Reja: Milliy til va adabiy til haqida ma’lumot



Yüklə 469,85 Kb.
tarix14.05.2023
ölçüsü469,85 Kb.
#110191
Ona tili va o\'qish savodxonligi 1-mavzu Hakimova Zumradxon


1-mavzu:Milliy va adabiy til
Reja:
1. Milliy til va adabiy til haqida ma’lumot.
2. Xalq shevalari.
3.Og‘zaki va yozma adabiy til va uning turlari.
4.Eski o‘zbek adabiy tili va uning shakllanishi
Milliy til — umumiy hudud, iqtisod va maʼnaviy boylik bilan birga millatni tashkil etuvchi ijtimoiytarixiy kategoriya. Millatning oʻzaro aloqa vositasi hisoblangan milliy til 2 shaklga ega: ogzaki va yozma. Milliy til qabila, elat tillaridan farqlanadi.U, odatda, millatni birlashtirib turuvchi yagona til vazifasini bajaradi. "Milliy til" tushunchasi tilning yashash shakllariga aloqadordir, u til mavjudligining alohida turi boʻlib, mavjudlikning boshqa turlariga shuningdek, boshqa Milliy tillarga qarama-qarshi qoʻyilishi mumkin. Har bir millat oʻz tiliga ega. Baʼzan bir millat bir necha tilga ega boʻlishi mumkin. Masalan:belgiyaliklar — bir millat, lekin fransuz va vallon tillarida soʻzlashadi. Shveysariyaliklar — yagona millat, lekin ular nemis, fransuz, italyan va retoroman milliy tillarida soʻzlashadi. Aksincha, bir necha millatlar bir milliy tildan foydalanadilar, masalan: AQSH, Angliya, Avstraliya va boshqa inglizcha soʻzlashuvchi mamlakatlarda ingliz milliy tilining variantlari, yaʼni britaniya ingliz, amerika ingliz, avstraliya ingliz variantlari qoʻllanadi. Milliy tilning hosil boʻlishi uzoq va murakkab jarayondir. Milliy tilning shakllanishidagi eng oliy bosqich milliy adabiy til hisoblanadi. Biroq milliy til adabiy tildan farqdanib, ogʻzaki nuqt va xalq shevalarini ham oʻz ichiga oladi.
Adabiy til — muayyan umumxalq tilining qayta ishlangan va meʼyorlash-tirilgan, mazkur tilda soʻzlashuvchi xalqning madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli. „Qayta ishlangan“ tushunchasi nisbiy. Hatto ayrim bir xalqda ham adabiy til turli davrda turlicha boʻlgan (masalan, qadimgi turkiy adabiy til, hozirgi oʻzbek adabiy tili). Baʼzi davrlarda bir xalq uchun boshqa bir xalq tili adabiy til vazifasini oʻtagan. Masalan, fors va turkiylar uchun mumtoz arab tili, yaponlar uchun mumtoz xitoy tili , baʼzi Yevropa xalqlari uchun lotin tili va boshqa adabiy til boʻlgan.
Adabiy til ning ikki — ogʻzaki ham yozma koʻrinishi mavjud
Og’zaki : Har qanday adabiy til xalq ogʻzaki nutqi asosida shakllanib, shu xalq tiliga xos shevalarni umumlashtiradi va barcha sheva vakillari uchun tushu-narli shakl oladi. Rivojlangan Adabiy tilsiz boy madaniyatga ega xalq boʻlishi mumkin emas. Shu maʼnoda Adabiy til jamiyatning dolzarb muammolaridan hisoblanadi.
Yozma : Adabiy tilning yozma shakli grafik vositalarga asoslanadi. Yozuvga doir qoida va me’yorlarni orfografiya (imlo) va punktuatsiya (ishorat) belgilaydi.
Tarixan tarkib topgan, qat’iy me’yorlarga bo‘ysunuvchi, so‘zlashuvchilarning qaysi hududda yashashidan qat’i nazar barchasi uchun umumiy bo‘lgan Adabiy til sanaladi.
Faqat muayyan bir hududga xos ayrim belgilarni o‘zida namoyon qilgan til shakli Mahalliy shevalar hisoblanadi.
Sheva adabiy tildan quyidagi xususiyatlariga ko‘ra farq qiladi:
1.Fonetik jihatdan: yo‘q – jo‘q, keldi – geldi, bahor – bohor.
2. Leksik jihatdan: ota - ada, chumchuq – secha, sigir – inak.
3. Grammatik jihatdan: kelyapti (ad.) – kevotti – kelopti –kelutti.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT.
Yüklə 469,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə