Reja: Amir Temurning ilm fan ahliga g`amxo`rligi



Yüklə 45,32 Kb.
tarix31.12.2021
ölçüsü45,32 Kb.
#82005
Reja Amir Temurning ilm fan ahliga g`amxo`rligi

Mavzu:Temuriylar davri epigrafikasi

Reja:

1. Amir Temurning ilm – fan ahliga g`amxo`rligi



2. Amir Temur tarixi zamondoshlari nigohida

3. Rui Gonzales de Klavixoning” Samarqandga –Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi” (1403 – 1406yillar) asarida Amir Temur talqini


Vatanimiz O`zbekiston nafaqat Sharq,balki umumjahon sivilizatsiyasining beshiklaridan biridir.O`zbekiston hududida minglab yillar davomida yuksak madaniyat ,ilm-fan gullab yashnadi.Bu qadimiy va tabarruk zamindan buyuk allomalar,fozilu fuzalolar,olimu ulamolar,siyosatchilar etishib chiqdilar.

Yurtboshimiz Islom karimov ta`kidlaganlaridek; “Hozir O`zbekiston deb ataluvchi hudud,ya`ni bizning Vatanimiz …umumjahon sivilizasiyasi beshiklaridan biri bo`lganini butun jahon tan oldi “.

Dunyoviy va diniy ilimlarning ko`pchiligi ana shu zaminda sayqal topdi.Ayniqsa,islom dinining ko`p sohalari turon zaminida ildiz otib,fan tariqasida shakillandi.Masalan; hadis ilmidagi olti buyuk muhaddislardan to`rt nafari Turon tuprogidan.Islom dinining falsafiy qarashlari – tasavvuf ilmining asoschilari bizning vatandoshlar.Shariatning huquqiy tomonlarini o`rnatuvchi fiqx ilmi ham bizda shakillngan.Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ana shunday poydevor sohibqiron Amir Temur davriga kelib yanada rivojlandi va yangi bosqichga ko`tarildi.U vujudga keltirgan saltanatda yuzaga kelgan barqarorlik nafaqat iqtisodiy va siyosiy yuksalish,shu bilan birga ilm-fan ravnaqiga ham mustahkam zamin yaratdi. Amir Temur davridan boshlab Movarounnahr va Xurosonda ilmfan,san`at va adabiyot rivoj topa boshladi.

Amir Temur ulkan va qudratli saltanat barpo etib,ma`naviy madaniyatning yuksalishi,gullab – yashnashi o`tmish davrlar ajoyib ananalarining yangi tarixiy vaziyatda qayta tiklanishi uchun sharoit yaratdi. Amir Temur ijtimoiy faoliyatining sermahsul natijalari,ayniqsa,madaniyat sohasida yaqqol namoyon bo`ldi.

XIV-XVI asirlardagi eng yuksak aqliy va ijodiy muvaffaqiyatlar timsoli sifatida fan,adabiyot,miniatyura,amaliy,musiqa va tomosha san`atlari ravnaq topdi.

Ilm-fan va madaniyat aksari musulmon olamida yangidan gurkirab rivojlanishi. Amir Temur nomi va faoliyati bilan uzviy bog`liqdir. O`sha davrda Markaziy Osiyoda ilmiy va adabiyot faoliyat uchun qulay sharoit yaratilganligi tufayli ko`plab olimlar bu erda xotirjam yashab,barakali ijod qildilar.

Amir Temur va Temuriylar davrida ilm-fanga bo`lgan qiziqishning o`sishi ma`naviy madaniyatning umumiy yuksalishiga,ishlab chiqarish va hunarmandchilik o`sishiga yordam berdi. Ayni vaqtda irrigatsiya,shaharsozlik,me`morchilikning ildan rivojlanishi fandagi turli yo`nalishlarning yuksalishiga turtki bo`ldi. Bundan tashqari harqanday jamiyat va davlat taraqqiyoti va kelajagini fan va madaniyat ravnaqisiz tasavvur qilib bo`lmasligini Amir Temur yaxshi tushungan. Shuningdek iste`dot egalari maxsus va doimiy etiborga muhtoj va moyiq bo`lishlari,noyob qobiliyat egalarini muhofaza qilish,ijodlari uchun sharoit yaratish,turmushlarini ta`minlash zarurligini ham u to`g`ri anglagan.

U olimu fozillar o`z maslaklari va dunyo qarashlari yuzasidan jamiyat va davlat taraqqiyoti, zamonaviy ahvoli xususida boshqa ijtimoiy tabaqalarga nisbatan ko`proq bosh qotirishlari va bu orqali tegishli tajriba va bilimlarga ega bo`lib borishlarini yodda tutgan. Shu sabab ham dunyoning qaysi bir mamlakati va shahariga bormasin olimu fozillarni bir erga yig`ib, ular bilan uzoq suhbatlashish,ularning fikrini tinglash, bahslashish ishini kanda qilmagan. Fikrimizcha, Amir Temurning fan va madaniyat sohasida yuritgan siyosatini xuddi mana shu omillar orqali baholash darkor.

Shu ma`noda Ibn Arab shohning quyidagi bayoni e`tiborli; “Amir Temur olimlarga mehribon bo`lib, sayyidu mariorlarni o`ziga yaqin tutardi.Ulamolar va fozillarga to`la – to`kis izzat ko`rsatib, ularni har qanday kimsadan batamom muqaddam ko`rardi. Ularning har birini o`z martabasiga qo`yib, o`z ikromi hurmatini unga izhor etardi. Ularga nisbatan o`z muruvvati bisotini yoyardiki, bu muruvvati uning haybati bilan aralash edi. Ular bilan mazmunli bahs ham yuritar ediki, bu bahsda insofu hashamat bo`lardi”.

Biroq shu bilan birga mazkur olimlarni yuzaga chiqarish, ular imkoniyatlaridan to`la foydalanishi uchun yana bir muhim omil mavjud bo`lishini ham Sohibqiron yaxshi bilardi. Iqtisodiy va siyosiy jihatlardan qudratli davlatgina tilga olgan omillarni yuzaga chiqarish imkonini berish mumkin. O`z o`rnida javob tariqasida, ilm va madaniyat rivoji davlat,qudratiga qudrat, obro`siga obro` qo`shgan.

Shu ma`noda Amir Temur hokimiyat tepasiga kelgan yillarni eslaylik.

Chingiziylar hukumronligi davrida taraqqiyotdaancha oqsab qolgan Turkiston XIV asrning o`rtalariga kelib siyosiy boshboshdoqlik ta`sirida yanada munkillab qolgan edi. Taxtga chiqishi bilan Amir Temur chiqargan dastlabki farmonlarda ana shu ahvolni to`g`rilash niyati borligi yaqqol sezilib turadi. Chunonchi, uning buyrug`iga ko`ra oily o`quv yurtlari bo`lmish madrasalar va ularning o`quvchilarini moddiy jihatdan ta`minlab stipendialari oshirilishi ko`zda tutilgan. Bu borada Mu`iniddin Natanziy shunday yozadi; “Faqirlar va ilm toliblari nafaqalari vaqor mulklari va madrasalarga har birining holiga yarasha va voqif shartiga muvofiq belgilangan. Ana shunday vaqorlarga hech kim va mutlaqo soliq solinmagan. Amir Temur o`z vazirlariga vaqor mulklaridan biron tanga mening xazinamga tushmasin deya ko`rsatma bergandi. Sohibqiron ilm, hikmat ahli va donishmand kishilar bilan tezda kirishib ketardi.”

Ilm va madaniyatga bunday munosabatni Sohibqiron umrining oxirigacha saqlab qoldi. Bu yo`ldan uning avlodlari ham yurdilar. Natijada Temuriylar zamonida ko`plab madrasalar,kutubxonalar,maktablar barpo etildi. Ular o`qish va o`qitish uchun dunyoning turli burchaklaridan etuk olimlar taklif etildi,jalb qilindi.

Sho`ro davri manbalarida Amir Temurning Samarqandga boshqa yurtlardan ijodkoru hunarmandlarni “haydab kelgani” haqida ayuhannos solinadi. Vaholangki, birinchidan, ayniqsa, Chingizxon bosqini yillari va keyinchalik ham mamlakatimizdagi,umuman mintaqadagi juda ko`plab olimlar, shoirlar, hunarmandlar, san`atkorlar jon saqlash niyatida Kichik Osiyo, arab o`lkalari, Hindiston tomonlarga qochib ketganlar. Masalan, Sayfi Farg`oniy (XIII asirning ikkinchi yarmi XIV asrning birinchi yarmi )Kichik Osiyoga, Sayfi Saroiy (XIV)asr Misrga jo`nab ketishga majbur bo`lganlar. Asli Buxorolik Muhammad Avfiy (XIII asrning so`ngi choragi – XIV asrning birinchi yarmi ) ham Chingizxon xavfidan Shimoliy Hindistonga ketishga majbur bo`lgan. Yurtimiz madaniy taraqqiyotiga katta zarba bo`lgan holatlardan biri shunda ediki, turli mavqedagi sulolalar, boy – badavlat oila va shaxslar mo`g`illar dastidan vatanni tark etarkanlar, o`zlari bilan saroy ahillari,davralari, jumladan,olimlar,shoirlar, san`atkorlar, hunarmandlarni hamolib ketganlar. Ikkinchi tomondan,ilm va madaniyat namoyondalari o`z homiylari imkoniyatlaridan foydalanib jon saqlab qolganlar.

Bunday “ko`chish“ keng ravishda sodir bo`lganligi haqida malumotlar tarixiy manbaalarda qayd etiladi. Masalan, “Tarixi Firishta” asarida keltirilishicha, Shimoliy Hindistonda Hukumronlik qilgan turkiy sulolalardan birining namoyandasi G`iyosiddin Balban (1266-1287)zamonida u erda turli mamlakatlardan, jumladan turkistondanham mo`g`illar siquvidan qochib berib ko`plab olimlar,shoirlar, hunarmandlar o`rnashganki, hukumdor ularga alohidaalohida mahallalardan joy bergan.Shu tariqa Dehlining o`zida Xorazimliklar,Samarqandliklar,Qashg`rliklar mahallalari bunyod bo`lgan.

Gapning qisqasi,Chingiziylar davrida ta`qibu siquvlar,siyosiy ostin-ustunliklar natijasida ilm va madaniyat nuqtai nazaridan huvillab qolgan Turkiston Amir Temur zamoniga kelib yana jonlanish imkonini qo`lga kiritdi.Ta`bir joiz bo`lsa, Sohibqiron ilgari sodir bo`lgan nohaqlikni tiklashga harakat qilgan. Bunda u, eng avvalo, mahalliy ilm fan va madaniyat vakillariga suyangani aniq,ya`ni ilmu madaniyat rivoji uchun shart – sharoit yaratgan, siyosiy barqarorlikga erishgan. Natijada turli mamlakatlardagi turkistonliklar o`z yurtlariga qayta boshlaganlar. Ular orasida qachonlardir ota – bobolari Shimoliy Hindiston,arab o`lkalari va boshqa yurtlarga borib o`rnashgan avlodlar ham bo`lganiga shubha qilmasaham bo`ladi. Ular asosan,Sohibqiron lashkarlari bilan qaytgan bo`lishlari kerak. Ikkinchi tomondan,Samarqand, Buxoro, Shaxrisabz, Xirot shaharlarining madaniyat va ilm markaziga aylanishi,bu erlarda boshqa joylardan ko`ra ijod uchun sharoitning yaxshiligi o`z – o`zidan horijiy olimlar,shoirlar, san`atkorlarning bu yoqlarga oqib kelishi sabab bo`lgan. Buning isboti sifatida Ulug`bek akademiyasida faoliyat ko`rsatgan eronlik, rumlik olimlarni eslaylik. Masalan,Ulug`bek rasadxonasi,uning ilmiy maktabida izchil faoliyat ko`rsatgan eronlik mashhur olim G`iyosiddin Koshiy ana shunday olimlardan biri edi. Uning o`zi,Eronda yulduzlar ilmiga e`tibor susayib,aksincha,Samarqandda bu borada barcha sharoit borligi sabab ham Movarounnahrga yuzlandim deb, yozgandi.

Eng muhimi, qo`hna Vatanimiz faqatgina Amir Temur va Temuriylar davrida ilmu madaniyat sohasida topilgan yurt bo`lmay,balki to o`sha zamonlarga qadar ham dunyoga ziyo nurlarini tarqatib kelayotgan qo`hna va mo``tabar mamlakat hisoblanganligini biz yaxshi bilamiz.

Fan va madaniyatning gullab yashnashi temuriylar namoyondalarining barchalari, hoh taxtga chiqqani bo`lsin,hoh yo`q,keng bilim egalari bo`lganliklari orqasidan hamdir.Ular o`z ona tillaridan tashqari fors,arab tillarini mukammal bilar,tarix,astranomiya,matematika,tibbiyot,sheriyat,husnixat,memorchilik,diniy ilmlar borasida katta salohiyat sohibi edilar. Ular kitobga, yani bilim va bilish manbaiga katta hurmat bilan qaraganlar. Shuning uchunham Amir Temur,Shohruh,Boysung`ur,Ulug`bek,Pir Muhammad,Xalil Sulton,Sulton Husayn,Badiuzzamon,Fariuddin,Husayn Mirzo kabi podshohu shaxzodalarning boy kutubxonalari kishilar og`ziga tushgan,ulardan ko`pchilik bahramand bo`lgan.

Amir Temur,Shohrux,Ulug`bek,Sulton Husayn,Boyqaro,Qutlug` Turkon Og`o,Gavharshodbegim kabi temuriy hukumdorlar va malikalar hamda temuriylar xizmatida bo`lgan bir qator amirlar tomonidan Samarqand, Buxoro, G`ijduvon, Marv,Xirot, Yazd,Balx,Mashxad,Sheroz va boshqa shaharlarda o`nlab madrasalar barpo etildi. Xalil Sulton,Mirzo Ulug`bek,Iskandar Mirzo,Boysung`ur Mirzo,Sulton Husayn Boyqaro, Badiuzzamon Mirzo, Shox G`arib Mirzo, Fariuddin Husayn Mirzo,Muhammad Husayn Mirzo, Sulton Muhsin Mirzo, Mo`min Mirzo, Muzaffar Husayn Mirzo, Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo va boshqa Temuriy namoyandalar nozik didli shoir ham bo`lib, turkiy va forsiy tilda she`r bitganlar. Va tabiiy ravishda katta – kichik shoirlarga homiylik qilganlar, iste`dodli qalamkashlarni parvarish aylaganlar.1 Shuning uchun ham Temuriylar davri o`zbek va fors adabiyoti rivojida muhim bosqich hisoblanadi. O`zbek va umuman Turkiy tilli adabiyot ravnaqida ulkan hissa kasb etgan Navoiy, Jomiy,Sakkokiy, Lutfiy, Atoiy kabi turkiy zabon shoirlar, Burunduq Xo`jandiy, Ismat Buxoriy, Xumoyun Isfaroiniy, Badriddin Chig`atoiy,Riyoziy Samarqandiy, Halokiy kabi forsiy zabon shoirlar hamda Eron,Ozarbayjon, Xuroson, Kichik Osiyoda ijod qilgan o`nlab nazm ustalari xuddi shu davrda yashaganlar u yoki bu ma`noda Temuriylar himmatidan bahramand bo`lganlar.

Abdulhay,Pirahmad Bog`Ishamoiy,Muhammad halimiy Sulton ali Bovardiy, Shahobiddin Abdullo, Zahiriddin Asg`ar,Kamoliddin Behzod kabi naqqoshlar ham,Ahmad Rumiy, Shomiy,Boysung`uriy,Hoji Abdulqodir, Muhammad Badriddin, Muhammad Kotib, Sulton ali mashhadiy, Abduhalim Kotib kabi o`nlab hattotlar ham Amir Temur va Temuriylar davrida kamolot cho`qqisiga chiqqanlar.Husnixat borasida Temuriylar ham nom chiqarganlar.Chunonchi,Shoxruhning o`g`illari Ibrohim Sulton va Boysung`ur qo`li bilan ko`chirilgan Qur`on nusxalari fikrimiz dalilidir.

Temuriylarning ilm – fan va madaniyatga rag`bati shu qadar bo`lganki,Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari Hindistonda hukumronlik qilgan yillari bu mamlakat madaniy taraqiyotida juda katta iz qoldirdi.

Aniq fanlar rivojida ham Temuriylar zamoni alohida o`rin egallaydi. Birgina Ulug`bek akademiyasini olaylik.Bu vaqtlarda Samarqandda o`nlab mo``tabar olimlar,astranomlar,matematiklar faoliyat ko`rsatganlar. Qozizoda Rumiy,Ali Qushchi,G`iyosiddin Jamshid Koshiy,Abdulqodir Lohijiy,Muhammad Husayniy va boshqalar maskur maktab namoyondalari,izdoshlari edilar.

Mirzo Ulug`bek esa Samarqandda o`z davri va muayyan ma`noda keying asrlar uchun ham katta ahamiyat kasb etgan fundamental fanlar rivoji uchun keng yo`l ochib berdi. Ayniqsa,bu erda rasadxonaning barpo etilishi olamshumul voqeaga aylandi.Yigirma yil atrofida olib berilgan yulduzlar harakatini uzluksiz kuzatish ishlari natijasida 1018ta yulduzning ekliptik sistemadagi vaziyati aniqlandi.

Rasadxonada bosh o`lchov asbobining aniqlik darajasi bir yoy sekundigacha bo`lganligini hisobga olsak,yaratilgan yulduzlar jadvali to XVIIasrga qadar,ya`ni optik asboblar kashf etilguncha,eng mukammal hisoblanganligi asossiz bo`lmaganligini ko`ramiz, Temuriylar davrida tibbiyot olamida mashhur bo`lgan asarlar,chunonchi,Burxoniddin Nafisning “Kasalliklar erning sabablari va alomatlari sharhi”,”Mo`jaz al-qonun” sharhi,G`iyos mutabbibning “Kasalliklar shifosi”,Mansur ibn Muhammadning “Inson tanasi va uning a`zolari holatining sharhi, “Kifoyati Mansuriy”,Bahouddavla Hasaniyning Tajribalar xulosasi va xayirli ishlar “kabi yana boshqa qator tibbiyot borasidagi risolalar Temuriylar davrida yozildi. Burhoniddin Nafis esa olimlik bilan bir qatorda Ulug`bekning shaxsiy tabibi ham edi. Amir Temur o`z davrining bilimdon kishisi bo`lib,olimlarning mehnatini qadirlaydigan, ularga g`amxo`rlik qiladigan hukumdor ekanligiga ishonch oldin paydo bo`lgan va u butun umri davomida bunga amal qilib keldi.

Tarixchi olim L.Lyanglening yozishicha “Temur olimlarga seriltifot edi.Bilimdonligi bilan bir qatorda cofdilligini ko`rgan kishilarga ishonch bildirar edi. U tarixchilar,faylasuflar,shuningdek ilm-fan,idora va boshqa ishlarga bilimdon bo`lgan kishilar bilan suhbatlashish uchun ko`pincha taxtdan tushib ularning yoniga kelardi.” 1

Sohibqironning ilm ahliga qay darajada munosabatda bo`lganini “Temur tuzuklari” dan yanada yaqqolroq ko`rish mumkin. “Sayyidlar,ulamoyu mashoyixlar,oqilu donolar,muhaddislar,xabarchilar(tarixchilar)ning tanlangan odamlar hisoblab,izzatu hurmatlarini joyiga qo`ydim”.

Tarixdan ma`lumki,qadimdan olimu fuzalolar mamlakatni boshqarishda faol qatnashib kelganlar. Ular hukumdorlarga davlatni oqilona va odilona idora qilish,mukammal jamiyatga erishish yo`llarini ko`rsatishga intilganlar. Sohibqiron ham Sharqdagi ana shu an`analarga sodiq qolib o`z saroyida ulamo va fuzalolardan Mavlono Shamsiddin Munshiy,Mavlono Abdujabbor Xorazmiy,Xo`ja Afzal,Olouddin Koshiy,Jaloliddin Kashiy va boshqalarni to`plagan. “Amir Temur manzilida shoirlar,olimlar,mashshoqlar va sufiylar ko`p bo`lardi,” – deb yozadi venger olimi Vamberi.H.

Sohibqiron saroyida to`plangan turli soha ilimlarining zabardas namoyondalari haqida Ibn Arabshoh shunday yozadi. “Temur saroyidagi olimlardan Xoja Muhammad az-zohidan Buxoriy ulug` tafsirchi,hadischi,hofiz bo`lib,Qur`oni Karimni yuz jildda tafoir qilgan… Yana mashhur qorilardan Mavlono Faxriddin Qur`onni qiroatidaham,savtda ham tajvid bilan yod olgan hofizlardan Abdulatif adDamg`oniy,MavlonoAsauddin Sharif Hofiz al-Husayniy,Maxmud Muxrik al Xorazmiy hamda musiqa ilmida ustoz bo`lgan Abdulqodir al-Marog`iy bor edi. Va`zxon va xatiblardan Mavlono Ahmad ibn Shams ul-Alima bo`lib, uni turkcha,forscha,arabcha”Malik ul-Kalom”deb atashgan. Mavlono Ahmad atTermiziy va Mavlono Mansur al-Kagoniy,mohir kitoblardan Sayyid haytot ibn Bandgir,Tojiddin as-Salmoniy va boshqalar munajjimlardan bir guruh kishilarkim,men ularning nomlaridan faqat Mavlono Ahmaddan boshqasini eslay olmayman.”

Muarrixning fikridan ko`rinib turibdiki,Amir Temur saroyi tevaragida,umuman saltanatda yuzlab-minglab dunyoviy va diniy ilimlar sohiblari

birlashgan bo`lib,ular o`z sohalarida barakali ijod qilganlar,sohib qiron lutfi karomidan bahramand bo`lganlar,saltanat obro`siga obro` qo`shganlar.

H.Vamberi sohibqironning ilm ahliga g`amxo`rligi faqat o`z yurtidagilarga bo`lmay,xorijdan kelganlarga ham yuksak izzat va hurmat ko`rsatganligini qayt qilgan. Natijada:”Ana shu olimlarning ayrimlari Amir Temur saltanatida o`z vatanidagidan ko`proq ta`minlangan edi,” deb yozgan edi.

Sohibqiron mamlakatni boshqarishda olimu ulamolarning maslahatlariga amal qilgan. “Ular,- deb qayd qiladi sohibqiron,-mening saroyimga doimo kelib-ketib majlisimni bezab turishdi. Diniy huquhiy aqliy masalalarni o`rtaga tashlab,qimmatli fikirlar bildirishdi. Halol va haromga oid masalalarni men ulardan o`rgandim.

Amir Temur vaqt-vaqti bilan olimlar,muhaddislar,munajjimlar,shayxlar,tabiblar va boshqalar bilan kengashlar o`tkazgan. Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” sida ana shunday kengashlardan biri tasvirlangan.Bu kengashning etiborga molik tomoni shundaki,unda sohibqiron olimlar va ularning davlatni boshqarishdagi o`rni haqida gapiriladi. Bailkon (Ozarbayjon shahrida o`tkazilgan kengashda hijriy 806y) Amir Temur mamlakatda adolat o`rnatishda, tartib intizom va tinchlikni mustahkamlashda,fuqorolarning turmushini yaxshilashda olimlarning yordami zarurligini aytadi. “Mamlakatning ahvoli,devondagi suiste`molliklar,oddiy odamlarning joylardagi hokimlar tomonidan qisib qo`yilishi kabi hollar hammadan ko`ra sizlarga ayondir,- deb murojaat qiladi u. Shular haqida ma`lumot bersangizlar bu kabi adolatsiz ishlarni bartaraf etuvchi hamda shariat va qonunlarga muvofiq chora tadbirlarni aytsangiz yaxshi bo`lurdi.Bu oily janob ishda menga yordam berishingizni iltimos qilaman.Sohibqironning bu gaplaridan uning olimu fuzalolarning jamiyatdagi o`rniganaqadar katta baho berganligini ko`ramiz. Ushbu davrdagi manbalarning xabar berishicha,Amir Temur olimlar bilan suhbat qurishni,ular bilan bahs – munozara qilishni yoqtirgan. Bu suhbatlar Islom dini,shariat,o`tmishdagi podsholiklar va ularning sulolalari taqdiru va boshqa masalalar atrofida bo`lgan.

Bu savol – javoblarda sohibqironning ko`pgina ilmlardan xabardorligi bizgacha etib kelgan kitoblarda o`z aksini topgan.

Ibn Arabshox Amir Temur Shomni zabt etgandan so`ng olimlar bilan o`tkazgan bir bahsning bayonini keltiradi. U olimlarning bilim darajasini sinash uchun murakkab savollarni o`rtaga tashlaydi. Jumladan,u ilm darajasi yuqorimi yoki nasab darajasimi? Degan savolni ko`ndalang qo`yadi. Ko`p olimlar bu savol sinov tarzida berilganligini faxmlab – hukumdordan hayqib turishadi. Shunda xanbaliy mazhabidan bo`lgan qozi Shamsuddin an-Noblusiy Temurga quyidagicha javob beradi : “Ilm darajasi nasab darajasidan yuqori bo`lib,buning martabasi xoliq va mahluq nazdida barcha martabalardan oily. Past tabaqadagi fozil kishi yuqori tabaqadagi johil kishidan yuqori tabaqadagi johil kishidan muqaddam qo`yiladi. Otasi va onasining nasabi past bo`lib,o`zi p ok bo`lgan kishi xalifalikka sharif nasabli kishidan avloroqdir. Bu xususdagi dalil hammaga ayondir,bu payg`ambar sahobalarining hammalari bir og`izdan Abu Bakrni Alidan muqaddam qo`yganligidir.Ular hammalari Abu Bakrni sahobal ichida eng olimi,islomda ularga nisbatan sobit qadam va ular ichida dastavval iymon keltirgan zot degan fikirda bo`lganlar.Temur olimning bergan javobidan to`la qoniqish hosil qilib unga qoyil qoladi va “Voajabo, u qanday fasohatli kishi, so`zda shijoatli va dovyurak deb, xitob qiladi.

Amir Temur hayotligidayoq Tarix fani jadal rivojlanayotgan edi. Ko`plab tadqiqotchilarning e`tirof etishiga Amir Temur va Temuriylar ko`plarining hayoti o`zi qaxramonlik va tarixiy hodisalarga boy edi.

Sohibqiron,uning o`g`illari,nevaralari,harbiy boshliqlar va jangchilarning o`zi asli bahodir,mard inson,epic qahramonlar edi. Uning qo`shinida mardlik,jangovorlik ruhi hamisha hukmron bo`lgan. Amir Temur va Temuriylar uchun shaxsiy qahramonlik va mardlik ko`rsatish odatiy ish hisoblanardi. Quyidagi dalillar Amir Temur va uning avlodlari qahramonligi,jasurligidan guvohlik beradi.

Amir Temur yurishi paytida,odatda,o`zi bilan birga doimo “voqialarni maxsus daftarga har kuni yozib boradigan odamni olib yurardi. Urush paytida ham,tinchlik davrida ham uning yonida ko`rgan-eshitganlarini yozib boradigan kotiblar bo`lardi,keyinchalik,bu yozuvlarni shaxsan o`zi ko`zdan o`tkazardi. Bu daftarkundaliklar Amir Temur va Temuriylar rasmiy solnomasining asosini tashkil etdi.

Amir Temur haqida hikoya qiluvchi bizning davrimizgacha etib kelgan ilmiy solnomalar orasida hirotlik tarixchi Fasih Xavafiy eslatib o`tgan,epic asar alohida e`tiborga molik. Bu asar shayx Jamoliddin Mahmud Zangiyi Ajam Kermoniy tomonidan masnaviyda yozilgan bo`lib,”Jo`sh-u xo`ro`sh” deb ataladi. O`sha paytda Turkistonda bo`lgan Amir Temur huzuriga borib,o`z asarini taqdim etmoqchi bo`lgan muallif Kura daryosida cho`kib o`lgan edi.

Amir Temur kotibi tomonidan nazmda yozilgan ikkinchi solnoma Tarixi xoniy deb ataladi.

Uchinchi solnoma ham XIVasroxirlarida nasrda yozilgan. Xondamir “Habib us siyar” asarida Samarqandlik mashhur olim Mavlono Sayfuddin Xuttaloniy qalamiga mansub o`sha xronikani eslatib o`tadi. Asar uning nomi bilan ma`lum emas.

Sharafuddin Ali Yazdiy ma`lumot berishicha,Amir Temur bo`lib o`tgan voqea va hodisalar xolisona yoritilgan bu manbalarni tarix uchun saqlab qolish borasida ko`p tadbirlar ko`rgan.Ayrim hollarda u hatto yozishmalar orqali,boshqa hukumdorlarga elchilar yuborish yo`li bilan ko`p ma`lumatlarni aniqlardi.

Amir Temurning ayrim yurishlari ham muntazam yozib borilardi. Uning Hindistonga 1398-1399yillardagi yurishiga oid kundalikni qoziul quzzot Nasriddin Umar olib borgan. Lekin,avvalgi sahifalarda qayt qilinganidek,bu asarda voqealarning kunma-kun sanab o`tilishi Amir Temurni qanoatlantirmadi,va u yurishni batafsil bayon qilishni G`iyosiddin Ali Yazdiyga topshirdi. Podsho uning oldiga kundalik “Tabiiy,hammaga tushunarli bo`ladigan uslubda,ravon yozilishi kerak,”deb shart qo`ydi. Lekin, diniy ilimlar bilan ko`proq mashg`ul bo`lgan G`iyosiddin bu vazifaning uddasidan chiqmadi. Shuning uchun ham hukmdor uning 1399yilda yozib tugatgan “Ro`znomayi g`azovoti Hindiston” kitobini qabul qilmadi.

Yuqorida nomlari tilga olingan mualliflarning ishlaridan ko`ngli to`lmagan Amir Temur Tabrizlik olim Nizomoddin Shomiyga o`zining batafsil tarixini yozishni topshirdi. Nizomiddin Shomiy 1393yil yozida Bog`dod olingan paytda hukmdor bilan uchrashdi. U 1402yilda Amir Temur topshirig`I bilan uning tarixini batafsil yozishga kirishib,1404yil martida “Zafarnoma” nomi bilan tugatadi.

Muallif asarni etti yillik yurishdagi keyin (1399-1404) Samarqandga qaytishga taraddut ko`rayotgan sohibqironga Qarabog` (Ozarbayjon) da taqdim etdi. Garchi “Zafarnoma” to`liq bo`lmasada,Amir Temurga ma`qul tushdi.

1404yil martida Amir Temur vafotigacha bo`lgan vaqt oralig`ida sodir bo`lgan voqealarni Shohruhning buyrug`I bilan XV asrning mashhur tarixchisi Hofizi Obro` “Zayli Zafarnomai Shomiy” asarida yozgan.

Rui Gonzales de Klavixo yozgan yo`l xotiralari Ispan elchisining 1403-1406 yillarda Samarqandga Amir Temur saroyiga tashrifi to`g`risida hikoya qiladi. Mazkur asar muhim hujjat sifatida katta qiziqish uyg`otadi, zero unda XV asr boshlaridagi Sharqqa oid ma`lumotlar,voqealar ularning bevosita shohidi bo`lgan evropalik kishi tilidan hikoya qilinadi. Bu asar o`ziga xos sayohatnomadi.Fors hukmdori saroyida xizmat qilgan Mo``iniddin Natanziy 1413-1414 yillarida Shohruxga bag`ishlangan.” Muntaxab at-Tavorix-i Mu`iniy” tarixiy asarini yozib tugatdi. Mazkur asarda dunyo yaratilishidan boshlab asar tugatilgunicha bo`lgan davrida musulmon davlatlarida ro`y bergan voqealar umum tarix nuqtayi nazaridan bayon etiladi.

Shohrux va uning Forsda hukmronlik qilgan (1415-1435) o`g`li Ibrohim Sulton davrida Sharofuddin Ali Yazdiy fors tilida o`zining mukammal “Zafarnoma” tarixiy asarini yozdi, muallif uni 1425 yilda Xirotda Shohruxga taqdim etdi.

Shomiy asarida foydalangan Sharafuddin Ali Yazdiy tarixiy voqealar bayoni ustida qo`shimcha ish olib bordi. Ibrohim Sulton homiyligida podsho idorasi hujjatxonasidan to`la foydalangan muallif Amir Temur vafotidan keyingi dastlabki ikki yil ichida bo`lib o`tgan voqealarni ham kitobga kiritgan.

Bayon qilingan voqealar ham yozma, ham og`zaki manbalar bilan tasdiqlangan. Sharafuddin Ali Yazdiyning asari bugungi kunda Amir Temur hayoti va faoliyati to`g`risida hikoya qiluvchi ehg mukammal, qimmat baho tarixiy hujjatlaridan biridir.

1423-1427 yillarda noma`lum muallif tomonidan “Muiz zul-ansab” asari tuzilgan bo`lib,unda Amir Temur shajarasi keltiriladi.

Xofizib Abro` Shohrux topshirig`I bilan ikki yirik va bitta tarixiy – geografik asar yozdi.

Uning “Majmuayi Xofizi Abro` tarixiy asari 1412-1418 yillarda yozilgan bo`lib, u o`zidan oldin yashagan mashhur va ma`lum mualliflar – at – Tabariy (829-923), Fazlulloh Rashididdin (1247-1317)va Nizomiddin Shomiylar asarlarining davomidir. Uning tarixiy – elografik asari 1414-1420 yillarda yozilgan.

Xafizi Abro` Boysung`urning topshirig`I bilan 1423-1425 yillarda uchinchi asari – “Majma At-Tavorixi sultoniya” (to`rtinchi jildi – “Zubdat at Tavorixiy Boysung`uriy “)ni yozdi. Mazkur asarning oxirgi qismi ayniqsa muhim,unda Amir Temur tarixi ancha to`liq yoritilgan.

Ayni o`sha davrda Tojiddin Salmoniy “Tarixnoma” asarini yaratdi,unda Shoruxning 1409 yilda Movarounnahrni qanday ishg`ol qilgani aks ettirilgan.

1401-1408 yillarda Samarqandda yashagan,hukmron doiralarga yaqin bo`lgan Ibn Arabshoh Amir Temur saroyida ro`y bergan ko`pgina voqealarning bevosita ishtirokchisi va shoxidi bo`lgandi. U1437yili vatani Damashqqa qaytib ketib “Ajoyib al-maqdurfi tarixi Temur” asarini yodi. Lekin bu asar ehtiros bilan yozilgani uchun ba`zi voqealar buzib ko`rsatilgan. Amir Temur va Temuriylar davrida tarixiy majmualar yozish keng tarqalgan bo`lib, ularda o`sha davrning qaror topgan an`analariga muvofiq dunyo yaratilishidan to asar yozilgan davrgacha bo`lib o`tgan eng muhim voqealar sana tartibida berilgan.

Hirotlik tarixchi Fasix Ahmad ibn Jaloliddin Muhammad al-Xavofiy (13751442) qalamiga mansub 1442yilda yozilga “Mujmali Fasixiy” asari o`ziga xosligi bilan ajralib turadi. Asarning oxirgi qismida muhim tarixiy voqealar,atoqli davlat arboblari,o`sha davrning mashhur olimlari,shoirlari to`g`risida qisqacha ma`lumot berilgan. Unda eng yirik qurilishlar,inshootlar-masjid va madrasalar,xonaqohlar va saroylar,bog`va karvonsaroylar,hammomlar hususida hikoya qilingan. Amir Temur va uning avlodlari hayoti,faoliyati,shajarasiga oid ma`lumotlar ham berilgan.

Abdurazzoq Samarqandiy ham “Matlayi sa`dayn va majmai bahrayn” asarida voqealarni yilma-yil bayon qilib beradi,unda o`zining Kermon,Hurmuz va fors orqali Hindistonga qilgan safari to`g`risida yozadi. Asarda Eron va O`rta Osiyoning XIV-XV asirlardagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti keng yoritilgan,shuningdek Hindiston va Xitoy bilan iqtisodiy,siyosiy va madaniy aloqalari bayon qilingan.

Umumiy tarix bo`yicha “Ravzat us-safo fi siyrat al-anbiyo va-l-muluk va-lxulafo” asarini mashxur tarixchi Mirxond (Maxdumi Amir Xovand Muhammad,1434yilda tug`ilgan) yozgan. U umrining ko`p qismini Hirotda o`tkazgan. Unga Alisher Navoiy homiylik qilgan. Shoirning maslahati bilan bu asarni yozgan,asarning oxirgi qismi XV asr ikkinchi yarm tarixini o`rganishda katta ahamiyatga ega.

Xondamir nomi bilan mashhur Humomiddin Muhammad Xirotda tug`ilib,ta`lim olgan. Xondamir Husayin Boyqaro,Badiuzzamon va xumoyun saroyida xizmat qilgan u tarixga o`zining o`nuch asari bilan kirib kelgan,lekin ulardan atagi sakkistasi,shu jumladan uning mashhur “xulosat al-axbor fibayon alahvol al-axyor”, “Habib us-siyar fi axbor va afros al-bashar” asarlari bizgacha etib kelgan. Ularda olimlar,(tarixchi va matematiklar,astronum va tabiblar,qonunshunos va din ahli,shoir va yozuvchilar,san`at arboblari va hattotlar,rassom va musiqachilar,sozandalar) to`g`risida muhim ma`lumotlar berilgan.

Xondamir o`z asarlarida Temur va Temuriylar Xorazm,Xirot,Balx va boshqa shaharlarida amaiga oshirgan qurilish hamda tamirlash ishlarini yoritishga katta etibor bergan. Mirza Muhammad Haydar (1500yilda Toshkentda tug`ilib, 1551yili Kashmirda vafot etgan) Zahiriddin Muhammad Boburning xolavachchasi bo`lib,taniqli davlat arbobi edi. 1456yilda esdalik tarzidagi “Tarixiy Rashidiy asarini yaratib,uni Abdurashidxon ibn Sulton Saidxon ibn Yunusxonga (1510-1559 )bag`ishlagan. Asarda Markaziy Osiyo,Sharqiy Turkiston,Afg`oniston,Shimoliy Hindistonning tarixiy manzarasi keng yoritilgan.

2. Amir Temur tarixi zamondoshlari nigohida.

Amir Temur hayoti va faoliyatini gavdalantirish uning zamoni mohiyati, ruhi, muhitini tasvirlash uchun gapni tarix fani tayanib kelgan va bundan buyon ham tayanadigan asos zaminli eng muhim yozma manbalardan boshlash maqbul.Amir Temur hayot davrida zamondoshlari tomonidan va uning homiyligida yoki Sohibqiron vafotidan keyin hali voqealarning ohori to’kilmay va salaflarning merosini e’tiborga olgan holda yaratilgan asarlar ilk manbalar sifatida g’oyat qimmatlidir. O’sha davr taqqazosiga ko’ra bu asarlar forsiy tilda yozilgan.1

Buyuk olim G’iyosiddin Ali ibn Jamol ai-Islom Yazdiyning “Ro’znomai g’azovoti Hindiston” (“Hindistonga yurish kundaligi”) risolasi Amir Temur faoliyatiga oid ilk asar hisoblanadi. Bu risola Amir Temurning shaxsiy ko’rsatmasi bilan 1399-1403 yillar oralig’ida yozilgan. Unda 1398-1399 yillardagi yurish batafsil tasvirlangan.

G’iyosiddin Ali risolasiga Amur Temurning munosabati e’tiborga sazovordir. Bu munosabat Amir Temur shaxsiy xislatlarning ayrim jihatlarini birmuncha yoritib beradi. Yuqorida takidlanganidek, bu asar “Gayritabiiy iboralarsiz va kitobxon uchun tushunarli uslubda” yozilishi lozim edi. Shu sababli G’iyosiddin Alining ko’pincha asosiy ishga aloqasi bo’lmagan va bayon mavzuini xiralashtiradigan, tushinish qiyin bo;lgan dabdabali va jimjimador tasvirlari Amir Temurga uncha yoqmadi.

Ammo shunday bo’lsa ham, G’iyosiddin Ali Yazdiyning risolasi unda aniq ma’lumotlar bayon etilgani jihatidan qimmatli manba hisoblanadi. Amir Temur va Temuriylar davrida yozilgan tarixiy asarlar orasida Niomiddin Shomiy va Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarlari, o’ziga xosligi va qimmatli dalillarga boyligi bilan, shubhasiz, birinchi o’rinda turadi.Nizomiddin Shomiy (taxminan 1409-yilda vafot etgan) o’z asarini 1402-1404 yillar orasida Amir Temurning topshirig’i bilan yozgan. Asarda Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishidan (1370) to uning G’arbiy Eron, Iroq,Suriya,Kichik Osiyo va Turkistonga qilgan yetti yillik yurishi (1399-1404) voqealari bayon etilgan.

Asarning oddiy til va sodda uslubda yozilganligi undan foydalanishni yengillashtiradi. Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma”si bizgacha ikki tahrirda yetib kelgan. Birinchi tahriri 1404-yil iyun oyida Amir Temurning Erondan Movaraunnahrga qaytish paytida unga taqdim qilingan nusxa bo’lib, hali unga nom berilmagan edi. Ikkinchi tahriri o’sha paytda Ozarbayjon va Iroqni idora qilib turgan Mironshohning o’g’li Mirzo Umarga taqdim qilingan nusxadir.Muallif uni bir qadar tahrir qilgan. Muqaddimaga ba’zi qo’shimchalar kiritgan.

Mashhur tarixshunos olim Hofizi Abro’ Shomiyning bu asarga qo’shimcha yozgan va u “Zayli Zafarnomai Shomiy” deb ataladi. Unda Amir Temur vafotigacha (1405-y. 18-fevral) bo’lib o’tgan voqealar bayon etilgan.

Mazkur asarning qo’lyozma nusxalari juda kam bo’lib, Turkiya hamda Armaniston kutubxonalarida saqlanadi.

Shayboniyxonlardan Ko’chkunchixon(1510-1529)vzamonida Muhammad Ali ibn Darvesh Ali al-Buxoriy o’zbek tiliga qilgan durustgina tarjimasi ham bizgacha yetib kelgan. 1

XIX asrda shoir va vazir Munisning topshirig’iga binoan Xudoyberdi ibn Qo’shmuhammad Xivaqiy qigan tarjima va Yaroqboy Qong’irotning ko’rsatmasi bilan noma’lum tarjimon qilgan o’zbekcha tarjimalari, shuningdek Mustafo Rahimning turkcha tarjimasi (Istanbul, 1929) ham mavjud.

Asrdan ayrim parchalar fransus, ingliz, rus, italyan va o’zbek tillarda choo etilgan. Parchalar Oltin O’rda hamda Amir Temurning 1360-1370 (Movorounnahr) , 1398-1399 yillardagi (Hiniston yurishi) tarixga oiddir.

Har ikkala ”Zafarnoma” Movounnahr, Eron va Ozarboyjonning ijtimoiy – siyosiy va etnik tarixini, xalqning madaniy hayotini, shuningdek Amir Temur va Temuriylar davlatining boshqa mamlakatlar bilan siyosiy munosabatini o’rganishda muhim manbadir.

Sharofuddin Ali Yazdiy asarining o’ziga xos xususiyai shundaki, u hassos yilnomachi sifatidagina emas, balki istedodli adib, mohir bayonchi sifatida ham namoyon bo’ladi.keyinchalik ulug’ o’zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy risolaning shu jihatini alohida uqtirib,Sharofiddin Ali Yazdiyning asarini mahorat bilan yozilgan eng mukammal risolalar jumlasiga kiritadi. Hozirgi zamon ilmiy adabiyitida ”Zafarnoma” ”markaziy Osiyo tarixnafislarning durdonasi” sifatida baholanadi.

XX asrning yirik sharxshunosi va bilimdoni A.K.Arends ”Shomiy va Yazdiy Zafarnoma” larini solishtirib ushbu haqqoniy gapni aytgan edi:”Amir Temur haqidagi asarlardan biri Nizomiddin Shomiyning ”Zafarnoma” nomli rasmiy tarixi bo’lib, bu asar hali Amir Temur hayotlik davridayoq tuzilgan edi.

Biroq Amir Temur davri tarixiga oid anchagina to’liq ma’lumot Sharofiddin Ali Yazdiyning ilm-fanda ”Zafarnoma nomi bilan mashxur bo’lgan asarida berilgan”.

Tarixchi va olim Sharofiddin Ali Yazdiy Amir Temur tarixini yoritishda katta ehtiyotkorlik bilan yondashdi. Muallif o’z kitobini imkoni boricha ishonchli faktik materiallar, Amir Temur buyrug’iga asosan uning kitoblari tomondan yozib qoldirilgan voqealar, bu voqealarni o’z ko’zi bilan ko’rgan kishilar ma’lumoti asosida badiiy tarzda bayon etilgan....

Amir Temur zamondoshlaridan biri Ibn Arabshoh (Shahobiddin Ahmad ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Ibrohim(1389 -1450) asari Amir Temur haqidagi manbalar qatoridan alohida o’rin oladi. Ibn Arabshoh Damashqda tug’ilib o’sgan. Bu shahar Amir Temur qo’liga o’tganda u 12 yoshda edi. U aka –ukalari hamda onasi bilan birga Samarqandga olib ketildi, bu yerda 1401 dan 1408 yilgacha yashaydi. Ibn Arabshoh shu yerda talim oladi, sharq tillardan bir nechtasini o’rganadi, har holda Amir Temurning o’z saroyiga bo’lmasada, Temuriylardan birining saroyiga turganligi seziladi. 1408 –yildan keyin Sharq mamlakatlari bo’ylab ko’p sayohat qilgach ona shahri Damashqqa qaytadi, songra Qohirada yashaydi va shu yerda vafot etadi.

Ibn Arabshoh tarix, adabiyot, gramatikaga oid bir qancha asarlar yozgan. Uning qalamiga mansub “Ajoyib al –maqdur fi axboriy at –Taymur” (‘Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari”) Amir Temurga va ining zamoniga bag’ishlangan salmoqli asardir.

Ibn Arabshoh Amir Temurga nisbatan dushmanlik ruhidagi mualliflar jumlasidan edi. Bu hol uning asarida to’la aks etdi.

Shunday bo’lishi tabiiy edi, chunki jahon tarixidagi eng yirik arboblardan hech biri va hech qachon adabiyotda bir xil, bir ma’noda baholangan emas. Ularning hayoti va faoliyati to’g’risidagi bilimlar jamlanishi jarayonida ularning tafafdorlar va g’animlar orasida bahslar bo’lib turgan, ijobiy va salbiy yoki betaraf tarzdagi shu kabi fiktlar aytib kelingan.

Mana shunday muayyan bir holatda, Ibn Arabshohning Temur davlati va unga chegardosh mamlakatlar siyosiy, xo’jalik va madaniy turmushni qo’shimcha ravishda oydinlashtirib bruvchi ko’pdan ko’p diqqatga sazovor misollarni bayon qilishi g’oyat muhimdir.dunyodagi ko’pgina sharqshunoslar, tarixchilar, san’atshunoslar Ibn Arabshoh asarining ana shu jihatiga zo’r etibor bilan qarab kelmoqdalar. Diqqatga molik yana bir jihati shundan iboratki, Ibn Xaldun kabi Ibn Arabshoh ham Amir Temurga naqadar salbiy nazar bilan qaramasin, har holda, uning shaxsini munosib baholadi: “70 yoshli Temurning fikrlari hali ham qatiy, jismoniy jihatdan kuchli va baquvvatdir…-deb yozadi Ibn Arabshoh. –Istehzo va sohtalikni yoqtirmaydi, baxsiz voqea ro’y berganda g’amga botmaydi, doim sergak va mardona turadi, uning oldida hamma itoatkor bo’lib qoladi va hurmat bajo keltiradi. U mard va jasur odamlarni yoqtiradi…U masalaning mohiyatini darrhol payqab oladigan mohirbahschi edi…u farosati bilan haqgo’y – yolg’onchini darrov farqlar edi, samimiy maslahatlarni soxta nasixatgo’ylardan farqlar edi”.1 Lekin shunday bo’lsada, Ibn Arabshohning faqat o’z ko’rganlari haqida yozganlari

“Ravzat us-safo” ning qo’lyozma nusxalari Angliya, Turkiya, Hindiston, Eron, Rossiya, Yugoslaviya, Misr, Fransiya Tatariston, Armaniston, Tojikiston, Shivetsiya, Quddusi Sharif, Gollandiya va O’zbekiston kutubxonalarida uchratish mumkin. Asar matni Hindiston va Eronda chop etilgan. Undan ayrim parchalar fransuz, shived, litin, nemis va boshqa tillarda tarjima qilinib, chop etilgan.

“Ravzat us-safo” ning usmonli turkcha va o’zbekcha tarjimalari ham bor. O’zbekcha tarjimasi Xivada Munis, Ogahiy va Muhammad Yusuf tarafidan amalga oshirilgan. ” Описание еюркских рукописей Института народов Азии” katalogi (Leningrad, 1965) tuzuvchilarning so’zlariga qaraganda, asarning Fozil Mulla Kichik tarfidan 1737 yili qilingan uyg’urcha tarjimasi ham bizgacha yetib kelgan.

Davlatshoh Samarqandiy (1435 -1495) ning ”Tazkirat ush –shuaro” (”Shoirlar zikrida”) asarida (1486 yili yozilgan) hatto maxsus tarixiy asarlarda uchramaydigan o’ta foydali ma’lumotlar mavjud. Bu asar moqaddima, xotima va yetti qismdan iborat. Temur va Temuriylar davrida o’tgan shoirlar (ularning orasida Temuriyzoda shoir ham bor), asarning VI –VII qismlarida asar xotimasida qayd etilgan tarixiy voqealar, Xuroson sarbadorlari haqida keltirilgan ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega.

Davlatshoh Samarqandiyning ”Tazkirat ush –shuaro” asari matni Bombay (1887), London (1901) va Tehron (1958) shaharlarda chop etilgan. Undan ayrim parchalar rus, fransuz, turk va nemis tillarida elon qilingan. Asarning inglizcha to’la nashri E.G. Braun tomonidan amalga oshirilgan. Uning o’zbek tilidagi tarjimasi 1900 yili Xivada Muhammad Rafi tarfidan amalga oshirilgan. Bitta qo’lyozma O’zR FA Sharqshunoslik intitutning kutubxonasida 7016-raqami ostida saqlanmoqda.

Movarounnahr va Xurosonda XV asr so’nggi choragi va XVI asr boshlaridagi ijtimoiy –siyosiy ahvoli Xondamirning ”Habib us-siyar fi axbor va afroz ul –bashar” (” Inson xabarlari va farzlarida do’sning tarjimai holi”) va Zahiriddin Muhammad Boburning ”Boburnoma”sida keng bayon etilgan.

Klavixoning ”Kundaligi” eski ispan tilida 1582 yili Sevilya (Ispaniya)da bosilib chiqqan, oradan ikki asr o’tib, ini 1779 yili Amirolo, 1782 yili Antonio Sancho chop ettirgan. Bular orasida eng qimmatlisi 1582 va 1782 yillardagi nashrlardir. Asarni 1943 yili Madridda F. Lopes zarur izohlar bilan qayta nashr qildi.

Klavixoning mazkur asari rus tilida ham tarjima qilinib, 1881 yili N.I. Sreznevskiy, 1990 yilda esa I.S Mirokova tomonidan chop etildi. Keyingi nashr mukammal hisoblnadi.1

Amir Temur davri tarixini tadqiq etishda, ayniqsa, Oltin O’rda, Turkiya va Bolqon mamlakatlarining XIV asr so’nggi choragi -XV asr boshlardagi siyosiy ahvolni o’rganishda bavaryalik Iogani Shiltbergerning ”Sayohatnoma”si diqqatga sazovor. Bu asar XV –XIX asrlarda Yevropa mamlakatlarida shuhrat topdi.shu davr mobaynida asar olti marta nashr etildi, shumdan to’rttasi XV asrda, 1559 va 1859 yillarda esa nemis va ingliz tillarida chop etildi. I. Shiltbrger asarining ahamiyati Katimer, Devizak, Sen-Martin, Hammer-Purgshtall kabi bir guruh Yevropalik sharqshunos olimlar tomonidan e’tirof etildi. Iogani Shiltbergerning ”Sayohatnoma”sining jiddiy kamchiliklari ham yo’q emas. Buni o’z vaqtida muallifning o’zi ham e’tirof etgan. U bunday deb yozgan: ”Ta’rif va tavsiflarim unchalik to’la emas. Chunki asirlikda bo’lganim sababli istaganimni ololmadim”.

Asar bilan sinchiklab tanishish shuni ko’rsatadiki, unda Kichik Osiyo, Bolqon mamlakatlari va Oltin O’rdaning XIV asr 80 -90-yillaridagi siyosiy ahvoli haqida muhim dalil va ma’lumotlar mavjud.

Asarning XIV –XXIV boblari Amir Temur va uning Eron bilab Ozarbayjonda hukmronlik qilgan avloditarixiga bag’ishlangan. Xususan, XXIV bobda bu haqda ko’proq ma’lumot uchratamiz.

Yana ikki muhim asar: ”Mu’izz ul-ansob” (”Hurmatli kishilarning nasabnomasi”) va Fasih Ahmad ibn Jaloliddin Xavofiyning ”Mujmali Fasixiy” (” Fasixiy to’plami”) xususida qisqacha to’xtalib o’tish joiz.

3. Nizomiddin Shomiyning “ Zafarnoma” asari muhim tarixiy manba sifatida Markaziy Osiyo , ayniqsa Mohavounnahr va Xuroson xalqlari tarixida XIV – XV asrlar ulug’ sarkarda , davlat arbobi Amir Temur va uning avlodi – Temuriylar sulolasi hukmronligi bilan bog’liq katta siyosiy o’zgarishlar va ayni bir vaqtda iqtisodiy va madaniy , fanniy va ma’naviy – jamiyat hayotining barcha sohalariga daxldor rivojlanishlar davri bo’ldi . Shuning uchun ham bu davrni dunyo ilmiy tadqiqotlarida Markaziy Osiyo tarixidagi buyuk yuksalish davri deb baholab kelinmoqda .

Hozirgi kunlarda bu tadqiqiqotlar uchun manba xizmatini o’tab kelayotgan tarixiy asarlarni yaratish ham o’sha davrlardayoq keng rivoj topib , XV asrda va undan keyin ham taniqli muarrixlar tomonidan davom ettirildi . Bu asarlarda sohibqiron Amir Temurning Mohavounnahrda markazlashtirilgan davlatni barpo etish uchun olib borgan kurashlari , harbiy yurishlari , davlatchilik siyosati hamda xalqaro diplomatik va savdo aloqalarini mustahkamlashga , dehqonchilik va hunarmandchilikni , madaniy qurilishlarini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlari qalamga olingan .

Ana shunday yozma yodgorliklarining eng dastlabkilaridan biri Amir Temurning bevosita topshirig’i bilan mohir adib va tarixnavis Nizomiddin Shomiy tomonidan yozilgan “ Zafarnoma ” nomli asardir .

Asar muallifi Nizomiddin Shomiyning hayoti va ijodi haqida o’rta asrlar va hozirgi zamon adabiyotida va hozirgi zamon adabiyotida ham ma’lumotlar juda oz . Tug’ilgan yili no’malum . Uning kelib chiqish joyiga nisbat berilib , Shomiy yoki Shanbiy ( Shanbi G’ozoniy ) ni sbasi bilan ham atalishiga qaraganda u aslida Tabriz chekkasidagi Shanbi G’ozon deb atalgan mavzedan bo’lgan, deb taxmin qilish mumkin .

Muallifning o’zi haqida “ Zafarnoma ” da keltirilgan ma’lumotlari uning Amir Temur bilan uchrashuvlari va asarning yozilish tarixi haqidagi ayrim qisqa – qisqa lavhalardan iborat , xolos . Jumladan , movlono Nizomiddin 1393 yil avgust oyida Amir Temur askarlari Bog’dod shahrini zabt etganliklari haqidagi voqealarni qalamga olar ekan , uning o’zi birinchi bo’lib shahardan chiqqanligi , hazrat Sohibqiron bilan uchrashuv , suhbatda bo’lganligini eslatib o’tadi . (“Zafarnoma ” , Tauer nashri , 1-jild , 139 – bet ) . Demak , u mazkur 1393 yili Nizomiddin Shomiy hayotining so’ngi yillari qanday kechganligi ham ma’lum emas . Bu haqda faqat taxminlar asosidagina xulosa chiqarish mumkin . Jumladan, Hofizi Abro’ 1412 yil voqealarini bayon etar ekan , marhum Nizomiddin Shomiyni sifatida tilga oladi. Yana shu kabi qiyosiy ma’lumot : agar eronlik manbashunoslik olim Muhammad Taqi Donishpajuhning taxminiy so’zlari e’tiborga olinsa, muarrix Nizomiddin Shomiy va 1400 yili Xalabda yozilgan Muhammad payg’ambar va o’n ikki imom tarjimai holiga bag’ishlangan bir asar muallifi Nizom al- Voiz deb tanilgan Ali ibn Muhammad ikkalasi bir muallif bo’lib chiqadi. U holda mazkur asarning 812 (1409) yili ko’chirilgan nusxasida qayd etilishicha , Nizom al- Voiz ( demakki , Nizom Shomiy) bu vaqtda hayot bo’lmagan.1

“ Zafarnoma ” asarining yozilishi tarixiga kelsak , shuni ta’kidlash lozimki , mavlono Shomiyning o’zi bergan ma’lumotlariga ko’ra 804 hijriy yili( milodiy 1401 yil 1 avgust oralig’i) Amir Temur uni huzuriga chorlab , o’z yurishlari bitilgan yirik bir asar yaratishga undagan . Sohibqiron o’sha davrga qada rmunshiy va kotiblari tarafidan tuzilgan bitiklar uni qoniqtirmaganligini aytgan . Yozilajak asar avom xalqqa tushunarli ,sodda, ravon tilda va ayni paytda marifatli kishilar e’tiboriga ham loyiq tarzda yozilishi lozimligini uqtirgan . Mavlono Nizomiddin asarni uning ko’nlidagidek uslubda yozishni o’z zimmasiga o. Bu o’rinda shuni aytib o’tish kerakki , AmirTemur bunday masuliyatli ishni ishonch bildirib Shomiyga topshirishi mavlono Nizomiddin o’z davrining bilimdon fuzalolaridan va zukko adiblaridan biri bo’lganligini ko’rsatadi.

Tabiiyki ,bu uchrashuvdan so’ng Nizomiddin Shomiy saroy tarixchisi sifatida AmirTemurning keyingi barcha yurishlarida unga hamrohlik qilgan . Bunga dalil “ Zafarnoma ”ning o’zida uchraydi: 806 yil muharram oyida (1403yiliyul - avgust) Gurjistondagi Birtsqal’asini zabt etilishini yozar ekan , Nizomiddin Shomiy bu voqeani o’zi kuzatganligini yozadi . Yana bir dalil shuki,Shomiy yurishlardan birida iydi ramazon munosabati bilan yig’ilgan jamoaga vaz aytib, so’ng peshnamozlikni ado etgan. Bu voqeani mashhur tarixnavis Sharafiddin Ali Yazdiy shunday tavsiflagan: “ Shu yili Ramazon iydini ( 806 yil 1 shavvol – 1404 yil , 12 –aprelda ) hazrat Sohibqiron Obi Og’liq yoqasida kutdi . Zamonaning balog’atli fuzalolaridan bo’lgan va hazrat Sohibqironning ezguliklari va faxrli ishlaridan bir qanchasini bayon qalami bilan ifodalagan mavlono Nizomiddin Shanbiy iyd xutbasining qiroatiga va namoziga kirishdi ” (Yazdiy ,“ Zafarnoma ” ,Toshkent , 1972 , 449 b-450 avaraqlar ).

Taxminan shu vaqtda yohud bir necha hafta keyin mavlono Nizomiddin Sohibqiron yurishlarini 1404 yil bahorigacha yetkazib , asarni tamomlagan va uni Ozarbayjondan Samarqandga qaytish taraddudida bo’lgan AmirTemurga taqdim etadi . Bundan keyingi AmirTemur vafotigacha (1405 yil 18 fevral ) kechgan voqealar keyinroq muarrix Hofizi Abro’ tomonidan “ Zafarnoma ”ga “ Zayl” – “ Ilova ” tarzida yozilgan .

Nizomiddin Shomiy “ Zafarnoma ” asarini yozish uchun qanday manbalardan foydalangan ? Afsuski , bu borada na muallifning o’zi asarida biror ma’lumot keltirgan va na zamondoshlari asarlarida bu haqida yozilgan. Lekin ‘’Zafarnoma ” asarini tadqiq etish natijasida Shomiy quyidagi manbalardan foydalanganligini taxmin qilish mumkin :

a) Amir Temurning munshiylar va kotiblari nazm hamda nasrda forsiy va turkiy tillarda yozgan kundaliklar va bitiklar . Bu manbalar bizning davrimizgacha yetib kelmagan;

b) Muallifning o’zi 1400-1404 yillar davomida Amir Temur yurishlarida shohidi bo’lgan va yozib olgan voqealar ;

c) Amir Temurning Hindistonga yurishi bilan bog’liq voqealar kundalik tarzida bayon etilgan G’iyosiddin Alining “ Ro’znomayi g’azovoti Hiasari .

Shuni ham eslatib o’tmoq lozimki , XV asr mualliflari Fasih Xavofiy , Sharafiddin Ali Yazdiy , Xondamir , va boshqalarning asarlarida Sohibqiron hayotligidayoq Shomiydan boshqa mualliflar tomonidan ham Amir Temurga bag’ishlab bir necha tarixiy va abadiy asarlar yaratilganligi qayd etilgan . Masalan , Kermonli adib Shayx Mahmud Zangiyi Ajam doston Shaklida “Jo’shu xuro’sh ” nomli asar yozgan . U 806 (1403 – 1404) yili Gurjistonda bo’lgan Amir Temurga dostonni taqdim etmoq uchun ketayotib , ko’prikdan yiqilib halok bo’lgan. Uning o’g’li mavlono Qutbiddin otasining asariga “Zayl ” ( “ Ilova ”) yozib , Temurga topshirgan (Yazdiy , “ Zafarnoma ”, 1972 yil Toshkent nashri , 439 b varaq ), Xondamirning “Habib ul-siyar” asarida ham (1333 hijriy shamsiy , Tehron nashri 3-jild , 290 –bet ) Sarafiuddin Xuttaloniy ismli olimning Temurga bag’ishlab turkiy tilda bir asar yozganligi eslatiladi va hokazo . Ammo bu yana boshqa asarlarning bizga yetib kelgan-kelmaganligi hozircha noma’lum . Nizomiddin Shomiy esa o’z davrida ularning mavjud bo’lganligini “ Zafarnoma ”ning biror sahifasida ham eslatib o’tmagan .

“ Zafarnoma ” tarixiy asar sifatida XIV va XV asr boshida Temur va Temuriylar hukmronligi davridagi O’rta Osiyo , Oltin O’rdaxonligi, Ozarbayjon , Eron, Afg’oniston , Iroq , Suriya , Misr , Turkiya va boshqa mamlakatlar tarixiga oid voqrealarni o’z ichiga olgan. Asar muqaddimasida AmirTemur tarix sahnasiga chiqqan 1360 yilga qadar O’rta Osiyoda hukmronlik qilgan Chingiziy hukmdorlar haqida qisqa ma’lumot berilgan. So’ngra Amir Temur XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrning boshida qilgan yurishlarining batafsil bayoni keltirilgan . Asar 1404 yil mart oyida (806 yil ramazon oyi) Amir Temur Ozarbayjonda Arron Qorabog’ida turganligining bayoni bilan yakunlanib , uning vafoti (1405 yil 18 fevral )gacha , ya’ni bir yilcha vaqt ichida sodir bo’lgan kechmishlar yoritilmay qolgan .

Nizomiddin Shomiy asarida keltirilgan voqealar silsilasi keyingi tarixnavislar tomonidan davom ettirilgan . Jumladan , temuriylardan Shohrux Mirzo (vafoti 1447 yil )ning tarixnavisi Hofizi Abro’ avvalo , yuqorida eslatilganidek ,“ Zafarnoma ”ga “Zayl” (ILova) yozib, uni Temur vafotigacha yetkazgan , so’ng esa , o’zining “Majmua ” ( To’plam ) nomi bilan atalib kelinayotgan tarixiy asarni yozar ekan , Shomiyning “Zafarnoma” sidan ham foydalangan va voqealar tizmasini Shohruh Mirzo hukmronlik qilib turgan 1420 yilgacha davom ettirgan . Keyinroq 1423 yili Shoxrux Mirzoning O’g’li Boysung’ur Mirzo(1433yili vafot etgan ) farmoni bilan HOfizi Abro’ to’rt jilddan iborat “ Majma ut-tavorixi sultoniya ”( Sultonga bag’ishlangan tarixlar yig’indisi ) deb atalgan asarni yozishga kirishgan va uni 1427 yil voqealarini ng bayoni bilan tugatgan . Asarning to’rtinchi jildida Amir Temur va Temuriy shahzodalar tarixi aks etirilib unga Boysung’ur Mirzoga bag’ishlanganligini ko’rsatish uchun “Zubdat ut-tavorixi Boysung’iriy ” ( Boysung’irga atalgan tarixlar sarasi) deb nom bergan .

Amir Temur va Temuriy shahzodalar davrini o’rganishda muhim hisoblangan yana bir tarixiy asar haqida to’xtalib o’tish lozim . Bu Temuriy Umarshayxning o’g’li Iskandar Mirzo (Fors va Isfahon hukmdori 1415 yili qatl etilgan ) nomiga bag’ishlangan , 816 (1413 -1414) yilda yozib tugatilgan , V.V.Bartold dastlab muallifi va nomini aniqlay olmagani uchun shartli ravishda “ АнонимИскандера”deb nomlagan tarixiy asardir . V.V.Bartold Davlatshoh Samarqandiyning tazrikasidan asar muallifining ismi Muiniddin Natanziy ekanligini , asarning “Muntaxab ut – tavorixi Muiniy ” deb nomlagan bir qo’lyozma nusxasi Parij milliy kutubxonasida saqlanayotganligini aniqlangan.Ba’zan bu asarning manbalaridan biri sifatida Shomiyning “Zafarnoma”si ko’rsatiladi . Lekin ,V.V.Bartold temuriylarga oid yozma yodgorliklarni puxta o’rganish natijasida bunday fikrni noto’g’ri deb topgan va Natanziy o’z asarini yozishda turkiy tilda uyg’ur yozuvida mavjud bo’lgan bitiklarga suyangan bo’lsa kerak , deb taxmin qilgan .

Nizomiddin Shomiyning“ Zafarnoma ” asari o’zida jamlangan tarixiy ma’lumorlarning ishonchliligi bilan XV-XVI asrlardanoq boshqa asarlar uchun bosh manbalardan biri bo’lib xizmat qilgan . Sharafuddin Ali Yazdiy (1454 yili vafot etgan)ning 1419 -1425 yillarda yozilgan “ Zafarnoma ” , Abdurazzoq Samarqandiy (1413 – 1482 yillarda yashagan)ning “Matlai sa’dayn va majmai baxrayn” (Ikki saodatli yulduzning chiqish va ikki dengizning qo’shilish joyi ) , Fasih Havofiy ( taxminan 1442 yili vafot etgan )ning “Majmali Fasihiy” asari, Muhammad Fazlulloh Musaviy (XV asr)ning “Tarixi Hayrot ” , Hotifiy (XV asr)ning nazmda bitilgan “Temurnoma” asari , Mirxond (1433-1498 yillar)ning “Ravzat us-safo” (Poklik bog’i) , Xondamir (1475 1535 yillar)ning “Habib ussiyar ” va boshqa bir qator asarlar shular jumlasidandir . Ularning har birida ilgarigi asarlardagi voqealar har xil tahrirlarda qaytarilishi bilan birga boshqalarida uchramaydigan voqealar tafsiloti ham mavjud .

Sohibqiron Amir Temur davlatining XIV asr oxirgi choragi va XV asr boshlaridagi tarixiga doir asarlar sirasiga IbnArabshohning “Ajoyib al – maqdur fi tarixi Taymur ”, Ispan sayyohi Rui Gonzales de-Klavixoning safar xotiralarini ham kiritish mumkin . Lekin ,ular xotiralar ,safar taassurotlari sifatida rasmiy 49 solnomalardan uslub va mazmun jihatidan farq qiladi va tarixiy manbalar orasida o’ziga xos o’ringa ega .

Shomiy “Zafarnoma ”sining faqat ikki qo’lyozma nusxasigina saqlanib qolgan . Birinchisi , AmirTemurga taqdim etilgan qo’lyozmaning 1425 yilda ko’chirilgan nusxasi bo’lib u Istanbuldagi “ Nuri Usmoniya ” masjidi kutubxonasida 3367 inventar raqamida saqlanmoqda . Ikkinchisi , muallif tomonidan AmirTemurning nabirasi Mirzo Umar bahodir ibn Mironshoh (vafoti 1409 yil )ga taqdim etilgan qo’lyozmadan 1434 yili ko’chirilgan nusxa bo’lib , u Londondagi “Britaniya muzeyi” kutubxonasida 23980 inventar raqami bilan saqlanib kelmoqda.

Taniqli matnshunos olim Feliks Tauer mazkur qo’lyozmalarda ayrim noqisliklar bo’lgani sababli , ularni Hofizi Abro’ning “Zubdat ut-tavorix”I bilan solishtirib tadqiq etish asosida “ Zafarnoma” ning ikki jilddan iborat ilmiy tanqidiy matnini nashr ettirgan (1937 yil , Praga va 1956 yil , Praga ) . Birinchi jildiga faqat “ Zafarnoma ” ning matni kiritilgan.Ikkinchi jildda esa noshirning so’zboshisi , Hofizi Abro’dan qo’shimchalari va nusxalardagi farqlar berilgan .Asar keyingi vaqtlarda Sharq va G’arb olimlari tomonidan o’rganilib , undan qisqartirib tarjimalar qilingan. Jumladan , 1949 yili Anqarada Nejoti Lug’ol ismli olim F. Tauer nashri asosida asarni qisqartiriirib turk tiliga o’girgan .Undan tashqari , sharqshunoslikda oid bir necha kitoblarda bu asardan terma tarjimalar e’lon qilingan .

1969-1972 – yillar orasida Shomiyning “ Zafarnoma ”sini O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akdemiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Feliks Tauerning nashri asosida birinchi marta o’zbek tilida to’la nashrga tayyorlashga kirishilgan va bu ishni institut katta ilmiy xodimi Yunusxon Hakimjonov (1974 yili vafot etgan ) o’z zimmasiga olgan edi . Biroq o’sha yillarda “Temur shaxsiga sig’inish ” masalasining ko’tarilishi bilan Amir Temur davriga doir asarlarni chop etishning iloji bo’lmay qolgan va shu sababli Y. Hakimjonov tarjimasi dastlabki qoralama holida qolib ketgan.

Keyingi yillarda Respublikamiz mustaqillika erishish sharofati bilan qadriyatlarimizni , merosimizni chuqur o’rganish , tariximizni haqqoniy yoritish uchun zaruriy yozma manbalarni chop etib , ommalashtirish borasidaO’zbekistonFanlar Akdemiyasi Sharqshunoslik institutida amalga oshirilayotgan ishlar qatorida Amir Temur va Temuriylar davri tarixiy manbalarini ham o’zbek tilida nashrga tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda . Ulardan biri -Nizomiddin Shomiyning “ Zafarnoma ” asari bo’lib , nashrga Y.Hakimjonovning tarjimasi asos qilib olindi . Klavixo boshliq guruhning Amir Temur huzuriga qilgan elchilik sayohati juda uzoq, xavf –xatar va mashaqqatlar bilan to’la safar bo’ldi . Shni ham aytish kerakki, o’shanda Klavixo bilan birga Bobil (Misr) va Turkiya sultoning elchilari ham Samarqandga keldilar.

“Kundalik”da o’sha vaqtlarda Amir Temur qo’l ostidagi mamlakatlar va shaharlarning umumiy ahvoli , aholining kun kechirishi , Temur va yaqinlari tashabbusi bilan barpo etilgan binolar qasrlar , masjidlar , madrasalar, xonaqohlar, savdo rastalari , do’konlar , ustaxonalar ; Temuriylar davlatining Xitoy , Hindiston , Oltin O’rda (Klavixo uni “Tatariston” deb ataydi),Mo’g’uliston va boshqa mamlakatlar bilan bo’lgan siyosiy va savdo aloqalari ; Amir Temur saroyida amalda bo’lgan tartib qoidalar va nihoyat Amir Temurning xotinlari hamda ularning mamlakat ijtimoiy – siyosiy hayotida tutgan o’rni haqida etiborga molik ma’lumotlar keltirilgan bu ma’lumotlar shubhasiz , vatanimizning o’sha vaqtlardagi ijtimoiy – siyosiy tarixini , ota- bobolarimizning turmush tarzini o’rganishda muhim tarixiy manbalardan biri bo’lishi turgan gap .

So’zimizning isboti uchun bir necha misol keltiramiz :

Samarqandning vodiylari haqida : “ bu yurt don – dun , may , meva –cheva , parranda go’shti , (boshqa) har xil go’sht , qo’yinki , hamma narsaga boydir …Bir juft semiz qo’yning narxi 1 dukat ”

Katta xiyobon va savdo rastalari haqida : “ Samarqand shahrida har yili Xitoy , Hindiston , Tatariston (Oltin O’rda ) va boshqa mamlakatlardan , shuningdek benihoyat boy Samarqand saltanatining o’zidan keltirilgan mollar sotiladi. Shaharga keltirilgan mollarni safda tartib bilan joylashtirib sotilgan keng joy (shu paytgacha) yo’q edi . Podsho ikki tarafida qator do’konlar o’rnatilgan savdo rastasidan iborat ko’cha o’tkazishni buyurdi .Mazkur ko’cha shaharning bir chekkasidan boshlanib qoq o’rtasidan o’tib chiqishi lozim edi. Podsho bu ishni ikki mirzosiga (ikki amiriga bo’lsa kerak-M.S.) topshirib , ular kechay-u kunduz (tinmay) mehanat qildilar . Yo’lda tushgan uylar kimniki bo’lishidan qatiy nazar ,beto’xtov buzildi… Ko’chaning ikki tarfida do’konlar o’rnatishdi , har bir do’kon oldida marmar bilan qoplangan baland kursilar o’rnatildi . Har bir do’kon ikkita xonadan iborat edi . Ko’chaning tepasi gumbaz shaklida yopilgan bo’lib , (tepasida ) yorug’lik tushib turadigan tuynukchaklar qo’yilgan ”.

“ Shu yili (1404 –yili – M.S.) iyun oyida Xonbaliq ( Xitoy poytaxti Pekinning tarixiy nomlaridan biri , Klavixo davrida ham , aftidan uXonbaliq deb atalgan bo’lsa kerak – M.S .) shahridan qariyb800 tuyadan tashkil topgan savdo karvoni Samarqanddan keldi ”

O’rdabozor tasviri : ( Katta to’y munosabati bilan) Podsho “ Samarqand shahrining savdo ahli : sarroflar , chitfurushlar javohir va boshqa turli tuman mollar bilan savdo qiluvchilar , oshpazlar , qassoblar , novvoylar , tikuvchilar , kavushdo’zlar va shahardagi boshqa barcha hunarmandlar podsho o’rdasi joylashgan yalanglikka chiqib va chodir tikib savdo qilsinlar , har bir kosib qarorgohlar bo’ylab kezib , o’yin – kulgi bilan odamlarning bahri dilini ochsinlar ” , - deb buyurdi . Shundan keyin barcha tijorat ahli shahardan chiqib , podsho qarorgohi atrofiga joylashdilar . Har bir hunarmand tartib bilan alohida – alohida rasta hosil qilib , o’yin - kulgilar uyushtirishib , qarorgoh bo’ylab aylandilar ”.

Ko’ksaroy qasri va undagi podshoga tegishli qurol ishlab chiqaruvchi ustaxona haqida : “ Shahar chetida bir qasr bo’lib … tevarak atrofi suv oqib turgan xandak bilan o’ralgan , qasr yo’l ab bo’lmaydigan istehkomga aylangan edi. Qasrda podshoning xazinasi saqlanar, shu sababdan qoziyu quzzot va uning mulozimlaridan boshqa hech kim kirolmas edi . Bu yerga podshoning farmoyishiga binoan ,bir mingga yaqin hunarmand asirlar joylashtirilgan . Ular saltanat uchun yil bo’yi sovut , dubulg’a , kamon , nayza yasaydilar”.

Amir Temurning o’zi bilan olib yuradigan ko’chma masjidi : “ Elchilarni … saroparda ichida o’rnatilgan yog’och uy oldiga boshlab kirdilar . Bu yuksak imoratga zinopaya orqali chiqiladi . Uning tevarak – atrofi yog’och dahliz va oynavand ayvon bilan o’ralgan edi . Boshdan – oyoq zarhal va havorang bo’yoqlar bilan naqshlangan , bino shunday qurilgan ediki , kerak bo’lganda , uni bo’lak – bo’laklarga ajratib taxlab qo’ysa (ham)”bo’ladi .Bu – podsho ibodat qiladigan machit bo’lib, uni (Amir Temur)safarda o’zi bilan birga olib yurgan .

Mahalliy xalqning ( uni Klavixo “ Chig’atoyilar ” deb ataydi – M.S.) turmush tarzi haqida : “ U – mehnatsevar , mohir chavandoz , kamon otuvchi mergan , umuman urushda sabot – matonatli xalq . U boriga qanoat qilib , nonsiz (birgina) sut va go’sht bilan kun kechiraveradigan , go’shtlik va go’shtsiz ovqat bilan ham tirikchilik qilishga o’rgangan xalq . Issiq va sovuqda , ochlik va tashnalikka jahondagi boshqa ellardan sabotliroq va chidamliroq xalq . Borida go’shtni haddan ortiq istemol qiladi , yo’g’ida suvga qatiq qo’shib qaynatib ichish bilan kifoyatlanadi”.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. I.Prezident asarlari:

1.Amir Temur Jahon tarixida.T.,2001y.

2.Azamat Ziyo.O`zbek davlatchiligi tarixi.T.,2000y.

3.Axmedov B.O`zbekiston xalqlari tarixi manbalari.T.,1991y.



4.Bo`riev O.Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo.T.,1997y.

5.Mo`minov I.Amir Temurning O`rta Osiyo tarixida tutgan o`rni va roli.T.,1968y.
Yüklə 45,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə