Reja: Bank daromadlari va ularning turlari. Bankning foizli va foizsiz daromadlari, ularning hisobi



Yüklə 20,88 Kb.
tarix13.12.2023
ölçüsü20,88 Kb.
#149123
11-Mavzu (1)


11-MAVZU. BANK DAROMADLARI VA XARAJATLARI HISOBI.
REJA:
1.Bank daromadlari va ularning turlari. Bankning foizli va foizsiz daromadlari, ularning hisobi.
2.Bank xarajanlari va ularning turlari.
Bankning foizli, foizsiz va operatsion xarajatlari, ularning rasmiylatirilishi va hisobi. 3.Tijorat banklari operatsion xarajatlari turlari, ularni hisoblash va hisobga olish tartibi.
4. Bank faoliyati moliyaviy natijalarining hisobi.
Tayanch so‘z va iboralar:Sof foyda, bank daromadi, daromad manbalari, bank xarajati, Operatsion tsion xarajatlar, sof foyda, prezentasiya, sug‘urta va soliqlar, foizli daromadlar, foizsiz daromadlar, foizli xarajatlar, taqsimlanmagan foyda. 1.Bank daromadlari va ularning turlari. Bankning foizli va foizsiz daromadlari, ularning hisobi. Tijorat banklarining daromadlari mijozlarga qisqa va uzoq muddatlarga berilgan kreditlar bo’yicha olinadigan foizlar, kreditlarning o‘z muddatida qaytarilmagani uchun mijozlardan shartnomada ko‘rsatilgani bo‘yicha olinadigan yuqori stavkadagi foizlardir. Banklarning bu daromadlari barcha daromadlarining asosiy qismini tashkil etadi. Bundan tashqari, tijorat banklari mijozlariga talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari, muddatli, jamg‘armali depozit hisobvaraqlari, valuta va boshqa hisobvaraqlar ochadi va yuritadilar. Bu hisobvaraqlar bo‘yicha operasiyalarni amalga oshirish jarayonida mijozlarga turli xil xizmatlar ko‘rsatib tegishli ravishda haq oladilar. Bu xizmatlari uchun oladigan daromadlari ko‘pincha tijorat banki va mijoz o‘rtasida hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlarga xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi o‘zaro tuzilgan shartnomada belgilanadi. Shunday qilib, tijorat banklarning daromadlari va ularning manbalarini bank faoliyatiga qarab, tijorat banklari amalga oshiradigan operasiyalar nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqish mumkin. Tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasiga asosan bankning barcha daromadlarini foizli, foizsiz va boshqa daromadlarga bo‘lish mumkin. Banklarning daromadlarini hisobga olish uchun tijorat banklari hisobvaraqlar rejasining 4-bo‘limida bir qator asosiy va subhisobvaraqlar ochilgan. 124 Hisobvaraqlar rejasidagi daromadlar bo‘limining boshida quyidagi hisobvaraqlar keltirilgan: 40200 – O‘zR. Markaziy bankidagi hisobvaraqlar bo‘yicha foizli daromadlar Bu hisobvaraq o‘z ichiga ikkita hisobvaraqni oladi: 40201 – O‘zR. Markaziy bankning vakillik hisobvarag‘i bo‘yicha foizli daromadlar 40205 – Markaziy bankdagi depozitlar bo‘yicha foizli daromadlar Tijorat banklarining eng katta daromad manbayi qisqa va uzoq muddatli kreditlardan olingan foizli daromadlaridir. Banklarda kreditlar bo‘yicha foizlar har kuni hisoblanadi va 16309 - «Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar» hisobvarag‘ida aks ettiriladi. Foizlar hisoblanganda, lekin hali undirilmagan holda quyidagi buxgalteriya provodkasi bajariladi: Debet 16309 Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar Kredit 42xxx Mijozlarga berilgan qisqa muddatli kreditlardan olingan foizli daromadlar. 42xxx – hisobvarag‘i to‘liq ravishda qisqa muddatli kredit qanday korxona yoki shaxslarga berilganiga qarab konkret belgilanadi. Masalan, qisqa muddatli kredit xususiy korxona, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan bo‘lsa, ularga foizli daromad hisoblansa, buxgalteriya provodkasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: Debet 16309 Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar Kredit 42602 Xususiy korxona, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar Foizlar summasi undirilganda esa quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi. Debet 20208 – Xususiy korxona, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning talab qilinguncha saqlanadigan depozitlari Kredit 16309 – Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar Agan uzoq muddatli kredit yakka tartibdagi tadbirkorga berilgan bo‘lsa: Debet 16309 Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar Kredit 44100 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar. Tijorat banklari qisqa va uzoq muddatli kreditlardan tashqari boshqa faoliyatdan ham daromad ko‘radi. Masalan, moliyaviy ijara, ya’ni lizing bo‘yicha, mijozlarning hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha, qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan Repo operasiyalari bo‘yicha, bankning xususiy mulkini sotishdan va boshqa daromadlarni olishi mumkin. Tijorat banklari mijozlarning naqd pulsiz hisob-kitob operasiyalarini, jumladan inkasso operasiyalarini bajaradi. Inkasso operasiyalarini bajarganlik uchun haq to‘langanda bu operasiya quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi asosida bajariladi: Debet 20200 – Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar 125 Kredit 45257 – Mijozlarning inkasso operasiyalari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlari uchun olingan daromadlar. Shunday qilib, biz bank daromadlari va ularni hisobga olish bo‘yicha bir necha misollarni ko‘rib chiqdik. Bank juda ko‘plab operasiyalarni bajaradi va xizmatlar ko‘rsatadi, buning natijasida daromad oladi. Banklarning daromadlari va ularning turlari bo‘yicha operasiyalarni batafsil bilish uchun tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasini olib uning 4-bo‘limini o‘rganib chiqish tavsiya etiladi. Bunda to‘lanadigan hisobvaraqlar debetlanadi, bankning tegishli daromad hisobvrag‘i kreditlanadi. 2.Bank xarajanlari va ularning turlari. Bankning foizli, foizsiz va operatsion xarajatlari, ularning rasmiylatirilishi va hisobi. Bank o‘z faoliyatini to‘laqonli yuritishi uchun xarajatlar qiladi. Tijorat banklarining barcha xarajatlarini 3 guruhga bo‘lish mumkin. Bular: – Foizli xarajatlar – Foizsiz xarajatlar – Operatsion xarajatlar Foizli xarajatlar barcha majburiyatlar bo‘yicha mijozlarga va boshqa banklarga to‘langan foizlar summasidan tashkil topadi. Tijorat banklari o‘z kredit resurslari tashkil etish maqsadida talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar, jamg‘armali hamda muddatli depozitlar qabul qiladi. Ushbu depozitlarga banklar tomonidan ma’lum miqdorda belgilangan stavkada foiz ko‘rinishida to‘lov to‘laydilar. Banklar foizli xarajatlarining yana biri tijorat banklarining kredit operasiyalari bilan bog‘liq. Chunki tijorat banklari eng ko‘p Markaziy Bankdan, boshqa tijorat banklaridan, budjetdan tashqari fondlardan, nobank moliya institutlaridan kreditlar olishi mumkin. Bundan tashqari, banklarning foizsiz xarajatlariga bank sohasida malakali kadrlar tayyorlashda, ularning malakasini oshirish uchun sarflaydigan xarajatlari kiradi. Tijorat banklari oliy o‘quv yurtlari bilan kelishilgan shartnomadagi mablag‘larni to‘lab bank sohasiga malakali kadrlar tayyorlash, Mintaqaviy o‘quv markaziga va boshqa malaka oshirish institutlariga bank xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha xizmatlari uchun haq to‘laydi. Bundan tashqari, banklar qantselyariya tovarlari, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarni, maxsus adabiyotlar sotib olish, shuningdek bank faoliyatini amalga oshirishda zarur bo‘ladigan maxsus nashrlarga obuna bo‘yicha qilinadigan xarajatlari mavjud bo‘lib ular ham foizsiz xarajatlardir. Xarajatlarni hisobga olish uchun ochilgan boshqa barcha hisobvaraqlar, ularning nomi va nomerlarini hisobvaraqlar rejasidan olib o‘rganishingiz mumkin. Hisobot yili oxirida bu xarajatlar daromad hisobidan qoplanadi: Debet – 31206 Sof foyda (yoki zarar) Kredit – 50100 (50600, 51100). Talab qilib olinguncha saqlanadigan, yoki jamg‘armali yoki muddatli depozitlar bo‘yicha foizli xarajatlar. 126 Bu hisob raqamlardan Markaziy bank hisob raqami yoki depozitlari qoldiq summalariga hisoblangan foizlar xarajat qilinib, buxgalteriya provodkasi quyidagicha bo‘ladi: Debet 51600 MBning hisobvaraqlari bo’yicha foizli xarajatlar Kredit 10301 Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i - Nostro Bu xarajatlar yil oxirida foyda hisobidan qoplanadi, buxgalteriya provodkasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: Debet – 31206 Sof foyda (yoki zarar) Kredit – 51600 O‘zR. Markaziy bankining hisobvarag‘lari bo‘yicha foizli xarajatlar Boshqa banklarga to‘lanadigan foizli xarajatlar 52100 –“Boshqa banklarning hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar” hisobvarag‘ida yuritilib o‘z ichiga uchta hisob raqamni oladi: 52101 – Boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar-Vostro 52106 – Boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar-Nostro. 52111 – Boshqa banklarning depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar. Bu hisobvaraqlardan boshqa banklar vakillik va depozit hisobvaraqlari qoldiqlariga hisoblangan foizlar xarajat qilinib, yil oxirida bank foydasidan qoplanadi: Debet – 52100 Boshqa banklarning hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar Kredit – 10301 Bankning vakillik hisobvarag‘i. Xarajatni yopish quyidagi provodka orqali amalga oshiriladi: Debet – 31206 Kredit – 52100 Boshqa foizli xarajatlar hisobvaraqlar rejasidagi 54902 - balans varag‘ida yuritiladi. Bu hisobvarag‘dan xarajat qilinsa, yil oxirida u ham foyda hisobidan, ya’ni 31206 hisob raqamidan yopiladi. Buning buxgalteriya provodkasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: Debet – 31206 Sof foyda (yoki zarar) Kredit – 54902 Boshqa foizli xarajatlar Bundan tashqari, yana juda ko‘plab xarajatlar, ya’ni tijorat banklarining marketing, funksional xizmatlar haqini to‘lash, qo‘riqlash, yong‘indan saqlash va aloqa vositalarini o‘rnatish bo‘yicha qilinadigan barcha ishlar foizli xarajatlarni tashkil etadi. Umuman, bankning foizli xarajatlari buxgalteriya balansining 50100-hisob raqamdan 54902-hisob raqamgacha bo‘lgan moddalarda yuritiladi. Bankning faoliyatida foizli xarajatlar bilan birga foizsiz xarajatlari ham qilinadi. Foizsiz xarajatlar hisobi 55100, 55300, 55600, 55800, 55900 kabi hisob raqamlarida olib boriladi. 55100 – Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun komission xarajatlar deb nomlanuvchi hisobvaraq 55102-hisob raqamidan 55195 hisob raqamlarigacha bo‘lgan hisobvaraq nomerlarini oladi. Bu hisobvaraq nomlarini hisobvaraqlar rejasidan 127 ko‘rib oling va eslab qoling! Eng katta foizsiz xarajatlarga komission xarajatlar kiradi. Komission xarajatlar – bank operasiyalar uchun ko‘rsatilgan xizmati doirasida to‘lanadigan foizsiz xarajatlardir. Komission harajatlar bilan bog‘liq bunday to‘lovlarda buxgalteriya provodkasi quyidagicha bo‘ladi: Debet – 55100 Muddatli depozitlar bo‘yicha foizli xarajatlar Kredit – xizmat ko‘rsatgan xo‘jalik yurituvchi subyekt daromad hisob raqami. Yil oxirida bu foizsiz xarajatlar ham bankning foydasi hisobidan yopiladi. Bank chet el valutasi bo‘yicha operasiyalarda zarar ko‘rishi mumkin. Bular «Spot» shartnomasi bo‘yicha zarar va Forvard» /Opsion/ shartnomalari bo‘yicha zarar. Chet el valutasida zarar 55302 va 55306 hisob raqamlarda yuritiladi. 55302 – «Spot» bitimlari bo‘yicha xorijiy valutalarda ko‘rilgan zarar. 55306 – Hosilaviy instrumentlar bilan tuzilgan bitimlar bo‘yicha xorijiy valutalarda ko‘rilgan zarar. Bunday hosilaviy instrumentlarga «Forvard» /Opsion/ Fyuchers shartnomalari bo‘yicha operasiyalar kiradi. Demak, bu hisob raqamlar orqali spot, forvard, opsion, fyuchers shartnomalaridan ko‘rilgan zararlar hisobi yuritiladi. Bu zararlar ham yil oxirida bankning foydasi hisobidan hisob-kitob qilinadi. Bank xarajatlarining katta qismini operatsion xarajatlar tashkil etadi. Banklar o‘z operatsion xarajatlarini ularning bosh banki tomonidan bir yil uchun tasdiqlangan va xabar qilingan smeta ajratmalari chegarasida amalga oshiradilar. Bankning operatsion xarajatlari uchun ajratilgan smeta mablag‘lari hisobot yilining 31-dekabrigacha amal qiladi. Tugagan yilda amalda qilingan barcha xarajatlar 31- dekabrgacha o‘tkazib bo‘linishi lozim. Ish haqi bank xodimlariga faqat ishlangan vaqt uchun va belgilangan muddatlarda, oyiga ikki marta: oyning birinchi va ikkinchi yarmi uchun to‘lanishi lozim. Ishchi va xizmatchilarga hisoblangan ish haqining barcha turlari ish haqi fondiga kiritiladi.
Yüklə 20,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə