8– laboratoriya mashg’uloti
Qushlar sinfi. Ko‘k kaptarning tashqi tuzilishi va pat qoplag‘ichini o`rganish
Tip: Cxordata– Xordalilar
Kenja tip: Vertebrata –Umurtqalilar
Sinf: Aves – Qushlar
Kenja sinf: Neornithes – Haqiqiy qushlar
Turkum: Columbiformes – Kaptarsimonlar
Oila: Columbidae - Kaptarlar
Tur: Columba livia – Ko’k kaptar.
Laboratoriya mashg’ulotining maqsadi. Qushlar tashqi tuzilishi va pat qoplamining havo muhitiga uchishga moslashganligi to’grisida tushuncha hosil qilish.
Laboratoriya mashg’uloti uchun jihozlar: endigina o’ldirilgan ko’k kaptar, vannachalar, scalpel, qaychi, pinset, preparoval nina-2 dona, doka ro’molcha 2 dona, tablitsalar.
Tashqi tuzilishi. Kaptar gavdasini bosh, bo’yin, tana va oyoq qismlariga bo’linishini ko’zdan kechiring (14.1-rasm). Qush qanotidan yoki dumidan 1 dona yirik (kontur) patni yulib olib, tuzilishi bilan tarnishing. Tipik pat egiluvchan o’q va birmuncha yumshoq yon plastinka – tashqi hamda ichki yelpig’ichlardan iborat.
Pat o’qining ustki uzun qismi tana deb ataladi. Pat o’qining yelpig’ichsiz pastki qismi qalam uchi deb ataladi, qalam uchining tubida teshigi bor. Pat tanasining ichki qismi g’ovak o’zak bilan to’lgan bo’lsa, qalam uchini bo’shlig’ida bir-biriga kirib turgan nozik shox qalpoqchalar bor.
Dostları ilə paylaş: |