Reja: Ekologiyaning hayotimizdagi o’rni Ekologiya nazorati Ekologiyani muhofaza qilish



Yüklə 20,72 Kb.
səhifə1/3
tarix14.02.2022
ölçüsü20,72 Kb.
#83751
  1   2   3
Ekologik nazorat


Ekologik  nazorat

Reja:

1.Ekologiyaning hayotimizdagi o’rni

2.Ekologiya nazorati

3.Ekologiyani muhofaza qilish

Ekologiya  nazorati atrof  tabiiy  muhitni  muhofaza  qilish,  tabiiy  resurslardan  oqilona foydalanish  va  ekologik  havfsizlikni  ta’minlash  qoida  talablarini  barcha  vazirlik,  davlat qo`mitalari  va  idoralari,  korxonalar,  tashkilotlar,  muassasa,  mansabdor  va  jismoniy  shaxslar tomonidan bajarilishini tekshirish, tabiiy muhit  holatini o`rganish va kuzatish, chora-tadbirlarni qo`llash  bilan  bog`liq  siyosiy  huquqiy,  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  ma’naviy-ma’rifiy  chora-tadbirlar yig`indisini o`z ichiga oladi. Ekologik  nazoratning  asosiy maqsadi  atrof tabiiy muhit  barqarorligini saqlashdan iborat bo`lib, davlat organlari va jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirgan holda olib borilishini taqozo etdi. 

Ekologik nazoratning vazifalari: 

atrof  tabiiy  muhit  holatini  hamda  xo`jalik  yuritish  va  boshqa  faoliyat  ta’siri  ostida  unga bo`ladigan o`zgarishlarni kuzatib boorish 

atrof  tabiiy  muhitni  muhofaza  qilish,  tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanish,  atrof  tabiiy muhitni  sog`lomlashtirish,  tabiatni  muhofaza  qilishga  doir  qonunlar  talablari  va  atrof  tabiiy muhit  sifatining  normativlariga  rioya  etish  borasidagi  dasturlar  hamda  ayrim  tadbirlar bajarilishini tekshirish. Ekologik nazorati murakkab jarayonni o`z ichiga oladi va turli xil  chora tadbirlar tizimini 

amalgam oshiriladi: 

-atrof tabiiy muhitda bo`ladigan o`zgarishlarni kuzatish,axborot jamlanmasini shakllantirish

-atrof tabiiy muhit holatiga antropogen ta`sirlarni o`rganish; 

- ishlab chiqarish va xo`jalik yuritish jarayoning barcha jabhalarida ekologik qonunchilik  qoida-

talablariga rioya etilishini tekshirish; 

- ishlab chiqarish va xo`jalik faoliyatini amalgam oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning 

tabiatni  muhofaza  qilishga  qaratilgan  profilaktik    chora-  tadbirlarning    belgilangan  amalgam oshirilishini tekshirish; 

-tabiiy resurslardan foydalanish bo`yicha ruxsatnomalar berish; 

-ekologik  qoida  talablarni  buzgan  yuridik  va  jismoniy  shaxslarni  aniqlash,  ogohlantirish, javobgarlikka tortish; 

-aholi orasida ekologik qonunchilik  qoida-talablarni targ`ib va tashviqot qilish va boshqalar. 

Ekologiya  nazorati  bilan  bog`liq  murakkab  faoliyatini  olib  borshda  ekologiya  nazorati sub’ektlari tomonidan quyidagi asosiy tashkiliy-huquqiy usullar qo`llaniladi. 

1. Kuzatish- atrof tabiiy muhitda bo`ladigan o`zgarishlarni o`rganish va ma’lumotlarni to`plash. 

2.  Umumlashtirish-  atrof  tabiiy  muhit  holatiga  zararli  va  havfli  ta’sirlarni  aniqlash,  tahlil  qilish 

asosida ma’lumotlarni tasniflash. 

3. Baholash-antropogen faoliyat ishlarining zararli, havfli va noqonuniyligini aniqlash. 

4. Ruxsatnoma berish-yuridik va jismoniy shaxslarga yer, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi, yer 

osti boyliklari va atmosfera havosidan foydalanish uchun litsenziya berish. 

5.  Ogohlantirish,  cheklash  va  to`xtatish-ekologik  havfli  va  zararli  xo`jalik  va  boshqa  faoliyatni 

cheklash, vaqtincha to`xtatib qo`yish va bekor qilish. 

6.  Javobgarlikka  tortish-ekologik  qoida  talablarini  buzgan,  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga 

nisbatan ma’muriy-huquqiy javobgarlik choralarini qo`llash. 

Ekologiya nazorati ekologik-huquqiy mexanizmning muhim tarkibiy qismi sifatida atrof 

tabiiy muhit barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. 



2.  Ekologiya  nazorati  tizimi  O`zbekiston  Respublikasi  ,,Tabiatni  muhofaza    qilish 

to`g`risida”gi qonunning 29-moddasiga asosan quyidagi tarribiy qismlardan iborat: 

1)Atrof tabiiy muhit holatini kuzatib boorish davlat xizmati

2)Davlat ekologiya nazorati; 

3)Idoraviy ekologiya nazorati; 

4)Ishlab chiqarish ekologiya nazorati

5)Jamoatchilik

ekologiya nazorati; 




Yüklə 20,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə