Referat mavzu: Bemor bilan muloqot ko’nikmalari. Bemor bilan noverbal,verbal muloqot turlari



Yüklə 29,35 Kb.
səhifə1/2
tarix23.03.2023
ölçüsü29,35 Kb.
#102952
növüReferat
  1   2
Kamronbek TKK


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

Fan:Tibbiyot kasbiga kirish
REFERAT
Mavzu:Bemor bilan muloqot ko’nikmalari.Bemor bilan noverbal,verbal muloqot turlari


Bajardi:Karimova Mohinur 118-guruh
Tekshirdi:__________________________
TOSHKENT-2020
Reja:

  1. Shifokor va bemor muloqoti

  2. Noverbal muloqot turi

  3. Verbal muloqot turi

Bemor bilan muomalaga kirishishning o 'ziga yarasha shartlari bor, albatta. Shifokor bemor xastaligining taxminiy diagnozini, shaxsini, kasbini, ijtimoiy sharoitini, saviyasini, dunyoqarashini, bilim darajasini, lashqi psixik belgilarini o 'rganganidan so'ng, o 'zini ham bu muloqotga ruhan tayyorlaganidan keyingina u bilan muloqot qilish uchun ma'naviy haqqi paydo bo'ladi. Bemor va shifokor muloqoti (shartli ravishda) ikki doirada kechadi. Birinchi, tashqi doira zanjirida yuqorida aytilgandek, shifokorning bemor bilan muloqotga tayyorlanish bosqichidagi amallar kiradi. Ikkinchi, ichki doirani esa bemor shaxsini, uning kasallik sabablarini begilovchi dalillar zanjiri tashkil etadi.
Birinchi doira sohibining mahorat darajasi qay darajada yuksakligi uning ikkinchi doiraga «ko'prik» sola olish san'ati Man belgilanadi. Aynan shu «ko'prik» solinganidan so'ng bemor shifokorga ishonch va umid ko'zi bilan qaray boshlaydi.
Shifokor bemor bilan muloqotning avvalidayoq uning saviyasiga mos ravishda suhbatlashishi muhim. Bemor hunarmand bo'lsa, shunga mos maqomda, akademik bo'lsa, albatta, uning yuqori saviyasiga yarasha muomala qila olishi asosiy talablardandir. Shifokor beixtiyor bu holatning aksini qilsa, u holda o'zining tuzatib bo'lmas xato qilganini bir umr afsus bilan eslab yurishiga to'g'ri keladi. Shifokor bemorni o'rab turgan atrof-muhitga katta e'tibor bermog'i lozim. Uning botiniy va zohiriy ko'rinishi bemor bilan kechadigan muloqotiga bevosita ta'sir o'tkazishi mumkin. Xususan, bemor yotgan xona shinam, ozoda, havosi toza bo'lishi, albatta, uning ruhiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bu - botiniy ta'sirdir. Zohiriy ta'sir esa bemor atrofida kechadigan ijtimoiy hayot: boshqa bemorlarning, kichik tibbiy xodimlarning yoki tashrif buyuruvchilarning salbiy xatti-harakatida ko'rinadi. Bu ta'sirga, atrofdagi shovqin-suronlar, qo'shni bemorlarning muloqoti, hatto, shifokorning yoqimli bo'Iib tuyulgan tovushi, mimikasi ham kiradi.
Shifokor, bemor bilan muloqotga kirishar ekan, uning ko'z o 'ngida ma'lum ma'noda kamchiliklardan holi, yuksak axloqli inson sifatida gavdalanishi zarur. O'z axloq normalarini to'g'ri belgilay olmagan shifokor bemor ko'z o'ngida obro'sizlanadi. Obro'sini yo'qotgan shifokorning esa, tabiiyki, o'z bemori bilan talab qilingan saviyada muloqot qilishga ma'naviy haqqi bo'Imaydi. Shifokor ma'naviyati deganda, ma'nili fikrlashi, so'zlashi, shuningdek shaxsiyatidagi, tarbiya va odobidagi hamda amaliyotidagi barcha ijobiy xatti-harakatlar majmuasi tushuniladi.
Allomalar aytadilar-ku, yer yuzida uzoq muddat qamal qo'yishga eng muhtoj narsa tildir, deb. Shifokor aynan shu qoidadan holi sub'ekt bo'lmog'i kerak. Shuningdek, bemor bilan muloqotda uning diqqati va ixtiyorini shifokor suiste'mol qilmasligi, ya'ni so'zda me'yorni saqlay bilishi muhim. Aytar so'zni ayt, aytmas so'zdan qayt, deydilar. Shifokor bemor bilan muloqotda unga baayni zarur gaplardan so'zlamog'i uning amaliyoti uchun juda foydalidir. Ibn Burayda aytadi:«... Yaxshi so'zlarni so'zlagin, foyda topgaysan, yomon so'zni aytishdan o'zingni tiygin, salomat bo'lgaysan...» Zero, «Inson a'zolari ichida eng harakatchan va juda yengil harakat qiladigani til bo'Iib, shu bilan birga insonga eng zararlisi ham udir».
Bemor shifokor bilan muloqotdan so'ng o'zini ruhan tetik va yengil his etishi kerak, dedik. Mohir shifokor haqida aytish mumkinki, yaxshi suhbatdosh atirfurushga o'xshaydi, garchi u senga atridan bermasa ham xushbo'y hidi yetib turadi. Shifokor bemor ko'nglini ko'tarib agar u yosh bo'Isa, «hali to'yingizda osh yeymiz, xizmat qilamiz», yoshi ulug'roq bo'Isa - «hali nevara-yu chevaralaringizni boqib yurasiz», qabilida gaplar aytishi kerakki, bemor beixtiyor bunday ko'ngilga yoquvchi muloqotni mamnuniyat bilan eslasin. Har bir shifokor Mahmud Qoshg'ariyning: «Bilag'on odamlarning nasihatlaridan foydalan. Chunki yaxshi so'z ta'sir qilgach, dilga joylashadi», degan purhikmatlarini yodda olib qolishi foydadan holi emas. Zero, I.V. Gyote aytgandek, «so'zni ishonch bilan gapir,eshituvchilarga ta'sir etish esa o'z o'zidan kelib qoladi».

Noverbal aloqa - bu og'zaki yoki yozma ravishda so'zlardan foydalanmasdan xabarlarni yuborish va qabul qilish jarayonidir. Qo'l tilida ham deyiladi. Kursivlashtirish yozma tilni ta'kidlash kabi, og'zaki bo'lmagan xatti-harakatlar og'zaki xabarning qismlarini ta'kidlashi mumkin.
Nerval bo'lmagan aloqa atamasi 1956 yilda psixiatr Yurgen Ruesch va muallif Weldon Kies tomonidan "Nobalbal aloqa: insoniy munosabatlarning vizual idrokiga oid yozuvlar" kitobida kiritilgan.

Yüklə 29,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə