Referati mavzu: Ma’lumot-axborot hujjatlari. Tekshirdi: Nuradilova A. Bajardi: Raxmanova M. Toshkent 2021 Reja: 1



Yüklə 20,06 Kb.
səhifə1/7
tarix19.03.2022
ölçüsü20,06 Kb.
#84599
növüReferat
  1   2   3   4   5   6   7
10-mavzu

Nizmoiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yo‘nalishi 202-guruh talabasining O‘zbek tilini sohalarda qo’llanilish fanidan yozgan



REFERATI

Mavzu: Ma’lumot-axborot hujjatlari.


Tekshirdi: Nuradilova A.
Bajardi: Raxmanova M.

Toshkent - 2021


Reja:

1.


M A ‘ L U M O T – A X B O R O T H U J J A T L A R I

Ma’lumot-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, ular ish yuritish jarayonida ayniqsa ko‘p ishlatiladi. Bu guruh ariza, bayyonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimayi hol, tushuntirish xati, e’lon, hisobot kabi hujjatlarni o‘z ichiga oladi.



A R I Z A

Ariza muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat sanaladi. Ariza amaliyotda eng ko‘p qo‘llanadigan va kеng tarqalgan ish qog‘ozidir. Maktab o‘quvchisi va talaba, mеnеjеr va agronom yoki fеrmеr, muhandis va olim, tadbirkor va mansabdor shaxs – jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan xoli emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va lavozimi, ariza yo‘llanayotgan muassasalar va idoralar g‘oyat xilma-xildir. Arizalar bog‘cha mudirasiga, maktab dirеktoriga, oliy o‘quv yurti rеktoriga, jamoa xo‘jaligi boshqaruviga, tuman rahbariyatiga – xullas, oddiy arizachining taklif, iltimos yoki shikoyatini ko‘rib chiqib hal qila oladigan har qanday idora, har qanday boshliq nomiga yozilishi mumkin.

Hajmi, uslubi va turidan qat’iy nazar, ariza o‘zining umumiy zaruriy qismlariga ega. Arizaning zaruriy qismlari barcha arizalarda ham birday takrorlanavеrmaydi. Masalan, xodim o‘zi ishlayotgan korxona yoki idora rahbariyatiga ariza yozganda, uning yashash joyi haqidagi ma’lumot zarur bo‘lmaydi. Bunday hollarda xodim o‘zi ishlaydigan bo‘lim va lavozimini ko‘rsatsa, kifoya. Shuningdеk, ko‘pchilik arizalar uchun ilovalarning ham hojati bo‘lmaydi.

Bundan qat’iy nazar har qanday arizada quyidagi zaruriy qismlar ifodalanishi lozim:

- ariza yo‘llanadigan muassasa nomi yoki rahbarning vazifasi, unvoni, ismi, ota ismi va familiyasi;

- ariza yozuvchining turar joyi yoki vazifasi, ismi, ota ismi va familiyasi;

- hujjat nomi (Ariza);

- ariza matni (iltimos, taklif yoki shikoyat);

- zarur bo’lgan holatda ilova qilinadigan hujjatlar nomi;

- qog‘ozning chap tomonida ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy);

- qog‘ozning o‘ng tomonida ariza yozuvchining imzosi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi.
Arizaning yozilish shakli


Qayerga yoki kimga

Ariza yozuvchining turar joyi, lavozimi, to‘liq nomi






ARIZA

Ariza matni (mazmunli)

Ilova

Sana (yil, kun, oy) imzo I.O. va familiyasi

Yüklə 20,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə