Qo’y muchali yilida tug’ilganlar 1919, 1931, 1943, 1955



Yüklə 23,73 Kb.
tarix05.09.2018
ölçüsü23,73 Kb.
#66756


QO’Y MUChALI YILIDA TUG’ILGANLAR

  1. 1919, 1931, 1943, 1955, , 2015 yillarda tavallud topganlar

Sharq xalqlarida qadimdan hozirgacha qo’ylar odamlar ,va bo’rilarning emishi sanalib, yuvoshligi, qanoatliligi, bosh egishi, itoatkorligi bilan qadrlanib kelingan. Shunday sifat va fazilatlar mazkur muchal yilida tug’ilganlarga ham xosdir.

Mazkur muchal yilida tavallud topganlar iste’dodli kishilardir. Ular boy hayotiy tasavvurga,


83



hissiyotga, tug’ma qobiliyatga ega bo’Lib, go’zallik shaydosidirlar.

Qo’y yilida tug’ilganlar Sharq muchal taqvimiga ko’ra - tasviriy san’at bo’yicha tug’ma iqtidor va qobiliyatga ega bo’ladilar. Ular tortinchoq, tushkunlikka beriluvchan, kishilardir Qo’y belgisidagi erkaklarni (ayollarni ham) ko’proq g’ayritabiiy va sirli hodisalar qiziqtiradi.
Hayotiy muammolar oldida xuddi qassob oldida oyoq, qo’li bog’lagan qo’y kabi o’zlarini ojiz, najotsiz ko’radilar. Ular yumshoq xarakterga ega bo’lib, tabiatlarida injiqlik ko’p bo’ladi va ota-onalari, yaqinlari tomonidan hozirlab qo’yilgan qulayliklarni yoqtiradilar.
Yaxshi ta’bga ega bo’lib, o’zlari qiziqib tanlagan kasbi bo’yicha maroq bilan ishlaydilar. Mulohazali va ko’ngilchandirlar. Aksariyat hollarda ular modtsiy jihatdan ta’minlangan bo’ladilar. Ular boshqalarga yoqadilar va atrofidagi yaqinlariga tobe bo’ladilar.

Hayotda mustaqil bo’lishga qiynaladilar. Ularda mas’uliyat hissi, tashabbuskorlik, iroda kabi xususiyatlar kam bo’lib, ko’proq tashqi, atrof-muhit ta’sirida bo’ladilar. Shuning uchun ham ular jamoatda ishlashni ma’qul qo’radilar. Chunki jamoat tomonidan ular qo’llab-quvvatlanadilar. Mabodo, qo’llab-quvvatlovchi, yordam beruvchilar bo’lmasa, ular qashshoqlik va muhtojlikda kun kechiradilar.


84





Mazqur muchal yilida tug’ilganlar orasida yozuvchilar, shoirlar, artistlar, yuqori tabaqalar orasida yuruvchi, ular hisobidan kun ko’ruvchi ayollar qo’p uchraydi. Ularning hayoti, taqdiri o’zlaridan qo’ra, ko’proq atrofidagilarga bog’liq bo’ladi.

Qo’y muchalidagi erkaklar: Mazkur muchalda tug’ilan erkaklar ko’ngliga yoqqan mashg’ulot bilan yoki umuman nima bilan shug’ullanish kerakligini tezda hal eta olmaydilar. Garchi ular hamma bilan ham chiqishadigan, murosali bo’lsalar-da, o’zlarining qat’iy tamoyillari, odatlari va qarashlari bor. Agar siz u bilan birga yashashga axd qilgan bo’lsangiz, albatta ana shularni hisobga olishingiz zarur. O’z xarakterlariga ko’ra, mazkur muchal sohiblari tartib-intizomga u qadar rioya qilmaydigan, ish yoki o’qishga doimo kech qolib keladigan bo’ladilar.

Ko’y muchalida tug’ilgan erkaklarning hayoti ko’proq ota-onasiga, yaqinlariga bog’liq bo’ladi. Ularning har jihatdan, ayniqsa, moddiy-moliyaviy jihatdan yordamlariga muhtojdirlar. O’z tabiatlariga ko’ra juda ham nozikta’b, jur’atsiz bo’lganliklari sababli ularni ruhiy bosim ostiga olish mumkin emas. Ularning hayotiy xavfsizligi ta’minlansa, har qanday turmush sharoitiga moslasha oladilar.

Qo’y muchalidagi ayol(tsiz)lar: bu ayol(qiz)lar ko’ydek «yuvosh», tom ma’noda go’zallik va nafislik timsolidirlar. Ko’y muchali - ayol(qiz)lar muchali sanaladi. Ushbu muchalda tug’ilgan ayol(qiz)lar, atrofdagilarni o’zlariga sehrlab oladilar. Ular juda ham yoshlik chog’idan o’zlariga e’tibor berib, hammaning diqqat markazida bo’lishga intiladilar.

Moliyaviy masalalarda qiyinchiliklarga uchraydilar. Chunki bu borada ular no’noq bo’lib, hech bir narsani o’zlari mustaqil hal eta bilmaydilar va doimo ularga kimlarningdir rahnamolik qilishlariga


85



muhtoj bo’ladilar. Birinchi raqamda bo’lishular uchun emas.

Mazkur muchaldagi ayol(qiz)larning xushtorlari, muxlislari ko’p bo’lib, ularning qaysi birini o’ziga munosib, deb tanlashga juda qiynaladilar. Qo’y belgisidagi ayol(qiz)lar jur’atsiz, juda ham ishonuvchan, noziktabiat, tantiq va injiqdirlar. O’z shaxsiy hayotini yo’lga qo’yishga qiynaladilar. Yaqinlari, ota-onasi, aka-ukalari va boshqalar tomonidan ular qo’llab-quvvatlanishi, har jihatdan yordam berib turilishi lozim bo’ladi. Chunki bu ayol(qiz)larga to’kin hayot va qulay yashash sharoiti juda ham kerak.

Qo’y muchalidagi ayol(qiz)lar uy, ro’zg’or uchun yaramaydigandek tuyulishi mumkin. Doimo ham shunday emas. Ularning ko’pchiligi o’z hayotini, vaqtini oilasi va uyiga baxsh etadilar. Uy ishlarini bajaradilar, ajoyib, xushta’m ovqatlar tayyorlaydilar, bolalarga qaraydilar, uyni saranjom-sarishta qiladilar. Tabiatlariga ko’ra, bu ayol(qiz)lar juda ham mehmondo’st bo’lib, ularning uyidan mehmonlar arimaydi.

Mazkur muchalda tug’ilgan ayol(qiz)lar ichida aslzoda va kiborlar davrasini xush ko’rib, ular hisobidan kun kechiradiganlari ham uchraydi.

Sharq muchal yillari ta’biriga ko’ra, Qo’y muchali ham har 60 yilda o’zining besh unsur bo’yicha xususiyatlariga ega bo’ladi. Bular quyidagilardan iborat.

  1. Metall unsuridagi Qo’y muchal yillari: 1931, 1991, 2051 yillar.

Mazkur muchal yilida tug’ilganlar har ishni aql tarozisi ilatortib, astoydil, sinchiklab, tirishib amalga oshiradilar. O’zlari tanlagan soha, ixtisoslik bilan bog’liq barcha vazifalarni o’z vaqtida


86





bajarishga intiladilar. O’zlariga ishonchlari bo’lishiga qaramay, ko’pincha arzimagan narsalardan ham xavotirlanadilar, vahima qiladilar. Oilasi va hamkasblariga nisbatan xayrixohdirlar. Shuning uchun ham ularning do’stlari ko’p. Ularning xonadoni doimo shinam va did bilan bezatilgan bo’ladi. Eski, tarixiy, san’at asarlarini, osori atiqalarni yig’ishni yoqtiradilar.

Metpall unsuridagi Qo’y muchal yilida tpugilganlar arzimas narsalarga, muammolarga ko’pam tashvishlanmasliklari tavsiya etiladi. Agar biron-bir muammoga duch kelsalar, o’z yogiga o’zi t^ovurilishni bas t^ilib, atprofidagi yaqnlariga murojaat etishlari maqadga muvofits.

  1. Suv unsuridagi Qo’y muchal yillari: 1943, 2003, 2063 yillar.

Mazqur muchal yilida tug’ilganlar juda ham elpatak bo’lib, tezda va ko’p do’stlar ortiradi. Manfaatli, serdaromad ishlarni oldindan sezish qobiliyatiga ega. Ammo boshlagan ishlarini doimo ham oxirigacha olib bormaydilar.

Dunyoda hamma narsadan ham ko’proq, uyda ham, ish joyida ham tinchlikni, halovatni yoqtiradilar. O’tish davridagi kabi o’zgarishlardan esa qiynaladilar. Shuning uchun ham hozirgi davrda ularga havas qilib bo’lmaydi. Chunki har bir kunimizda va har joyda shiddat bilan o’zgarishlar yuz bermoqda.

Suv unsuridagi Qo’y muchalida tug’ilganlar hazil-mutoyibaga moyildirlar va bolalar bilan ham tez til topishadilar.

Suv unsuridagi Qo’y muchal yilida tugilganlar o’zlarini bir yo’nalish bo’ylab safarbar qilishga, diqqatlarini jalb etishga va boillagan ishlarini oxirigacha etkazib bajarishga o’rganmotslari maslahat beriladi.


87



I


  1. Bg’och unsuridagi Qo’y muchal yillari: 1955, 2015, 2075 yillar.

Mazkur muchal yilida tug’ilganlar bag’rikeng, ochiqko’ngil kishilar bo’lib, doimo xizmatingizga tayyordirlar. Ularning do’stlari, tanish-bilishlari ko’p bo’lib, ko’plab sohalar bo’yicha faoliyat ko’rsata oladilar. O’ta ishonuvchan bo’lganliklari sababli o’zgalar ta’siriga ham oson tushib qoladilar. Moliyaviy masalalarda omadli bo’ladilar va odamlar bilan oson va tez til topishadi.

Yogoch unsuridagi Qo’y muchal yilida tugnlganlar hayotiy masalalarda muvaffahiyatlarga erishishlari uchun ma’lum bir jihatdan ish boshharishni ham uddasidan chiha olishlari zarur. Shuning uchun ham hadeb birovlarning aytganiga so’zsiz bo’ysunavermasdan, o’z ahl-zakovatlari bilan ham yo’l tutishlari kerak bo’ladi.

  1. Olov unsuridagi Qo’y muchal yillari: 1907, 1967, 2027 yillar.

Mazkur muchal yilida tug’ilganlar hayotda o’zlari uchun nima zarurligini juda ham yaxshi biladilar. Shuning uchun ham ko’pincha ular o’z maqsadlariga etishlari uchun o’zlaridagi joziba, dilbarliklaridan zshumli foydalanadilar. Bu borada ushbu muchalda tug’ilgan ayol (qiz)larning oldiga tushadiganlari yo’q.

Ularning xarakterlari juda quvnoq, hammaga yoqadigan, kirishimli, dilkash bo’lib, to’y-yig’inlarda, quvnoq davralarda ishtirok etishni yoqtiradilar. Olov unsuridagi Qo’y muchalida tug’ilganlarning salbiy jihatlaridan biri, keraksiz narsa va buyumlarga qo’p mablag’ sarflaydilar.

Olov unsuridagi Qo’y muchal yilida tugilganlar o’z mahsadlariga etishishlarida juda ham boy va cheksiz bo’lgan o’y-xayollari domiga tushib holmaslikka harakat hilmohlari lozim. Bu


88





borada atrofidagi yahinlarining maslahatlariga ham huloh solishlari tavsiya etiladi. Chunki atrofdagilarning fikr va maslahatlari xayoliy harailardan ko’ra ma’hulrohdir. Shuningdek, turmush va ro’zgor uchun u hadar kerak bo’lmaydigan narsa va buyumlarga ortihcha pul sarf hilish ham durust emas.

  1. Tuproq unsuridagi Qo’y muchal yillari: 1919, 1979, 2039 yillar.

Mazkur muchal yilida tug’ilganlar o’z yaqinlariga, oila a’zolariga nisbatan juda e’tiborli, jonkuyar va mehribondirlar. Atrofdagilar nazdida doimo yaxshi taassurot qoldiradilar. O’z oilasi va do’stlaridan jonlarini ham ayamaydilar. Ishonchli, mas’uliyatli xodimlardir.

Tuproq unsuridagi Qo’y muchalidagilarning kamchiliklaridan biri pul bilan bog’liq oldi-berdilarni u qadar yaxshi bilmaydilar. Faqat sarf-xarajat qilishni qoyillatadilar.

Mazkur muchal sohiblarining qiziqish doirasi juda keng va xilma-xildir. O’z yaqinlaridan kimgadir yaqindan yordam berishdan huzur qiladi va ko’magini ayamaydi.

Tuproh unsuridagi Qo’y muchal yilida tugilganlar o’z xohishlarini, ko’ngil istaklarini jilovlay oliillari maslahat beriladi. Aks holda ularda hech hachon pul turish bermaydi. Chunki ularda o’zlari xohlagan narsalariga ega bo’lish istagi kuchlidir.


89



Qo’y muchalidagilar kimlar bilan turmush qurishlari mumkin yoki bunga tavakkal qilmasliklari lozim '

Muchallar ichida Quyon, Ot, Tovuk, va To’ng’iz muchalida tug’ilganlar bilan baxtli hayot kechirishlari kutiladi. Ana shu muchal egalari bilan oila kurishlari tavsiya etiladi.

QO’Y MUChALI - SIChQON MUChALI. Sichqon muchalidagining qancha puli, daromadi va boyligi Qo’y muchalidagilarni, ayniqsa ayol(qiz)larni befarq qoldirmaydi. Chunki Qo’y muchalidagilar oilaviy munosabatlarda to’kislik, moddiy-moliyaviy ta’minlanganlik sharoitida o’zlarini yaxshi his etadilar. Ammo Sichqonlar o’z juftining bunday erkaliklariga chiday olmasligi mumkin. Ularning o’zaro uzoq vaqt baxtli hayot kechirishlari qiyin kechadi. O’zaro oila qurishlari tavsiya etilmaydi.

QO’Y MUChALI - SIGIR MUChALI. Qo’y muchalidagilarning injiqliklari va beqarorliklarini Sigir muchalidagilar ko’tara olmaydilar. Sigir muchalidagilar Qo’y muchalidagi umr yo’ldoshiga nima kerakligini bir umr bilmasligi mumkin. Qo’y muchalidagilar esa Sigir muchalidagilar bilan birga yashaganlarida o’z juftidan faxrlana olmasliklaridan, ularda xushmuomalalik etishmasligidan aziyat chekadilar. O’zaro oila qurishlari tavsiya etilmaydi.

QO’Y MUChALI - YO’LBARS MUChALI. Qo’y muchalidagilar Yo’lbarslarga mos tushadigandek tuyuladi. Chunki Qo’ylar yuvosh, nozikta’b, jinsiy jihatdan ko’zga yaqin, ehtiroslidirlar. Qush muchalidagilarga ushing bilan faxrlanishlari, unga maftun bo’lgan muxlislar qancha ko’p bo’lsa, shu qadar xush yoqadi. Yo’lbarslar esa rashkchidirlar va bunday holatga toqat qila olmaydilar. O’z juftining rashk bo-


90





bidagi ta’na-dashnomlaridan Qo’y muchalidagilar iztirob chekadilar. Ularning ikkisi ham bunday holatga uzok, chiday olmaydilar. O’zaro oila kurish- lari tavsiya etilmaydi.

QO’Y MUChALI - QUYoN MUChALI. Quyon muchalida tug’ilganlar bilan o’zaro bir-birlariga yaqinlashtiruvchi omil - ikkisining ham artistlik mahorati, san’atga ishtiyoqmandlik kabi jihatlaridir. Quyon muchalidagilar Qo’ylarning xayolparastligi, boy tasavvurga egaligini yoqtiradilar. Qo’y belgisidagilar esa, mazkur muchaldagi juftining ehtiyotkorligi, har qanday vaziyatga to’g’ri baho bera olishligi kabi xislatlarini qadrlaydilar. O’zaro oila qurish- lari tavsiya qilinadi.

QO’Y MUChALI - AJDARHO (BALIQ) MUChALI.

Kuchli va kelishgan Ajdarho (Baliq)lar Ko’ylarni o’zlariga maftun eta oladilar. Ammo ular o’rtasida qurilgan oilaviy munosabatlardan har ikkisi ham mamnun bo’la olmaydi. Ajdarho (Baliq) muchalidagi juftining kelishganligi va go’zalligidan Qo’y muchalidagi juftlari o’zlarining jozibadorliklari- ni baland ko’radilar. Bunday munosabat Ajdarho (Baliq)larning nafsoniyatiga tegadi. O’zaro oila qurishlari tavsiya etilmaydi.

QO’I MUChALI - ILON MUChALI. Ilon muchalidagi o’ziga to’q va badavlat bo’lsa, Qo’ylar uning atrofida parvona bo’ladilar. Pul va boylik oldida Ko’ylar o’zlarining injiqliklarini ham esdan chiqaradilar va to’kis hayot kechirishlari uchun oilaviy rishtalarini mahkam bog’laydilar.

QO’Y MUChALI - OT MUChALI. Ot muchalidagilar bilan baxtli oila qurishga umid qilsalar bo’ladi. Ular o’zaro zosshash bo’lib, bir-birlarini qo’llab-quvvatlaydilar va oilaviy muammolarni birgalikda hal etishga harakat qiladilar. Ko’y muchalidagilarning



injikdiklarini Otlar o’zlarining hudbinliklari ila bartaraf eta oladilar.

QO’Y MUChALI - QO’Y MUChALI. Mazkur muchalda tug’ilganlar o’zlariga to’q, moddiy jihatdan ta’minlangan bo’lsalar, ular o’rtasida kurilgan oilada o’zaro intifoqlik, osoyishta hayot hukm suradi. Bir-birlaridan faxrlana oladilar. Asosiy muammo - kim-kimga tayanch bo’lishda. Chunki ular kimgadir suyanib, kimningdir homiyligi ostida yashashga moyildirlar. Bir-birlarining kamchiliklariga chidab yashashga to’g’ri keladi.

QO’Y MUChALI - MAYMUN MUChALI. Mazkur muchaldagilar birgalikda yashasalar, hech qachon zerikmaydilar. Ko’y muchalidagilarning boy tasavvzflari, Maymun muchalidagilarning o’tkir mushoha- dasi o’zaro uyg’un tushadi. Oilaviy hayot qiziqarli kechadi. Ular ajoyib do’st bo’la oladilar. Oilaviy munosabatlarda va sevgi bobida esa Maymun belgisidagilar o’z juftlarining barcha talablarini bajarishga qurbilari etmaydi. Qo’y muchalidagi juftining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini do- imiy ravishda ta’minlay olmaydi. O’zaro oilaviy munosabatlar uzoqqa bormaydi.

Oilada er - Qo’y, xotin esa Maymun muchalida tug’ilgan bo’lsa, Qo’yning ijodkorligini xotini u qadar qadrlamaydi. Maymun muchalidagi ayolga chaqqon, uddaburon, toparman-tutarmon er ko’proq ma’qul keladi.

Oilada er - Maymun, xotin esa Qo’y muchalida tug’ilgan bo’lsa, Qo’y muchalidagi ayol eridan ko’p narsa talab qiladi. Maymun muchalidagi er o’z juftining saxiyligi va ochiqko’ngilligidan ustalik bilan foydalanadi. Qo’y muchalidagi ayol esa, hech narsaga ega bo’lmaydi.

QO’Y MUChALI - TOVUQ MUChALI. Tovuq muchali- dagilar bilan qurilgan oilada ham turli murakkabliklar yuzaga kelishi kutiladi. Qo’y muchalidagi


92





(ayolini) juftini to’kis baxtli qilishlari uchun Tovuqlar moliyaviy jihatdan bakuvvat bo’lishlari talab qilinadi. Tovuq muchalidagilar Qo’ylarni tushuna olmaydilar. O’z juftidan moddiy-moliyaviy jihatdan ta’minlangan Ko’y muchalidagilar buning evaziga hech bir narsa bera olmaydilar.

Oilada er - Qo’y, xotin esa Tovuq muchalida tug’ilgan bo’lsa, bir-birlarini tushunishlari qiyin kechadi. Bunda Qo’y muchalidagi er o’z juftini hammaning oldida «yaraqlab» qo’zga tashlanishiga yo’l qo’ymaydi. Oilada er - Tovuq, xotin esa Qo’y muchalida tug’ilgan bo’lsa, ayniqsa, sevib turmush qurgan bo’lsalar, bori topgan-tutganini o’z jufti oyoqlari ostiga tashlaydi.

QO’Y MUChALI - IT MUChALI. Mazkur muchalda tug’ilganlar o’zaro baxtli hayot kechira olmaydilar. It muchalidagi Qo’ylarning xayolparastligiga toqat qila olmaydi. Chunki Itlar amaliy xatti-harakatlarga moyildirlar. Qo’y muchalidagilar esa o’z juftlaridan hech qanday manfaat ko’rmaydilar. O’zaro oila qurishlari tavsiya qilinmaydi.

QO’Y MUChALI - TO’NG’IZ MUChALI. Qo’ylarni qiziqtirgan narsa To’ng’iz muchalidagilarning boyligi, pulidir. O’ziga to’q bo’lgan To’ng’izlar bilan Qo’y muchalidagilar betashvish, yaxshi shart-sharoitda yashashlarini biladilar. Bundan tashqari, To’ng’iz muchalidagi jufti Qo’y belgisidagilarning injiqliklarini ham ko’taradilar. Maslahatimiz injiqliklar bobida haddilaridan oshmasinlar. Aks holda To’ng’iz muchalidagi juftining ham sabr kosasi to’ladi. O’zaro oila qurishlari tavsiya etiladi.

Qo’y muchal yilida tug’ilgan mashhur va taniq- li shaxslar: Epikur, Xristofor Kolumb, Zebuniso, Furqat, F.V. Shelling, Artur Konan Doyl, Migel Servantes, A.P. Chexov, Sergey Esenin, Omon Matjon, Voyjantemala, Artur Grigoryan, Artur Taymazov va boshqalar.


Yüklə 23,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə