Qattir jismli lazerlar va ularning afzalligi



Yüklə 207,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix31.12.2021
ölçüsü207,06 Kb.
#81430
  1   2
852-Article Text-2673-1-10-20210331



Proceedings of Global Technovation 

5

th 

International Multidisciplinary Scientific Conference 

Hosted from Berlin, Germany  

https://conferencepublication.com 

 

March  30

th

 2021 

 

245 



QATTIR JISMLI LAZERLAR VA ULARNING AFZALLIGI 

 

Yusupova Madinabonu A'zamjon qizi  



Chirchiq oliy tank qo'mondonlik bilim yurti o'qituvchisi 

Alimova E'tiborxon A'zamjon qizi  

Namangan davlat universiteti magistranti. Andijon viloyati Baliqchi tumani 35 

umumiy o'rta talim maktabi o'qituvchisi. 

Ibragimova Dinora Ma'rufjon qizi 

And tumani 54-umumiy òrta ta'lim maktabi 

 

Ma’lumki  optik  diapazondagi  elektromagnit  to’lqinlarning  manbai  har  qanday 



moddaning  tashkil  etuvchi  uning  atom,  ion  yoki  molekulalaridir.  Bu  zarralarni  tashqi 

elektromagnit  maydon  ta’siri  ostida  uyg’ongan  holatga  keltirish  mumkin.  Uyg’ongan 

holatdagi atomning yashash davri 10

-8

 s ga teng. Bunday holatdagi atomga tashqi ta’sir misol 



uchun elektromagnit maydoni ta’sir etmasa u holda uyg’ongan holatni xarakterlovchi yuqori 

energetik  satxdan  pastki  energetik  satxga  o’tish  o’z-o’zidan  ya’ni  tasodifiy  ravishda  amalga 

oshadi.  Bunday  o’tish  natijasida  xosil  bo’ladigan  nurlanish  jarayoniga  spontan  nurlanish 

deyiladi.  

1916  yilda  A.Eynshteyn  jismlar  nur  chiqarishining  kvant  xarakterini  tahlil  qilib 

nurlanishni  ikki  turi  –  spontan  (o’z-o’zidan)  va  majburiy  (induksion)  nurlanishlar  mavjud 

ekanligini  nazariy  jixatdan  asosladi.  Spontan  o’tish  paytida  uyg’ongan  atomlarning  yuqori 

energetik satxdan pastki energetik satxga o’tishi tashqi ta’sirga ya’ni elektromagnit maydon 

ta’siriga  bog’liq  bo’lmaydi,  ya’ni  bu  holda  hosil  bo’ladigan  nurlanish  mustaqildir.  1939  yilda 

V.A.Fabrikant birinchi marta yorug’likni kuchaytiradigan muhit hosil qilish mumkinligini va 

shu muhitda nur majburiy nurlanish xisobiga kuchaytirilishi g’oyasini olg’a surdi. 1960 yilda 

esa  T.  Meyman  tomonidan  qattiq  jismli,  optik  diapazonda  (λ  =  6943  А

 

  )  ishlaydigan  optik 



generator yasaldi. Bunday generatorlar lazerlar deb ataladi.  

Lazerlar uchta asosiy qismdan iborat : aktiv muxit, majburiy yig’ish (optik nakachka) 

sistemasi, optik rezenator. 

Aktiv muxitning agregat holatlariga ko’ra lazerlar quyidagi turlarga bo’linadi:  

a) Qattiq jism lazerlari 

b) Bo’yoq eritmasi asosida ishlaydigan bo’yoq lazer 

v) Gaz lazeri  

g)Yarim o’tkazgichli va kimyoviy lazerlar. 

Qattiq jism lazеrlariga misоl sifatida yoqut, ittriy – alyuminiy granati (IAG) va shisha 

lazеrlarini  ko’rsatish  mumkin.  Aktiv  iоnlar  kristallik  yoki  amоrf  jismlar  panjaralariga 

aralashma sifatida kiritiladi. Qattiq jism lazеrlarining aktiv mоddalari uch va to’rt enеrgеtik 

satxlidir.  Qattiq  jism  lazеrini  ishlatish  qulay,  оsоn  va  quvvati  juda  katta.  Lazеrlarning 

taraqqiyoti umuman qattiq jism lazеrlaridan bоshlangan. 

 




Yüklə 207,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə