Reja: I. Kirish II. Asosiy qism. Kichik biznes va tadbirkorlikni kredit bilan ta’minlash Kichik biznes va tadbirkorlikni mikromoliyalash Krеdit mablg'lari va ularni bеrilish tartibi Kichik biznesni kredit bilan ta’minlash shakllari Kichik biznеs va xususiy



Yüklə 58 Kb.
səhifə1/2
tarix23.12.2023
ölçüsü58 Kb.
#156422
  1   2
Biznesni rivojlantirishda banklarning roʻli.


Biznesni rivojlantirishda banklarning roʻli.
Reja:
I.Kirish
II. Asosiy qism.

  1. Kichik biznes va tadbirkorlikni kredit bilan ta’minlash

  2. Kichik biznes va tadbirkorlikni mikromoliyalash

  3. Krеdit mablg'lari va ularni bеrilish tartibi

  4. Kichik biznesni kredit bilan ta’minlash shakllari

  5. Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni banklar tomonidan moliyaviy qo’llab quvvatlash uchun bеrilgan imtiyozlar.

III. Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

“O‘zko‘rgazmasavdo” markazida bank texnologiyalari, asbob-uskunalari va xizmatlari “BankEXPO – 2017” X milliy ko‘rgazmasi boshlandi.


Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Oliy Majlis Senati Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi, parlament quyi palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar hamda Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitalari, O‘zbekiston Axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlar assotsiatsiyasi, Banklar assotsiatsiyasi hamda tijorat banklari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari Sh.Shoahmedov, O‘zbekiston Banklar assotsiatsiyasi raisi S.Abdullayev va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida bank tizimini isloh etish va erkinlashtirishga qaratilayotgan izchil chora-tadbirlar iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 7-fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.
2016-yilda tijorat banklarining umumiy kapitali 2015-yilga nisbatan 1,2 barobardan ziyodga ko‘payib, 9 trillion 400 milliard so‘mdan oshdi. Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklari «Mudis», «Standart end Purs» va «Fitch Reytings» singari nufuzli xalqaro reyting agentliklarining «barqaror» reyting baholariga ega.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotimizni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirishda tobora muhim o‘rin egallashida tijorat banklarining ham hissasi salmoqli bo‘lmoqda. 2016-yilda bank muassasalari tomonidan kichik biznes subyektlariga qariyb 16 trillion so‘m miqdorida kreditlar ajratilgan, bunda mikrokreditlarning ulushi 3 trillion 300 milliard so‘mni tashkil etgan. Ayni paytda yosh oilalar, tadbirkor ayollar, kollej bitiruvchilari, oilaviy biznes va hunarmandlikni qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklari tomonidan 2016-yilda 2 trillion so‘mdan ortiq kreditlar ajratilgan.
– Davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida nafaqat mamlakatimiz, balki dunyo tajribasida nodir bo‘lgan amaliyot – tijorat banklari xodimlarining yurtdoshlarimiz xonadonlariga kelib, ularni tadbirkorlikka jalb qilish yuzasidan bevosita muloqotlar o‘tkazishi yo‘lga qo‘yildi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Muxtor Shonazarov. – Uchrashuvlar mobaynida yurtdoshlarimizga chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik, meva-sabzavot yetishtirish, issiqxonalar tashkil qilish singari yo‘nalishlarda kredit ajratish tizimi soddalashtirilgani, imtiyozlar joriy etilgani ma’lum qilindi. Bank xodimlari tomonidan ushbu faoliyat turlarining namunaviy biznes-rejalari taqdim etildi. Natijada joriy yilning birinchi choragida tijorat banklari tomonidan mazkur yo‘nalishda qariyb 1 trillion 500 milliard so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi. 218 mingdan ziyod ish o‘rni tashkil etildi.
“Xalqni tadbirkor qilish” shiori ostida o‘tkazilayotgan joriy ko‘rgazmada mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklari, nobank kredit tashkilotlari, yetakchi sug‘urta, lizing, axborot texnologiyalari kompaniyalari tomonidan taklif etilayotgan mahsulot va xizmatlar namoyish etilmoqda. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Hunarmand” uyushmasi singari kichik biznes subyektlari, xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida bank tizimi bilan yaqin hamkorlik qilib kelayotgan tashkilotlar ham ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazmada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, tadbirkor ayollar hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan ta’lim muassasalari bitiruvchilariga bank xizmatlari haqida ma’lumot va tavsiyalar berishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
– “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat banki xodimlari mamlakatimizdagi 340 mingdan ziyod xonadonga kelib, aholi o‘rtasida kredit olish shartlari, kerakli hujjatlar, tadbirkorlikni boshlash yuzasidan tushuntirishlar olib bordi, – deydi bank boshqarma boshlig‘i Ismoil Turopov. – Tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolarga biznes loyihalari taqdim etish bilan birga qisqa fursatda kreditlarni rasmiylashtirish borasida ham ishlar olib borilmoqda. O‘tkazilgan tadbirlar va suhbatlar asnosida 32 ming 700 dan ortiq yurtdoshimiz tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan bo‘lsa, ularning 20 mingga yaqiniga imtiyozli shartlar asosida 117 milliard so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.
Qishloq joylarda tadbirkorlikni rivojlantirishda ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish, kichik biznes subyektlarini sifatli, qulay, ishonchli resurslar bilan ta’minlashda tijorat banklari tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Chunonchi, «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankining mamlakatimizda quyonchilikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi bilan 57 quyonchilik agrofirmasi tashkil etilib, Italiyadan go‘shtga boqiladigan 1 ming 500 zotdor quyon keltirildi. Bugungi kunga kelib ularning soni 15 mingdan oshdi.
Ko‘rgazmada bank-moliya sektorining an’anaviy ishtirokchilari bilan bir qatorda yangi moliya muassasalari ham qatnashmoqda. Ulardan biri, 2016-yilning noyabr oyidan Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshlagan “Madad Invest Bank” xususiy aksiyadorlik tijorat banki aholini tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha o‘ziga xos rejaga ega.
– Biz odamlarga nafaqat qoramol yoki parranda xarid qilishda moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish, balki ularni parvarishlash uchun zarur barcha infratuzilmani yaratib bermoqchimiz, – deydi “Madad Invest Bank” xususiy aksiyadorlik tijorat banki departament direktori Alisher Akbarov. – Bunda biz lizing beruvchi, qurilish korxonalari bilan hamkorlikda fuqaroga shaxsiy biznesini to‘liq shakllantirib beramiz. Rejamizda aholi yashash punktlariga yaqin joylarda zarur xomashyo bazalarini hamda yetishtirilayotgan mahsulotlarni xorijga eksport qilishga xizmat qiladigan xarid shoxobchalarini barpo qilish ham o‘rin olgan.
Tadbir davomida tijorat banklari tomonidan chekka va aholi zich joylashgan tumanlarda faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, ishlab chiqarish mikrofirmalari, dehqon-fermerlar, yosh tadbirkorlarning loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovlar g‘oliblari aniqlandi. Ularga imtiyozli kredit ajratish huquqini beruvchi sertifikatlar topshirildi.
– «Xizmat ko‘rsatish sohasidagi eng yaxshi loyiha» tanlovi g‘olibi bo‘ldik, – deydi «Effekt konsalting» MChJ menejeri, Toshkent davlat agrar universiteti to‘rtinchi kurs talabasi Nurislom Sadayev. – Dasturiy ta’minot, konsalting xizmatlari sohasida uch yildan beri faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxonamizga ko‘rsatilgan bunday rag‘bat bizdan yanada mas’uliyat bilan ishlashni talab etadi.
Ko‘rgazmada tijorat banklari, vazirlik va idoralar mutaxassislari, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari bilan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, sohaga tatbiq qilinayotgan imtiyoz va preferensiyalar, tadbirkorlikning yangi turlariga bag‘ishlangan davra suhbatlari, seminarlar, taqdimotlar, uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Banklar Assotsiatsiyasi va Toshkent moliya instituti hamkorligida “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilashni jadallashtirishda bank-moliya tizimining roli” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Konferensiyada O‘zbekiston bank-moliya tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishini ta’minlab, yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni izchil rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi. Bunda Prezidentimiz Islom Karimovning 2010-yil 26-noyabrda qabul qilingan “2011-2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarori dasturilamal bo‘lmoqda.
Mamlakatimizdagi tijorat banklari kredit qo‘yilmalarining umumiy hajmi keyingi uch yilda 2,3 baravarga o‘sdi. Misol uchun, 2013-yilda oldingi yilga nisbatan 30,1 foiz ko‘p kreditlar ajratildi, berilgan investitsion kreditlar hajmi 1,3 barobarga oshdi.
Bugungi kunda banklar kapitalining yetarlilik darajasi 24,3 foizni tashkil etmoqda, bu bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi tomonidan 8 foiz etib belgilangan talabdan uch barobar ko‘pdir. Likvidlik darajasi bank tizimi barqarorligini baholashda muhim omillardan biri bo‘lib, qator yillar davomida 65 foizdan yuqori, ya’ni belgilangan minimal darajadan ikki barobar ko‘p miqdorni tashkil etmoqda.
Anjumanda davlatimiz rahbarining 2014-yil 7-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda 15-aprelda imzolangan “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati, bank tizimi oldiga qo‘yilgan vazifalar xususida atroflicha so‘z yuritildi. Mazkur hujjatlarga muvofiq bank sohasida chora-tadbirlarning amalga oshirilishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarining kengayishiga, banklarning investitsiyaviy faolligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Tadbirda iqtisodiyotni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilashni jadallashtirishda bank-moliya tizimining rolini oshirish, banklarning kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash hamda xalqaro me’yorlarga muvofiq yanada rivojlantirish yuzasidan fikrlashildi.


Xulosa
O'zbеkiston Rеspublikasining milliy valyutadagi krеdit mablag‘lari manbai bо‘lib, tijorat banklari, shuningdеk byudjеtdan tashqari fondlar(Mеhnat vazirligi qoshidagi bandlik yuzasidan yordam kо‘rsatish Fondi xamda dеhqon va fеrmеr xо‘jaliklari Assotsiyasi qoshidagi dеhqon va fеrmеr xо‘jaliklarining rivojlanishiga yordam bеrish fondi) xisoblanadi va kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishiga yordam bеradi.
Shunday qilib, marketing bo‘yicha mutaxassis iste’molchining o‘zini tutishini (xulq-atvorini) modellashtirish asosida o‘zining tovari qanday ehtiyojlarni qondirishga xizmat qilishini bilish va zarurat tug‘ilganda, uning xislatlar haqida axborot olish uchun qayerga va qanday murojaat qilayotganliginiko‘rish va unga uni qiziqtirayotgan ma’lumotlarni tezroq va to‘laroq olishga yordam berish, iste’molchiga u amal qilayotgan motivlar (sabablar) va stimullar (rag‘batlar)ni bilishi asosida xarid qilish haqida qaror qabul qilishiga ko‘maklashish imkonini beradi.

Yüklə 58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə