Reja: Kirish Bilimlarni taqdim etish usullari



Yüklə 102,07 Kb.
səhifə1/7
tarix05.04.2023
ölçüsü102,07 Kb.
#104248
  1   2   3   4   5   6   7
mustaqil ish intelektual boshqaruv nazariyasi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Kirish

Mavzu: Qatiymas mantiq asosida intellektual boshqaruv tizimlarini qurish usullari.
Reja:
1. Kirish
2. Bilimlarni taqdim etish usullari
3. Bilimlarni ajratib olish metodlarni tasniflash
4. Bilimni egallash bosqichlari
5. Xulosa
6. Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

Intellektual informatsion tizimlarda bilim - bu ob'yektning amaliy faoliyati va professional tajriba asosida olingan qonuniyati hisoblanib, mutaxassislarni ushbu yo‘nalish sohasida masalalarni yechaolishligi, ya’ni strukturalangan ma’lumotlar yig‘indisi hisoblanadi va mantiqiy javob bera oladigan ma’lumotlardir. Shuni aytish kerakki, ETni qurishdagi eng murakkab masalalardan biri bilimlar bazasi tizimini qurish va uni to‘ldirish hisoblanadi. Bu ikki bosqich o‘zaro yo‘nalishli (bir biriga bog‘liq), ikkinchi bosqichdan birinchi bosqichga o‘tish mumkin, shu bilan birga, ekspertdan olingan bilim boshlangich BBga mos tushmasligi mumkin. U faqat faktlar, tavsiflangan muammolar maydoni, shuningdek, bu faktlarni o‘zaro aloqasidan iborat. Bilimlar bazasi markazida qoidalar joylashadi.

Bilimlar bazasi - bu ETning soxa bilimidan iborat qismidir. Sun’iy intelekt va kognitiv psixologiya bo‘yicha ko‘plab mutaxassislar intelektning asosiy xususiyati inson ongida barcha tushunchalarning ma’lum tarmoq yordamida birlashganlgi deb hisbolaydi. Shuning uchun bilimlar bazasida faqatgina atamalar emas balki ensiklopediya - atamalar izohi va ularning bir-biri bilan bog‘lanishi muhimdir. Ushbu jarayonda bilimlar muhandisi oldidagi asosiy muammolardan biri suhbu bog‘lanishni o‘rnatishdir. ekspert va muhandis ish jarayonida kognitiv psixologiya natijalariga mos keluvchi tushunchalar iyerarxiyasini yaratishdan iboratdir.

2. Bilimlarni taqdim etish usullari


Bilimlarni taqdim etish yо‘nalishi doirasida intellektual tizim (IT) xotirasida bilimlarni rasmiylashtirish va taqdim etish bilan bog‘liq vazifalar bajariladi. Buning uchun bilimlarni namoyish etishning maxsus modellari va bilimlarni tushuntirish uchun tillar ishlab chiqariladi, turli xil bilimlar tanlab olinadi. IT-bilim olishi mumkin bо‘lgan manbalar о‘rganilib, IT uchun bilimlarni taqdim etish mumkin bо‘lgan tartib va qoidalar yaratilmoqda. Chunki IT uchun ma’lumotlarni taqdim etish muammosi juda dolzarbdir, IT - bu uning ishlashi uning xotirasida saqlanadigan muammo maydonini bilishga asoslangan tizimdir.
Kompyuterga aloqador bо‘lgan axborotlar protsessual va deklarativ ma’lumotlarga bо‘linadi. Protsessual axborot muammolarni hal qilish jarayonida bajariladigan dasturlarda, ushbu dasturlarda ishlaydigan ma’lumotlar bо‘yicha deklarativ ma’lumotlarda aks ettirilgan. Kompyuterda axborotni kо‘rsatishning standart shakli - muayyan turdagi kompyuter uchun aniqlangan bir qator ikkilik bitlardan tashkil topgan kompyuter sо‘zidir. Dasturni tashkil qiluvchi buyruqlarni ifodalash uchun ma’lumotlar va mashina sо‘zini ifodalash uchun kompyuter sо‘zi bir xil yoki turli xil sonli raqamga ega bо‘lishi mumkin. Sо‘nggi paytlarda ma’lumotlar va buyruqlar taqdimoti uchun kompyuter sо‘zlarining bitlari soni jihatidan bir xil qо‘llanilgan. Biroq, bir qator hollarda, mashina sо‘zlari bayt deb ataladigan sakkizta ikki tо‘rtlik guruhga bо‘linadi.
Buyruqlar va ma’lumotlar uchun kompyuterdagi mashina sо‘zlarida bir xil raqamlar ularni kompyuterda bir xil axborot birliklari sifatida kо‘rishga va ma’lumotlarni ham buyruqlar bо‘yicha bajarishga imkon beradi. Xotiraning tarkibi axborot bazasini shakllantiradi.
Mavjud bо‘lgan EHMlarda, kompyuterdagi mashinali sо‘zning bitta razryadini har qanday tо‘plamidan bir bitga qadar ma’lumotlarni olish mumkin. Kо‘pgina kompyuterlarda ikki yoki undan ortiq kompyuter sо‘zlarini uzundan uzunroq bir sо‘zga ulash mumkin. Biroq, kompyuterdagi sо‘zlar axborot bazasining asosiy xususiyatidir, chunki uning uzunligi har bir mashina sо‘zining bitta standart xotira yacheykasida saqlanganligi, ya’ni alohida nom bilan berilganligi - yacheykaning manzilidir. Ushbu nom orqali axborot birliklarini kompyuter xotirasidan olinadi va unga yoziladi.
Kompyuterning tuzilishi rivojlanishiga parallel ravishda ma’lumotlar taqdim etish uchun axborot strukturalarini (tuzilmalarini) rivojlantirish ham amalga oshirildi. Vektor va matritsalar, rо‘yxat tuzilmalari, ierarxik tuzilmalar shaklida ma’lumotlarni ta’riflash usullari mavjud edi. Hozirgi vaqtda yuqori darajadagi dasturlash tillari dasturlashtiruvchi tomonidan belgilanadigan mavhum ma’lumotlar turlaridan foydalanadi. Ma’lumotlar bazalari (DT) kо‘rinishi deklarativ ma’lumotlar bilan ishlashni tashkil etishda yana bir qadam bо‘ldi. Ma’lumotlar bazalarida kо‘p miqdordagi axborot bir vaqtning о‘zida saqlanishi mumkin va ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini (MBBT) tashkil etuvchi maxsus vositalar ma’lumotlarni samarali tarzda ma’lumotlar bazasida boshqarishga imkon beradi, agar kerak bо‘lsa, ularni ma’lumotlar bazasidan chiqarib olish va ularni tо‘g‘ri ma’lumotlar bazasida saqlash.
IT tadqiqotlari rivojlanib borgani uchun, protsessual va deklarativ ma’lumotlarning kо‘plab xususiyatlarini birlashtiradigan axborot tushunchasi paydo bо‘ldi.
Kompyuterda bilimlar ma’lumotlar shaklida - formulalar, matnlar, fayllar, axborot massivlari va x.z. shakllarida kо‘rsatiladi. Suning ucnun, bilimlarni maxsus tashkil etilgan ma’lumotlar deb aytish mumkin. Lekin bu juda tor tushunchadir. Shu bilan birga, SI tizimlarida axborotni shakllantirish, qayta ishlash va tadqiqotning asosiy obyekti hisoblanadi. Bilimlar bazasi, ma’lumotlar bazasi bilan bir qatorda, SI dasturiy ta’minot paketining zarur komponenti hisoblanadi. SI algoritmlarini tatbiq qiluvchi mashinalar bilimga asoslangan mashinalar deb ataladi, va mutaxassislik tizimlarini qurish bilan bog‘liq SI nazariyasining kichik bо‘limi - bilim muhandislikdir.
Bilimlar va ularning xususiyatlari. Bilimlarni ifoladash mavzulari (Knowledge Repesentation KR) ancha vaqtdan beri sun’iy intelekt soxasidagi ishlarda asosiy yо‘nalishlardan biri bо‘lib kelmoqda, negaki bilimlar ifodalanishining tо‘g‘ri uslubini tanlash tizimini muvaffaqiyatli barpo etishi xam bu bilimlar qо‘llaniladigan dasturiy ta’minotning о‘zini ishlab chiqilishidan xech xam kam bо‘lmagan omil deb hisoblanmaydi. Bilimlarni ifodalash tematikasi bilan uning axamiyatiga kо‘ra kam bо‘lmagan bilimlarni ifodalash tematikasi zich bog‘langan bо‘lib, u kompyuterli fanlarning ma’lumotlar bazasini loyihalash kabi soxasida kо‘rib chiqiladi. Sо‘zsiz ravishda, ma’lumotlar bazalari bilimlar emas, balki ma’lumotlarning masalan, ombordagi tovar-material zaxiralarining inventor schyotidagi ma’lumotlar, kreditor qarzlar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar, debitor qarzdorlik tо‘g‘risidagi ma’lumotlar va repozitoriylari sifatida kо‘rib chiqiladi, ammo xozirgi paytda kо‘p sonli kompaniyalar bilimlarni chiqarib olinishi uchun ma’lumotlarda yashirin qonuniyatlarni analiz qilinishi yо‘nalishida aktiv faoliyatni olib bormoqdalar.
“Bilimlar” xuddi “sevgi” kabi shunday bir sо‘zlardan bо‘lib, ularning ma’nosini har kim tushunadi, ammo uni ta’riflashga qiynaladi.
“Bilim” sо‘zini almashtiruvchi sо‘zlar sifatida kо‘p xolatlarda ma’lumotlar, faktlar, asos-dalillar kabi sо‘zlar ishlatiladi.
“Bilimlar” tushunchasining turli xil ilm va fan soxalarida va amaliyotida keng tarqalganligi va qо‘llanilishiga qaramay, mazkur atamaning aniq bir belgisi mavjud emas.
Kо‘p xolatlarda pragmatik deb nomlangan yondashuv qо‘llaniladi: bilimlar deydi – rasmiylashtirilgan ma’lumotlar bо‘lib, ularni dalil sifatida keltiradi yoki ularni mantiqiy xulosa chiqarish jarayonida qо‘llaydi. Ammo bu tarzdagi aniqlashlar chegaralangandir. U ongni bilimlar tо‘g‘risidagi va tugishli ravishda xulosa chiqarish mexanizmlari tо‘g‘risidagi tushunchalarni ifodalanishining mavjud bо‘lgan uslublari darajasidayoq qayd qilib, о‘zlariga bashqalarni ifodalashga qо‘ymaydilar.
Avval kо‘rib chiqilgan “ma’lumotlar” tushunchasi belgilanishi asosida ularning xususiyatlari va о‘ziga xosliklarini aniqlab, shundan sо‘nggina “bilimlar” tushunchasiga о‘tishga xarakat qiladi.
Eslatish joizki, ma’lumotlar deb, professional faoliyatning avtomatlashtirish vositalari orqali keyinchalik ishlov berish, saqlash va uzatish uchun yaroqli bо‘lgan rasmiylashtirilgan axborotga aytiladi.
Qaysi xususiyatlar ma’lumotlarni bilimlarga aylantirar ekan?
Bilimlarning 6 ta asosiy xususiyati sanaladi va xarakterlanadi (ulardan bir qismi ma’lumotlarga ham tegishlidir).
Bilimlarga asoslangan, tushunchalarni tassavur qilish va tizimlarni ishlab chiqish.
Bu Sun’iy intellektni о‘rganishdagi asosiy yо‘nalish xisoblanadi. Unga kо‘ra ekspert tizimlarini tasvirlaydigan yani bilimlarni tasvirlashni modelini tuzish, bilimlar bazasini tuzishlar kiradi. Oxirgi paytlarda bilimlarni chiqarib olishda о‘ziga modellar, chiqarib olish va bilimlarni shakillantirish usullari, bilimlar injeneriyasiga umumlashib ketadi. Tizimlarni loyxalashda ya’ni bilimlarga asoslangan xolda (BAT), bilimlardan foydalaniladi ekpertlar tomonidan aniq bir qoidalarga qaratilib u yoki bu amallarni bajarish tushuniladi. Bu yо‘nalish insonni yaratuvchanlik imitatsiyasini kuzatib boradi yani bunda tuzilmali va notuzilmali mummolar taxlil qilinadi. Ushbu yо‘nalishda izlanishlarda tasvirlash modellari tuzilib, bilimlarni chiqarib olish va qurish bundan tashqari bilimlar bazasini (BB) tuzish о‘rganiladi, ya’ni BAT ni yadrosi xosil qilinadi. BAT odatiy xollarda ekspert tizimlar xisoblanadi (ET).
Bilimlarga asoslangan, tushunchalarni tassavur qilish va tizimlarni ishlab chiqish.
Bu Sun’iy intellektni о‘rganishdagi asosiy yо‘nalish xisoblanadi. Unga kо‘ra ekspert tizimlarini tasvirlaydigan yani bilimlarni tasvirlashni modelini tuzish, bilimlar bazasini tuzishlar kiradi. Oxirgi paytlarda bilimlarni chiqarib olishda о‘ziga modellar, chiqarib olish va bilimlarni shakillantirish usullari, bilimlar injeneriyasiga umumlashib ketadi. Tizimlarni loyxalashda ya’ni bilimlarga asoslangan xolda (BAT), bilimlardan foydalaniladi ekpertlar tomonidan aniq bir qoidalarga qaratilib u yoki bu amallarni bajarish tushuniladi. Bu yо‘nalish insonni yaratuvchanlik imitatsiyasini kuzatib boradi yani bunda tuzilmali va notuzilmali mummolar taxlil qilinadi. Ushbu yо‘nalishda izlanishlarda tasvirlash modellari tuzilib, bilimlarni chiqarib olish va qurish bundan tashqari bilimlar bazasini (BB) tuzish о‘rganiladi, ya’ni BAT ni yadrosi xosil qilinadi. BAT odatiy xollarda ekspert tizimlar xisoblanadi (ET).

Yüklə 102,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə