Режа: Ishlab chiqarish zaxiralari chiqimini rasmiylashtirish tartibi



Yüklə 19,98 Kb.
səhifə1/5
tarix22.12.2022
ölçüsü19,98 Kb.
#97716
  1   2   3   4   5
11-mavzu. Materiallarni kirimining va chiqimining buxgalteriya hisobi va auditi


11-mavzu. Materiallarни kirimiнинг va chiqimining buxgalteriya hisobi va auditi
Режа:
1. Ishlab chiqarish zaxiralari chiqimini rasmiylashtirish tartibi.
2. Ishlab chiqarish zaxiralari chiqim қилишнинг синтетик ҳисоби.


Talabnoma. Talabnoma iste’molchilar, ya’ni tsex, bo’lim va uchastkalar tomonidan ombordan moddiy qiymatliklarni olish maqsadida rasmiylashtiriladi. Talabnoma ikki nusxada yozilib, bir nusxasi omborchida qolsa, ikkinchisi material olgan shaxsga beriladi. Talabnoma ombor uchun chiqim hujjati hisoblansa, sex, bo’lim va uchastkalar uchun esa kirim hujjati hisoblanadi. Talabnomalar asosan ishlab chiqarish texnologik bo’lim tomonidan rasmiylashtiriladi.
Talabnomada quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: korxona nomi, tartib raqami, sanasi, ombor raqami, moddiy qiymatliklarni olayotgan tsex raqami, tsexning ishlab chiqarish zaxiralarini qancha so’ragani, omborning esa qancha miqdorda bergani, ombor va tsex bo’yicha moddiy javobgar shaxslarning ismi sharifi, materiallarning nomenklatura raqami, talab qilinayotgan materiallarning nomi, narhi, summasi. Talabnomalar moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanadi. Omborchi talabnomalarni kun oxirida buxgalteriyaga topshiriladi. sexdagi moddiy javobgar shaxslar esa oy oxirida (masalan oyning 25 sanasidan 28 sanasigacha) talabnomalarni moddiy hisobotga ilova qilib buxgalteriyaga taqdim etadi.
Limit zabor karta. Kartada materiallarni amaldagi me’yoriy sarf xarajatlari va bajarilayotgan ish hajmining rejasi asosida o’rnatilgan limiti ko’rsatiladi. Limit zabor kartaning bir nus’hasi talab qiluvchi sexga va ikkinchi nusxasi omborda qoladi va omborchi va qabul qiluvchilar tomonidan imzolanadi. Materiallarni xar bir sarf qilishdan keyin omborchi tomonidan materiallarning ishlatilmagan qoldig’i aniqlanadi. Agar limit еtmay qolsa materiallar maxsus talabnoma orqali beriladi, bosh muxandis yoki boshqa bir ma’sul xodim tomonidan imzolanadi va materiallarning еtmaslik sababi tahlil qilinadi. Maxsus talabnomaga materiallarning limitdan ortiq olinish sabablari qayd qilinadi. Oy oxirida limit kartaning ikkala nus’hasi tekshirish va qayta ishlash uchun buxgalteriyaga topshiriladi. Limit kartalar asosan “Vagon depo”larida ishlatiladi.
Yuk xati. Materiallar sexdan sexga, ombordan omborga, bir bo’limdan boshqa bo’limga berilganida, chiqindilarni topshirish, ishlab chiqarishda foydalanilmagan materiallarni qaytarish, materiallarni o’zga tashkilot yoki shaxslarga bepul berish yuk xatlar bilan rasmiylashtiriladi. Temir yo’l transportida harakatdagi tarkibni ta’mirlash uchun O’ztemiryo’lmashta’mir kabi korxonalarda ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi va sexdan omborlarga yuk xati orqali kirim qilinadi. Ushbu ehtiyot qismlar zavodlardan temir yo’l transportiga qarashli korxonalarga tarqatish uchun bosh omborlarga ham beriladi.
Bu yuk xatlari subektning filiallariga material berish yoki shartnomalarga asosan boshqa shaxslarga sotish uchun ham qo’llanib, ikki nusxada tuziladi.

Yüklə 19,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə