Reja: Islom Xo`ja- madrasasi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə1/2
tarix03.04.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#104124
  1   2
Boqiy Xorazim tarixiy sanat obidalari Minnadtjaddinnova


Boqiy Xorazim tarixiy sanat obidalari
Reja:


Islom Xo`ja- madrasasi Ko‘hna Ark majmuasi – Qadimgi Xorazm bo‘limi


“Ko‘xna -Ark” Xivaning qadimiy qal’asi “Ichan-Qal’a”dagi xon saroylaridan biri. Bu erda “Qadimgi Xorazm” bo‘limi ekspozitsiyasi tashkil qilingan. Umumiy maydoni 130x93m.«Qadimgi Xorazm» bo‘limi ko‘rgazmasi xonlar masjidida «Qadimgi Xorazm» ko‘rgazmasi tashkil topdi. Ko‘rgazmada joylashgan eksponatlar soni 439 tashkil qiladi. Ular asosan Xorazm tarixining antik davridan Xiva xonligi tashkil topishigacha bo‘lgan tarixiy davrni o‘z ichiga oladi. Muzey 1920 yilda tashkil qilingan. “Qadimgi Xorazm” bo‘limida Xiva xonlarining taxti turgan zal va qabulxona ayvoni, o‘tov, 2 ta devonbegi ekspozitsiyalari, “Xorazm sopoli” ekspozitsiyasi, Xiva xonligi davrida tanga, pul ishlab chiqarilgan zarbxona, xonlarning yozgi va qishki masjidlari, qishki masjidda “Qadimgi Xorazm” ekspozitsiyasi joylashgan. Bo‘limda jami 984 ta eksponat bor. Bo‘limda eng qiziqarli eksponat - bu Xitoy kulollari tomonidan ishlangan Xitoyning Tan imperiyasi davriga oid 700 yillik tarixga ega Xitoy chinni lagani.Bo‘limda qayta jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Navbatdagi vazifalarimizdan biri O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlab ko‘rgazmalar tashkil qilish, mustakillik bayramini munosib kutib olish, sayyohlarga namunali muzey xizmati ko‘rsatishdan iborat.Masjid qurilishi sanasi XIX asr.Ko‘rgazma joylashgan foydali maydoni 160kv.m





Xorazm Amaliy sanati ko‘rgazmasi Ichan - Kaladagi 1908 – 1910 yillarda vaziri akbar Islom Xo‘ja tomonidan qurdirilgan madrasada joylashgan. Ko‘rgazmada Xorazm amaliy san’atiga doir 387 eksponat joylashgan. Bo‘limda «Yogoch o‘ymakorligi», «Mis o‘ymakorligi», «Zargarlik san’atiga» bag‘ishlangan to‘plovlar katta o‘rin tutadi. Yogoch o‘ymakorlari ota Polvanov, Abdulla Boltaev, Sapo Bog‘ibekovlarning ishlari namoyish qilinadi.
Ko‘rgazma 1983 yilda ochilib 1991 yil va 2014 yillarda reekspozitsiya qilingan. Hozirda ko‘rgazmada XIV – XXI asrlarga oid bebaho sanьat durdonalaridan yog‘och o‘ymakorligi, to‘qimachilik, gilamchilik, mis o‘ymakorligi, zargarlik sanьati buyumlar to‘plamlarini 400 dan ziyod namunalari namoyishga qo‘yilgan.
Eksponatlar bir-biridan qiziqarli bo‘lib yog‘och o‘ymakorligiga oid arab yozuvli naqshindor qo‘sh tavaqali eshik o‘zining jozibasi bilan har bir mehmonni o‘ziga jalb qiladi. Ushbu eksponat Germaniyadagi ko‘rgazmada muvaffaqiyatli qatnashgan.
Bo‘lim ilmiy xodimlari tomonidan ekspozitsiyaning yangi ekskursiya matni o‘zbek va rus tillarida tayyorlandi. Gilamchilik, naqqoshlik yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy ishlar olib borilmoqda. Har bir eksponatga ilmiy pasport yozish, arab yozuvi eksponatlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish, har bir to‘plam bo‘yicha ko‘rgazmadagi eksponatlarga sharh berish va elektron versiyasini ishlab chiqish dolzarb vazifa bo‘lib turibdi.
Umumiy foydali maydoni 420 kv.m. Madrasaning qurilishi sanasi 1908-10y.

Qozi Kalon madrasasi - «Xorazm musiqasi tarixi» bo‘limi



Ko‘rgazma Kozi-Kalon (1905 yil) madrasasida tashkil qilingan. Ko‘rgazmada Xorazm musiqa san’atining qadimgi davrlardan hozirgi kunimizgacha bosib o‘tgan tarixiy yo‘liga doir 352 buyum joylashgan. «Qozi-kalon» madrasasi 1905 yili Xiva xonining bosh qozisi – din, oila, meros va jinoiy ishlar masalalariga oid hukmlar chiqaruvchi davlat arbobi Muhammad Salim Oxund tomonidan qurilgan.1993 yildan bu madrasada «Xorazm musiqa tarixi» muzeyi ish boshladi. Muzey ekspozitsiyasi eramizning birinchi asridan yigirma birinchi asrigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.Ko‘rgazmadagi eng qiziqarli eksponatlar: tanbur nota chizig‘i kitobi, qayroq, qo‘shnay, bulomon, chanqobuz, mangal, ko‘za, ibriq, arfa. «Qozi Kalon» madrasasida Ustoz san’atkorlarni hayoti va ijodi, Xorazm xalq teatri, Xorazm xalq Qo‘g‘irchoq teatri, Xorazm viloyatida faoliyat ko‘rsatib turgan ashula va raqs ansambllari hayoti va ijodi, Xorazm musiqa tarixi mustaqillik yillarida ekspozitsiyalarini badiiy bezash maqsadida xonalarga oynali shkaf vitrinalar o‘rnatmoqda. Bo‘limda reekspozitsiya ishlari olib borilayotganligi sababli ko‘rgazmada turgan eksponatlar vaqtinchalik muzey fondiga topshirildi. Kerakli eksponatlar muzey fondidan olinib muzey zallari badiiy bezalmoqda.
1. Islomdan oldingi musiqa madaniyati.
2. Markaziy Osiyolik musiqa nazariyotchilari.
3. Xorazmshoxlar davrida musiqa madaniyatining rivojlanishi.
4. XIX – XX asrlarda Xorazm musiqa madaniyatining rivojlanishi.
5. Xorazm milliy musiqa asboblari ko‘rgazmalari badiiy bezaldi.
6. Tashrif buyurayotgan sayyoxlarga namunali muzey xizmati ko‘rsatish maqsadida «Doston xalq etnografik ansambli» jalb qilinib mahalliy va chet ellik sayyohlarga mavsumiy, bepul kontsert ko‘rsatilmoqda.
7. Muzeyimiz yangi texnik jihozlar bilan ta’minlangan. Ular orqali kelayotgan sayyoxlarga qadimiy kuylar, qo‘shiqlar, filьm-kontsertlar ko‘rsatilib, eshittirilmoqda.Bo‘lim ekspozitsiyasida jami 140 eksponat bo‘lib shulardan 81 tasi asosiy fondga, 59 tasi yordamchi fondga taaluqli. Kelajakda «Xorazm musiqa tarixi» doimiy ko‘rgazmasini yanada ko‘proq eksponatlar bilan boyitish rejalashtirilgan. Yoshlarni o‘z vataniga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash uchun maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarini, voyaga etmagan yoshlarni va ularning ota onalarini ko‘proq «Xorazm musiqa tarixi» ko‘rgazmasiga jalb qilish ishlari doimo amalga oshirilmokda. Buning uchun tashkilotlarda, universitet, kollej, litsey, maktab o‘quvchilariga ochiq dars va ma’ruzalar o‘qilmoqda. Mexnat faxriylari, ustoz san’atkorlar bilan uchrashuvlar tashkil qilinmokda, ilmiy ishlar yozilmoqda.
Qozi-kalon madrasasining qurilish sanasi 1905y.
Ko‘rgazmaning umumiy maydoni 180kv.m.

Matpanaboy madrasasi - “Avesto tarixi“ bo‘limi


“Avesto“ ajdodlarimizning diniy falsafiy qarashlari va tushunchalarini o‘zida mujassam etgan asargina emas, ayni vaqtda u bebaho tarixiy manba sifatida ham qimmatlidir. “Avesto” Markaziy Osiyo, umuman sharq xalqlarining eng qadimgi tarixi, turmush tarzi, urf – odati, ma’naviy madaniyati, ilm fani va boshqa sohalarga doir juda boy ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan. Shu boisdan jahon ilmiy jamoatchiligi uni bebaho tarixiy meros sifatida qadrlamoqda.


Shuni hisobga olib Xalqaro YuNESKO tashkiloti o‘zining 1999 yil noyabr oyda Parijda bo‘lib o‘tgan 30 – sessiyada “Avesto“ ning 2700 yilligini keng nishonlash haqida qaror qabul qildi. Yubiley tantanalari 2001 yil oktyabrida “Avesto” vatani O‘zbekistonda, aynan Xorazmda bo‘lib o‘tdi. Shu yil muzey ham tashkil qilindi. “Avesto“ bo‘limida jami eksponatlar soni 145 ta. Shundan asosiylari 85 ta, yordamchi fondda 60 ta eksponat bor.
Shular ichida eng qiziqarli eksponatlar.
1. Tuproq Qa’la maketi.
2. Qo‘yqirilgan Qa’la maketi.
3. Davla “sosud kosha”
4. Navro‘z bayrami kartinasi.
Ko‘rgazma jahon dinlaridan biri bo‘lmish zardo‘shtiylik va “Avesto” kitobining jahon madaniyati taraqqiyotidagi rolini ochib beradi. Bu esa o‘z navbatida yoshlarni Ona Vatanni sevish, tarixni o‘rganish ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Kelgusida ”Avesto“ bo‘limidagi ko‘rgazmani zamon talablariga mos, tarixiy xolislikka asoslangan qoidalar asosida qayta tashkil qilish va jahon badiiy muzeyshunoslik talablariga javob beradigan ko‘rgazmaga aylantirish muhim vazifalarimizdan biridir.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə