Reja: 1 Boburiylar saltanatida davlat boshqaruv tizimi



Yüklə 21,23 Kb.
səhifə1/2
tarix03.06.2023
ölçüsü21,23 Kb.
#115247
  1   2
Boburiylar saltanatida davlat boshqaruv tizimi


Boburiylar saltanatida davlat boshqaruv tizimi
(XVI asr – XVIII asr boshlari)

REJA:
1 Boburiylar saltanatida davlat boshqaruv tizimi.


2 Boburiylar Boshqaruvining o`ziga xosligi.
3 Boburiylar saltanatida savdo-sotiq ishlarining olib borilishi.

Zaxiriddin Muxammad Bobur 1526 yilda SHimoliy Xindistonni bosib asosiy shaxarlar bulgan Dexli va Agra shaxarlarini egalladi. SHu davrdan e`tiboran Xindistonda yangi bir sulola – temuriylar saltanatining uzviy davomi xisoblangan boburiylar sulolasiga asos solindi. Boburiylar Xindistonning goyat katta qismida 180 yildan kuprok muddat davomida juda kuchli ma`muriy boshqaruvni amalga oshirdilar. Bu ma`muriy tartib ulardan keyin xam uzok yillargacha uz kuchini saklab turdi. Ma`muriyatda arablar va eronliklarning kuchli ta`siri sezildi. Birok bu davlatning idora usuli turkiy davlatlar usulidan xam fark qilar edi. Boburiy xukmdorlar Xindistondagi davlat tizimiga juda katta ijobiy uzgarishlar kiritdilar. Sulola asoschisi Bobur «podshox» unvonini olgach, uning vorislari xam bu udumni davom ettirdilar. YA`ni boburiy xukmdorlar uzidan boshqa xech kimni ulugvor deb tan olmas edilar. Ular uz zamonasining mutlok xukmdori xisoblangan.
Akbarshox podshoxning obru-e`tiborini yanada mustaxkamladi. U xatto diniy masalalardagi baxs-munozaralarni yakka uzi xal qilish xukukiga xam ega edi. SHunisi muximki, boburiylar davlati siyosati diniy asoslarga kurilgan emasdi. Avrangzeb – Olamgirdan boshqa barcha xukmdorlar davlat ishlarini islom koidalari asosida kurmagan.
Boburiy podshoxlar uz zimmalariga ikkita asosiy mas`uliyatni – davlat siyosatini kulda maxkam tutish va saltanatni kengaytirish mas`uliyatini olgandilar. Bundan tashkari ular kul ostidagi fukorolarning turmush farovonligini yaxshilash choralarini tinmay kidirib topar va amalga oshirardilar. Boburiylar davlat siyosatining yana bir xususiyati shundan iborat ediki, ular davlatni boshqarishda dinlarga nisbatan begaraz, xolis siyosat olib borar edilar. Bu tadbir xilma-xil dinlarga e`tikod qiladigan Xindiston xalki uchun juda katta axamiyatga ega bulgan. Bobur va Xumoyun jaxolatparast bulmagan. Sulolaning uchinchi vaqili Akbar (1556-1605 yillar) esa barcha dinlarga barobar xurmat nazari bilan karagan. Jaxongir (1605-1627) bilan SHoxjaxon (1627-1658) xam Akbar siyosatiga xam Akbar siyosatiga sodik kolganlar. Fakat Avrangzebgina (1658-1707) Akbar siyosatining aksini olib bordi. U davlat boshqaruvida islom dini qonun-koidalariga kattik amal qilgan.
Umuman aytganda boburiylar sulolasining siyosati ulardan avvalgi Dexli sultonlari siyosatidan tamoman fark qilgan. Davlat siyosatida ijobiy uzgarishlar yakkol namoyon bulgan.
Boburiylar saltanatida podsho davlat boshligi xisoblangan. Qonun chikaruvchi xam, bosh ijrochi xam, xarbiy sarkarda xam, oxirgi xkmni chikaruvchi xam podshoning uzi edi. SHu bilan birga davlat boshqaruvida vazirlarning roli xam katta bulgan. Lekin oxirgi xukmni podshoning uzi chikargan. Xullas barcha xukuk va xokimiyat podshoning kuli ostida birlashtirilgan. Birok podsholar uzlarining eng asosiy burchi deb fukorolar farovonligini nazarda tutar va joxillik xamda o’zboshimchalikka yul kuymas edi. Akbar «SHoxlarning ulugvorligi ularning adolatliligi va davlatni odilona boshqaruvidadir» degan koidagi kattik amal qilar edi. Xatto uta jaxolatparast dindor Avrangzeb xam fukorolar ustidan odilona siyosat yuritishni uzining mukaddas burchi deb xisoblangan. Boburiy xukmdorlarning barchasi kuniga kamida 7-8 soat davlat ishlari bilan band bulgan. Avrangzeb esa bir kecha-kunduzda bor-yugi 3-4 soat dam olgan xolos, kolgan paytda tinimsiz davlat ishlari bilan shugullangan. Boburiylar saltanatida podshoxlarning xukuklari cheksizdek kurinsa xam, aslida uning chegarasi xam bor edi. Podshoxlar uz vazirlari va obruli bek-amirlarining fikr-muloxazalarini e`tibor bilan tinglab, ularning maslaxatlariga xam amal qilganlar.
Xindistonda boburiylar davridagi davlat apparatining faoliyat kursatish tarzini podshoning va vazirlarning ishlash tarzini kursatuvchi ma`lumotlardan bilish mumkin. Bu xakdagi ma`lumotlar Akbar davridan e`tiboran kupaygan.
Abul Fazl Alloliy «Oyini Akbariy» asarida Akbar davridagi davlat tashqiloti xususida batafsil ma`lumotlar bergan. Bu idoraviy usul Akbardan keyin xam nisbatan uzgarishsiz sulolaning barcha vaqillari davrida amal qilgan.
Abul Fazlning yozishicha, mamlakat fukorolari turt toifaga bulingan: 1. Jangchilar. 2. Olimlar va yozuvchilar. 3. San`atkor va savdogarlar. 4. Dexkonlar. SHuningdek muallif saltanatni turtta tabaka boshqarganini xam aytib utadi. Birinchi tabaka Numoni davlat bulib, bunga beklar va amirlar kirgan. Mazkur tabaka ichida bir kancha mansablar bulgan. Masalan, podshox saroyi davlat ishlariga raxbarlik qilgan bu kishilar 13 ta vazirlikda ish olib borganlar, ya`ni 13 ta vazirlik joriy qilingan. Ularning xar biri aloxida jabxaga bosh-kosh bulib usha soxaning ishlarini nazorat qilib borganlar. Ularning xar biriga bir nechtadan yordamchi biriktirilgan.
Ikkinchi tabaka Avliyoi nusrat-ya`ni zafar yordamchilari deb atalgan. Bu nom vazirga va moliyaviy ishlar bilan band bulgan kishilarga berilgan. YA`ni ular vazirlar kul ostida moliyaviy ishlar bilan shugullangan ma`murlarga berilgan.
Asxobi Suxbat deb nomlangan uchinchi tabakaga; podshoning doimiy suxbatida bulib turuvchi kishilar kirgan. Ular jumlasiga sadrlar-ya`ni shariat ishlari boshligi, adolat ishlari nodiri, kozilar, tabiblar va boshqalar kirgan.
Arbobi xizmat-deb atalgan turtinchi tabakaga ega podshoga xizmat qiluvchilar kirgan.
Boburiylar saltanatida uzok vakt amalda bulgan mansab va idoralar kuyidagilardir. 1. Vaqil-bosh vazir. 2. Vazir-ma`naviy ishlarning boshligi, agar bosh vazir yuk bulsa uning urnini egallagan. 3. Xoni somon-saroy va unga boglik keng tashqilot raxbari. 4. Miri baxshi-askariy ishlarning xarbiy va ma`naviy boshligi. 5. Sadri Kul-diniy ishlar raxbari. 6. Kokiul kuzzot –adolat ishlari noziri. 7. Muxtasib-diniy-axlokiy ishlar targibotchisi. 8. Soruga-axborot va xabarlashuv ishlari boshligi.
Boburiylar saltanati bir necha viloyatlarga bulinib idora qilingan. Akbarshox davrida viloyatlar soni 15 ta bulgan bulsa, Avrangzeb davriga kelib ularning soni 20 taga etdi. Viloyat ma`muriyati boshligi «Nizom», «Sipoxsolar» yoki «SHu`baxor» deb atalgan. Xar bir viloyatning bosh shaxari bulgan. Viloyat ma`muriy idoralari xam xuddi markaziy ma`muriy idoralar tizimiga mos ravishda kurilgan.
SHu`baxor –bu mansab viloyat xokimi degan xukukni berardi. Davlat tizimida uning lavozimi yukori xisoblanib, usha viloyatlardan unga katta mulk ajratilgan. U viloyat xududida tenglikni ta`minlashi, kul ostidagi fukorolar turmush sharoitini yaxshilashi, davlatga karshi isyonlarni bostirish, jinoyatchilarni jazolash, turli obodonchilik va kurilish ishlarini olib borishi va viloyat xududidan solik yigib olishga raxbarlik qilishi lozim bulgan. Viloyatdagi barcha amaldorlar uning taklifiga binoan tayinlangan va lavozimdan chetlashtirilgan.
Viloyatlarning moliyaviy ishlariga Devonbegi boshchilik qilgan. Bu lavozim egasi markaziy Devonbegi taklifiga binoan podshox tomonidan tayinlangan. Mansab buyicha u viloyatda SHu`badordan keyingi urinda to’rgan.
Viloyatlar boshqarishni kulaylashtirish uchun bir necha sarkarlarga ya`ni tumanlarga ajratilgan. Xar bir tuman esa bir necha parganalarga bulingan. Sarkar va pargana boshliklari viloya boshligi-SHu`badorga buysunsa xam, ularni lavozimiga podshoning uzi tayinlangan.
Boburiylar saltanatida shaxarlar ma`muriyatining barcha ishlarini Kutvol bajargan. Boburiylar saltanatining xam ichki, xam tashki siyosat olib, borilishida, davlatning kuch kudratini shu mustaxkamlashda lashkarning urni nixoyatda katta bulgan. Boburiylar lashkarining xammasi to’g’ridan-to’g’ri podshoning xizmatiga kirgan kishilardan iborat bulmay, bek-amirlar kul ostidagi janglardan iborat edi. YA`ni xukumat bir amirga askar yonlab, kurollantirib uzi unga maosh tayinlagan.
Boburiylar saltanatida mansabdor suzi bek suzining sinonimi tarzida kullanilgan. YA`ni katta xarbiy sarkardalar mansabdor deb atalgan. Lashkar unliklar, yuzliklar, mingliklar shaklidagi qismlarga bulingan va ularga unboshi, yo’zboshi, mingboshilar kumondonlik qilgan. Akbarshox davrida lashkar mansabdorlari 66 ta darajaga bulingan. eng kuyi darajada Dexboshilar-ya`ni unboshilar, eng yukori darajada esa Daxxazoriy-ya`ni un ming kishilik kushin kumondoni to’rgan. Boburiylar davlatida 5 mingdan ortik lashkarga fakat podsho xonadoni a`zolari va shaxzodalarigina kumondonlik qilganlar.
Boburiylar davlatining byudjeti asosan xar-xil soliklardan xosil bulgan. Davlatning eng katta foyda manbasi er va er maxsulotlari soligi edi. Bundan boshqa byudjet manbalariga kul zarb qilish ishlari, xadiyalar, tuz konlari, bojxonava manapoliyalar, juz`ya sogligi va boshqa bir kancha maxalliy soliklar kirgan. Boburiylar davlatida er ikki turga: Xolisa-ya`ni to’g’ridan-to’g’ri podshoga yoki xazinaga daromad keltiruvchi erlar va xizmati evaziga turli kishilarga berilgan jogir erlarga bulingan. Jogir erlar ba`zan ikto xam deyilgan.
Davlatda pul muomalasi xam juda yaxshi yulga kuyilgan. Jami 26 xil tanga pul zarb qilingan. eng yukori qimmatga ega bulgan va oltindan zarb qilingan pul birligi «shaxanshoxi» deb atalgan. Kumush pul birligi «rujiya», mis pullar esa «dom» deb atalgan.
Boburiy shoxlarning asosiy burcha adolatli ish olib borish edi. Podsho asosiy qonun chikaruvchi shaxs xisoblanib, sudlov xokimiyati xam uning kulida bulgan. eng ogir va kuyi sudlov idoralarida xal qilib bulmaydigan ishlar kozilar orqali shox e`tiboriga xavola qilingan. Sud ishlari buyicha podshodan keyingi mavkeda kozikalon to’rgan. Xar bir viloyat, tuman, pargana va shaxarlarda kozilar tayinlangan. Kozilar asosan mulklarni ajrim qilish va diniy ishlar muxokamasi bilan shugullanganlar. Akbardan boshqa barcha boburiy shoxlar xukukiy masalalarni xal qilganda islom dini koidalariga tayanib ish ko’rganlar. Akbar esa xindlar masalasi kurilganda, ularning urf-odatlarini xam xisobga olgan . Avrangzeb davrida islom qonunlariga asoslangan qonunlar tuplami – «Fatvoyi – olamgiri» yaratilgan.
Boburiylar saltanatiga savdo-sotiq, diplomatiya ishlari xam mukammal tarzda yul kuyilgan va bu ishlar rivojlantirib borilgan. Boburiylar davlati savdo-sotik ishlarini kupincha Evropa davlatlari asosan kishlok xujalik maxsulotlari eksport qilingan. Boburiylar Usmoniylar davlati bilan va Movorounnaxr xonliklari bilan xam yakin kushnichilik alokalarini yulga kuyganlar. Movorounnaxr bilan Xindiston urtasidagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar Akbarshox va Buxoro xoni Abdullaxon davrida kizgin tus olgan. Bu davrda ikki davlat urtasida elchilik va savdo-sotik alokalarini olib borilgan.
Boburiy xukmdorlar saltanatda ilm-fan, san`at va madaniyatning rivojiga xam xomiylik qilganlar. Bu soxalarga juda katta mablaglar sarflangan. Saltanatda fan va madaniyat bekiyos darajada rivojlandi. Ayniksa me`morchilik uz taraqqiyotining yukori chukkisiga kutarildi. Boburiylar davrida yaratilgan me`morchilik bugungi kunda xam dunyo axlini uziga maftun qilib kelmokda.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Boburiylar saltanati temuriylar saltanatining uzviy davomi sifatida uch yuz yildan ortik davr mobaynida mavjud bulib keldi va dunyo taraqqiyotiga muxim xissa kushdi.



Yüklə 21,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə