodisalar va jismlar haqidagi tasavvurlarni tahlil qilishida, qiyoslashtirishida, umumlashtirishida namoyon bo‘ladi.

Yüklə 46,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə