Reja: Kirish. Prokuratura faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va vazifalari Prokuratura organlarining tizimi va tuzilishi



Yüklə 23,47 Kb.
səhifə1/3
tarix26.06.2022
ölçüsü23,47 Kb.
#90133
  1   2   3
prokratura


Reja:
Kirish.
1. Prokuratura faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va vazifalari
2. Prokuratura organlarining tizimi va tuzilishi
3. Prokuror nazorati sohalari
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 118-moddasiga muvofiq, respublika hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi. Prokuror barcha vazirliklar, idoralar, mansabdor shaxslar va fuqarolarning qonunlarni aniq bajarishlarini nazorat qiladi. Prokuratura organlari o‘z vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat qonunga bo‘ysunib amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 29 a vgustdagi «Prokuratura to‘g‘risida»gi (yangi tahriri) qonuniga muvofiq, barcha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, davlat nazorati idoralari, hokimlar, shuningdek, kimga bo‘ysunishidan, kimning tasarrufida bo‘lishidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, muassasalar, korxonalar va tashkilotlar, harbiy qismlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar fuqarolar qonunlarni aniq va bir xilda ijro etishlari ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Prokurorlar davlat nomidan nazoratni amalga oshiradilar. Ular kim
bo‘lishidan qat’i nazar, qonunni buzganlarga qarshi o‘z vaqtida chora
ko‘rishlari shart. Prokuratura organlarini tashkil qilish, ular faoliyatining tartibi,
prokurorlar vakolati O‘zbekiston Konstitutsiyasiga, «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunga va O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi boshqa qonun hujjatlariga asoslangan. «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunda ko‘zda tutilmagan vazifalarni prokuratura zimmasiga yuklashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Prokuratura faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va vazifalari
Prokuratura idoralarining faoliyati qonunning ustuvorligini har tomonlama qaror toptirishga, huquq-tartibotni mustahkamlashga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan mustahkamlangan inson va fuqaroning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari hamda erkinliklarini, shuningdek, davlat mustaqilligini, ijtimoiy davlat tuzumini, siyosiy va iqtisodiy tizimlarni, milliy guruhlar va hududiy tuzilmalarning huquqlarini g‘ayriqonuniy tajovuzlardan muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgandir.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar o‘z faoliyatini quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiradilar:
– inson va fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazorat olib borish;
– barcha idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan qonunlarning ijro etilishini nazorat qilish;
– jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi idoralarning qonunlarni ijro etishlarini nazorat qilish va ularning qonunlarni qo‘llashga doir faoliyatini muvofiqlashtirish;
– sudlarda jinoiy ishlar ko‘rib chiqilishida davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlash, sudlarda fuqarolik ishlarini, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni hamda xo‘jalik nizolarini qarab chiqishda ishtirok etish, qonunlarga zid bo‘lgan sud hujjatlariga protest keltirish;
– soliq intizomini mustahkamlashga, soliq valuta sohasidagi jinoyatlar
va huquqbuzarlarga qarshi kurashga, shuningdek davlatga yetkazilgan
iqtisodiy zararni qoplashga qaratilgan qonunlarning ijro etilishi ustidan
nazoarat; 
– ushlanganlarni saqlash, dastlabki qamoq, sud tayinlagan jazo va majburiy xarakterdagi boshqa choralarni o‘tash joylarida qonunlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish;
– Qurolli Kuchlarda qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish;
– jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergov olib borish;
– qonunchilikni takomillashtirish va qonunlarni targ‘ib qilishda hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda ishtirok etish.
O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari quyi pog‘onadagi prokurorlar yuqori pog‘onadagi prokurorlarga bo‘ysunish tartibida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori boshchiligidagi yagona markazlashgan tizimni tashkil etadilar. Ular nazoratni va o‘z vakolatlarini davlat hokimiyati hamda boshqaruv mahalliy idoralaridan, mansabdor shaxslardan, jamoat birlashmalaridan mustaqil ravishda O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilib turgan qonunlarga, xalqaro va
davlatlararo shartnomalarga (bitimlarga) qat’iy rioya etib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga bo‘ysungan holda amalga oshiradilar.
Bosh prokuror va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq, Oliy Majlis Senati tasdig‘idan o‘tganidan keyin lavozimlariga tayinlanadilar va ozod qilinadilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Prokurori O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasining oliy vakillik organi tomonidan tayinlanadi. Viloyatlarning prokurorlari, tuman va shahar prokurorlari O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokurorining, viloyat, tuman va shahar prokurorlarining vakolat muddati – besh yil.
Prokuratura organlari qonuniylik hamda jinoyatchilikning ahvoli, asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida, boshqaruv idoralari tomonidan qonunlarga rioya etilishini ta’minlash, davlat va jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquqlarini muhofaza qilish borasidagi vazifalar qanday bajarilayotganligidan, tegishli bo‘lishiga qarab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimiyatining oliy idoralarini, O‘zbekiston
Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatlarini, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarini, hokimlarni xabardor etadilar. Ular fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish to‘g‘risidagi, shuningdek, davlat siri hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirni saqlash haqidagi qonun talablariga zid kelmaydigan darajada oshkora ish ko‘radilar.
Prokuratura faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi nazoratida bo‘ladi. Prokuraturaning qonunlar ijro etilishini nazorat qilish, arizalar va xabarlarni tekshirish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish borasidagi faoliyatiga davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa idoralari, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalarining hamda ular vakillarining, shuningdek, mansabdor shaxslarning aralashishi taqiqlanadi. Prokurorning g‘ayriqonuniy qaror qabul qilishiga erishish yoki o‘z faoliyatini amalga oshirishga to‘sqinlik qilish maqsadida unga qanday shaklda bo‘lmasin
biron-bir ta’sir ko‘rsatganlik qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi. Prokurorning o‘zi aniqlagan qonunbuzarlik hollarini, qonun buzilishlarining sabablarini va unga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish, hujjatlar, materiallar va boshqa ma’lumotlarni taqdim etish, reviziya va tekshirish o‘tkazish, mutaxassis ajratish to‘g‘risidagi, prokuraturaga kelish va qonun buzilganligi xususida tushuntirish berish haqidagi talablarini bajarish shunday talab yuborilgan barcha idoralar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir. Prokurorning talablari va qarorlari ustidan shikoyat qilinishi ularning ijrosini to‘xtatib qololmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarining majlislarida belgilangan tartibda qatnashish huquqiga egadirlar. Viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlarning prokurorlari, ularga tenglashtirilgan prokurorlar belgilangan tartibda tegishli va quyi darajadagi hokimiyat va boshqaruv idoralarining majlislarida ishtirok etishga haqlidirlar. Bundan tashqari, O‘zbekiston
Respublikasi Bosh prokurori O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.
Prokuratura idoralari fuqarolarning ariza va shikoyatlarini, davlat, jamoat hamda boshqa tashkilotlarning murojaatlarini qarab chiqadilar va hal etishning boshqa tartibi belgilanmagan bo‘lsa, ularni tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radilar. Shu munosabat bilan prokuror o‘ziga tushgan taklif, ariza va shikoyatlarni tekshirish vazifasini, zarur hollarda, tegishli davlat boshqaruvi va nazorati idoralariga, korxona, muassasa, tashkilotlarning mansabdor shaxslariga topshirish hamda ulardan tekshirishga taalluqli barcha materiallar bilan
birga, tekshirish natijalariga doir yozma axborot berishlarini talab etish
huquqiga egadir.
Prokurorning shikoyat va ariza bo‘yicha qabul qilgan qarori ustidan yuqori pog‘onadagi prokurorga shikoyat qilish mumkin. Biroq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori shikoyat yuzasidan qaror qabul qilganidan keyin prokuratura idoralarida ana shunday shikoyatlarga doir ishlar yotqiziladi. Yangi ma’lum bo‘lgan holatlarga doir shikoyatlar bundan mustasnodir.

Yüklə 23,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə