Qattiq jismlarning mexanik xossalari. Moddalarning issiqlikdan kengayishi



Yüklə 116,5 Kb.
səhifə1/6
tarix21.05.2022
ölçüsü116,5 Kb.
#87554
  1   2   3   4   5   6
Qattiq jismlarning mexanik xossalari. Moddalarning issiqlikdan k


Aim.uz

Qattiq jismlarning mexanik xossalari. Moddalarning issiqlikdan kengayishi
Reja:

  1. Qattiq jismlarning deformatsiyasi va ularning tuzilishi.

  2. Qattiq jismlarning issiqlikdan kengayishi.

  3. Masalalar yechish

O’quvchi bilishi kerak:
Qattiq jismlarning mexanik xossalari. Moddalarning issiqlikdan kengayishi. Qattiq jismning deformatsiyasi, deformatsiya va qattiq jismning tuzilishi, materialning mustahkamligi, moddaning plastikligi, moddaning mo’rtligi, issiqlikdan kengayish, chiziqli kengayish, suyuqliklarning issiqlikdan kengayishi, suv zichligining temperaturaga bog’liqligi, suv muzlaganida kengayishi va uning oqibatlari.
Mavzuning maqsadi: O’quvchilarga Qattiq jismning deformatsiyasi. Qattiq jismlarning issiqlikdan kengayishi va ularning qo’llanishi haqida turshunchalar berish.
Mavzuning bayoni:
1. Mexanika bo`limida qattiq jism deformatsiyasiga to`xtalib o`tilgan edi. Shuni ta’kidlash lozimki jism na faqat tashqi kuch, balki qizitish va sovitish natijasida ham o`z shaklini, va demak ichki energiyasini o`zgartirishi mumkin.
Tashqi kuchlar ta’sirida, qizitilganda yoki sovitilganda jism hajmining va shaklining o`zgarishiga qattiq jismning deformatsiyasi deyiladi.
Deformatsiyalovchi sabab olingandan so`ng jism o`zining dastlabki holatini to`la tiklasa elastik deformatsiya, tiklamasa plastik deformatsiya deyiladi. Moddalar elastiklik va plastiklik xossalariga ega bo`ladi. Masalan po`lat, rezina, teri, mis, mum-plastik moddalardir. 
Deformatsiya va qattiq jismning tuzilishi. Deformatsiya natijasida kristall panjara tugunlarida joylashgan zarralarining bir birlariga nisbatan siljishlari ro`y beradi. Bu esa zarralar o`rtasida vujudga kelgan o`zaro ta’sir kuchlari muvozanatining buzilishiga olib keladi. Natijada zarralarni dastlabki o`rnilariga qaytarishga harakat qiluvchi ichki elastiklik kuchlari Fel­ vujudga keladi.
Har qanday deformatsiyani amalga oshirish uchun ish bajariladi yoki issiqlik miqdori beriladi. Deformatsiyalangan jism ichki energiyasining o`zgarishi tashqi kuchlar ta’sirida bajarilgan ish yoki berilgan issiqlik miqdoriga teng bo`ladi. Misol uchun elastik ravishda cho`zilgan yoki siqilgan sterjenning potentsial energiyasi qo`yidagicha o`zgaradi.

bu yerda A shu deformatsiyani amalga oshirgan tashqi kuchlar ishi. S-deformatsiyalanuvchi jismning ko`ndalang kesimi yuzasi, l-uzunligi, E-yung moduli.
Ko`rinib turibdiki elastik ravishda cho`zilgan sterjenning potentsial energiyasi deformatsiya kvadrati (Δl)2 ga to`g`ri proportsional.
Turli xil qurilmalarni loyihalashda materiallarning mustahkamligini hisobga olish kerak. Materiallarning mustahkamligi deb, u buzilmasdan chidashi mumkin bo`lgan yukka (og`irlikka) aytiladi. Mahkamlik chegarasi σm deb normal mexanik kuchlanishning yuk chidashi mumkin bo`lgan eng katta qiymatiga aytiladi;

Yüklə 116,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə