Reja: Kirish i-bob



Yüklə 27,03 Kb.
tarix23.05.2022
ölçüsü27,03 Kb.
#87779
MAVZU


MAVZU: O`ZBEKISTONDA TA`LIM TIZIMIDA ISLOXOTLAR VA INNOVATSIYALAR

Reja:
Kirish I-bob.


Mustaqillik yillarida ta`lim tizimidagi islohotlar.
I.1. Mustaqillik yillarida ta`lim tizimining tubdan isloh qilinishi.
I.2. Ta`lim tizimidagi islohotlar va ularning maqsad va yo`nalishlari.
I.3. Ta`lim to`g`risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingandan keyingi oslohotlar.

II-bob. Ta`lim tizimini takomillashtirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish.


II.1. Ta`lim taraqqiyotini yuksaltirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning o`rni.
II.2. Yangi pedagogik texnologiyalarning ta`lim tizimida joriy etish tartibi. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Mavzuning dolzarblgi. Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda, mamlakatimiz taraqqiyotida, O`zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta`lim-tarbiya ishlarini oqilona yo`lga qo`yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot taqdirini ma`naviy jihatdan yetuk, texnikaviy bilimlar va murakkab texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat, iymoni butun, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak salohiyatli odamlar hal etadi. Kelajak taqdirimizga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatadigan asosiy omil fan-texnika, madaniyat, ma`rifat, ta`lim-tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar borasidagiyangiliklar va yutuqlarni, jahon mamlakatlari tajribalarini keng qo`lashda o`rganish, rivojlantirish va hayotga joriy etishdan iborat hisoblanadi.

Shu sababli bitiruv malakaviy ishini keng o`rganish yoritish dolzarb ahamiyatga ega mavzulardan biri hisoblanadi. Maqsad va vazifasi. O`zbekiston Respublikasida ta`lim tizimidagi islohotlarni hayotga joriy qilinishini o`rganish va tahlil qilishdan iborat. Respublikamiz mustaqil, suveren davlat sifatida tobora rivojlanib bormoqda. Siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy sohada tarixan qisqa vaqt ichida qanday yutuqlarga erishganimizni jahon jamoatchiligi ko`rib, kuzatib turibdi. Erishilgan yutuqlar haqida jahonning eng nufuzli iqtisodchilari, siyosatchilar ko`pdan-ko`p ijobiy fikrlar aytmoqdalar, yutuqlarimizni bir necha o`n yilliklarga, hatto asrlarga qiyoslamoqdalar. Rsepublikamiz ta`limida ro`y berayotgan o`zgarishlarni baholash, qiyoslahs uchun bizga sobiq Ittifoq-eski mustabid tuzumdan qanday ta`limiy meros qolganini yana bir bor esga olish lozim, deb o`ylayman. Zotan, qiyoslash, nisbatlar qo`lamini hisobga olish pedagogikada muhim ahamiyatga ega.


I-bob. Mustaqillik yillarida ta`lim tizimidagi islohotlar. I.1. Mustaqillik yillarida ta`lim tizimining tubdan isloh qilinishi. Mamlakatimiz istiqlolining eng dastlabki kunlaridanoq, buyuk ma`naviyatimiz va qadriyatlarimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta`lim-tarbiya tuzimini mustahkamlash, uni davr talablari bilan uy`gunlashtirish asosida jahon andozalari va ko`nikmalari darajasigaolib chiqish maqsadlariga favqulodda katta ahamiyat berildi. Bu o`rinda istiqlolimizning ilk yillari ta`limida amalga oshirilgan ayrim ishlarni ko`rsatib o`tish maqsadga muvofiqdir.

Eng avvalo, 1992 yilda mustaqil respublikamizda ta`limni o`rni, vazifasi, huquqiy kafolatlarini belgilaydigan birinchi Ta`lim to`g`risidagi qonun qabul qilindi. Maxsus qonun respublikamizda ta`lim mustaqilligini ta`minlab berish, kelajakda uni milliylashtirishga, ta`lim taraqqiyotiga to`liq bo`ladigan barcha vositalarni oradan olib tashlash bo`yicha ta`lim boshqaruvi organlari rahbarlari uchun to`la huquqiy kafolatlar barish, ta`limda demokratik va insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirishi, ta`lim bo`yicha xorijiy davlatlar bilan mustaqil tarzda hamkorlik qilish yo`llarini ochib berishi, ta`lim muassasalari uchun o`quv dasturlari rejalarini tanlab olishda muayyan erkinliklar berishi, tajriba-sinovlar o`tkazishni rag`batlantirish, ta`limning noan`anaviy turlarini yaratish va ularni rivojlantirishga, eng asosiysi, ta`limdagi tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng shart-sharoitlar yaratishi kerak edi.


I.2. Ta`lim tizimidagi islohotlar va ularning maqsad va yo`nalishlari. Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda, mamlakatimiz taraqqiyotida, O`zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta`lim-tarbiya ishlarini oqilona yo`lga qo`yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot taqdirini ma`naviy jihatdan yetuk, texnikaviy bilimlar va murakkab texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat, iymoni butun, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak salohiyatli odamlar hal etadi. Kelajak taqdirimizga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatadigan asosiy omil – fan-texnika, madaniyat, ma`rifat, ta`lim-tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar borasidagi yangiliklar va yutuqlarni, jahon mamlakatlari tajribalarini keng ko`lamda o`rganish, rivojlantirish va hayotga joriy etishdir.
Ilm-fan, madaniyat va ma`rifat har qanday mamlakat va xalqni yuksaklikka ko`taradi, uning taraqqiyotini ta`minlaydi, kelajagini oldindan ko`rsatib beradi. Ilm- ma`rifat e`zozlangan, ta`lim-tarbiyaga birinchi darajali ahamiyat berilgan mamlakatda turish nizolar, urush to`g`risida o`ylash hech kimning hayoliga ham kelmaydi. Chunki ilm-ma`rifat insonni yuksaklikka ko`taradi. Ta`lim-tarbiyaga birinchi darajali ahamiyat berish, bu haqda qayg`urish mamlakat va xalq istiqbolini o`ylash demakdir.

I.3. Ta`lim to`g`risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingandan keyingi islohotlar. Respublikada Ta`lim to`g`risidagi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ishlay boshlaganimizga ko`p bo`lgani yo`q. Shu davr ichida mazkur qonun va dasturni joriy etish uchun nimalar qilinadi? Respublika ta`limida nimalar o`zgardi? Shu masalalarni tahlil qilishga harakat qilamiz. Avvalo, ta`lim taraqqiyotining...adhalarida ko`zalagan bosh maqsad Respublika ta`limini o`sib kelayotgan yosh avlod ta`lim-tarbiyasini milliy istiqlol g`oyalari, talablari asosida tashkil etish; jamiyatimiz qadam qo`yayotgan XXI asr ta`limini taraqqiyot, ma`naviy-madaniy qarashlar ruhida bo`lishini, eng muhimi, jahon andozalariga javob bera oladigan darajada bo`lishini ta`minlashdir.

Shu maqsadlarni amalga oshirish yo`lida bajaradigan dastlabki tshkiliy tadbirlarning ayrimlarini ko`rib chiqamiz. Avvalam bor, bu ikki Qonunni ta`lim muassasalari amaliyotiga tadbiq qilish maqsadida alohida istiqbol dasturi ishlab chiqilib, Vazirlik hay`ati majlisida tasdiqlandi. Bu xujjatlarning maqsad va mohiyati barcha vositalar orqali ta`lim muassasalarida, ota-onalar, aholi o`rtasida keng tushuntirildi. Ta`limga oid me`yoriy xujjatlar: konsepsiyalar, davlat ta`lim standartlari, talablari, o`quv rejalari va dasturlari Nizomlar va boshqa me`yoriy xujjatlar yuqoridagi ichki qonun moddalariga muvofiqlashtirildi. Respublikada uzliksiz ta`lim tizimi uzil-kesil shakllantirildi.

II-bob. Ta`lim tizimini takomillashtirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish. II.1. Ta`lim taraqqiyotini yuksaltirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning o`rni. Barkamol avlod, komil insonni tarbiyalash bu jamiyatimiz oldida turgan eng muhim, muqaddas vazifadir. Bu muammoni bajarmasdan na iqtisodiy, na ijtimoiy va ma`naviy sohada qo`yilgan maqsadlarga erishib bo`lmasligini chuqur anglagan mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov islohotlarni aytgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ishlab chiqishdan va hayotga tatbiq etishdan boshladilar.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvardagi Uzluksiz ta`lim tuzimi uchun davlat ta`lim standartlarini shlab chiqish va joriy etish to`g`risidagi hamda 1998 yil 13 maydagi O`zbekiston Respublikasida umumiy o`rta ta`lim tajriba-tayanch o`quv rejasi, maktablari uchun Davlat ta`lim standartlari ishlab chiqilib, ular 24 ta shuningdek Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, barcha viloyatlar, Toshkent shaxar xalq ta`limi boshqarmalari tomonidan tashkil etilgan 322 ta umumiy o`rta ta`lim maktablarida o`quv yilida tajriba- sinovdan o`tkazildi. Bu jarayonda davlat ta`limi standartlari asosida yaratilgan sinov dasturlari bo`yicha har bir dars mavzusi o`quvchilarning yoshi, psixoriziologik hususiyatlariga mosligi, o`zlashtirishdagi sifat ko`rsatkichlari, mavzularning uzishligi, siddadan murakkabga yo`naltirilganligi, bir-birini to`ldirishi o`rganib borildi.
II.2. Yangi pedagogik texnologiyalarning ta`lim tizimida joriy etish tartibi. Prezidentimiz Islom Karimov alohida ta`kidlaganlaridek, biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlod qanday tarbiya topishiga, qanday ma`naviy fazilatlar egasi bo`lib voyaga yetishishga, farzandlarimizning hayotda nechog`i faol munosabatda bo`lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog`liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak. Shu sababli ham birinchhi navbatda, ta`lim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish, chuqurlashtirish, takomillashtirish, xususan, ta`lim mazmuniga nafaqat bilim, ko`nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil etuvchi – ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak atrofga munosabatlarni kirishish g`oyasi kun tatibiga ko`ndalang qilib qo`yildi.
Ta`lim mazmuni, uning komponentlari, tarkibi, vazifalari haqida so`z ketganda, dalillar bilan qonuniyatlar, yaqqollik bilan mavxumlik, bilimlar bilan haqiqatni mustaqil bilish metodlari o`rtasidagi maqbul keladigan munosabatlarni aniqlash zarur. Lekin bu ishlar o`z yechimini topganicha yo`q. Ochiqchasiga aytmaylik: Qaysi darsliklardan Prezidentimizning O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida... yoki O`zbekiston XXI asrga intilmoqda kabi asarlarida ko`tarilgan g`oyalar o`rin olgan? Javob yo`q. Endichi vazifa darsliklarning keyingi nashrlarida bunday namchiliklarini tuzatishdan iborat. Dars jarayonida ta`lim-tarbiyada o`quvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch, ta`lim jarayonining sub`yekti bo`lishi kerak, ya`ni oqish, o`rganish, muomala qilish o`quvchi zimmasiga o`tishi kerak.

Xulosa Ma`lumki, ta`lim har bir jamiyatning ajralmas qismi, madaniyati va rivojlanishining asosiy ko`rsatkichidir. Har qanday mamlakat istiqbolni rejalar tuzar ekan, avvalo, ta`limga e`tiborni kuchaytiradi. Shu ma`noda mustaqilligimizning ilk kunlaridan boshlab Prezidentimizning Kelajak bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga e`tibor qilinmasa, kelajak boy beriladi. Tarbiyadan hech narsani ayamaymiz degan dav`atlari ostida ta`limni isloh qilishga kirishilib, avvalo, Ta`lim to`g`risidagi Qonnun, so`ngra Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yaratildi. Komil inson tarbiyasi davlat siyosatining ulug`vor sohasi deb e`lon qilindi.


Foydalanilgan adabiyotlar Karimov I. A. O`zbekiston: miliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. O`zbekiston Karimov I. A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T. O`zbekiston Karimov I. A. Bunyodkorlik yo`lidan. T. O`zbekiston Karimov I. A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T. O`zbekiston

Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T. O`zbekiston J. G`. Yo`ldoshev. Ta`lim yangilanish yo`lida. T O`zbekistonda ijtimoiy fanlar jurnali Tarix shoxidligi va saboqlari. T Xalq so`zi gazetasi 1998.yil 17 iyun. Go`xishev B. Bilim – ezgulik yo`li. T


E`tiboringiz uchun raxmat
Yüklə 27,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə