Reja: Ekonometrik modullarning turlari



Yüklə 28,26 Kb.
tarix22.12.2022
ölçüsü28,26 Kb.
#97641
ekonometrika


Mavzu: Dinamik ekonometrik modullardan foydalanish.
Reja:
1.Ekonometrik modullarning turlari.
2.Dinamik ekonometrik modullarga ta’rif.
3.Dinamik ekonometrik modullardan foydalanish usullari.

1.Ekonometrik modullarning turlari.


Asosiy ekonometrik usullarga quyidagi usullar kiradi:
1. Matematik statistika usullari. U quyidagi usullarga bo'linadi:
a) dispersion tahlil;
b) korrelyatsiya tahlili;
v) regressiya tahlili;
g) omilli tahlil;
d) indekslar nazariyasi.
2. Ekonometrik usullar:
a) iqtisodiy o'sish nazariyasi;
b) ishlab chiqarish funksiyasi nazariyasi;
v) talab va taklif tahlili.
Ekonometrik model - bu ehtimoliy-stoxastik modeldir. Bu model yordamida
iqtisodiy ko'rsatkichlami o'zgarish qonuniyatlarini matematik ko'rinishida
tenglamalar, tengsizliklar va tenglamalar tizimi ko'rinishda ifodalash mumkin.
Umumiy ko'rinishida ekonometrik model quyidagicha yoziladi:
Ekonometrik modelda Y - asosiy endogen ko'rsatkich, modelda Y o'zgarish
qonuniyatlarini yordamida o'rganish mumkin.
(х,,х,,....х„) - t a ’sir etuvchi, ekzogen ко'rsatkichlar.
Ekonometrik modelda fiktiv ко'rsatkichlar qatnashishi mumkin. Fiktiv
ко'rsatkichlar - bu sifatli ko'rsatkichlami miqdoriy ko'rsatkichlarga o'tkazilgan
ко'rsatkichlar.
Ekonometrik modellami ko'yidagi turlarini ko'rsatish mumkin:
1. Xususiy statik model. Ayrim korxonalarning xususiy dinamik modeli
makonda iqtisodiy ко’rsatkichlar ma’lum nuqtasi vaqtli harakatini makonda mazkur
obyektning ishlab chiqarish omillari bilan bog'laydi. Bunday model ko'pchilik
hollarda korxona ichki tahlili, normallashtirish va boshqarish uchun qo'llaniladi.
2. Xususiy dinamik model. Xususiy dinamik model iqtisodiy ko'rsatkichlari
xususiy fazoviy modeli korxonalar iqtisodiy ko'rsatkichlarining fazodagi turli
holatini tushuntiradi. Odatda bu model korxonalar (sexlar) darajasi uchun tuziladi
hamda yanada yuqoriroq darajada (vazirlikda) analitik maqsadlar uchun
foydalaniladi.
3. Umumiy dinamik model. Obyektlar majmui iqtisodiy ko'rsatkichlar
nazariyasining umumiy dinamik modellari ixtiyoriy o'zgaruvchan iqtisodiy
ko'rsatkichlarga ishlab chiqarish omillarining ta’sirini baholaydi. Mazkur
modellardan o'rganilayotgan obyektlar guruhini tahlil va prognoz qilish hamda
qarorlar qabul qilishda foydalaniladi.
Iqtisodiy jarayonlar tarkibmi ekonometrik modellashtirishda quyidagilarga
e’tibor berish kerak:
a) tuzilmani baholash va ularning qismlarini o'zaro taqqoslash;
b) bir xil turdagi turli tuzilmalami taqqoslash;
c) amaldagi tarkibni normallashtirilgan tuzilma bilan taqqoslash va chetlanish
sabablarini aniqlash;
d) mazkur tuzilmaning eng muvofiq ekanligini baholash;
e) makon va vaqtning konkret sharoiti uchun eng qulay tuzilmani loyihalash.
Hodisalar o'rtasidagi bog'lanishni ifoda etuvchi statistik modellami tuzish vaqtida
korrelyatsion va regrescion tahlil usuliga katta e’tibor beriladi. Mazkur usullar turli
statistik mezonlar yordamida o'rganilayotgan ko'rsatkichga har bir omilning ta’sir
darajasini aniqlash va baholash imkonini beradi. Agar tuzilgan model real tizimni to'g'ri
tavsiflasa, bu holda u bir tomondan modellashtirilayotgan obyekt ko'rsatkichlar miqdor
xarakteristikasini, ular dinamikasining o'zgarishini aniqlaydi, ikkinchi tomondan,
jarayonni maqsadga muvofiq boshqarish imkonini beradi. Agar o'rganilayotgan tizimning
tavsiflanayotgan holatlar omili guruhidan boshqarish omillari ajratilsa, shu omillarga faol
ta’sir etish jarayonini boshqarish va qo’yilgan maqsadga erishish bo'yicha asoslangan
qarorlar qabul qilish imkonini beradi.
2.Dinamik ekonometrik modullarga ta’rif.
Korxonaning xo’jalik faoliyatini ifodalovchi iqtisodiy ko'rsatkichlami tahlil
qilish uchun pirovard omilli model tuzish yoki modeliashtirish formal hamda evristik
yo'l bilan, ushbu natijaviy ko'rsatkichda ifodalangan iqtisodiy hodisani mohiyatini
sifatli tahlil qilish asosida amalga oshirilish. Omilli model modeliashtirish omilli
tizim elementlari bo'lgan omillarni tanlashda quyidagi iqtisodiy mezonlarga
asoslanadi: sababliligi, etarlicha o'ziga xosligi, mustaqil mavjudligi, hisob-kitob
imkoniyatlari. Umuman olganda omilli tizimga kiritilgan omillar miqdoriy
o' lchanadigan bo' lishi kerak.
Omilli tizimlarni determinallashgan modellashtirishda xo'jalik faoliyati tahlil
qilishda ko'plab uchraydigan, katta bo'lmagan pirovard omillar modelini ajratish
mumkin:
1) additiv modeiiar
у = =■*! + x2 +....+ х„;
<=1
2) multiplikativ modeiiar
n
y = T \X- = XlX2 X«-
i=I
3) karrali (nisbatli) modeiiar
i=i .=1
bunda у — natijaviy ko’rsatkich (dastlabki omilli tizim); x, - omillar (omilli
ko'rsatkichlar).
Determinallashgan omilli tizimlarda qo'llanadigan asosiy modeliashtirish
usullari quyidagilarga farqlanadi:
1. Omilli model uzaytirish usuli. Dastlabki omilli tizim у = ~ berilgan bo' lsin.
Agar ci\ - alohida qo'shiluvchi omillar ko'rinishida ifodalansa a, =eu +а12+... + Я]т;
unda y = - —+ — + +— , ya’ni v = V o ( ko'rinishidagi pirovard omilli tizim hosil
a2 a2 a2
bo'ladi.
2. Omilli modelni kengaytirish usuli. Dastlabki omilli tizim y = — bo'lsin.
a.
Agar kasrni surat va maxrajini bir songa ko'paytirish bilan kengaytirilsa, unda yangi
omilli tizim hosil bo'ladi va
a. bate a, b с d e ^
y = —....... У =
a2bcde b с d e a2
ko'rinishidagi yangi multiplikativ model kelib chiqadi.
3. Omilli modelni qisqartirish usuli. Agarda kasrni surat va maxrajini bir
xildagi songa bo'linsa, unda yangi omilli tizim hosil bo'ladi (bunda, tabiiyki,
omillarni ajratish qoidasi bajarilishi shart).
У = - ^ - = ^ ,
ai Qn
bu holda pirovard omilli tizim у = — ko'rinishida bo'ladi.
Shunday qilib, o'rganilayotgan xo'jalik faoliyati ko'rsatkichini darajasini
murakkab shakllanish jarayoni turli usullar bilan uni tashkil qiluvchilarga (omillarga)
ajratilishi va determinallashgan omilli tizim ko'rinishiga keltirilishi mumkin.
Masalan, ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi uchun quyidagi
determinallashgan omilli tizimlardan foydalanish mumkin:
Statikada (a) Dinamikada (b)
la. y = XtX2 lb. Ij, =1,2,
2a. v = xtx,x4 2b. ly =
3a. y = xlx3xix6x1 3b. Iy =hh4'th
bunda у - mahsulot hajmi;
*i - ishchilar soni;
x2 - tahlil davrida ishchilarning mehnat unumdorligi;
х3 - ishlayotganlar tarkibida ishchilar ulushi;
x4 - tahlil davrida bir ishchining mehnat unumdorligi;
x$ - ish kunlaridan foydalanish koeffitsiyenti;
*6 - ishchi soatlaridan foydalanish koeffitsiyenti;
x7 — mahsulot hajmini o'zgarishining umumiy koeffitsiyenti.
Keltirilgan 1-3 modellar omillarning mahsulot hajmini umumlashtiruvchi
ko'rsatkichi sifatida o'zgarishiga ta’sirini ketma-ket detallashtirilgan jarayonni
ifodalaydi. Xuddi shuningdek, modellar xo'jalik faoliyatining boshqa ko'rsatkichlari
uchun ham tuzilishi mumkin.
Omilli model determinallashgan modeilashtirish asosida iqtisodiy
ko'rsatkichlarni dastlabki formulasini uni boshqa ko'rsatkichlar bilan nazariy taxmin
qilinayotgan to'g'ri aloqalarni о zgarmagan holda qayta qurish imkoniyati borligi
yotadi. Omilli model determinallashgan modeilashtirish - bu iqtisodiy
ko'rsatkichlarning bog'lanishlarini shakllantirishning sodda va samarali vositasidir; u
alohida omillarning umumlashgan ко'rsatkichni o'zgarish dinamikasidagi rolini
(o'mini) miqdoriy baholash uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
Omilli tizimlarni determinallashgan modeilashtirish to'g'ri aloqalar kengligi
uzunligi bilan cheklangan. Xo'jalik faoliyatining u yoki bu ko'rsatkichini to’g'ri
aloqalari tabiati haqida bilim etarlicha bo'lmaganida obyektiv haqiqatni bilish uchun
ko'rsatkichlarning miqdoriy o'zgarish kengligini faqat ommaviy empirik
ma’ lumotlami stoxastik tahlil qilish orqali aniqlash mumkin.
Amaliy hisob-kitoblar resurslarning optimal kombinatsiyalarini topish uchun
eng chekli samaradorliklar nisbati ular narxining nisbati bilan qiyoslanadi, shuning
uchun к qo' llanayotgan resurslar narxining nisbatini ifodalaydi.
Qaror qabul qilish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqishga taalluqli amaliy
xarakterdagi tadqiqotlarda tadqiqotchi yuqorida ko'rsatilgan iqtisodiy ko'rsatkichlar
asosida qo'llanilayotgan resurslarning optimal miqdori va strukturasini aniqlashi
lozim. Ishlab chiqarish funksiyalari, shuningdek resurslarni tumanlar yoki ishlab
chiqarish tarmoqlari o'rtasida taqsimlashda ham qo'llanilishi mumkin. Cheklangan
resurslarni (masalan, o'g'it, kapital qo'yilmalar v'a x.k.) tarmoqlar yoki xo jaliklar
o'rtasida taqsimlashda Lagranj ko'paytuvchilaridan foydalanib, ishlab chiqarishning
regression tenglamalari sistemasi tuziladi.
3.Dinamik ekonometrik modullardan foydalanish usullari.
Stoxastik tahlil bilvosita aloqalarni o'rganishga yo'naltirilgan, ya’ni ta’siri
to'g'ri bo'lmagan, boshqalar orqali ta’sir etadigan (uzluksiz zanjir bo'yicha to'g'ri
aloqalarni aniqlash imkoni bo'lmaganida) omillami aniqlashga qaratilgan. Bundan
determinallashgan va stoxastik tahlil o'rtasidagi munosabat (nisbat) haqida muhim
xulosa kelib chiqadi: to'g'ri bog'lanishlarni birinchi navbatda o'rganish kerakligi
uchun, stoxastik tahlil yordamchi xarakter kasb etadi. Stoxastik tahlil omillar
bo'yicha determinallashgan model tuzib bo'lmaganida, ulami chuqur
determinallashgan tahlilni o' rganish quroli sifatida foydalaniladi.
Xo'jalik faoliyatining ba’zi bir tomonlarini o'zaro bog'lanishlarini omilli
tahlilining stoxastik modeliashtirish xo'jalik faoliyati omillari va natijalarining
miqdoriy xarakteristikalari - iqtisodiy ko'rsatkichlarning qiymatlarini tebranish
qonuniyatlarini umumlashtirishga tayanadi. Bog' lanishlarning miqdoriy parametrlari
xo'jalik obyektlari to'plami yoki davrlarida o'rganilayotgan ko'rsatkichlarning
qiymatlarini qiyoslash (solishtirish) asosida aniqlanadi. Shunday qilib, stoxastik
modellashtirishning birinchi asosi bo'lib, kuzatishlar to'plamini tashkil eta olish,
ya’ni bir hodisa parametrini turli sharoitlarda qaytadan o'lchash imkoniyatlari
hisoblanadi.
Determinallashgan omilli tahlilda o'rganilayotgan obyektning modeli xo'jalik
obyektlari va davrlari bo'yicha o'zgarmaydi (chunki, mos keluvchi asosiy
kategoriyalaming nisbati barqarordir). Alohida xo'jaliklar yoki bir xo'jalikni turli,
alohida davrlardagi faoliyatlari natijalarini qiyoslash zamriyati tug'ilganida model
asosida aniqlangan miqdoriy analitik natijalami qiyoslash haqida savol tug'ilishi
mumkin. Stoxastik tahlilda modelning o'zi empirik ma’lumotlar to'plami asosida
tuzilgani uchun, haqiqiy modelni hosil qilishning asosi bo'lib barcha dastlabki
kuzatishlar bo'yicha bog'lanishlarning miqdoriy xarakteristikalarini mos kelishi
hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, ko'rsatkichlarning qiymatini o'zgarishi
hodisalarni bir xildagi aniqlik chegarasida amalga oshishi kerak, ularning
xarakteristikalari bo'lib, modellashtirilayotgan iqtisodiy ко'rsatkichlar hisoblanadi
(o'zgarish chegarasida ifodalanayotgan hodisaning xarakterida sifatning keskin
o'zgarishi (sakrashi) ro'y bermasligi kerak). Shunday ekan, bog'lanishlami
modellashtirishda stoxastik yondashishning qo’llanishini ikkinchi asosi bo'lib,
to'plamni sifatli, bir jinsliligi hisoblanadi.
Iqtisodiy ko'rsatkichlarning o'rganilayotgan qonuniyatlari
(modellashtirilayotgan bog'lanish) yashirin tarzda namoyon bo'ladi. O'rganish,
izlanish nuqtai nazardan bu ko rsatkichning tasodifiy o'zgarishi va kovariatsiya
komponentalari bilan aralashib ketadi. Katta sonlar qonuni bo'yicha feqat katta to'plamda
bog'lanish qonuniyatlari o'zgarish yo'nalishlariga tasodifiy mos kelishidan kuchliroq
namoyon bo'ladi (tasodifiy kovariatsiya). Bundan statistik tahlilning uchinchi asosi kelib
chiqadi - o'rganilayotgan qonuniyatlami (modellashtirilayotgan bog'lanishlami) etarli
ishonchlik va aniqlikda aniqlash uchun kuzatishlar to'plami etarli darajada (miqdorda)
bo'lishi kerak. Modelni ishonchli aniqlik darajasi modelni ishlab chiqarish xo’jalik
faoliyatini boshqarishdagi amaliy maqsadlarda foydalanish mumkinligi bilan aniqlanadi.
Stoxastik tahlil yondashishining to'rtinchi asosi - iqtisodiy ko'rsatkichlarning
bog'lanishlarini miqdoriy parametrlarini ko'rsatkich darajasini tebranishini ommaviy
ma’lumotlaridan aniqlash imkonini beruvchi usullarning mavjudligi.
Qo'llanilayotgan usullarning matematik apparati ba’zida modellashtirilayotgan
empirik ma’lumotlarga o'ziga xos bo'lgan talablarni qo'yadi. Ushbu talablami
bajarish usullarini qo' llash va olingan natijalarni ishonchli bo' lishi uchun ahamiyatli
asos hisoblanadi.
Stoxastik omilli tahlilning asosiy xususiyati shundan iboratki, stoxastik tahlilda
modelni sifatli (nazariy) tahlil yo'li bilan tuzib bo'lmaydi, buning uchun empirik
ma’lumotlaming miqdoriy tahlili zarur bo'ladi.
Regression stoxastik (chiziqsiz) modellashni misollari. Ekonometrik
izlanishlarda hodisa va jarayonlarni stoxastik modellashtirishning quyidagi
matematik-statistika usullarini qo'llash topilgan: ко'rsatkichlar o'rtasidagi
bog'lanishlar va korrelyatsiyani baholash; bog'lanishlami statistik mohiyatliligini
baholash; regressiya tahlili; iqtisodiy ko'rsatkichlarning davriy tebranishi
parametrlarini aniqlash; ko'p o'lchamli kuzatishlarni guruhlash; dispersiya tahlili;
zamonaviy omilli (komponent) tahlili; transformatsiya tahlili.
Korxonalarning xo'jalik faoliyatini tahlil qilish uslubiyatiga matematik-
statistika usullarini kiritish zaruriyati ushbu usullar yordamida echilayotgan miqdoriy
(statistik) masalalarning mohiyatidan kelib chiqadi.
Iqtisodiy tahlilda eng ko'p, o'ziga xos bo'lgan quyidagi masalalar sinfini
ajratish mumkin:
- iqtisodiy ko'rsatkichlarning bog'lanishini mavjudligi, yo’nalishi va
intensivligini o'rganish;
- iqtisodiy hodisalar omillarini ajratish va tavsiflash;
- ko'rsatkichlar o'rtasidagi bog'lanishlarning analitik formasini aniqlash;
- ko'rsatkichlar darajasini o'zgarish dinamikasini tekislash (trendni aniqlash);
- ko'rsatkichlarning darajasini davriy tebranish qonuniyatlarini parametrlarini
aniqlash;
- xo' jaliklarni (korxona va uning bo' limlarini) ajratish va tavsiflash;
- iqtisodiy hodisalaming о lchamini (murakkabligi, ko'pqirraliligini) o'rganish;
- eng ko'p ma’lumotli (umumlashtiruvchi) sintetik ko'rsatkichlarni aniqlash;
- iqtisodiy ko'rsatkichlar tizimi ichki tarkibidagi bog'lanishlarni o'rganish;
- turli to' plamlardagi bog' lanishlar tarkibini solishtirish.
Regressiyaning chiziqsiz modellari quyida keltirilgan:
2-darajali parabola у = a0 + a,x+ а2хг;
3-darajali parabola у - a0 + a,x+a,x2 + a,*3;
и-darajali parabola у = ab +a,x+a2x2 +... + atlx";
2-darajali giperbola _v = a(i + —;
X
a
й-darajali giperbola У = ао+^ь',
logarifmik log у = a0 + atx ;
yarim logarifmik у = a„ + a, In x ;
ko'rsatkichli funksiya у = д0 • a*;
43darajali funksiya у = л„ ■ < ';
logistik funksiya у = -— i - .
1 + (\e
Funksiyalar parametri odatda eng kichik kvadratlar usuli bilan aniqlanadi.
Logistik funksiyada у ni qiymati oldin x ning tekis ozgarishda tezlatilgan
sur’atda orta boradi.
1. Natijaviy belgi bilan omil belgisining teskari darajasi o'rtasidagi egri chiziqli
korrelyatsion bog'lanishni giperbola ko'rinishida ifodalash mumkin:
a,
У,=а o+ —•
X
Agar regressiya koeffitsiyenti a, musbat ishoraga ega bo'Isa, omil belgi x
qiymatlari oshgan sari natijaviy belgi kichiklasha boradi va shunisi e’tiborliki,
kamayish sur’ati doimo sekinlashadi va x->qo cheksizlikka intilganda natijaviy belgi
o'rtacha qiymati a(l ga teng bo'ladi, ya’ni Ух = ao- Agar regressiya koeffitsiyenti a,
manfiy ishoraga ega bo'Isa, omil qiymati oshishi bilan natijaviy belgi qiymatlari
kattalashadi, ammo o'sish sur’ati sekinlasha boradi va х-юо.
Giperbola regressiya tenglamasi v. =n0 +— dagi i ni z bilan almashtirib, uni
x x
to'g'ri chiziqli ko'rinishga keltirish mumkin.
Ikkinchi tartibli parabola shaklidagi regressiya tenglama quyidagi ko'rinishga
ega
Yx =a+b1x+b2x 2.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:


1.Кремер Н.Ш. Эконометрика: Учебник. /Под. ред. Н.Ш Кремера. —М.:
ЮНИТИ-ДАНА, 2018. -250 с.
2. Шодиев Т.Ш. ва бошкдлар. Эконометрика. -Т.: ТДИУ, 2017. -98 б.
3. Абдуллаев О.М., Ходиев Б.Ю., Ишназаров А.И. Эконометрика. Учебник.
-Т.: Fan va texnologiya. 2019. - 560 с.
4. Эконометрика: Учебник. /Елисеева И.И., Курышева С.В. и др. - М.:
Финансы и статистика, 2017. - 360 с.
5. Магнус Я.Р., Катышева П К., Пересцкий А. А. Эконометрика. Начальный
курс: Учебник. - 7-е изд. испр. - М.: Дело, 2020. -280 с.
6. Доугерти К. Введение в эконометрику. Учебник -М .: ЮНИТИ, 2015. - 430 с.
7. Айвазян С.А. Прикладная статистика и основы эконометрики: Учебник.
- М.: ЮНИТИ, 2017. - 620 с.



Yüklə 28,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə